Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB rasmiy telegram sahifasi
СтатистикаQashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB rasmiy telegram sahifasi
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 34
- 1/48двое суток
- 38
- 1/72трое суток
- 42
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
❗️DIQQAT, EʼLON! 🇺🇿 Xurmatli viloyatimiz fuqarolari va mehmonlari Joriy yilning 13-avgust kuni Qashqadaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida belgilangan reja asosida o’quv amaliy mashg’ulotlari o’tkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri hududidan o’tuvchi avtomobil yo’llarida transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan cheklanib, ayrim tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin. Barcha fuqarolardan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan noqulayliklardan uzur so’ragan holda belgilangan tartib va qoidalarga rioya qilgan holda harakatlanishlarini so’rab qolamiz. ——— 👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish: 👉 Google Play orqali yuklash 👉 App Store orqali yuklash Telegram | Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
Avtohalokatga uchragan mashinalar karvoni muxbir: Gʻolib Amirov 09:00 12.08.2026 #Qashqadaryo viloyati 😎 Telegram 😎 Instagram ▶️ You Tube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Xavfsiz_va_sog'lom_yurt 🇺🇿Qashqadaryo viloyati IIB da boshqarma jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida fuqarolarni murojaatlari bo‘yicha qabul o‘tkazildi. Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan muloqot qilish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, murojaatchilarning ichki ishlar organlari bilan bog‘liq shikoyatlariga yechim topish maqsadida tashkil etilgan qabulda tizimning tergov, profilaktika xizmati tomonidan olib borilayotgan surishtiruv harakatlari hamda ichki ishlar organlariga ishga kirish masalalari yuzasidan murojaatlar eshitilib, hal etish choralari ko‘rildi. Kelib tushgan murojaatlarning ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘rganish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar alohida nazoratga olinib, mas’ullarga hal etish topshirig‘i berilildi. Muloqot davomida ko‘tarilgan muammolarni ayrimlari hal etilgan bo‘lsa, o‘rganish uchun vaqt talab etadiganlarini bartaraf etish nuqtayi nazaridan soha mas’ullariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda. ——— 👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish: 👉 Google Play orqali yuklash 👉 App Store orqali yuklash Telegram | Website | Facebook | Youtube |Instagram|TV
🟦🟦🟦🟦 📷 Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan viloyat YHXB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borildi, Cobalt transport vositasini yo'l bezoriligi harakatlarini sodir etib boshqargan haydovchi, voyaga yetmagan shaxs ekanligi aniqlandi. 🖋Tegishli tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi. 🚨 Bundan tashqari voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakiliga nisbatan hududiy profilaktika inspektori tomonidan O'zbekiston Respublikasi MJTKning 47 - moddasi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib profilaktik suxbat olib borildi. 🚔Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati.
Qarshida tungi reyd: kimlar javobgarlikka tortildi? 12:00 8.08.2026 muxbir: G'olib Amirov #Qashqadaryo viloyati 😎 Telegram 😎 Instagram ▶️ You Tube
🅰Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB mas’ul xodimlari, Jinoyat ishlar bo'yicha Muborak tuman sudi sudyasi va hududiy bo‘limalar masʼul xodimlari ishtirokida Koson tumani Ichki ishlar bo’limi binosida navbatdagi sayyor sud bo'lib o'tdi. ‼️ O'tkazilgan sayyor sudda yo'l harakati qoidalarini buzib mastlik holatida transport vositalarini boshqarib huquqbuzarlik sodir etgan haydovchilarning ishlari ko'rib chiqildi va qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlandi. 🅰Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati
без подписи
Qarshi shahridagi avtobus bekatlari atrofidagi yo'llarda, Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan, yo'l harakati qoidalariga rioya qilmay, to'xtash va to'xtab turish qoidalarini buzgan haydovchilar bilan profilaktik ishlar tashkil etildi. Yo'l harakati qoidalarini qo'pol ravishda buzgan haydovchilarga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. ❗️ Haydovchilardan yo'l harakati qoidalariga va ma'daniyatiga qat'iy rioya etishlarini so'rab qolamiz! 🅰Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati
🌐Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video o'rganilib, Lacetti rusumli avtomashinasini tegishli hujjatlarsiz boshqargan haydovchiga nistabatan Yakkabog’ tumani IIB JXX YHXB tomonidan O'zbekiston Respublikasi MJTK.ning 135-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi. ❗️Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz. 🅰Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati
🅰 Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan "Xavfsiz va sog'lom yurt" tezkor profilaktik tadbirlar doirasida viloyat hududida YTHlarning oldini olish, avtomashina olib qochish holatlarini oldini olish yuzasidan targ'ibot ishlari olib borilmoqda ✅Jumladan Muborak tumanida haydovchilarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, transport vositalarining ochiq holatda va kalitni o't oldirgichlarda qoldirmasliklari bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda. 🅰 Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati Obuna bo’ling https://t.me/YPXX1
#Xavfsiz_va_soglom_yurt 🅰Qarshi shahrida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga yo‘riqnoma berildi. Xususan, mas’ullar tomonidan Qarshi shahrida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, el osoyishtaligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlarida tunu kun xizmatni samarali tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. 📝Jinoyatchilikni jilovlash va aholi osoyishtaligini ta’minlash, hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash qoidabuzarlik holatlari aniqlanganda qonuniy chora ko'rish, fuqarolar bilan muloqotga kirishilganda hushmuomilada bo'lish yuzasidan ko'rsatmalar berildi. ——— Telegram | Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
🅰Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB boshlig’ining navbatdagi sayyor qabuli o`tkazildi 🎞VIDEO 🅰Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati