tgindex
Internet Marketing olami | Rakhmatulloh bilan

Internet Marketing olami | Rakhmatulloh bilan

Статистика

Soham va qiziqishlarimga oid turli "UNIVERSAL" ma'lumotlar berib boraman! 🎯SMM va Targeting sirlarini blogimdan topasiz Savollar bo'yicha! @Manager571

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
4
Всего постов
34
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Маркетинг
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
214
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
141
34 постов
Вовлечённость
65,9%
к подписчикам
Постов в день
0,6
всего 34
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
49
1/48двое суток
56
1/72трое суток
60

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • Kema cho'kishni boshlaganda 1-lardan bo'lib "Kalamushlar" gina tashlab chiqib ketishni boshlar ekan! (Hikoya bo'lgan Voqea)

  • Bugun qurilish va ko‘chmas mulk sohasida yutadigan kompaniyalar — tizim bilan ishlaydiganlar. Tizimlashmagan biznesni kattalashtirib bo'lmaydi! 🧩 Nima uchun Pro Home tanlanadi? Chunki u: ✅ jarayonlarni soddalashtiradi ✅ sotuv va nazoratni bir joyga jamlaydi ✅ inson omilidan keladigan xatolarni kamaytiradi Natijada kompaniya tezroq qaror qiladi, kamroq xato qiladi va barqaror o‘sadi. 🚀 Pro Home bilan: • ish samaradorligi oshadi • vaqt tejaladi • mijozlar ishonchi mustahkamlanadi Shu sabab minglab kompaniyalar aynan shu yo‘lni tanlayapti. 📌 Endi navbat sizda Agar siz ham: ✳️ biznesingizni tizimlashtirmoqchi bo‘lsangiz ✳️ sotuv va boshqaruvni yengillashtirmoqchi bo‘lsangiz ✳️ zamonaviy va ishonchli yechim izlayotgan bo‘lsangiz 🌟 Pro Home aynan siz uchun. Batafsil ma’lumot olish uchun quydagi raqamlarga aloqaga chiqing. ☎️ Tel: 90-008-60-70 🕸 Web sayt - https://b2b.prohome.uz/uz @prohome_uz

  • Mashaqqatli yo'llargina bizni go'zal manzillarga eltadi! Tinch DENGIZ Xech Qachon Mohir Dengizchini Tarbiyalamaydi! (Avtor: Na'malum shaxs👤) Oson yo'lni tanlamang. Chunki buni hamma qila oladi Raqobatchi ko'p bo'ladi!

  • видео или голосовое, без подписи

  • Sotuv bo'limidagi HODIMLARIMGIZNI malakasini doimiy oshirib bormasangiz, Ular raqobatchilaringiz uchun ximat qilishni boshlaydi! Siz nima deb o'ylasiz, izohda fikringizni yozib qoldiring! 💬@zamonagency

  • ESKI MIJOZLARDAN Maksimal Foydalanish kerak! Hatto qoravulingizni ham xizmatingizni va mahsulotingizni sotadigan sotuvchilar qatoriga qo'shib qo'ying, Chuni ular ham ularda ham kontakt bor va manfaat bersangiz ular ham ishlaydi! ✅ Sarafan Marketing orqali kelgan Mijoz - Eng sifatli va qimmat (Lead) hisoblanadi. Chunki sizgacha MAMNUN mijozingizni o'zi Prezentatsiya qilib tushuntirib anchagina pishirib qo'ygan bo'ladi! Amallab yeb olsangiz bo'ladi 🍕 @zamonagency

  • 26 июл.8531из jahonbozorivodiy

    Jahon bozoringning Siz bilmagan SIRLARI... | Ochiqchasiga gaplashamiz! 😱 Biznes egalari va Investorlar diqqatiga! Bu narsani bilmasdan turib do'kon harid qilmang! 📹 https://youtu.be/2tP8HA69mPo?si=u6YgOOawc-jPAj7z

  • Uzoq Kutilgan Pochtamiz yetib kelibdi va nihoyat 😊 Ichida nima bor deb o'ylaysiz?

