Saidullox (STATUS) ➫ ᥫ᭡
Статистика👉 Kanalimizga xush kelibsiz! ✊ 👨🎓 Kanal Egasi: @Saidullox 👉 Status: T.me/Saidullox_Status ➖➖➖ ⚡ YT: youtube.com/@Saidullox_Status 🔥 Video Pleylist: https://youtube.com/playlist?list=PLlH7Uih1S7rm61LrtEMtPmAgj0gCxc8Xz&si
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 196
- 1/48двое суток
- 224
- 1/72трое суток
- 242
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
💛 YAXSHILIK QILING, LEKIN UNI MINNAT QILMANG! 👥 Ba’zan insonlar doimiy ko‘rayotgan yaxshilikka o‘rganib qoladi. Natijada uni odatiy hol yoki majburiyatdek qabul qilishi mumkin. Bu inson tabiatidagi holatlardan biridir. 🕌 Ammo mo‘minning amali odamlarning qadrlashiga emas, Allohning roziligiga bog‘liq bo‘lishi kerak. 📚 Alloh taolo marhamat qiladi: "Ey iymon keltirganlar! Sadaqalaringizni minnat qilish va ozor berish bilan bekor qilmanglar..." (Baqara surasi, 264-oyat) 🕌 Yana shunday deydi: "Molini Alloh yo‘lida sarflab, ortidan minnat va ozor ergashtirmaydiganlar uchun Parvardigorlari huzurida mukofot bordir." (Baqara surasi, 262-oyat) ✅ Shuningdek, Payg‘ambarimiz ﷺ dedilar: "Odamlarga tashakkur qilmagan kishi Allohga ham shukr qilmaydi." (Termiziy, 1954; Abu Dovud, 4811 – sahih hadis) 🫶 Shunday ekan, yaxshilikni Alloh uchun qiling. Minnat qilmang. Ammo kimdir yaxshiligingizni odatiy hol deb bilib, uni suiiste’mol qilayotgan bo‘lsa, odob bilan chegara qo‘yishingiz mumkin. Bu minnat qilish emas, balki hikmat bilan muomala qilishdir. 🤲 Alloh taolo qilayotgan barcha yaxshiliklarimizni faqat O‘zining roziligi uchun qabul qilsin. Omin. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ❤️ Yoqgan bo‘lsa #REAKSIYA ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔵 TELEGRAM || 🛑 YOUTUBE
🌘 Birgina singan soat ham oldinga qarab harakatlanish uchun kurashyapti. Nima uchun siz oʻtmishning dardidasiz? Yaralangan joyingizdan gullaysiz! 🌹
🧬 Ba’zan hayotning siz uchun yopgan eshiklarini qiynash kerak emas. Qiynash charchashdir. Ochilmasligini bila turib bir eshikni qiynash butun quvvatingizni yutib yuboradi. Sizni tugatadi. „Bekorga urinyapsan! " degan his insonni kundan kunga zaiflashtiradi. ❤️Oʻsha eshikdan voz kechib qoʻya qoling.
👍 Oʻzingizni haqiqatdan taniguningizgacha juda ko'p insonni taniysiz. Qayta-qayta aldangandan soʻng oʻzingizni alday olmaysiz. Hammaning koʻringanidek boʻlmasligini oʻsha onda anglaysiz. Yanglish insonlar bilan vaqt oʻtkazgandan so'ng oʻzingiz bilan vaqt oʻtkazishning qadrini anglab yetasiz. ✅ Yolgʻizlikning unchalik ham yomon emasligini, yanglish insonlarni taniganingizdan keyin anglaysiz.
👁 Duoga ishongan - qiyin vaziyatda qolmaydi. Rabbisiga iymon keltirgan aslo boshqa doʻst qidirmaydi. 👌 Sabrning oxiri, albatta, najotdir. Alloh, sabr qilishga ham kafildir. Yaralangan joyingizdan gullaysiz. 🌹
🌹 Qabul boʻlmagan har duoning ortida Alloh siz uchun yanada goʻzal bir baxtni hozirlayapti. Bunga ishoning. Kech kelgan baxt qoladigan boʻladi.
🌹 Qabul boʻlmagan har duoning ortida Alloh siz uchun yanada goʻzal bir baxtni hozirlayapti. Bunga ishoning. Kech kelgan baxt qoladigan boʻladi.
