SMM AI Savodxon|Samarqand
Статистика- Последний пост
- 9 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 196
- 1/48двое суток
- 224
- 1/72трое суток
- 242
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📣❤️🔥❤️🔥❤️🔥 "SMM AI Savodxon" va "Yosh mobilograflar" loyihalari bitiruvchilari! 💡 O'z mahoratingizni namoyish etish va munosib ish topish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! 📆 10-avgust soat 10:00 da 📍 Samarqand viloyati Yoshlar markazida Mobilografiya hamda SMM maktab bitiruvchilari va tinglovchilari uchun davlat organlari, xo'jalik birlashmalari, yirik korxonalar, tadbirkorlik subyektlari va biznes vakillari ishtirokida taqdimot hamda ish beruvchilar bilan uchrashuv bo'lib o'tadi. 🎯 Tadbir davomida: ✅ Eng iqtidorli bitiruvchilar va faol tinglovchilar o'z salohiyatini namoyish etadi; ✅ Ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyati yaratiladi; ✅ Eng yaxshi o'qigan va o'qiyotgan ishtirokchilarni ish bilan ta'minlash masalasi ko'rib chiqiladi. Agar siz o'z bilimingiz va ijodingizni amalda namoyon etib, professional faoliyatingizni boshlashni istasangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun! ⚠️ Kelajagingiz sari muhim qadamni biz bilan tashlang!
Assalomu alaykum, 10-avgust, soat 10:00 da viloyat Yoshlar markazida SMM AI Savodxon hamda Mobilografiya loyihalari bitiruvchilari bilan ish beruvchilar o'rtasidagi taqdimot tadbiri davomida quyidagi SMM maktab bitiruvchilariga tantanali sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Kechikmasdan ko‘rsatilgan vaqt va manzilda bo‘lishingizni so‘raymiz. 1) Ibroximov Akmaljon Adhamjon o‘g‘li 2) Tursunboyev Hojiakbar Abror o‘g‘li 3) Sultonmurodova Ruxshona G‘ulom qizi 4) Karimov Suhrob Otabek o‘g‘li 5) Xo‘jayev Ozodbek Zohid o‘g‘li 6) Kodirova Farangiz Alisher qizi 7) Negmatov Damirjon Xakim o‘g‘li 8) Zoirov Zuhriddin Parda o‘g‘li 9)Ibodov Ilhom Salim o‘g‘li 📌 Aloqa bank xodimi bilan mazkur 904466688 (Ilhom aka) raqam orqali bog‘lanib, bitiruvchilarga beriladigan imtiyozli kartaga ham ariza topshirishingizni so‘raymiz!
📣❤️🔥❤️🔥❤️🔥, Mobilografiya va SMM Savodxon loyihasi bitiruvchilari! 💡 O'z mahoratingizni namoyish etish va munosib ish topish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! 📆 28-iyul 📍 Samarqand viloyati Mobilografiya hamda SMM Savodxon loyihalari bitiruvchilari uchun davlat organlari, xo'jalik birlashmalari, yirik korxonalar, tadbirkorlik subyektlari va biznes vakillari ishtirokida taqdimot hamda ish beruvchilar bilan uchrashuv bo'lib o'tadi. 🎯 Tadbir davomida: ✅ Eng iqtidorli bitiruvchilar va faol tinglovchilar o'z salohiyatini namoyish etadi; ✅ Ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyati yaratiladi; ✅ Eng yaxshi o'qigan va o'qiyotgan ishtirokchilarni ish bilan ta'minlash masalasi ko'rib chiqiladi. Agar siz o'z bilimingiz va ijodingizni amalda namoyon etib, professional faoliyatingizni boshlashni istasangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun! ⚠️ Kelajagingiz sari muhim qadamni biz bilan tashlang!
