SamDVMCHBU rektori |RASMIY
СтатистикаSamarqand Davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalari universiteti rektorining Telegramdagi rasmiy sahifasi
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 85
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 141
- 1/48двое суток
- 161
- 1/72трое суток
- 174
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Xalqaro_hamkorlik ✅Xalqaro hamkorlik amalda: Shihezi universiteti delegatsiyasi Samarqandda! ✅O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik hamkorlik doirasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. ✅Bu hamkorlikning amaliy ifodasi sifatida bugun, 11-avgust kuni, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Shihezi University delegatsiyasi ishtirokida “Xalqaro yozgi maktab–2026” o‘z ishini boshladi. ✅10 nafar talaba va 2 nafar professor-o‘qituvchidan iborat Shihezi University delegatsiyasining tashrifi 11–13-avgust kunlari davom etishi rejalashtirilgan. Tashrifning dastlabki kunida mehmonlar universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov hamda professor-o‘qituvchilar bilan uchrashib, oliy dargohning ta’lim jarayoni va ilmiy salohiyati bilan yaqindan tanishdilar. ✅Xorijlik mehmonlarga universitetning o‘quv va ilmiy laboratoriyalari namoyish etilib, mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiyalari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi. ✅Yozgi maktab dasturidan zamonaviy agrotexnologiyalar va mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarish, dukkakli don ekinlari, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, energiya hamda resurs tejamkor texnologiyalar, shuningdek, chorvachilikda genetika, seleksiya va zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha ilmiy-amaliy mashg‘ulotlar o‘rin olgan. ✅Shuningdek tashrif davomida xitoylik talabalar Samarqandning boy tarixiy-madaniy merosi bilan tanishish maqsadida Amir Temur maqbarasi, Registon, Bibixonim majmuasi, Boqiy shahar hamda Imom Al-Buxoriy majmuasiga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgan. ✅ “Xalqaro yozgi maktab–2026” O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik almashinuvni rivojlantirish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilarning tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish va qishloq xo‘jaligi, muhandislik hamda zamonaviy agrotexnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. ✅SamDVMCHBU Axborot xizmati ➡️ Bizni kuzatib boring !!р 🌐Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
без подписи
без подписи
без подписи
#Xalqaro_hamkorlik ✅SamDVMCHBU va Timiryazev akademiyasi o‘rtasidagi strategik hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda ✅Universitei rektori, professor Xudaynazar Yunusov Rossiya davlat agrar universiteti – K.A. Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasi rektori, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Vyacheslav Mixaylovich Lukomets bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasidagi uzoq yillik hamkorlikni yanada mustahkamlash, ta'lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 🎓 Muzokaralar davomida amaldagi hamkorlik memorandumini uzaytirish, veterinariya meditsinasi, chorvachilik, biotexnologiya, oziq-ovqat xavfsizligi va agrar fanlar yo‘nalishlarida qo‘shma bakalavriat, magistratura va doktorantura ta'lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar hamda talabalar almashinuvini kengaytirish, qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovka dasturlarini tashkil etish, xalqaro grantlar va ilmiy loyihalarda hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy maqolalarni Scopus va Web of Science bazalarida indekslanuvchi nufuzli jurnallarda birgalikda chop etish, zamonaviy laboratoriyalar faoliyatini rivojlantirish hamda innovatsion ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi. 🔬 Tomonlar hayvonlar salomatligi, yuqumli kasalliklarni diagnostika qilish va profilaktikasi, veterinariya epidemiologiyasi, molekulyar biologiya, genetika, biotexnologiya, sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalarni veterinariya hamda chorvachilik sohasiga tatbiq etish, chorvachilik mahsuldorligini oshirish, seleksiya va naslchilikni rivojlantirish, bioxavfsizlik hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratdilar. Shuningdek, xalqaro ilmiy konferensiyalar, seminarlar, yozgi maktablar va akademik forumlarni hamkorlikda tashkil etish hamda yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 📚 Uchrashuv davomida ikki oliy ta'lim muassasasi o‘rtasidagi tarixiy aloqalar alohida e'tirof etildi. Xususan, Ikkinchi jahon urushi yillarida Timiryazev akademiyasining Samarqandga evakuatsiya qilinishi va o‘sha davrda Samarqand ilmiy hamjamiyatining akademiya faoliyatini davom ettirishga qo‘shgan hissasi bugungi strategik sheriklikning mustahkam tarixiy asosi ekanligi qayd etildi. Ushbu tarixiy rishtalar bugungi kunda zamonaviy ta'lim, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish yo‘lida yangi mazmun bilan boyitilmoqda. 🌐 Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro ishonch va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan hamkorlikni yanada kengaytirish, xalqaro reytinglarda universitetlar nufuzini oshirish, qo‘shma ilmiy markazlar va innovatsion loyihalarni tashkil etish hamda global miqyosdagi dolzarb muammolarga ilmiy yechimlar ishlab chiqishda o‘zaro yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. ✅SamDVMCHBU Axborot xizmati ➡️ Bizni kuzatib boring !! 🌐Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
без подписи
#Xalqaro_hamkorlik ✅Xalqaro hamkorlik aloqalari yanada kengaymoqda ✅Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga Rossiya Federatsiyasining K.A. Timiryazev nomidagi Rossiya davlat agrar universiteti professori, biologiya fanlari doktori Tursimbay Sattimbayevich Kubatbekov tashrif buyurdi. ✅Tashrif doirasida mehmon universitet rektori, professor X. Yunusov qabulida bo‘ldi. Uchrashuv davomida ikki oliy ta'lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-tadqiqot ishlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvi, qo‘shma ta'lim dasturlari hamda veterinariya va biotexnologiya yo‘nalishlarida istiqbolli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. ✅Tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishdilar. ✅Mazkur tashrif universitetimizning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va ilmiy salohiyatini yuksaltirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. ✅SamDVMCHBU Axborot xizmati ➡️ Bizni kuzatib boring !! 🌐Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи