tgindex
PREMIUM SCHOOL Rasmiy

PREMIUM SCHOOL Rasmiy

Статистика
@Premium_school01узбекский

🏢Premium school xususiy maktabi QABUL BOSHLANDI ☎️91 901 40 00 91 902 40 00

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
10
Всего постов
36
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
422
−2 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
688
35 постов
Вовлечённость
163,0%
к подписчикам
Постов в день
1,4
всего 36
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
191
1/48двое суток
218
1/72трое суток
236

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 13 авг.1 91556

    видео или голосовое, без подписи

  • Intizomni faqat ota-ona o‘rgatishi kerakmi? Yo‘q. Bola vaqtining katta qismini maktabda o‘tkazadi. Shuning uchun maktab ham bolada vaqtga rioya qilish, mas’uliyat va tartib kabi ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Intizom faqat “qoidaga amal qil” degani emas. Bu — o‘zini boshqarishni o‘rganish. Premium School’da o‘quvchilarda nafaqat bilim, balki intizom va mas’uliyat ko‘nikmalarini shakllantirishga ham alohida e’tibor beriladi. Chunki bugungi intizom — ertangi muvaffaqiyatning poydevori. 📞 91 901 40 00 📞 91 902 40 00 💠 Telegram

  • видео или голосовое, без подписи

  • Farzandingiz kitob o‘qishni yoqtirmaydimi? Balki muammo kitobda emasdir. Ba’zan bolaga “Kitob o‘qi!” deyishning o‘zi yetmaydi. Kitob unga majburiyat emas, qiziqish bo‘lib tuyulishi kerak. Buning uchun bolaga yoshiga va qiziqishiga mos kitob tanlash, uni o‘qishga majburlamasdan asta-sekin kitob olamiga olib kirish muhim. Premium School’da o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor beriladi. Kitob o‘qiydigan bola — fikrlaydigan bola. 📚 📞 91 901 40 00 📞 91 902 40 00 💠 Telegram

  • Farzandingiz nega fikrini erkin ayta olmaydi? Javobni biladi, ammo qo‘l ko‘tarmaydi. Fikri bor, ammo aytishga jur’at qilmaydi. Sabablari: — xato qilishdan qo‘rqishi; — o‘ziga ishonchi pastligi; — fikrini ifodalashni o‘rganmagani. Premium School’da notiqlik va muloqot darslari orqali bolalarning o‘z fikrini erkin va ishonch bilan bayon qilishi rivojlantiriladi. ⚡️Farzandingizning fikri bor. Uni ayta olishni ham o‘rganishi kerak. 📞 91 901 40 00 📞 91 902 40 00 💠 Telegram

  • Farzandingiz maktabga borishni xohlamayaptimi? Bu har doim ham dangasalik degani emas. Bolaning o‘qishga qiziqishi pasayayotganini ko‘rsatadigan 5 ta belgi: 1. “Maktabga bormayman” degan gaplari ko‘payadi. 2. Maktabda nimalar bo‘lgani haqida gapirishni xohlamaydi. 3. Faqat baho uchun o‘qiydi, bilim olishga qiziqmaydi. 4. Xato qilishdan va fikrini aytishdan qo‘rqadi. 5. O‘zining qobiliyatlarini namoyon qila olmaydi. Maktab faqat bilim beradigan joy emas. Premium School’da har bir bolaning qiziqishi va qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Bu yerda bola fikrlashni, muloqot qilishni, o‘ziga ishonishni va hayotga tayyorlanishni ham o‘rganishi kerak. Farzandingiz maktabda shunchaki o‘qiyaptimi yoki rivojlanyaptimi? Premium School — bilim, tarbiya va zamonaviy hayot ko‘nikmalari uyg‘unlashgan ta’lim maskani. 📞 91 901 40 00 📞 91 902 40 00 💠 Telegram

