Humoyun Rahmonov blogi
СтатистикаMatematikadan 10 yillik tajriba va 1000 dan ortiq abiturientni talaba bo'lishga sababchi bo'lgan ustoz. Ushbu kanalda siz muallifni shaxsiy qarashlarini o'qib borasiz.
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 64
- 1/48двое суток
- 73
- 1/72трое суток
- 79
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
“Ba’zan odamlar haqiqatni eshitishni istamaydilar, chunki ular o‘zlarining xomxayollari barbod bo‘lishini xohlamaydilar.” — Fridrix Nitsshe
Bilish boshqa, yashash (his qilish) boshqa
Bittayu bitta muammoying — uyga vazifa bo‘lgan davrlarni sog‘indim…
Ko‘p muammolarga oddiy yechim beruvchi sehrli gap: Uzr, mendan o‘tdi...
видео или голосовое, без подписи
Perfektsionizm — intizomning dushmani.
Kelilar, bir-birimizga hasad qilish bo‘yicha emas, qilmaslik bo‘yicha bellashaylik.
O‘limidan bir kun oldin talabalariga baho qo‘ygan o‘qituvchi 😭 AQSHning Texas shtatida faoliyat yuritgan matematika o‘qituvchisi Manuel Alejandro Navarro og‘ir ahvolda shifoxonada yotganiga qaramay, reanimatsiyaga kirishidan oldin o‘quvchilarining barcha topshiriqlarini yakuniy baholab chiqdi. U uchun o‘quvchilarining bilim olishi va baholarini o‘z vaqtida olishi eng muhim vazifa edi. Oila a’zolari va yaqinlarining aytishicha, Navarro kasbiy burchini oxirigacha sidqidildan bajarishga intilgan. Topshiriqlarni to‘liq baholab bo‘lgach, ertasi kuni 66 yoshida vafot etgan ustozning bu fidoyiligi bugun ham o‘qituvchilik kasbiga sadoqat, mas’uliyat va haqiqiy ustozlikning yorqin timsoli sifatida e’tirof etilmoqda. Voqea 2020-yil oxirida yuz bergan. 👉 @super_matematika
— Qo‘lingdan kelganicha harakat qil. Ba‘zilar uchun bu gap yengillikday tuyuladi. Ammo, aslida, katta mas‘uliyat yuklaydi. Chunki qo‘limizdan aancha narsa keladi.
#ТАЖРИБА • Баъзи инсонлар кечирим сўрашни ҳам, миннатдорчилик билдиришни ҳам билмайди. • Хато қилганини тан олмайди, қилган хатосини тузатишга ҳам уринмайди. • Бундай одамларга қанча вақт сарфламанг, қанча меҳр берманг охир-оқибатда ўзингизни чарчатганингиз қолади. • Зотан муҳаббат қадри билинган жойдагина гўзал. • Доим қадрсизланадиган жойда туравериш фидойилик эмас, балки ўзингизга нисбатан зулмдир. • Ҳаёт қисқа… • Қадрингизни билмайдиганлар учун умрингизнинг ҳатто бир сониясини ҳам сарфламанг! • У сониялар қадрингизни билганларнинг ҳаққи! Олинти @AbdulhadiyHafiz
Ilm yo'lida Gai yo'q, Istagancha gazni bos.
O'zingning ichkaringni boshqa odamning tashqarisi bilan solishtirma. ©Kevin Kelly
Bu hayotda iymon ham,cho'ntak ham baquvvat bo'lishi kerak.
Birovga oson qilaman deb O'zinga qiyin qilma ! (hayotiy dars)
Intizomdan ham kuchliroq motiv bor. Uni nimaligini bilasizmi? Bu - qiziqish.
Ҳикмат وكَم مِن عائِبٍ قَولاً صَحيحاً * وآفَتُهُ مِنَ الفَهمِ السَّقيمِ ولكِن تَأخُذُ الآذانُ مِنهُ * على قَدرِ القَرائِحِ والعُلومِ أبو الطيب المتنبي Айбларлар неча ҳақ, тўғри гапни, Муаммо сўздамас, фосид фаҳмдан. Тушунгай ҳар ким ўз табъи ила сўзни, Яна не билса у дониш-илмдан.
Siz: - turmush qurishdan oldin oilali hayotni to‘liq tushuna olmaysiz. - tadbirkorlikni boshlashdan oldin biznes egasi bo‘lish qandayligini bilmaysiz. - ota yoki ona bo‘lishdan oldin farzand tarbiyalashni to‘liq his qila olmaysiz. - rahbar bo‘lishdan oldin rahbarlikning haqiqiy mas'uliyatini anglay olmaysiz. Chunki ayrim xulosalarni kitob emas, faqat tajriba beradi. faqat tajriba beradi.
Hurmatli ayollar, agar uyingizdagi erkakning kayfiyati tez-tez tushib yursa, bunga darrov ishidagi muammolarni sabab deb o'ylamang. Ba'zan buning asl sababi ishda emas. Uyda bo'ladi. Erkak uyida halovat topmasa, tashqarida qanchalik muvaffaqiyat qozonmasin, bu uning qalbidagi bo'shliqni to'ldira olmaydi. U kulishi mumkin. Ishlashi mumkin. Hatto katta yutuqlarga ham erishishi mumkin. Lekin ichki halovat bo'lmasa, bu quvonch uzoqqa bormaydi. Yuzdagi bu kulgu Soxtaligicha qolaveradi, Chunki tashqaridagi muvaffaqiyatlar uyda yo'qotilgan halovatning o'rnini hech qachon bosa olmaydi.
Erkakning eng katta jangi tashqarida kechmaydi. Uning ichida kechadi. Bir tomonda o'z xohishi. Ikkinchi tomonda esa yaqinlarining xohishi. U aynan shu ikki olov orasida qoladi. Yaqinlarimiz qanchalik aziz bo'lmasin, ular ham inson. Ba'zan hissiyot bilan qaror qiladi. Ba'zan adashadi. Ba'zan vaziyatni to'liq ko'ra olmaydi. Shunday paytda erkak nima qiladi? "Bu safar adashyapsiz", deydimi? Ko'p hollarda yo'q. Chunki u yaqinini xafa qilishni istamaydi. Shuning uchun sukutni tanlaydi. Shikoyat qilmaydi. Ayblamaydi. Faqat ichiga yutadi. "Bugun bormay qo'ya qolinglar." "Buni keyin qilasizlar." "Shunday qilganingiz ma'qul." Bu gaplar ko'pincha mehrdan tug'iladi. Lekin me'yoridan oshgan mehrning boshqa nomi nazoratdir. Nazorat ostidagi erkak esa o'zini baxtsiz his qila boshlaydi, Shu paytdan boshlab halovat asta sekin kamayishni boshlaydi. Eng oddiy istak ham izoh yoki rozilik talab qiladigan masalaga aylansa, erkak o'z uyida erkin emasligini his qiladi. U buni hech kimga aytmaydi. Na onasiga. Na ayoliga. Na do'stiga. Har bir aytilmagan e'tiroz qalbida qoladi. Har bir yutilgan og'riq ichida yig'iladi. Sukut erkakni bir kunda sindirmaydi. U tomchilab ishlaydi. Yildan yilga. Avval ko'zidagi chaqnash so'nadi. Keyin uydagi suhbati kamayadi. Keyin esa orzulari ham sukutga cho'kadi. Tashqaridan qaraganda esa hammasi joyida. U ishlaydi. Mas'uliyatini bajaradi. Kuladi. Hech kim hech narsani sezmaydi. Lekin tili sukut saqlagan joyda qalbi sukut saqlamaydi. Chunki inson halovatsiz yashay olmaydi. Qalb baribir halovat izlaydi. Agar uni o'z uyida topa olmasa, uni boshqa joydan izlay boshlaydi. O'sha yo'llar har doim ham to'g'ri bo'lavermaydi. Ammo ko'p xatolar yomon niyatdan emas. Uzoq vaqt davom etgan halovatsizlikdan boshlanadi. Ko'pchilik faqat oxirgi qarorni ko'radi. Lekin o'sha qarorning ortida yillar davomida aytilmagan e'tirozlar, ichga yutilgan dard va tomchilab so'ngan halovat yotganini ko'rmaydi.
Muammo, sinov, qiyinchiliklardan bir umr qochib qutula olmadi...