без подписи
без подписи
📢 Hurmatli “SMM AI Savodxon” tinglovchilari! 📢 Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan oflayn darsda 420 nafar yosh ishtirok etdi. Bu raqam yoshlar orasida bilimga, zamonaviy kasblarga va sun’iy intellektni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganining aniq isbotidir. ❓ Savol: Samarqand yoshlari bundan ham kuchliroq tashabbus ko‘rsata oladimi? Bu natijani oshirish faqat tashkilotchilarning emas, har bir tinglovchining mas’uliyatidir. ❗️ Shuning uchun siz qilishingiz mumkin bo‘lgan kichik, lekin juda muhim qadamlar: ✅ Kursni kamida 3 nafar do‘stingizga shaxsan tavsiya qiling; ✅ Ijtimoiy tarmoqlarda kurs haqida post yoki story ulashing; ✅ Guruh va fakultet chatlariga offlayn darslardan lavhalar yuboring; ✅ O‘zingiz olgan foydali bilimlarni qisqa tajriba sifatida boshqalarga yetkazing. 💭 Tasavvur qiling: agar har bir ishtirokchi kamida 2 nafardan yangi tinglovchini olib kelsa, Samarqanddagi oflayn darslar qanday ulkan auditoriyaga aylanadi? 📌 Izohlarda yozing: “Men safimizni kengaytirishga hissa qo‘shishga tayyorman!” va bu safar kimlarni olib kelishingizni ham belgilang. 🌐 Bizni bu yerda kuzating⤵️ 🚀Telegram. 📷Instagram
❤️❤️❤️🔥🔥🔥 Kun davomida bosma va internet jurnalistikadagi kontent sifati, muammo va yechimlar chuqur tahlil qilinadi. Tahliliy reportaj tayyorlash, islohotlarni noodatiy rakursda ochib berish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar beriladi. Shuningdek, mahalliy va xalqaro OAV tajribasi asosida keyslar tahlili, ishtirokchilarning ijodiy ishlari SWOT tahlil qilinib, media yondashuvlar qayta ko‘rib chiqiladi. Axborot maydonida xavfsizlik, SI davrida raqamli gigiena, yirik siyosiy jarayonlarni to‘g‘ri yoritish kabi dolzarb mavzular kun tartibidan joy olgan. ✅Kun yakuniga yaqin esa eng keskin mavzulardan biri – korrupsiyaga qarshi kurashda OAV roli, hamda eksklyuziv mediakontent yaratishda vizual va dizayn yondashuvlari muhokama qilinadi. 📌Bugungi jarayonlarni tajribali mentorlar – ekspert Eldar Asanov va “Mening yurtim” telekanali muharriri Umida Olimova olib bormoqda. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥 Assalomu alaykum! ⚠️ Xabaringiz bor 2️⃣7️⃣-aprel dushanba kunidan Samarqandda yirik media haftalik boshlanadi. Shu munosabat bilan SMM AI savodxon kursida o'qiyotgan va o'qib sertifikat olgan barcha qatnashchilar 30-aprel, payshanba kuni soat 13:00 da SamDAQU (Samarqand arxitektura va qurilish universiteti) bosh binosiga kelishlari so‘raladi. ⚡️ Media haftalik davomida respublikamizdagi SMM va media sohasining eng malakali mutaxassislari ishtirokida seminar-treninglar o'tkaziladi. 📢 Barchangizni jarayonlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz! 🌐 Bizni bu yerda kuzating⤵️ 🚀Telegram. 📷Instagram
🏆 Tanlov esingizdami? 5 ta planshetdan biri sizniki bo'lishi mumkin. Tanlovda qatnashish sharti oddiy: • 9-aprel soat 12:00 gacha kamida 5 ta modulni ko’rib, darslarni tugating. Aynan video darsliklarni ko’rib tugatgan o‘quvchilar avtomatik ravishda tanlov ishtirokchisiga aylanadi 🏆 G‘oliblar 9-aprel kuni tasodifiy raqamlar generatori orqali aniqlanadi va jonli efirda e’lon qilinadi. Kursni boshlash: https://app.yoshtadbirkorlar.uz/smm-courses
