Поп туман мактабгача ва мактаб таълими бўлими
СтатистикаБиз каррупцияга қаршимиз! Сиз ишлаётган ташкилотингизда каррупция ҳолати аниқланганда @NamTSI_karrupsiya_bot орқали мурожаат қилишингиз мумкин.
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 8
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 380
- 1/48двое суток
- 435
- 1/72трое суток
- 469
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ҳурматли канал аъзолари сўровномада фаол иштирок этишингиз сўралади.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Korrupsiyaga qarshi kurash — davlat xizmatchisining mas’uliyati Davlat fuqarolik xizmati — yuksak mas’uliyat, halollik va qonuniylik tamoyillariga asoslanadi. “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, davlat xizmatchisi: 🫥korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi; 🫥korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakat yoki harakatsizlikning oldini olishi; 🫥korrupsiya holatlari haqida axborotga ega bo‘lsa, bu haqda zudlik bilan tegishli vakolatli organlarni xabardor qilishi shart. 👍Muhim: korrupsiya faktlari haqida xabar bergan davlat fuqarolik xizmatchisiga qonunchilikda belgilangan tartibda davlat himoyasi kafolatlanadi. Korrupsiyaga befarq bo‘lmaslik — nafaqat qonuniy talab, balki davlat xizmatidagi kasbiy va fuqarolik mas’uliyatidir. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Namanganlik o‘quvchilar xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasida sovrindor bo‘ldi Qozog‘istonda tashkil etilgan III Xalqaro Sun’iy intellekt olimpiadasi — IOAI 2026 da dunyoning 103 ta davlatidan 500 nafarga yaqin iqtidorli o‘quvchi qatnashdi. Olimpiada doirasida ishtirokchilar individual va jamoaviy yo‘nalishlarda o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi. Bellashuvlarda o‘quvchilardan sun’iy intellekt modellarini yaratish, katta hajmdagi ma’lumotlar — Big Data bilan ishlash, kompyuter ko‘rishi, tabiiy tilni qayta ishlash hamda ma’lumotlarni tahlil qilishga oid murakkab masalalarni yechish talab etildi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi uchta sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, ushbu natijalarning ikkitasi Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilariga tegishli. Jumladan, Prezident maktabi o‘quvchisi Bilolbek Yo‘ldoshxo‘jayev kumush, Muhammadziyo Saytjonov esa bronza medali bilan taqdirlandi. Namangan viloyati MMT boshqarmasi Axborot xizmati @Pedagoglar_toifasi
Барча вилоятларга 2026-2027 ўқув йили учун 1-синф ўқувчиларига "Президент совғаси" карвони йўлга чиқди. @Pedagoglar_toifasi
ANONS _ UMR MAZMUNI _ 5-AVGUST 19-30 TEL
Таълимни ривожлантириш республика илмий-методик маркази томонидан 2026-йилнинг биринчи ярмида амалга оширилган ишлар юзасидан брифинг. Шавкат Хўжақулов - Таълимни ривожлантириш республика илмий-методик маркази Ахборот хизмати бошлиғи. @Pedagoglar_toifasi
Namangan davlat pedagogika institutida 70110801-Ona tili va adabiyoti: rus tili (мagistratura) yo‘nalishi bo‘yicha Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturiga hujjatlar qabuli boshlandi. Dastur bitiruvchilariga O‘zbekiston va Belarus davlat namunasidagi diplomlar beriladi. Dastur afzalliklari: 🎓 Ikki davlat diplomi; 🌍 Xalqaro ta’lim imkoniyatlari; 👨🏫 Malakali professor-o‘qituvchilar; 📚 Ta’lim tili – rus tili; 📝 Kirish imtihoni – rus tili fanidan. 📅 Hujjatlar 2026-yil 15-sentyabrga qadar qabul qilinadi. Hujjatlarni onlayn topshirish: https://namspi.uz/joint-program/application Qo‘shimcha ma’lumot: 📞 +998 91 347 81 71 (Alisher Tursunpulatov) 📨 Telegram: @namdpiqoshmatalim 🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 📱Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺YouTube
МАКТАБЛАР ОЛДИДА ЯШИЛ ЙЎЛАКЛАР ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ. Бош вазир Абдулла Арипов имзолаган қарорга мувофиқ, республика бўйлаб мактаблар атрофида транспорт ҳаракатини чеклаш, пиёдалар учун хавфсиз “яшил йўлаклар” ташкил этиш ҳамда ўқувчиларнинг хавфсиз келиб-кетишини таъминлаш бўйича аниқ вазифалар белгиланди. @Pop_MMTB
“E-rozilik” платформаси ишга туширилади 2026 йил 1 августдан бошлаб миграция ва персоналлаштириш соҳасида бошқа шахснинг розилиги талаб этиладиган давлат хизматларини кўрсатишда уларнинг шахсини “Face-ID” ёки “MyID” тизимлари орқали масофадан туриб аниқлаш ва розилигини олиш имконини берувчи “E-Rozilik” платформаси ишга туширилади. Ҳукуматнинг тегишли қарори лойиҳаси жамоатчилик муҳокамаси учун эълон қилинди. Платформада қайд этилган розилик Ўзбекистон Республикаси ҳудудида қоғоз шаклидаги розиликка тенглаштирилади. Қуйидаги давлат хизматларидан фойдаланишда “E-Rozilik” платформаси орқали бир марталик электрон розилик расмийлаштирилиши мумкин: ➖вояга етмаганларга “загран паспорт”ини расмийлаштириш учун ота-оналари ёки васийлар (ҳомийлар)нинг розилигини олишда; ➖ўн беш ёшдан ўн саккиз ёшгача бўлган вояга етмаганлар мустақил равишда чет элга чиқишларида розилик олишда; ➖турган жойи ёки яшаш жойи бўйича рўйхатга қўйиш жараёнларида уй-жой мулкдор(лар)ининг ёки рўйхатга қўйилувчи шахс(лар)нинг розилигини олишда; ➖хонадонда турган жойи ёки яшаш жойи бўйича рўйхатда турувчи шахслар ҳақида маълумот (17-шакл) олишда уй-жой мулкдорининг розилигини олишда ва ҳоказо.
❗️Ногиронлиги бўлган шахсларга кириш ва сертификат имтиҳонларида қўшимча вақт берилиши мумкин Бугунги кунда мамлакатимизда ногиронлиги бўлган 168 мингдан ортиқ бола бор. Уларнинг 133,8 минг нафари таълим ва ижтимоий хизматлар билан қамраб олинган. Яна 34,6 минг нафар болани таълимга жалб этиш зарур. Ҳар бир боланинг эҳтиёжлари эрта босқичда ва комплекс баҳоланиб, унга мос таълим муҳити ҳамда зарур хизматлар белгиланади. Янги баҳолаш механизми 2026 йил 1 октябрдан Хоразм ва Навоий вилоятларида тажриба тариқасида жорий этилади. 2027 йилдан болаларни матнни ўқиш қурилмалари, овоз синтезаторлари, Брайл дисплейлари ва бошқа ассистив жиҳозлар билан ваучер асосида таъминланади. 2027/2028 ўқув йилидан эса ногиронлиги бўлган шахсларга кириш ва сертификат имтиҳонларида қўшимча вақт, Брайл алифбоси, сурдотаржимон, ассистент ва бошқа зарур шароитлар яратилади. Telegram | Instagram | Facebook
#sohaga_doir_hujjatlar 📣 Yangi oʻquv yilidan boshlab tegishli sertifikatga ega boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga 15 foiz ustama toʻlanadi ✅ Vazirlar Mahkamasining “Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra: 👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab: ➖ boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish; ➖ huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish; ➖ xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pushtu, urdu, hindiy va uygʻur tillaridan chet tilini bilishning koʻp darajali (Multi-level) test tizimi joriy etiladi. ➖ boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining boshlangʻich sinflardagi tegishli fanlar mazmuni doirasidagi bilim darajasi, oʻqitish metodikasi va pedagogik mahoratini aniqlash boʻyicha malaka imtihoni jarayonlari Bilim va malakalarni baholash agentligining “onlayn test” axborot tizimi orqali tashkil etiladi; ➖ malaka imtihoni natijalariga koʻra sertifikat talabini bajargan boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga uch yil muddatga amal qiladigan A+, A, B+, B, C+, C darajali elektron sertifikat beriladi; 👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab: ➖ B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega boʻlgan, boshlangʻich sinflarda dars beruvchi boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga ega oʻqituvchilarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan (sertifikatning amal qilish muddati davomida) lavozim maoshiga har oyda 15 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama toʻlab boriladi; 👉 2026-yildan boshlab: ➖ bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi; ➖ magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʻlo) baho (90-100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi beriladi. 👉 Qaror bilan tasdiqlangan “Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga milliy sertifikat berish boʻyicha malaka imtihonlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan: ➖ malaka imtihonida ishtirok etishda talabgordan roʻyxatdan oʻtish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi. ➖ Ijtimoiy reestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur davlat xizmatini koʻrsatishda belgilangan toʻlovning 50 foizi, Ijtimoiy reestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga esa 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllanadi. ❗️ Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga malaka imtihoni natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga koʻra: 🔹 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ darajali; 🔹 65 - 69,9 ball olgan talabgorga A darajali; 🔹 60 - 64,9 ball olgan talabgorga B+ darajali; 🔹 55 - 59,9 ball olgan talabgorga B darajali; 🔹 50 - 54,9 ball olgan talabgorga C+ darajali; 🔹 46 - 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi. 👉 Qarorning toʻliq matni 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2026 йил 25 майдаги "Умумий ўрта таълим муассасалари юқори синф ўқувчиларининг қизиқиши ва қобилиятига кўра фанларни чуқурлаштириб ўқитиш ҳамда замонавий касбларни ўргатиш тўғрисида"ги 183-сонли буйруғи. @Pedagoglar_toifasi
Энди 3- ва 4-курс талабалари платформа орқали мактабларга дипломсиз ишга ариза топшириши мумкин. Олий таълим муассасаларининг 3- ва 4-курс талабалари учун “Педагог” платформаси орқали Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги тизимидаги янги ташкил этилаётган мактаблардаги вакант лавозимларга ариза юборишда диплом нусхасини юклаш талаб этилмайди. @Pop_MMTB
#audiochat 📣 Hurmatli ota-onalar, qadrli kuzatuvchilar! ✅ Joriy yilning 28-iyul kuni soat 16:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy telegram sahifasida 2026-2027-o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlariga bagʻishlangan audio muloqot bo’lib o’tadi. ➖ Unda qabul jarayonlari tartibi va bu boradagi yangiliklarga doir savollarga vazirlik mutaxassislari tomonidan batafsil javob beriladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Касбий сертификатлаш назорат синовларии ўтказиш 7 август куни этиб белгиланди. Эслатма: ➖ Педагогларнинг мутахассислик фани бўйича билим даражасини аниқлаш учун 40 та; ➖ Педагогик маҳоратини баҳолаш учун 10 та; ➖ жами 50 та тест берилади. ➖ Ҳар бир жавоб 2 баллдан, жами 100 балл билан баҳоланади. 👉 56 ва ундан юқори балл тўплаганда тест синовидан ўтган ҳисобланади. ➖ Ўтган педагоглар учун уларнинг шахсий кабинетига электрон шаклдаги сертификат юборилади. Навбатдан ташқари касбий сертификатлаш назорат синовларида қатнашиш учун мурожаатларни юбориш 2026 йил 31 июль (шу куни ҳам)га қадар давом этади. @Pop_MMTB