  • 7 авг.2 37133

    Maktab tanlashda 7 ta PRIORITET Farzandingiz uchun maktab tanlayotganda faqat narx, bino yoki reklamasiga qarab qaror qilmang. Maktabni tanlashda quyidagi 7 ta PRIORITETga e’tibor berishni tavsiya qilaman. 1. Maktabni kim tashkil qilgan? Maktab ortida kim turganini bilish muhim. Ta’lim sohasini yaxshi tushunadigan mutaxassislar jamoasimi yoki asosan biznes nuqtayi nazaridan yondashayotgan tadbirkorlarmi? Chunki maktab — oddiy biznes emas. Bu yerda asosiy mahsulot bolaning ta’limi va rivojlanishi. 2. Direktor kim? Direktorning kimligi va tajribasi maktab haqida ko‘p narsani aytib beradi. U ta’lim jarayonini qanchalik tushunadi? O‘qituvchi, o‘quvchi va ota-ona bilan ishlash tajribasi qanday? 3. O‘qituvchilar kim? “Bizda kuchli o‘qituvchilar bor” degan umumiy gap bilan cheklanib qolmaslik kerak. Farzandingizga kim dars beradi, ularning tajribasi, malakasi va shu maktabdagi vazifasi qanday — bularni bilish ota-onaning haqqi. 4. Maktabning moliyaviy modeli qanday? Siz to‘layotgan mablag‘ maktabda qayerga yo‘naltirilayotganiga ham qarang. Maktab ko‘proq bino, reklama va tashqi ko‘rinishga investitsiya qilyaptimi yoki o‘qituvchilar, ta’lim jarayoni va bolaning rivojiga? Bu maktabning haqiqiy PRIORITETlarini ko‘rsatadi.  5. Maktabning tajribasi va jamoasi Maktab necha yildan beri faoliyat yuritayotgani muhim. Agar maktab yangi ochilayotgan yoki bir yillik bo‘lsa, bu holatda uni tashkil qilayotgan jamoaga alohida e’tibor bering: ular ilgari ta’lim sohasida nima qilgan, qanday tajribaga ega va qanday natijalar ko‘rsatgan? Ya’ni yangi maktabning yoshidan ko‘ra, uning ortidagi jamoaning tajribasi muhimroq bo‘lishi mumkin. 6. Lokatsiya Maktabning uydan uzoqligi ham muhim PRIORITET. Farzandingiz har kuni qancha vaqtini yo‘lda o‘tkazadi? Uzoq yo‘l bolaning vaqtiga, energiyasiga va kun tartibiga qanday ta’sir qiladi? 7. Sharoit Sinfxona, sport zali, ovqatlanish, xavfsizlik va boshqa sharoitlarga qarang. Lekin faqat “chiroylimi?” deb emas, “Bu sharoit bolaning ta’limi va rivojlanishiga qanday xizmat qiladi?” deb baholang.  Maktab tanlashda “Qaysi maktab eng zo‘r?” degan savoldan ko‘ra, “Qaysi maktab mening farzandim uchun muhim bo‘lgan PRIORITETlarga javob beradi?” degan savolni berish to‘g‘riroq. Premium School — bilim, tarbiya va zamonaviy hayot ko‘nikmalari uyg‘unlashgan ta'lim maskani. Batafsil ma’lumot olish uchun: 📞91 901 40 00 📞91 902 40 00 💠Telegram

  • 📚 Kitob o‘qish ham, til o‘rganish ham faqat dars bilan cheklanmaydi. Haqiqiy rivojlanish bolalar bir-biri bilan suhbatlashganda, fikr almashganda, o‘qigan kitoblari haqida bahslashganda va yangi g‘oyalarni birgalikda kashf qilganda boshlanadi. ✨ Premium Schoolda aynan shunday muhit yaratilgan. Bu yerda o‘quvchilar: kitob o‘qiydi; fikrini erkin ifodalaydi; do‘stlari bilan bilim almashadi; bir-biridan ilhom olib, birgalikda o‘sadi. Chunki bilim faqat darsliklarda emas, balki to‘g‘ri muhit va mazmunli suhbatlarda ham shakllanadi. Batafsil ma’lumot olish uchun: 📞91 901 40 00 📞91 902 40 00 💠 Telegram

  • PREMIUM SCHOOL Rasmiy pinned «Premium School Academy NTM Xr: 20208000807289475001 Mfo: 00401 INN: 312072126»

  • Premium School Academy NTM Xr: 20208000807289475001 Mfo: 00401 INN: 312072126

  • Bugungi kunda yoshlarni har tomonlama rivojlantirish eng muhim vazifalardan biridir. Shu sababli Premium Schoolda nafaqat akademik bilim, balki hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga ham alohida e'tibor qaratiladi. Darslarimiz tarkibiga Xalqaro etiket mavzulari ham kiritilgan bo‘lib, o‘quvchilar unda restoran odobi, rasmiy tadbirlarda o‘zini tutish, muomala madaniyati va zamonaviy etiket qoidalarini o‘rganadilar. Premium School — bilim, tarbiya va zamonaviy hayot ko‘nikmalari uyg‘unlashgan ta'lim maskani. Batafsil ma’lumot olish uchun: 📞91 901 40 00 📞91 902 40 00 💠Telegram

