Sabrina Maxambatqulova
Статистика- BMT ( UNV ) maslahat kengashi a'zosi; - "Renessans yoshlari" ko'krak nishoni sohibi - O'ZMTRK teleboshlovchi , dublyaj ustasi; - Toshkent viloyati " Qizlarjon klubi" koordinatori; - Oliy majlis qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi;
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 36
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 61
- 1/48двое суток
- 69
- 1/72трое суток
- 75
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Lahzaga tengma-teng uchib boraman, O’zimdan, so’zimdan cho’chib boraman. Zavol bilmaydigan manzilni ko’rsat, Tomirlarim bilan ko’chib boraman. Vaqtning daryosida oqib boraman, Goh so'zsiz xolingga boqib boraman. Menga so'nmaydigan bir yulduz ko'rsat, Yuragimni shamdek yoqib boraman… Ba’zida shunaqa she’rlarga bo’lgan qiziqishib ortib ketadiki, o’sha vaqti aytib olmasam shu bilan qolib ketadi😁 lekin afsuski hech vaqt bo’lmidida… @Sabrina_Maxambatqulova
#Yoshlar_2026 “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasiga start berildi Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasini ishga tushirdi. Loyiha doirasida fuqarolar jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya hamda tashabbuslarini taqdim etishlari mumkin. Tashabbuslar taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat va boshqa yoʻnalishlarda qabul qilinadi. Arizalar 1-avgustdan 31-avgustgacha tashabbus.yito.uz platformasi orqali qabul qilinadi. 🌐 Obuna bo‘ling: Yoshlar l Ayollar l Qizlar l Ins l YouTube l Telegram l YQ l YP l TV
видео или голосовое, без подписи
Ba’zi joylar insonga shunchaki tajriba emas, qarashlarni ham o’zgartirar ekan… Bugun amaliyotim yakunlandi. Shu vaqt ichida ko’p narsani ko’rdim, ko’p narsani o’rgandim.Ba’zan tashqaridan juda oddiy ko’ringan ishning ichida qanchadan-qancha mas’uliyat yashiringan bo’ladi. Shu amaliyot menga aynan shuni o’rgatdi. Menga vaqt ajratgan, bilganlarini o’rgatgan va har bir savolimga sabr bilan javob bergan ustozlarimga chin dildan rahmat🤍 @Maxambatqulova_Sabrina
Shu desangiz yaqinda tasodifan bir ko’rsatuvda tushib qoldim😁 Ko’chada syomka vaqtiga to’g’ri kelib qolibman, o’zimgayam qiziq qanaqa ko’ringani , chunki hech rejalashtirilmagan ko’rsatuvlarda chiqmasdim…) Bunisi ajoyib va kutilmagan bo’ldi😂 @Maxambatqulova_Sabrina
Shunday yashangki, bir kun bu dunyoda bo’lmay qolsangiz, yo’qligingiz sezilsin🤍 Ko’p yashash emas, mazmunli yashash muhim. Shunday inson bo’lingki, siz ketganingizda bir oilada duolar kamayib qolsin, bir do’st sizni sog’inib qolsin, bir shogird bergan nasihatingizni eslab yursin, bir inson esa aynan siz sabab hayoti o’zgarganini faxr bilan ayta olsin. Kimningdir ko’nglini ko’tardingizmi? Kimningdir og’ir kunida yonida bo’ldingizmi? Bilganingizni boshqalar bilan bo’lishdingizmi? Ota-onangizning duosini oldingizmi? Ana shunday amallar insonni unutilmas qiladi. Hayot iz qoldirish uchun berilgan. Ortingizdan qimmat mashinalar, chiroyli kiyimlar yoki katta uylar emas, yaxshi nom, chiroyli muomala va ezgu amallar ergashsin✨ @Maxambatqulova_Sabrina
Bugun sizlar bilan shu vaqtgacha yozmagan narsalarim haqida postlashmoqchiman) Sabrina haqida sizlar bilmagan 7 ta fakt aytaman😁 Ba’zan postlarimni o’qib, meni juda jiddiy inson deb o’ylashadi. Aslida esa men haqimda ko’pchilik bilmaydigan tomonlarim ham bor) 1. Biror narsani niyat qilsam, mayda detallarigacha tasavvur qilaman. Shunchaki “xohlayman” demayman, qanday bo’lishini ham ko’z oldimga keltiraman. 2. Men uchun eng katta raqobatchi kechagi Sabrina. Har kuni hech bo’lmasa 1% bo’lsa ham o’sishga harakat qilaman. 3. Tashqaridan o’zimga juda ishongan odamdek ko’rinaman. Lekin muhim ishlar oldidan men ham hayajonlanaman. Farqi shundaki, qo’rquvga qaramay harakat qilishni tanlayman. 4. Mayda hashorotlardan judayam qo’rqaman, ayniqsa, o’rgimchakdan. 5. Tashqarida biron narsa yeb sayr qilolmayman ayniqsa jamoat joylarida 6. Yolg’onni juda tez sezaman, lekin buni bildirmayman) 7. Gullarni judayam yaxshi ko’raman…) @Maxambatqulova_Sabrina
Singlim, sen eng yaxshilariga loyiqsan🤍 Yaxshi ta’limga, o‘zing sevgan kasbga, mehnating bilan erishilgan yutuqlarga loyiqsan. O‘z salohiyatini namoyon qila oladigan, orzularini ortga surmaydigan va o‘z o‘rnini topadigan hayotga loyiqsan. Sen ota-onangning faxri bo‘lishga, oilangga suyanch bo‘lishga loyiqsan. Shuningdek, seni tushunadigan, hurmat qiladigan, yutuqlaringdan quvonadigan va qiyin kunlaringda yoningda turadigan yaxshi turmush o‘rtoqqa ham loyiqsan. Kelajakda farzandlaringga faxr bilan ayta oladigan hikoyang bo‘lishiga loyiqsan. Ba’zan qizlar baxtni faqat bir narsada deb o‘ylashadi. Aslida esa baxt bir-birini to‘ldiradigan ne’matlar uyg‘unligi, ya’ni ilm, tarbiya, kasb, yutuq, mehribon oila va xotirjam qalbda deb hisoblayman bu subyektiv fikrim holos) O‘qi, o‘rgan, harakat qil, o‘zingga investitsiya qil Chunki sen shunchaki yaxshi hayotga emas, o‘zing mehnating bilan quradigan eeeeeng go‘zal hayotga loyiqsan💕 Bir narsani unutma, o‘zingni qadrlasang, maqsadlaringdan voz kechmasang, Allohning izni bilan hayotingga eng yaxshilari kirib keladi. Yana aytaman, yaxshilab eshit, chunki sen shunchaki yaxshisiga emas, eng yaxshilariga loyiqsan singlim✨ @Maxambatqulova_Sabrina
видео или голосовое, без подписи
Bu chiroyli ko’zlarimiz fagat yig’lash uchun emas, balki Istanbulning moviy dengizi va unutilmas quyosh botishlarini tomosha qilish uchun yaratilgan🙂↔️ #kechikkanpostlar Alloh amalga oshmaydigan orzuni qalbimizga solmaydi! Shuning uchun niyat qilayotganda tafsilotlarigacha so‘rang. Chunki niyatda ham gap ko‘p. Bir paytlar maktabda o‘qib yurgan paytlarim shunchaki: “Turkiyaga boraman”, deb niyat qilmaganman. Dengiz bo‘yida she’r aytishni, Aya Sofiya masjidida duo qilishni orzu qilganman. Yillar o‘tib tushundimki, aniq va chin dildan qilingan niyatlar manzilini topadi) Shuning uchun orzularingizni kichraytirmang. Ularni boricha, barcha ranglari va tafsilotlari bilan Allohdan so‘rang. Ba’zan bugun tasavvur qilayotganingiz ertaga xotirangizdagi eng go‘zal haqiqatga aylanadi… @Maxambatqulova_Sabrina
Bilasizmi, energiyaga boy inson bo‘lish — bu ham katta baxt💕 Ertalab yangi kunga ishtiyoq bilan uyg‘onish, oddiy narsalardan quvonch topish, maqsadlar sari kuch va ilhom bilan harakat qilish bularning barchasi har kimga ham nasib etavermaydi. Ko‘pincha baxtni katta yutuqlar, boylik yoki mashhurlikdan izlaymiz. Aslida esa baxtning bir ko‘rinishi yashashga bo‘lgan zavqni yo‘qotmaslik, qalbda nur va energiyani saqlab qolgan holda Marmara dengizini oldida mazza qilib she’r aytish ham😁 Shuning uchun bugun o‘zingizda bor kuch, sog‘liq, imkoniyat va hayotga bo‘lgan ishtiyoq uchun shukr qiling. Chunki energiya insonni nafaqat harakatga, balki baxtga ham eltadigan eng katta ne’matlardan biridir. Aytgancha, shuncha tayyorgarlik ko’ribmanuuu, mikrafonni yoqmabman essizgina😭 @Maxambatqulova_Sabrina
➡️“Ekologiya — ertangi kun uchun bugungi mas’uliyat” 🔹 Ekologiya — faqat tabiat masalasi emas, balki har birimizning hayot tarzimiz, sog‘ligimiz va kelajagimiz bilan bog‘liq mas’uliyatdir. Tabiatni asrash bugundan boshlanadi. 🔹 Debatning to’liq soni #Ekalogiya #debat #3son Bizni kuzatib boring! 📱Telegram | 📱Instagram
🎙“Ekologiya — ertangi kun uchun bugungi mas’uliyat” “Bir gap bor” debatining navbatdagi sonida bugungi va kelajak avlod hayoti uchun muhim bo‘lgan ekologik muammolar hamda ularning yechimlari haqida ochiq va dolzarb suhbat olib borildi. 🔹Suhbat davomida O‘zbekistonda ekologik madaniyatni shakllantirish, iqlim o‘zgarishining ta’siri, havo va suv ifloslanishi, chiqindilar muammosi, yashil hududlarni saqlash, ekologik mas’uliyat hamda yoshlarning atrof-muhitni asrashdagi o‘rni muhokama qilindi. ➡️Feruzbek Sayfullayev — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʼmitasi raisi ➡️Odinaxon Pulatova — Markaziy osiyo atrof muhit va iqlim o’zgarishini o’rganish univeriteti ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi bosh mutaxasisi va “Organic living” eko startapi asoschisi #Ekologiya #BirGapBor #debat3son Bizni kuzatib boring! 📱Telegram | 📱Instagram
“Hozir menda bor narsalar uchun bir paytlar duo qilgan kunlarimni hech qachon unutmayman” Ba’zan inson erishgan ne’matlariga ko’nikib qoladi. Ammo ortga nazar tashlasam, bugun oddiydek tuyulayotgan ko’p narsalar kecha mening eng samimiy duolarim edi. Shukr qilishni unutmaylik. Chunki bugungi baxtimiz, kechagi duolarimizning ijobatidir💕 @Maxambatqulova_Sabrina
🗣◽️◽️◽️◽️◽️◽️ ➡️Yoshlar salohiyatini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam 💬 Markaziy Osiyo xalqaro institutida Yoshlar parlamenti vakillari ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidentimizning 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan ilgari surgan yangi tashabbuslari hamda yoshlar salohiyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. ➡️Uchrashuv yakunida Markaziy Osiyo xalqaro instituti va Yoshlar parlamenti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 📹Uchrashuv jarayonlari haqida batafsil ushbu video orqali tanishishingiz mumkin. ◽️ Rasmiy sahifalarimiz
Bugun O‘zbekiston yoshlari uchun katta bayram Bu — shunchaki sana emas. Bu — orzu qilayotgan, izlanayotgan, o‘rganayotgan va to‘xtab qolmayotgan minglab yigit-qizlarning kuni. Prezidentimiz tomonidan yoshlarga bildirilayotgan ishonch ularning mas’uliyatni his qilishida, o‘z salohiyatini namoyon etishida va yanada katta maqsadlar sari intilishida muhim tayanch bo‘lmoqda. Barcha yoshlarimizni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy tabriklayman. Har biringizning harakatingiz va yutug‘ingiz mamlakatimiz kelajagi uchun muhim. @alisher_sadullaev
#Safimizdagi_yoshlar_2026 #Toshkent_v_2026 Maxambatqulova Sabrina: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi (O'zbekiston XDP) 👉Yoshlar bilan ulashing! 🌐 Obuna bo‘ling: Yoshlar l Ayollar l Qizlar l Ins| YouTube l Telegram l YQ l YP l TV