tgindex
Muhammad 🦅
@Raxmatov_Muhammadузбекский

Jamiki biz ishongan va bilgan narsalarimiz aslida noto'g'ri bo'lsachi...? Kichkina, lekin sifatli ishlar... 🔥 In Sha Allah foydasi tegadi degan umiddaman. Savol va takliflar uchun: @Rakhmatov_Muhammad

Последний пост
5 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
39
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
95
−1 за 3 дн.
Сутки
−1
−1,04%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
111
37 постов
Вовлечённость
116,8%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 39
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
40
1/48двое суток
45
1/72трое суток
49

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • 🏦 Bilim maydonida ham SQB oldingi safda! Bankimiz xodimlari Zakovat intellektual o‘yinida munosib ishtirok etib, barcha jamoalar orasida 4-o‘rin, banklar o‘rtasida esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar! Bu natija - keng dunyoqarash, tezkor fikrlash va kuchli jamoaviy hamkorlikning yana bir yorqin isbotidir. Bugungi natija bilan faxrlanamiz! Jamoamizga yangi g‘alabalar va yanada baland marralar tilaymiz! _ 🏦 SQB - среди лучших не только в работе! Сотрудники нашего банка достойно выступили в интеллектуальной игре«Zakovat», заняв 4-е место среди всех команд и 1-е место среди команд банков! Этот результат - яркое подтверждение широкого кругозора, умения быстро принимать решения и сильной командной работы. Поздравляем команду с отличным результатом! Желаем новых побед и ещё более высоких достижений! 🌐Telegram | 🌐Instagram |  🌐Facebook

  • Ochiq eshikni qachongacha taqillatmoqchisan?

  • Nafsingga ayt, kafanda chòntak yòq...

  • Men esa o'zimning qadriyatlarimni o'zgartirmayman. Halolligimni ham. Vijdonimni ham. So'zimni ham. Bu yo'lda meni tushunganlar ham bo'ldi. Tushunmaganlar ham. Qadrlaganlar ham. Foydalanishga uringanlar ham. Bularning barchasi menga bitta narsani o'rgatdi: Har bir xiyonat — inson tanlashni o'rgatadi. Har bir nohaqlik — sabrni kuchaytiradi. Har bir yo'qotish — Alloh kimni hayotingizda qoldirishini ko'rsatadi. Bugun hech kimdan xafa emasman. Aksincha, barchasidan minnatdorman. Chunki ular menga eng qimmat universitet bera olmaydigan saboqni berdi. Insonning asl qadri — uni qadrlaydiganlar soni bilan emas, u yo'qotmagan qadriyatlari bilan o'lchanadi. Men endi odamlarning olqishi ortidan emas, Allohning roziligi ortidan yurishni tanladim. Qolganini esa vaqt va adolat o'z o'rniga qo'yadi. !)

  • Hayot menga ko'p narsani o'rgatdi. Bir paytlar odamlarni o'zim kabi halol, vijdonli va bergan so'ziga sodiq deb o'ylardim. Lekin oxirgi yillarda, ayniqsa bir yil davomida ta'lim sohasida ishlab, oliy ta'limdek muqaddas maskanda shunday manzaralarga guvoh bo'ldimki... Ig'vo. Fitna. Tuhmat. Nohaqlik. Poraxo'rlik. Aldov. Birovning haqqini yeyish. Va eng achinarlisi — shaxsiy manfaat uchun har qanday qadriyatni qurbon qilish. Shunda bir haqiqatni tushundim. Har bir inson sizni qadrlashga qodir emas. Siz ularga samimiy yordam berishingiz mumkin. Imkoniyat yaratishingiz mumkin. Ishonishingiz mumkin. Lekin bu ular ham sizni qadrlaydi, degani emas. Ba'zi odamlar sizni faqat kerak bo'lganingizdagina eslaydi. Manfaatlar tugashi bilan esa, sizni unutadi. Avvallari bundan ranjirdim. Bugun esa yo'q. Chunki endi tushundim: insonlarning munosabati — mening qiymatimni belgilamaydi. Aksincha, bu ularning ichki dunyosini ko'rsatadi. #davomi_bor

  • Muhammad 🦅 pinned «2026 yilda #oqilgan_kitoblar  #yanvar 1. Bir kam dunyo 01.01.2026 2. Ey farzand 06.01.2026 3. Qalb kasalliklarining toji 09.01.2026 4. Otamdan qolgan dalalar 10.01.2026 5. Biroz yomg'ir kimsani ranjitmas 13.01.2026 6.Kulguli odamning tushi 14.01.2026 Dostoyevski…»

  • 2026 yilda #oqilgan_kitoblar  #yanvar 1. Bir kam dunyo 01.01.2026 2. Ey farzand 06.01.2026 3. Qalb kasalliklarining toji 09.01.2026 4. Otamdan qolgan dalalar 10.01.2026 5. Biroz yomg'ir kimsani ranjitmas 13.01.2026 6.Kulguli odamning tushi 14.01.2026 Dostoyevski 7. Ma'suma 16.01.2026 Dostoyevski 8. Yashamoq 22.01.2026 Yu Xua 9. Siz izlagan yechim 31.01.2026 10. Jimjitlik 31.01.2026 11. Yuraging chorlagan yerga bor 31.01.2026 #fevral 12. Kashandalikdan qutulishning oson yo'li 01.02.2026 13. G'olib iroda 06.02.2026 14. Kafansiz ko'milganlar 12.02.2026 15. Shaxmat novellasi 17.02 2026 #mart 16. Kuchsizlar kuchi 09.03 2026 17. Ferengeyt bo'yicha 451 daraja 31.03.2026 18. 7 strategies for wealth and happiness. (Jim Rohn) 31.03.2026 #aprel 19. 3 minora Said Ahmad 18.04.2026 20. Alvido Buxoro 19.04.2026 21. Til ofatlari 30.04.2026 22. Bill Gates 30.04.2026 23. 7 strategies for wealth and happiness. (Jim Rohn) 30.04.2026 (qayta va qayta) #may 24. Bank 19.05.2026 25. Asal oyi emas, Asal hayot 29.05.2026 26. Ochlik 30.05.2026 27. Muhabbat (O'tkir Hoshimov) 31.05.2026 #iyun 28. Aura (Hakan O'zkan) 10.06.2026 29. Qiyomat 17.06.2026 30. Qalbi singanlarga 22.06.2026 31. O'g'irlangan sur'at 28.06.2026 32. Propaganda 28.06.2026 #iyul 33. Ertaga juda kech bo'lishi mumkin 05.07.2016 34. Pul psixologiyasi 16.07.2026 35. Hayot shavqatsiz 17.07.2026 36. Jannat 21.07.2026 37. Men - Maryam 25.07.2026 38. Lola 27.07.2026 #avgust 39. Insonlikdan mosuvo 01.08.2026 #jarayonda 1] Huzurbaxsh tasallilar (Bu kitobni shunchaki o'qib tugatgim kelmayabdi. Tugatib qo'ysam bunaqa kitobni qayerdan topaman ? ) #tugagan_kurslar 1. Mening ideal yilim (Davronbek Turdiyev) 2. Kichik va o'rta biznes mijozlarining moliyaviy tahlili (Business & Finance Consulting) Davomli bo'lsin In Sha Allah Amiyn 🙂 !) 1- #avgust holatiga ko'ra Shukur )

  • #maqol Qashshoqlik eshikdan kirsa, Sevgi oynadan uchib ketadi. Ko'p odamlar bu maqolga noto'g'ri izoh beradi. Bu erkakning puli tugaganda, ayol undan ajralishini anglatmaydi. Bundan maqsad shundaki, erkakning puli tugaganda u qadrsiz bo'ladi, u shunchalik ojizlashadiki hatto kulishga ham kuchi yetmaydi. G'alati kamsitilish tuyg'usi qamrab oladi. Ojiz qoladi va ayolni o'ziga begona qiluvchi ana shu erkakning o'zi bo'ladi. Shu paytdan u yarim aqli ketgan axmoq bo'lib, ayol ketguncha uni o'zidan uzoqlashtiruvchi ishlar qila boshlaydi. !!! Achinarli to'g'rimi ? Yanada achinarlisi bilasizmi nima ? Bu tuyg'uni men juda yaxshi bilaman. !)

  • Gabriel Garsia Markesning "Oshkora qotillik solnomasi" asari inson, jamiyat va adolat masalalarini chuqur yoritadigan mashhur romanlardan biridir. Asar voqealari Santyago Nasarning oshkora e'lon qilingan qotilligi atrofida rivojlanadi. Anxela Vikario to'y kechasidan keyin qizlik sha'nini yo'qotganlikda Santyago Nasarni ayblaydi. Shu sababli uning akalari Pablo va Pedro Vikario oilaning sha'nini tiklash maqsadida Santyagoni o'ldirishga qaror qilishadi. Eng dahshatlisi shundaki, ular bu niyatlarini deyarli butun shaharga aytib yurishadi. Ko'pchilik qotillikning oldi olinadi, kimdir ularni to'xtatadi yoki Santyagoga xabar beradi, deb o'ylaydi. Ammo hech kim mas'uliyatni o'z zimmasiga olmaydi. Natijada Santyago Nasar hammaning ko'z o'ngida vahshiylarcha o'ldiriladi. Uni faqat Pablo va Pedro emas, balki jim turgan, befarq bo'lgan va "bu mening ishim emas" degan fikr bilan chetga chiqqan jamiyat ham o'ldiradi. Markes shu voqea orqali insoniyatning eng katta gunohlaridan biri zulm va nohaqlik qarshisida sukut saqlash ekanini ko'rsatadi. Asarda sha'n va or-nomus tushunchalari inson hayotidan ustun qo'yilgani, mish-mishlar va tasdiqlanmagan ayblovlar qanday dahshatli oqibatlarga olib kelishi ochib beriladi. Roman faqat bitta qotillik haqida emas. U jamiyatning befarqligi, insonlarning mas'uliyatdan qochishi va adolatning kechikishi haqida hikoya qiladi. Asar o'quvchini shunday xulosaga olib keladi: agar inson nohaqlikni ko'rib turib indamasa, u ham o'sha nohaqlikning bir qismiga aylanadi. Shuning uchun ham "Oshkora qotillik solnomasi" bugungi kunda ham o'z dolzarbligini yo'qotmagan, inson vijdoni va jamiyat mas'uliyati haqida chuqur o'ylashga majbur qiladigan asardir. Aynan shu sababli ham #Insonning eng katta #gunohi bu - uning sukut saqlashi, jim turishi hisoblanadi aslida. !)

  • Haq odam haqsiz odamchalik qaysar bo'lib turib olmasa, #haqiqat qaror topmaydi. !)

  • ZOD AL-OXIRA — Oxiratga tayyorgarlik Har birimiz bu dunyoda musofirmiz. Safardagi odam yo'l uchun oziq tayyorlaydi — yeguligini, kiyimini, pulini oldindan o'ylab qo'yadi. Ammo eng uzoq va eng muhim safarimiz — bu dunyodan oxiratga bo'lgan safar — uchun qancha "zod" tayyorlab qo'ydik? Alloh taolo Baqara surasida shunday marhamat qiladi: "...wa tazawwadū fa inna khayraz-zādit-taqwā, ..." (2:197) ("...zod-tayyorgarlik qilinglar. Shubhasiz, eng yaxshi zod — taqvodir.") Bu oyat bizga ajoyib bir haqiqatni ko'rsatadi: dunyoviy zod tugaydi, ammo oxirat zodi — taqvo, ixlos, sabr, ilm va yaxshi amallar — abadiy qoladi. O'zimizga savol beraylik: — Har kuni qancha vaqtimizni dunyo ishlariga, qanchasini qalb tarbiyasiga sarflaymiz? — Bugungi amalimiz ertangi safarimizga yetadimi? Muvaffaqiyat faqat martaba yoki mol-dunyoda emas — u qalbning tayyorligida. Har bir yaxshi niyat, har bir halol mehnat, har bir sabr — bu safar uchun to'plagan zodimizdir. "Dunyo — oxiratning ekin maydonidir."

  • To’yi qimmat yurtning - Zinosi arzon bo’ladi! !)

  • Bir it quvlab qoldi. Undan qochdingiz. Yetib oldi. Qarshi kurashyapsiz. Kiyimingizni yirtdi, badaningizni g’ajidi Qarasangiz it egasi kelib qoldi. Egasi ishora qilishi bilan it tinchlanib egasi oldiga ketdi. It bu nafs. Itni egasiga ayting sizni qutqarsin. O’zingiz yenga olmaysiz.

  • Robbing seni tark qilgani yo'q, g'azab ham qilgani yo'q. Zuho-3

  • 🧠 O'ZBEKISTON YOSHLARI: KO'RINMAS QO'RQUVLAR ORTIDA NIMA YASHIRIN? Bir raqamdan boshlaylik: O'zbekiston aholisining 60 foizga yaqini — 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar. Bu — mamlakat tarixidagi eng katta "demografik boylik". Lekin xuddi shu avlodning 42 foizi (18-30 yosh oralig'ida) na o'qiydi, na ishlaydi, na kasb-hunar o'rganadi. Raqamlar ortida esa — psixologik haqiqat bor. Har bir statistika ortida qo'rquv yashiringan. Keling, ularni nomlaymiz: 💰 PENIAFOBIYA — qashshoqlikdan qo'rqish Doim yetishmovchilik hissi bilan yashash, moliyaviy barqarorlikka hech qachon erisha olmaslikdan qo'rqish. Bu shunchaki "pul yo'qligi" emas — bu doimiy ichki tashvish holati. ❌ ATIXIFOBIYA — muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqish Imtihonda yiqilish, biznesni boshlab, barbod bo'lish, birinchi ishda "uddalay olmaslik" qo'rquvi. Ko'pincha bu qo'rquv odamni harakat qilishning o'zidan qaytaradi. 👥 IJTIMOIY QO'RQUV — mahalla, qarindosh-urug' nazari "Nima deyishadi?" degan savol ko'pchilik yoshning har bir qarorini nazorat qiladi — kasb tanlashdan tortib, turmush qurishgacha. 💍 GAMOFOBIYA — turmush qurishdan qo'rqish (yoki aksincha, "muddatida" turmush qurmaslikdan qo'rqish) Ikki tomonlama bosim: bir tarafda — bog'lanishdan qo'rqish, ikkinchi tarafda — jamiyat belgilagan "yoshga yetib qolish" qo'rquvi. 🧭 DESIDOFOBIYA — katta qarorlar qabul qilishdan qo'rqish Mutaxassislik, kasb, turmush o'rtog'i tanlash — bularning barchasi oila ta'siri ostida bo'lgan tizimda, shaxsiy tanlov qo'rquvga aylanadi. 📱 QIYOSLASH QO'RQUVI Instagramdagi "muvaffaqiyatli hayot" rasmlariga qarab, o'zini doim "yetarli emas" his qilish. ⚖️ ADOLATSIZLIKDAN QO'RQISH Mehnat va bilim yagona mezon bo'lmasligi mumkin degan ichki shubha — ishga joylashuvda, biznesda, ta'limda. ❓ Savol sizga: yuqoridagilardan qaysi biri sizga eng tanish tuyuldi? Izohda yozing — ehtimol, siz yolg'iz emassiz.

  • Ba'zan Allohdan faqat moddiy ne'matlarni so'raymiz: uy, mashina, pul, farovon hayot... Ammo o'sha ne'matlarga erishganimizda yonimizda kimlar bo'lishini, o'sha baxtni kimlar bilan baham ko'rishimizni so'rashni unutamiz. Bir harbiy moddiy qiyinchiliklar sabab oilasidan ajraldi. Hatto xotini uni uyidan chiqarib yubordi. Qizi va ayolini baxtli qilish umidida u o'ta xavfli harbiy topshiriqqa rozi bo'ldi va shahid bo'ldi. Qo'mondoni uning haqini oilasiga bildirmasdan yetkazdi. Pulni bolasi o'ynayotgan maydonchaga oilaviy surat bilan birga qoldirib ketdi. Ayol orzu qilgan moddiy farovonlikka erishdi. Endi uy ham bor, pul ham bor. Ammo yonida umr yo'ldoshi yo'q. Farzandi esa otasiz ulg'aymoqda. Shuning uchun Allohdan faqat mol-dunyo emas, balki oila, mehr, sog'lik, baraka, qadrdonlarimiz bilan birga bo'ladigan baxtni ham so'raylik. Allohim, bizni moddiyat ortidan quvib, nafsimiz va kibrimizga qurbon bo'ladigan bandalardan qilma. Bergan ne'matlaringni yaqinlarimiz bilan birga baham ko'rishni nasib etgin. Omin.

  • - Har kim oʻz nafsiga nasihat qilmoqqa quvvati yetsa, oʻzgalarga ham nasihat qilmoqqa qudrati yetadi. Sirri Saqatiy Faririddin Attor "Tazkirotul avliyo"

  • Muhammad 🦅 pinned «2026 yilda #oqilgan_kitoblar  #yanvar 1. Bir kam dunyo 01.01.2026 2. Ey farzand 06.01.2026 3. Qalb kasalliklarining toji 09.01.2026 4. Otamdan qolgan dalalar 10.01.2026 5. Biroz yomg'ir kimsani ranjitmas 13.01.2026 6.Kulguli odamning tushi 14.01.2026 Dostoyevski…»

  • 2026 yilda #oqilgan_kitoblar  #yanvar 1. Bir kam dunyo 01.01.2026 2. Ey farzand 06.01.2026 3. Qalb kasalliklarining toji 09.01.2026 4. Otamdan qolgan dalalar 10.01.2026 5. Biroz yomg'ir kimsani ranjitmas 13.01.2026 6.Kulguli odamning tushi 14.01.2026 Dostoyevski 7. Ma'suma 16.01.2026 Dostoyevski 8. Yashamoq 22.01.2026 Yu Xua 9. Siz izlagan yechim 31.01.2026 10. Jimjitlik 31.01.2026 11. Yuraging chorlagan yerga bor 31.01.2026 #fevral 12. Kashandalikdan qutulishning oson yo'li 01.02.2026 13. G'olib iroda 06.02.2026 14. Kafansiz ko'milganlar 12.02.2026 15. Shaxmat novellasi 17.02 2026 #mart 16. Kuchsizlar kuchi 09.03 2026 17. Ferengeyt bo'yicha 451 daraja 31.03.2026 18. 7 strategies for wealth and happiness. (Jim Rohn) 31.03.2026 #aprel 19. 3 minora Said Ahmad 18.04.2026 20. Alvido Buxoro 19.04.2026 21. Til ofatlari 30.04.2026 22. Bill Gates 30.04.2026 23. 7 strategies for wealth and happiness. (Jim Rohn) 30.04.2026 (qayta va qayta) #may 24. Bank 19.05.2026 25. Asal oyi emas, Asal hayot 29.05.2026 26. Ochlik 30.05.2026 27. Muhabbat (O'tkir Hoshimov) 31.05.2026 #iyun 28. Aura (Hakan O'zkan) 10.06.2026 29. Qiyomat 17.06.2026 30. Qalbi singanlarga 22.06.2026 31. O'g'irlangan sur'at 28.06.2026 32. Propaganda 28.06.2026 #jarayonda 1] Huzurbaxsh tasallilar 2] Ertaga juda kech bo'lishi mumkin #tugagan_kurslar 1. Mening ideal yilim (Davronbek Turdiyev) 2. Kichik va o'rta biznes mijozlarining moliyaviy tahlili (Business & Finance Consulting) Davomli bo'lsin In Sha Allah Amiyn 🙂 !) #yarimyillik_hisobot

Muhammad 🦅 — tgindex