👍 Surxondaryoda Media haftalik boshlandi – sen ham bu jarayonning bir qismi bo‘lishing mumkin! Bugundan Surxondaryo viloyatida media sohasining eng dolzarb masalalari, real tajriba va zamonaviy yondashuvlarni birlashtirgan Media haftalik start oldi. 👍 Media haftalikda: ✔️o‘zbek milliy jurnalistikasida o‘tkir qalami bilan tanilgan ustozlar, ✔️ bugungi media maydonda faol va ta’sirga ega OAV vakillari, ✔️ijtimoiy faollar, blogerlar, ✔️hamda media sohasiga qiziqadigan yoshlar bir maydonda jam bo‘ladi. 📍Manzil: “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi Bu yerda siz faqat tinglamaysiz – amalda o‘zingizni sinab ko‘rasiz. Treninglar quruq va zerikarli ma’ruzalardan iborat emas, balki real keyslar, interaktiv mashg‘ulotlar va jonli muhokamalar asosida tashkil etilgan. Bu — zamonaviy media qanday ishlashini his qilish imkoniyati. 👍 Agar siz: ✅ yangilikni boshqalardan oldin his qilmoqchi bo‘lsangiz, ✅ axborotni faqat qabul qiluvchi emas, balki yaratuvchi bo‘lishni istasangiz, ✅ media sohasida o‘z o‘rningizni topmoqchi bo‘lsangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun. 👍 Haftalik 17 aprelga qadar davom etadi. 🦋 Batafsil ma'lumot: @kontentmarkazi
#Mediahaftalik ⚡️Axborot makonida yosh professionallarning yangi avlodi tayyorlanmoqda Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, Yoshlar ishlari agentligi va hamkor tashkilotlar bilan mamlakatimiz bo‘ylab start olgan keng miqyosli loyihaning dastlabki bosqichi Qoraqalpog‘istonning Orolbo‘yida 700 dan ortiq soha vakillarini jamladi. Matbuot kotiblari, bosma va internet nashrlar vakillari, TV ijodkorlari, SMM mutaxassislari, bloger, mobilograf va vaynerlar alohida sessiyalarda maxsus ixtisosliklar bo‘yicha saboq oldi. ✔️Sun’iy intellekt va neyrotarmoqlar Mediada SI: kreativ kontent yaratish amaliyoti; ✔️Antifeyk va faktcheking Axborot xavfsizligi: xurujlar va dezinformatsiyaga qarshi ilg‘or texnologiyalar; ✔️Milliy media makonni muhofazalash Inqirozli vaziyatlarda kommunikatsiya strategiyalari, tarmoqdagi sahifalar verifikatsiyasi; ✔️Algoritmlar va vizual storitelling Trendlar: organik qamrovni oshirish, auditoriya e'tiborini qozonish sirlari; ✔️Innovatsion tasvir va montaj Hujjatli film tayyorlash, zamonaviy uskunalardan foydalanish, dinamik montaj usullari. Seminarlar amaliyotchi media-ekspertlar, tajribali jurnalistlar, millionlab kuzatuvchilarga ega raqamli kontent ustalari tomonidan olib borildi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
🇺🇿 Qoraqalpog‘istonda Media haftalik yakunlandi! 📍 5 kun davomida hudud haqiqiy media-hubga aylandi 👥 700+ ishtirokchi: matbuot kotiblari, jurnalistlar, blogerlar, SMM mutaxassislar va mobilograflar ✅ Dastur davomida: • Sun’iy intellekt va zamonaviy media vositalari • Faktcheking, SMM strategiya va vizual storytelling • TV, jurnalistika va kontent ishlab chiqarish amaliyoti • Hujjatli filmlar tayyorlash bo'yicha ko'nikmalar o'rgatildi. 🤝 Davlat organlari va media o‘rtasida yangi ochiq hamkorlik muhiti shakllandi. ✈️ Keyingi manzil: Xorazm (6–10-aprel). 🦋 Batafsil ma'lumot: @kontentmarkazi
без подписи
🎥 🌀”Media haftalik” 🦋 @kontentmarkazi
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи