Robotics Academy
СтатистикаRobototexnika bo'yicha yangiliklar, Respublika va Xalqaro musobaqalar haqida yangiliklar Murojaat uchun: 📞+99891 951 50 55 📩: @bobur_imomov
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 28
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 15 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 8
- 1/48двое суток
- 9
- 1/72трое суток
- 9
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Assalomu alaykum va rahmatulloh! Siz bilan MyRobot'dagi muhim yangilikni bo‘lishmoqchi edik. 🤖 MyRobot 3 yildan buyon robototexnika, STEAM, elektronika va boshqa mahsulotlarni sizlarga taqdim etib kelmoqda. Shu vaqtgacha buyurtmalarni asosan @Bobur_Imomov profili orqali qabul qilib kelganmiz. Endi esa MyRobot ijtimoiy tarmoqlarda ham o‘zining rasmiy sahifalarini ishga tushirdi. 🚀 Endi ijtimoiy tarmoqlarimizda sizlar uchun: 🆕 Yangi mahsulotlar 🤖 Robototexnika, AI va STEAM 🧩 LEGO va ta’lim konstruktorlari 🖨 3D printerlar va filamentlar 🔌 Elektronika va komponentlar 🎥 Mahsulot foto/video va foydali kontent 💡 Qiziqarli g‘oyalar va yangiliklar 🔥 Aksiyalar va maxsus takliflar Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz va bizni kuzatib borishingiz biz uchun juda qadrlidir. ❤️ Telegram | Instagram
видео или голосовое, без подписи
O’tgan yili robototexnika bo’yicha jahon chempionatida Portugaliyani yutganmiz! Bu yilham enasini ko’rsatamiz😂
🚀 “StartupFest” robototexnika musoboqalari uchun ro’yxatdan o’tish ochildi! 🌟 Festivalda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyuradigan faol yoshlar, innovatorlar, dasturchilar, muhandislar va startapchilar bir maydonda jam bo‘ladi Do‘stlaringizni ham taklif qiling va Startup Fest’da birga ishtirok eting! Ro’yxatdan o’tishda websiteda muhandislik qismidan robototexnika musobaqalariga ro’yxatdan o’tishingiz mumkin! 🔗Ro’yxatdan o’tish 👉🏻 Nizom bu yerda @startupfest_uz 🕊 Telegram | 👥 Linkedin |📱Instagram
🎤🔥 DIQQAT, TANLOV E’LON QILINADI! Shoxrux ijrosidagi yangi “Muhandis” qo‘shig‘i chiqishi munosabati bilan siz uchun maxsus kreativ challenge boshlanadi! 🚀 🎬 Vazifa: “Muhandis” qo‘shig‘i ostida eng kreativ, original va esda qolarli videorolik tayyorlang. 💡 O‘z g‘oyangizni namoyish qiling, kreativ yondashing va barchani hayratda qoldiring! 🏆 G‘olib uchun maxsus sovg‘a: 💻 NOUTBUK 📌 Tanlovda ishtirok eting va o‘z iste’dodingizni ko‘rsating! 📲 Videolaringizni sahifangizga joylang va bizni belgilang. Eng kreativ video - eng zo‘r sovg‘aga ega bo‘ladi! 😅KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARQMOQLARIGA OBUNA BO‘LING! 🚀Telegram | 📷 Instagram | 🗣Web sahifa
🚀 Robototexnika va Muhandislik Assotsiatsiyasi ligasiga marhamat! Startup va Muhandislik Festivali doirasida O‘zbekistonda ilk bor viloyatlararo robototexnika musobaqalari bo‘lib o‘tadi! Bu safargi musobaqa — yangi format, yangi energiya va haqiqiy texnologik jang maydoni bo‘ladi! 📍 Musobaqa 2026-yil 3-iyundan Xorazm viloyatidan start oladi va quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi: ⚔️ Mini Robo Wars ⚽ Robo Football 🥋 Robo Sumo 🛤️ Line Follower 🏆 Mukofotlar: 🥇 1-o‘rin — 5 million so‘m 🥈 2-o‘rin — 3 million so‘m 🥉 3-o‘rin — 2 million so‘m 🎖️ Qolgan 4-o’rindan 10-o‘ringacha bo‘lgan jamoalar ham 1 million so‘mdan taqdirlanadi! 📅 O‘tkazilish sanalari: 📍 Xorazm viloyati — 3-iyun 📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 5-iyun 📍 Buxoro viloyati — 7-iyun 📍 Navoiy viloyati — 9-iyun 📍 Surxondaryo viloyati — 11-iyun 📍 Qashqadaryo viloyati — 13-iyun 📍 Samarqand viloyati — 15-iyun 📍 Jizzax viloyati — 17-iyun 📍 Sirdaryo viloyati — 19-iyun 📍 Andijon viloyati — 22-iyun 📍 Farg‘ona viloyati — 24-iyun 📍 Namangan viloyati — 26-iyun 📍 Toshkent viloyati — 28-iyun 📍 Toshkent shahri — 29-iyun yoki 4-iyul 📢 Musobaqa haqidagi barcha ma’lumotlar Telegram kanal orqali e’lon qilib boriladi. Ro'yxatdan o'tish ertaga ochiladi! 🕊 Telegram | 👥 Linkedin |📱Instagram
🔥 🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔥 Yosh muhandislar, mana barchamiz kutgan lahzalar ham yaqinlashib qoldi — Robo Fest Summer 2026 tobora yaqinlashmoqda! 🥳 1-iyun kuni Cyber Park tomonidan robototexnika bo‘yicha eng tomoshabop musobaqalardan biri bo‘lib o‘tadi. Endi robotlaringiz va uchuvchi apparatlaringiz nimalarga qodir ekanini keng jamoatchilikka namoyish etish vaqti keldi. 😉 ➡️➡️Musobaqa yo‘nalishlari 👈👈 10 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar uchun: ➡️Robofutbol (nizom) ➡️Robosumo (nizom) Mukofot jamg‘armasi: 🥇1-o‘rin — 5 mln so‘m 🥈2-o‘rin — 3 mln so‘m 🥉3-o‘rin — 1 mln so‘m ❗️Sovrin jamg‘armasi QQS bilan ko‘rsatilgan. Soliq tashkilotchilar tomonidan to‘lanadi 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar uchun: ➡️FPV-dron poygalari (nizom) ➡️Kordli aviamodellar jangi (nizom) Mukofot jamg‘armasi: 🥇1-o‘rin — 8 mln so‘m 🥈2-o‘rin — 6 mln so‘m 🥉3-o‘rin — 4 mln so‘m ❗️Sovrin jamg‘armasi QQS bilan ko‘rsatilgan. Soliq tashkilotchilar tomonidan to‘lanadi ➡️RO‘YXATDAN O‘TISH ◀️ 📞 +998 77 379-38-04 / +998 99 028-89-88 📱Telegram 📱 Instagram 📱Youtube
#Kelajak_muhandislari “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali birinchi kun tafsilotlaridan videolavha Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
"Eng yaxshi oliy ta'lim ixtirochisi" tanlovi 🔸Sizda innovatsion ixtiro mavjudmi? Buni butun respublika miqyosida taqdim eting va katta mukofotlarni qoʼlga kiritish imkoniyatidan foydalaning. ➡️ Tanlov yoʼnalishlari: 🟢 Sunʼiy intellekt, dasturlash va axborot texnologiyalari 🟢 Muhandislik, ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari 🟢 Aniq va tabiiy fanlarga mansub ta'lim yoʼnalishlari 🟢 Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 🟢 Veterinariya va qishloq xoʼjaligi (shu jumladan, baliqchilik va oʼrmonchilik) 🟢 Sogʼliqni saqlash, tibbiyot va mehnat muhofazasi 🟢 Arxitektura va qurilish 🟢 Transport va logistika xizmatlari 💰 Mukofotlar: 🥇 1-oʻrin — 12 250 000 soʻm 🥈 2-oʻrin — 10 000 000 soʻm 🥉 3-oʻrin — 9 000 000 soʻm 🔴Qoʻshimcha imkoniyatlar: 🔸Eng yaxshi loyihalarni STARTUP sifatida moliyalashtirishda yordam koʼrsatiladi. 💕 Eng faol 2 ta oliy taʼlim muassasasi uchun laboratoriya va moddiy-texnik bazalarini mustahkamlash maqsadida 500 million soʼmgacha grant ajratiladi. ❤️ Batafsil maʼlumot uchun: 🖱️ Havola ❗️Saralash bosqichi uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting: 🖱️ Havola ♾️ Tanlovga arizalar joriy yilning 11-may sanasigacha qabul qilinadi.
🇺🇿 O’zbekistonlik Yosh muhandislar 2026-yil yozda John Hopkins universitetida bo’lib o’tadigan MTI robototexnika musoboqasiga qabul qilindi! 🚀 Ushbu musoboqada dunyoning eng kuchli 44ta jamoasi FTC yo’nalishida qatnashadi. Bu yil 30,000 mingdan ortiq jamoalar ushbu musoboqaga a’riza topshirgan. 🌍 Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo’lib O’zbek yoshlari ushbu musoboqada qatnashadi! 🕊 Telegram | 👥 Linkedin |📱Instagram
❓ Sizning robotingiz g‘alaba golini ura oladimi? 🤖⚽️ ROBO-FUTBOL TURNIRI – 26 mart, soat 10:00 ARDUINO DASTURLASH TURNIRI – 26 mart, soat 10:00 Sizni ikki qiziqarli musobaqaga taklif qilamiz: 🤖🏐 ROBO-FUTBOL TURNIRI - bu yerda jamoalar o‘z robotlarini boshqarib, eng yaxshi nomini olish uchun kurashadilar! 🖥 ARDUINO DASTURLASH TURNIRI - bu yerda ishtirokchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi va muhandislik ko‘nikmalarini namoyish qilishlari mumkin. ❗️ MUHIM: joylar soni cheklangan: Robo-Futbol: 32 jamoa (64 ishtirokchi) Arduino dasturlash: 20 ta ishtirokchi Jamoangizni yig‘ing, robotingizni dasturlang, musobaqada qatnashing va qaysi robot haqiqiy chempion bo‘lishini ko‘rsating! 🏆 🗓 Sana: 26 mart 2026 ⌛️ Vaqt: 10:00 📍 Faqat Toshkent shahri ishtirokchilari uchun. ✍️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://forms.gle/zDEuaEedXZeDDi1K8 📝 Turnir qoidalari: https://drive.google.com/file/d/1H4M8BHSz17g2iBxsVpg2S_HBpjxb6d0h/view?usp=sharing 📞 +998 77 379-38-04 / +998 99 028-89-88 📱Telegram 📱 Instagram 📱Youtube
🚀 CAU TECH HACKATHON 2026 CAU Tech Hackathon 2026 is an international technology event, bringing together students, school pupils, engineers, and young innovators from different countries to work on real-world challenges in artificial intelligence, cybersecurity, and robotics, with the support of Cisco. Throughout the hackathon, participants will collaborate in teams, solve practical cases, receive expert guidance, and compete for cash prizes, gaining valuable hands-on experience in a global tech environment. 🔹 Hackathon Tracks: 🧠 AI in Healthcare (for university students) A 48-hour hackathon focused on developing AI-powered solutions for healthcare, including medical data analysis, computer vision, intelligent systems, and digital health prototypes, supported by industry expertise and innovation standards promoted by Cisco. 🛡 Cybersecurity CTF (for university students) A hands-on Capture the Flag competition in cybersecurity and ethical hacking, where participants tackle challenges in system security, cryptography, digital forensics, and network defense, supported by Cisco Networking Academy. 🤖 Robotics Challenge (for school students, grades 10–11) An engineering competition where participants design, build, and program robots to complete technical missions under real competition conditions, fostering problem-solving and engineering thinking. 👥 Participation Format: • Teams of 4 participants • On-site participation at the Central Asian University campus • Open to university students and school pupils (depending on the track) 💰 Cash prizes for winning teams 📜 Participation certificates 🌍 International collaboration and hands-on experience 👉 Registration is now open — apply via the links provided in the description. 📩 For inquiries: @nazarovass @An0rka 🇺🇿 O'zbek tilida o'qish uchun _____________________________________ 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71 200 05 22, 71 208 12 34 💙 Support our channel!
👨💻 Uzсosmos TATU bilan hamkorlikda Fransiya va Yevropa kosmik agentliklari tomonidan tashkil etilgan xalqaro ActInSpace hakatoniga start berdi. ✔️ Agar siz 18 yoshdan katta bo‘lsangiz, jamoangizni tuzing, haqiqiy kosmik vazifani bajaring va final bosqichida - Fransiyaning Bordo shahrida - yurtimiz nomidan ishtirok eting. Jamoaning barcha ishtirokchilari ro’yxatdan o’tishlari zarur. Joylar soni chegaralangan. 🔗 Ro'yxatdan o'tish boshlandi: https://actinspace.org/register ——— 👨💻 Uzсosmos совместно с ТУИТ запускает международный хакатон ActInSpace – проект Французского и Европейского космических агентств. ✔️ Если вам больше 18, соберите свою команду, решите реальную космическую задачу и представьте нашу страну в финале в городе Бордо, Франция. Все участники команды должны пройти регистрацию. Число участников ограничено. 🔗 Регистрация открыта: https://actinspace.org/register 📱 Instagram 📱 LinkedIn 📱 Youtube
Yosh muhandislar hakatoni! Tayoqchalar va elim yordamida haqiqiy ko‘prik qurib, uni sinovdan o‘tkazishni xohlaysizmi? RoboX va Muhandiss.uz sizlar uchun maxsus hakaton tashkil qilmoqda. Vazifa shundan iborat: O'quvchilar 3 kishilik jamoa bo'lib faqatgina tayoqchalar va yelimdan foydalanib ko'prik qurishadi va uni real og'irlik bilan sinovdan o'tkazishadi. Kimlar qatnasha oladi? 12–16 yoshdagi, muhandislikka qiziqqan barcha o‘quvchilar. • ✔️Barcha materiallar ta'minlanadi •🏆G'olib 3 jamoa qimmatbaho sovg'alar bilan mukofotlanadi. Ro'yxatdan o'ting: Link Ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati: 3-dekabr Homiy – Rahimov School xususiy maktabi 📱Telegram 📱Muhandiss
🌟 "Raqamli Avlod IT Haftaligi - 2025" 🔧 Foydali ixtirolar – o‘zingiz yaratgan qurilma, gadjet yoki innovatsion g‘oyangizni taqdim eting. 🟡11-dekabr — Foydali ixtirolar bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tadi 🔸Innovatsionlik va yangilik darajasi; 🔸Loyihaning prototipi mavjudligi hamda uning ishga tayyorligi; 🔸Loyihaning bozordagi yoki ilmiy ishlardagi mavjud analoglardan farqlanishi; 🔸Atrof-muhitga yetkaziladigan zarar darajasining pastligi; 🔸Loyihani tushuntirishning aniqligi. 💁🏼♂️ Loyihani har kim o'z qo'li bilan yasagan bo'lishi hamda analoglari bo'lsa analogilaridan ustun taraflarini aytishi kerak 🎁 G'oliblarni qimmatbaho sovg'alar kutmoqda! Ro'yxatdan o'tish uchun: online.raqamliavlod.uz Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
☄️ CYBERUNI PARK CUP 2025 – Talaba va Yoshlar Festivali! Ushbu festival kiberxavfsizlik, robototexnika, dron va kordli samolyotlarga qiziqqan 12–30 yoshdagi yoshlar va talabalar uchun tashkil qilinmoqda. 🖥 17-noyabr, 10:00–15:00 📍 Cyber University, Nurafshon sh. 🛡 Musobaqalar yo‘nalishlari: 1. CTF (Capture the Flag) 2. Robo-Battle (Robototexnika) 3. Robo-Football 4. Drone Cargo Delivery Race 5. Tethered Aircraft Combat (Kordli aviamodellar jangi) 6. FPV Drone Racing 💵 Mukofotlar: • 1-o‘rin – 5 000 000 so‘m + sertifikat • 2-o‘rin – 3 000 000 so‘m + sertifikat • 3-o‘rin – 1 000 000 so‘m + sertifikat 💡 Maqsad: Yoshlar va talabalar o‘rtasida amaliy ko‘nikmalar va ilmiy-texnik ijodkorlikni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarga qiziqtirish hamda ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlash. 📌 Ro‘yxatdan o‘tish va musobaqa nizomlari bilan tanishuv quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: http://ctf.csu.uz 🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin
🇺🇿O‘zbekiston yoshlari dunyo sahnasida! Panama shahrida bo‘lib o‘tgan “FGC 2025” robototexnika jahon chempionatida yurtimiz yoshlari faxrli natijalarni qayd etdi! ⚡️Yoshlarimiz musobaqa davomida AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil va Buyuk Britaniya kabi kuchli jamoalarni ortda qoldirib, 190 davlat orasidan 4-o‘rinni egalladi! Bu nafaqat g‘alaba, balki O‘zbekiston yoshlari global maydonda raqobatlasha olishini isbotlagan natija. 👏Bu natija yangi marralar sari turtki! 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
🇵🇦 Kecha tunda Robototexnika bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi First Global challenge 2025 (Jahon chempionati)da ishtirok etish uchun Panamaga jo’nab ketti! 🏆 Ma’lumot uchun, ushbu musoboqa har yili o’tkazilib, unda dunyoning 195ga yaqin davlatlaridan terma jamoalar ishtirok etishadi! 🇺🇿 Milliy robototexnika jamoamizga jahon chempionatida omad tilaymiz! 🕊 Telegram | 👥 Linkedin |📱Instagram
📣📣📣📣📣 XALQARO FIBONACCI ROBOTOTEXNIKA OLIMPIADASI — Rim, Italiya! 🤖Agar siz robototexnika bo‘yicha olimpiada va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan bo‘lsangiz — bu imkoniyat aynan SIZ uchun! Final bosqichi joriy yilning 21-25-noyabr kunlari Italiyaning Rim shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Ushbu olimpiada orqali siz nafaqat o‘z bilim va ko‘nikmalaringizni xalqaro darajada sinovdan o‘tkazasiz, balki ta’lim grantlari, ko‘plab imkoniyatlar va yutuqlarga ega bo‘lasiz. 🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi joriy yil Turkiyada bo‘lib o‘tgan bosqichda yuqori natija qayd etgani sababli Xalqaro Fibonacci olimpiadasi tashkiloti O‘zbekiston uchun 7-11-sinf o‘quvchilaridan qo‘shimcha 6 nafar ishtirokchi qatnashishiga imkoniyat yaratib berdi. Qatnashmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar 24-oktyabr 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Hozirgacha olimpiada va tanlovlarda eng yaxshi natijalar qayd etgan 6 nafar ishtirokchilar final bosqichi uchun saralab olinadi. 🔗RO‘YXATDAN O‘TISH 🔔Eslatma, ushbu olimpiadaning final bosqichida qatnashish to‘lovi, borib-kelish va yashash xarajatlari ishtirokchi tomonidan qoplanadi. Bunday imkoniyatni aslo qo‘ldan boy bermang! 📱 Telegram |📱 Instagram
видео или голосовое, без подписи