tgindex
Quvonch Bek | Blog

Quvonch Bek | Blog

Статистика
@Quvonchbek_Gaybullayevузбекский

Jurnalist Quvonchbek G'aybullayevning kanaliga xush kelibsiz! Ushbu kanalda siz: — Bank sohasiga doir yangiliklar — Shaxsiy qarashlar va ijod namunalari — Moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan postlar bilan tanishib borasiz

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
47
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
287
+5 за 3 дн.
Сутки
+2
+0,70%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
175
40 постов
Вовлечённость
61,0%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 47
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
53
1/48двое суток
60
1/72трое суток
65

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Eng ishonchli insonlar — ota-ona. Oʻz holingga tashlab qoʻymaydigan makon — oila. Ushbu omonatlarni yoʻqotish hayotda chin suyanadigan, ishonadigan insonlarni yoʻqotish demak.

  • Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi❓ 🗓 2025-yil 24-dekabrda imzolangan “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan 2026-yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan.   Unga ko‘ra, 31-avgust — dushanba kuni barcha xodimlar uchun, ya’ni ish haftasining 5 yoki 6 kunligidan qat’i nazar, qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi.   🇺🇿 Shuningdek, 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan bayram kuni sifatida dam olinadi.   Shu sababli: — 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar — 29-avgust, shanbadan 1-sentabr, seshanbagacha ketma-ket 4 kun dam oladi;   — 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar — 30-avgust, yakshanbadan 1-sentabr, seshanbagacha ketma-ket 3 kun dam oladi. ✅@Quvonchbek_Gaybullayev

  • ⚡️9 avgustdan bankdan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz 500 dollargacha naqd chet el valyutasini olish mumkin bo‘ladi! Batafsil ma’lumot videoda. ✅@Quvonchbek_Gaybullayev

  • BAHO Odamzod qavmiga tashlasang nazar, Gʻoyatda o‘xshashdir ularning turqi. Ammo siyratiga razm solsang gar, Tamom boshqa erur atvori, xulqi. Biri oqil bo‘lsa, o‘zgasi nodon, Biri mahmadona, biri ginachi. Birovi bosiqdir misoli karvon, Birovi betayin, go‘yo ninachi. Odam suvratiga ishonmang aslo, Uchragan har kimsa bo‘lolmas hamdam. Ajib ulfat erur tund kishi goho, Balki qiziqchining ichi to‘la g‘am. Yashaymiz, kimnidir nazarga ilmay, O‘tib boraverar quvonchlar, g‘amlar. Hayot shu, ko‘pincha, aslini bilmay, Bir-birin baholab yurar odamlar. Abdulla Oripov ✅@Quvonchbek_Gaybullayev

  • 7 авг.113111

    Pulni kelib ketish tezligi:)

  • 🤝 Yaxshi kollektiv — ishga ishtiyoq beradigan kuch Har kuni bir joyga kelib, bir maqsad yo‘lida mehnat qiladigan insonlar vaqt o‘tib shunchaki hamkasb bo‘lib qolmaydi. Ular quvonchingizni ham, qiyin kunlaringizni ham birga yengib o‘tadigan yaqin insonlarga aylanadi. Ishdagi eng katta qulaylik zamonaviy ofis yoki yuqori maosh emas, balki yoningizdagi samimiy odamlar. Bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan, hurmat qiladigan va yutug‘idan xursand bo‘ladigan jamoa har qanday ishni osonlashtiradi. Shu ma'noda o'zimni baxtli inson deb hisoblayman. Men ishlayotgan kollektiv ahilligi, samimiyligi va o‘zaro hurmati bilan qadrlanadi. Ana shunday jamoaning bir qismi bo‘lish men uchun katta baxt. ✅@Quvonchbek_Gaybullayev

  • NISBIYLIK Juda yaxshi! — deymiz mana bu narsa, Go‘yo hukm kabi yangrar so‘zimiz. O‘ylab ko‘rganmizmi hech biror marta, Kimmiz o‘zimiz? Juda yomon! — deymiz mana bu narsa, Go‘yo hukm kabi yangrar so‘zimiz. O‘ylab ko‘rganmizmi hech biror marta, Xo‘sh, kim o‘zimiz? Kimgadir yoqamiz biz o‘zimiz ham, Kimgadir yoqmaymiz biz ham o‘zimiz. Shunaqa charxpalak ekan bu olam, Demak, nisbiy erur har bir so‘zimiz. Abdulla ORIPOV ✅@Quvonchbek_Gaybullayev

  • Gavjum Toshkentga bir oy qoldi... Ijtimoiy tarmoqlarda 1-avgustdan talabalar uchun yotoqxonaga arizalar qabul qilinayotgani haqidagi xabarni o'qidim. Ushbu xabar hali bosib o'tilganiga uncha uzoq bo'lmagan talabalik davrimni yodimga soldi. Musofir talaba bo'lganlar yaxshi biladi: talabalikdagi eng katta muammolardan biri dars, imtihonlar emas, balki turar joy masalasi bo'ladi. Agar moddiy imkoniyatingiz yaxshi bo'lsa, bu masala unchalik sezilmaydi. Ammo ijara narxlari ko'pchilik talaba uchun jiddiy bosh og'rig'iga aylanishi hech kimga sir emas. Men bakalavrning to'rt yilini yotoqxonada o'tkazganman. Lekin yotoqxona olishning o'zi ham oson bo'lmagan. Dekanning imzosini olish uchun koridorda soatlab kutgan paytlarimiz, "haqiqiy muhtojlarga berilishi kerak" degan gaplarni indamay eshitgan kunlarimiz hali ham esimda. Yotoqxona chiqquncha esa bir necha kun qarindoshnikida, yana bir necha kun tanishlarnikida yashaganman. Hatto ishxonada uxlab qolganimni ko'rib, hamkasb do'stlarim meni uylariga olib ketgan paytlar ham bo'lgan. Uylar topilardi, lekin men xohlagan narxdagi uyning sharoiti yoqmasdi, men xohlagan sharoitdagi uyni esa cho'ntagim xohlamasdi. Bugun o'sha kunlarni kulib eslayman. Lekin o'sha paytda qanday his qilganimni faqat o'zimga ayon. Shunday bo'lsa ham, talabalik hayotimning eng qadrli davrlaridan biri bo'lib qolgan. Chunki aynan o'sha yillar sabrni, shukrni va odamlarning yaxshiligini qadrlashni o'rgatgan. Agar hozir siz ham qandaydir muammo bilan kurashayotgan bo'lsangiz, bitta narsani unutmang: hech qaysi holat abadiy emas. Yaxshi kun ham, yomon kun ham o'tib ketadi, bari oʻtkinchi. Bir necha yildan keyin bugungi kunlarni eslab, aynan ushbu postim hayolingizga kelishini istagan bo'lardim. ✅@Quvonchbek_Gaybullayev

  • ⚡️ Bank kreditiga olingan uyga ro‘yxatdan o‘ta olmaganlar uchun yaxshi yangilik! Endi fuqarolar pasport stoliga bormasdan, barcha jarayonlarni my.gov.uz portali orqali onlayn amalga oshirishlari mumkin. ☑️ Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz portaliga kirib, quyidagi xizmatlardan birini tanlash kifoya: ▪️Yashash joyi bo‘yicha (doimiy) ro‘yxatdan o‘tkazish ▪️Turgan joyi bo‘yicha (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tkazish Eng muhimi, uy bank garovida, taqiq yoki xatlovda bo‘lsa ham, unga doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun bankning alohida roziligi talab etilmaydi. Batafsil ma'lumotlarni videoda bilib olishingiz mumkin! Manba "Bankxabar" telegram kanali ✅@Quvonchbek_Gaybullayev

  • Bolaligimda oliy ta'limning barcha bosqichlarini tamomlagan, mantiya kiyib, diplom olayotgan insonlarga havas bilan qarardim. Ularning darajasiga yetish menga juda uzoqdek tuyulardi. Bugun esa qo'limda magistrlik diplomi. Vaqtning qiziq tomoni shundaki, orzu qilib kutgan kunlaringiz ko'z ochib yumguncha keladi. Ammo sinovli, mashaqqatli davrlarda esa go'yo bir kun ham tugamaydigandek tuyuladi. Magistrlik bosqichi ham ortda qoldi. Bu yo'lda mehnat ham bo'ldi, saboq ham, sinov ham. Har biri bugungi kunning qadrini yanada oshirdi. Alhamdulillah! Yana bir muhim marrani bosib o'tdim. Endi esa yangi maqsadlar, yangi marralar sari🤲🎓 ✅@Quvonchbek_Gaybullayev

  • 🏡 Ипотека субсидияси учун аризалар қабули бошланди Бугун соат 15:00 дан бошлаб ипотека субсидияси учун аризалар қабул қилиниши бошланди. 🎥 Ушбу видеода ипотека субсидиясига кимлар ариза топшириши мумкинлиги, балл қандай ҳисобланиши, асосий талаблар, субсидия миқдори, мақсадли ипотека омонати тартиби ҳамда ариза қайси ҳолатларда рад этилиши ҳақида барча муҳим маълумотларни содда ва тушунарли тарзда тушунтириб бердик. 🫵 Агар сиз ҳам ипотека субсидияси орқали уй-жой сотиб олишни режалаштираётган бўлсангиз, видеони охиригача томоша қилинг ва фойдали маълумотларни яқинларингиз билан ҳам улашинг. 📱Instagram📱Facebook📺Youtube

  • Ҳар доим низоли вазият яратиб юрадиган, лекин уни ўзи бартараф эта олмайдиган, орқасидан эса яқинлари унинг кетини тозалаб юрадиган одамлар бор, улар доим норози, ҳеч қачон рози бўлмаган. Бундай одамлар кўпинча низони “ҳал қилиш” эмас, балки эътибор ёки устунлик ҳис қилиш учун яратади. Уларга ҳақиқий ечим керак эмас — уларга низонинг ўзи, унинг атрофидаги драма керак. Шунинг учун улар ҳеч қачон тўлиқ қаноатланмайди: бир масала “ҳал” бўлса, эртага бошқасини топади. Атрофдагилар эса — оила аъзолари, дўстлар, ҳамкасблар — доимий равишда унинг ортидан келган зарарни тузатиш билан банд бўлади. Бу узоқ муддатда чарчатади, чунки бир томонлама муносабат: сиз энергия сарфлайсиз, у эса ҳеч нарсани ўзгартирмайди, чунки ўзгартиришга эҳтиёж сезмайди — атрофдагилар барибир орқасини тозалаб қўяди. Шундай одамлардан узоқлашиш — ўзингизни ҳимоя қилишнинг соғлом усули. Аммо баъзан бу оила аъзоси ёки яқин киши бўлса, “узоқлашиш” осон эмас. Шундай ҳолатда чегара қўйиш (масалан, “мен бу гал сенинг ўрнингга бормайман, ўзинг ҳал қил”) кўпинча “тамом, алоқани узаман” дегандан кўра амалийроқ бўлади. @u_generalissimus

  • #tafakkur Zamonamizning ayni paytdagi yoshlari, ya’ni Z avlod vakillari orasida eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlardan biri — “MOTIVATSIYA” Bu so‘z shu qadar urfga kirdiki, ba’zida bahonaning o‘ziga aylanib qoldi. ”MOTIVATSIYA YETISHMAYAPTI…” Lekin bir narsani o‘ylab ko‘ring. Och qolgan odam ovqat yeyish uchun motivatsiya kutmaydi. Qarzdor odam pul topish uchun motivatsiya kutmaydi. Imtihoni ertaga bo‘lgan talaba ham kitobni motivatsiya kelgani uchun emas, kerak bo‘lgani uchun ochadi. Hayotning ko‘p ishlari motivatsiya bilan emas, “MAS’ULIYAT” bilan bajariladi. Motivatsiya keladi va ketadi, oʻtkinchi. Intizom esa sizni har kuni joyingizdan turishga majbur qiladi. Harakat qilgan odamning motivatsiyasi yo‘lda paydo bo‘ladi. Kutib o‘tirgan odam esa faqat vaqtini yo‘qotadi. Endi aytingchi, Sizningcha, muvaffaqiyatga ko‘proq nima olib boradi: motivatsiyami yoki intizom? Izohlarda fikringizni yozing… ✅@Quvonchbek_Gaybullayev

  • #BizningPrezident Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident! ✅@Quvonchbek_Gaybullayev

  • ⚡️KREDIT VA NASIYA REKLAMALARIGA YANGI TALABLAR QO‘YILADI Bafatsil videoda ma’lumot olishingiz mumkin! ✅@Quvonchbek_Gaybullayev

  • Ипотека кредитлари рекламасида қарзнинг тўлиқ қиймати қандай кўрсатилади? Масалан, тижорат банкларидан мижоз 480 млн сўм ипотека кредитини 20 йилга йиллик 17% ставкада расмийлаштирилса, бу қанчага тушади? Бундай ҳолатда: • банкка жами 1 млрд 690 млн сўмга яқин маблағ қайтарилади; • шундан 1 млрд 210 млн сўмга яқини фоиз тўловларини ташкил этади. Агар 480 млн сўмлик ипотека учун жами 1,69 млрд сўм тўланишини рекламада кўрсангиз, бунга муносабатингиз қандай бўларди? Манба ✅@Quvonchbek_Gaybullayev

  • Ispaniya — chempion!

  • Final boshlandi!

  • видео или голосовое, без подписи

  • Islom faqirlikka chaqirmaydi! ✅@Quvonchbek_Gaybullayev

Quvonch Bek | Blog — tgindex