  • 1 авг.3 702310

    🎓 Premium Schoolda yangi o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda! 📚 Farzandingiz uchun sifatli ta’lim, zamonaviy muhit va kuchli ustozlarni tanlang. 📢 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va kelajakka ishonch bilan qadam qo‘ying! Batafsil ma’lumot olish uchun: 📞91 901 40 00 📞91 902 40 00 ✅TELEGRAM ✅INSTAGRAM

  • 🎙 NOTIQLIK FAQAT GO‘ZAL NUTQ EMAS. U — SHAXSNI SHAKLLANTIRISH SAN'ATI. Nega ayrim insonlar davraga kirishi bilan e'tibor markaziga aylanadi? Nega ularning fikri tinglanadi, so‘zi ta'sir qiladi va ishonch uyg‘otadi? Buning sababi faqat bilim emas. Bu — to‘g‘ri shakllangan imidj, ishonchli muloqot, tana tili, ovoz boshqaruvi va o‘zini namoyon eta olish mahoratidir. 🏷Premium School notiqlik darslarida o‘quvchilar: — professional imidj yaratish; — tana tili va mimikani boshqarish; — nutq madaniyati va etiket; — auditoriyani jalb qilish; — liderlik va ishonch bilan chiqish qilish ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich egallaydilar. Biz ertangi kunning fikri aniq, nutqi ravon va shaxsiyati kuchli liderlarini tarbiyalaymiz. Premium School — ta'lim sifatida natija, tarbiyada esa shaxsni tanlaydi 💠 Telegram

  • 💰 Moliyaviy savodxonlik — kelajak uchun eng muhim investitsiya. Pul topish muhim. Uni to‘g‘ri boshqarish esa undan ham muhim. Premium School'da o‘quvchilar moliyaviy savodxonlik darslari orqali: • pulning qadrini anglashni; • daromad va xarajatni rejalashtirishni; • jamg‘arish odatini shakllantirishni; • mas'uliyatli moliyaviy qarorlar qabul qilishni o‘rganadilar.  Bugun shakllangan to‘g‘ri moliyaviy tafakkur — ertangi muvaffaqiyatli hayotning mustahkam poydevoridir. Premium School — hayot uchun zarur ko‘nikmalar beradigan zamonaviy ta'lim maskani. 91 901 40 00 91 902 40 00 💠Telegram

  • Kuchli imidj — muvaffaqiyatning ilk qadami Notiqlik darslarida o‘quvchilar nafaqat chiroyli nutq so‘zlashni, balki o‘ziga mos imidj yaratish, o‘zini ishonch bilan tutish va ijobiy taassurot qoldirish ko‘nikmalarini ham egallaydilar. Premium School — qadriyatlarga asoslangan zamonaviy maktab 91 901 40 00 91 902 40 00 💠 Telegram

  • Ta'lim — bu faqat bilim berish emas. Bu insonni shakllantirish san'atidir. Bugungi dunyoda ma'lumot topish qiyin emas. Bir necha soniyada istalgan savolning javobi internetdan topiladi. Ammo eng muhim savol shunday: Farzandimiz olgan bilimini hayotda to'g'ri qo'llay oladimi? Kelajakni faqat formulalarni yod olganlar emas, balki mustaqil fikrlaydigan, mas'uliyatni his qiladigan, muloqot qila oladigan va to'g'ri qaror qabul qiladigan insonlar quradi. Shuning uchun Premium School ta'limni faqat darslik sahifalari bilan cheklamaydi. Biz uchun har bir o'quvchi: — o'z fikrini ishonch bilan himoya qila oladigan notiq; — kitobni do'st deb biladigan kitobxon; — intizomni muvaffaqiyatning asosi deb tushunadigan shaxs; — ilmni qadriyat, odobni esa hayot mezoni deb biladigan inson bo'lib kamol topishi muhim. Chunki baholar vaqt o'tishi bilan unutiladi. Ammo bolalikda shakllangan tafakkur, odob, mas'uliyat va ezgu qadriyatlar umr bo'yi inson bilan qoladi. Biz ishonamiz: haqiqiy ta'lim natijasi diplom emas, balki jamiyatga foyda keltira oladigan komil insondir. Premium School — bilim beradigan emas, kelajakni tarbiyalaydigan maskan. ☎️91 901 40 00 91 902 40 00 💠Telegram

PREMIUM SCHOOL Rasmiy — tgindex