  • видео или голосовое, без подписи

  • 12 июл.1403из AlisherIsaev_blogi

    Кимдир сизга бошқа биров устидан шикоят қилса, аввало: «Бу гапни унинг ўзига айтдингизми?» — деб сўранг. Агар айтмаган бўлса, бундай инсонларни чопинг!

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 3 июл.1811из maqsadli_mijoz

    Ko'rinayotgan muammo har doim ham asl muammo emas! Yaqinda bir loyihada marketing bo'limi rahbari sifatida faoliyat olib bordim. Loyiha retail industriyaida bo'lib, asosiy marketing harakatlari performance marketing, ya'ni lead generation'ga qaratilgan edi. Deyarli har hafta bitta mavzu muhokama qilinardi: "Lead yetishmayapti." Marketingning asosiy KPI'i ham shu bo'lgani uchun barcha harakatlar lead sonini oshirishga qaratildi va shukur-ki, bu muammoni hal qildik. Lekin qiziq tomoni shundan keyin boshlandi. Leadlar ko'paygan bo'lsa ham, call center bilan bo'ladigan deyarli har bir yig'ilishda yana bitta gap takrorlanardi: "Lead sifati yaxshi emas." Marketing o'z natijasini himoya qiladi, call center esa sifatni past baholaydi. Bunday vaziyatda conflict of interest bo'lishi tabiiy. Chunki har bir bo'lim masalaga o'z KPI'i orqali qaraydi. Lekin man bu safar aynan shu bahs haqida emas, biznesdagi juda muhim bir qarash haqida gapirmoqchiman. Bu qarash Survivorship Bias, ya'ni "Omon qolganlar xatoligi." Bu insoniyat eng ko'p yo'l qo'yadigan mantiqiy va statistik xatolardan biri hisoblanadi. Mazmuni juda oddiy: biz xulosa chiqarayotganda faqat ko'zimizga ko'rinayotgan natijalarni tahlil qilamiz. Ko'rinmayotgan, jarayondan chiqib ketgan yoki muvaffaqiyatsizlikka uchragan holatlarni esa hisobga olmaymiz. Natijada muammo aslida qayerdaligini emas, qayerda ko'rinayotganini tuzatishga urinib qolamiz. Ushbu tushuncha Ikkinchi jahon urushi davrida matematik Abraham Wald tomonidan amaliyotda isbotlab berilgan. Urush vaqtida harbiy muhandislar jangdan qaytgan samolyotlarni tekshiradi. Qanotlari va dum qismida o'q izlari juda ko'p bo'lgani uchun aynan shu joylarni qo'shimcha zirhlash kerak degan xulosaga kelishadi. Ammo Abraham Wald bunga qarshi chiqadi. U shunday deydi: "Biz faqat qaytib kelgan samolyotlarni ko'ryapmiz. Demak, qanotiga yoki dumiga o'q tekkan samolyotlar baribir uchib kela olgan. Motoriga yoki kabinasiga o'q tekkanlari esa umuman qaytmagan. Zirhni o'q tekkan joylarga emas, aksincha o'q tegmagan joylarga qo'yish kerak." Aynan shu qarash minglab uchuvchilarning hayotini saqlab qoladi va keyinchalik tarixga Wald Memorandumi sifatida kiradi. Xo'sh, buning biznesga qanday aloqasi bor? Bizning loyihada ham dastlab hamma muammo lead yetishmovchiligida deb o'ylardi. Shunga mos ravishda barcha energiya lead sonini oshirishga sarflandi va natija ham bo'ldi. Lekin keyinroq jarayonni chuqurroq kuzatganimizda boshqa manzara ko'rina boshladi. Ma'lum bo'ldiki, muammoning muhim qismi leadlarning o'zida emas ekan. Ularni qabul qilayotgan call center jarayonlarida, operatorlarning salohiyatida va ishlash standartlarida ham katta imkoniyatlar yashiringan edi. Boshqa tomondan esa ayrim paytlarda ommaviy reklama qilinayotgan mahsulotlarning o'zi omborda mavjud emas edi. Marketing talab yaratmoqda, lekin biznes uni qondira olmayapti. Bunday vaziyatda reklamaning natijasini yomon deyish qanchalik to'g'ri? Aslida biznesdagi ko'plab muammolar ham shunday. Ko'zga tashlanayotgan KPI'ni yaxshilashga urinamiz, lekin o'sha KPI'ga ta'sir qilayotgan ichki jarayonlarni e'tibordan chetda qoldiramiz. Xulosa: Har safar biznesda biror muammo ko'rinsa, uni darhol ko'zga tashlanayotgan sabab bilan bog'lashga shoshilmang. Ba'zida muammo marketingda emas, sotuv jarayonida bo'ladi. Ba'zida sotuvda emas, mahsulot mavjudligida. Ba'zida esa umuman boshqa bo'g'inda. Chunki biznesdagi eng qimmat qarorlar ko'rinayotgan ma'lumotlarga emas, ko'rinmayotgan sabablarni topa olishga bog'liq. Shuning uchun har safar muammo oldida bitta savolni o'zingizga bering: "Man hozir faqat qaytib kelgan samolyotlarni ko'rayotgan bo'lishim mumkinmi?" Izohlarda fikringizni yozib qoldiring va bu qarash foydali bo'ladi deb o'ylagan tanishingizga ulashing. @maqsadli_mijoz

  • видео или голосовое, без подписи

  • Shunchaki vaqt kerak! Marketolog tanishlarimiz bor, bir loyihadan keyingisiga o'tishganda, turli xil g'oyalar, yondashuvlar bilan kirishadi. Yangi industrya bo'ladigan bo'lsa, qiladigan ishlari ko'p va shu ishlaridan kelib chiqib yonib turishadi. Boshlanishiga hammasi yaxshidek, lekin qisqa vaqtda, ko'ngli to'lmayatgan holatlar bo'lishi mumkin, bu tabiiy. (Portfoliosi yaxshi bo’lsa ham, boshlang’ich bo’lsa ham) Bular: • Biznesni barcha jarayonlarida ham uni oldidan o'tmasliklari • Boshlang'ich holatda kam ish taqsimi • U tomonidan berilyatgan idealar, biznes egasi tomonidan ham to'liq ishonch bilan qabul qilinmayotgani va hkz. Ko'pchilikda bo'ladi va guvohi bo'lyapman, davom etyapti. Endi shunaqa holatda nima qilish kerak, qanday yondashuv to'g'ri? deyilsa, bir subyektiv fikrim bor-ki, barchaga birdek tushadi deb qarayman. Bu, siz ishlayotgan yoki endi kirib kelgan biznesingizda biznes egasini ro'li va uni tushunib olishlik. E'tibor qaratadigan bo'lsak, biznesda tizim qurish oldidan marketolog vazifasini asosan biznes egasi bajaradi-da, uni turli xil fikrlari bilan biznesi yurib keladi. Sababi biznes egasi o'zini biznesini marketologdan ham yaxshi biladi-da, ko'p qarorlarini ichki holati, avvalgi issiq, sovuqlarni bilish orqali belgilaydi. Endi, shu holatidan kelib chiqib sizga vaqt kerak-ki, shunchaki bir muncha vaqt ichida o'zizni ko'rsatib olishiz va u soha modelini yaxshilab tushunib olishiz kerak. Emotsaga berilib shunchaki o'z kayfiyatizga qarab qoladigan bo'lsangiz, o'ylayman-ki bozor kechirishi qiyin va bu holat boshqa ishxonalarizda ham takrorlanaveradi. Tushuning, biznes sizgacha ham, sizdan keyin ham yuraveradi va barcha biznesdagi harakatlar shablon emas-ki, to'g'ri yoki noto'g'ri degan qarashlar bilan o'lchanaveradigan. SIz nima deysiz? Fikrlarizni izohda yozib qoldiring! @maqsadli_mijoz

  • 12 июн.1914из IkromSharif

    У сенга 20 берди, мен эса 10 бердим. Табиийки, сен уни мендан кўра яхшироқ деб биласан. Чунки у кўпроқ берди-да. Лекин билмайсанки, унда 200 бор эди, менда эса фақат шу 10. Меҳр-мурувватнинг даражаси яхшиликнинг миқдори билан ўлчанмайди, яхшилар! @IkromSharif

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

Internet Marketing olami | Rakhmatulloh bilan — tgindex