🌹 Vaqt oʻtadi, quyosh oʻz joyini qor parchalariga boʻshatib beradi. Chirimaydi deb oʻylagan barcha gullaringiz - ruhingiz bilan birga chiriydi. Shuni unutmang, tugamaydi deb oʻylagan bu kunlaringiz ham ortda qoladi. Insonmiz, fitratimizning eng goʻzal tarafi - unutish. Bizga hadya qilingan eng goʻzal narsa... Aslida, yomon kunlar yaxshi kunlarning kalitidir. Chorasizlik sizni boshqa nuqtalarga tashiydi, buni koʻra olasiz. Hayot ziddiyatliklardan iborat. Kecha kunduzni berkitadi. Kunduz orom oladi. Dardlar baxtni bezaydi. Siz kutgan narsalar naqadar kechiksa, sizga shu qadar chiroyli qilib tortiq qilinadi. Siz yetarli kutishni biling, shoshilmang. Agar shoshilsangiz hamma narsani rasvo qilasiz. 🌘 Tayyorlanmay kelgan xursandchilik sizdan uyaladi. Qochib ketadi, unutmang!
👍 Allohdan umidni uzish insonni toliqtiradi. Maqsadsizlantiradi. Qiyinchiliklardan keyin Alloh osonlik beradi. Har yangi kunda koʻngil tuprogʻingizda yangi umidlarni parvarishlang. Albatta, qaygʻu doim boʻladi, ammo bu qaygʻu sizning zuvalangizni pishirishiga ruxsat bering. Agar oʻsha azobdan dars olmayotgan boʻlsangiz bekorga azob chekkan boʻlasiz va yana oʻsha mavhum tuygʻularning oʻrtasida oʻzingizni topasiz. 🌼 Ruxsat bering, hayot sizni yaralagan joyidan gullatsin.
🌹 Sizdan keyin ortingizda qolgan hamma narsaning goʻzallashishi uchun hayotda biror narsa qoldiring. Masalan, bir she’ringiz bo'lsin va u yarim kechasi bir kitobning oʻrtasida qalbiga shifo qidirganning biriga uchrasin. Hech qoʻshiq aytish jasoratingiz boʻlmasa, bir musiqa bastalang, balki yuz yillardan soʻng bir nafasda jonlanar, kim bilsin kimlarga malham boʻladi. Marhamatingizni qoldiring ortingizdan, sizning xayringiz uchun kimsasiz yoʻllarda muzdek suv bergan chashmadek shahardan shaharga oqishda davom etsin. Eng koʻp farzandlaringizga oʻsha marhamatni meros qilib qoldiringki, insoniyat hayotga doim umidvor boʻlsin. Ortingizda bir tabassum qoldiring, yuqumli boʻlib, shox bekatlardagi vidolashuvlarni berkitsin. Bu hayotda insonning yuzi kulganida hamma narsa unutilsa, ichidagi qahramonlari rango-rang boʻlgan bir ertak qoldiringki, yarim kechada kichik bolalarni uxlatsin. Vidolarni qoldiring ortingizdan, bir ayriliqning ortidan qanday vidolashish kerakligini insoniyat oʻrgansin. Orzularingiz tomon yugurgan xotiralaringizni qoldiring ortingizdan, toqati toq boʻlgan insonlarga kuch bersin. Inson xohlasa nimalarni meros qilib qoldirmaydi, bularning barchasiga qaramay, ortingizda qolganlarni jonlantiradigan havaslar qoldiringki, sizdan keyingilar ham hayotidan nasibalar olsin. Hayot faqat moddiy tomondan ta’minlanmaydi. Ortingizda biror narsalarni qoldirishni xohlashingiz kifoya. 👁 Meros qoldirmoqchi boʻlsangiz yaxshisi insoniylik qoldiring ortingizdan, toki yashashga loyiq boʻlgan bir insonning shuncha narsaga qaramay, yashashda davom etishini koʻrib qo'yishsin.
👋 Assalomu alaykum! Ba'zi insonlarga hayron qolaman. Gapi gapiga toʻgʻri kelmaydi. "Men gina saqlamayman!" deb, bir necha yil oldingi, oʻtmishda boʻlib oʻtgan narsalarni gapiradi. Biror ayb ish qilmagan boʻlsangiz ham, xato oʻzlaridan oʻtgan boʻlsa ham - oʻzlari toʻqib chiqargan boʻxton(lar)ini gapiradi, gʻiybat qiladi. Bunday voqea boʻlgan. Eshitib, qachon buni qilishga ulgurgan ekanman deb oʻylab qoladi kishi. Odamlar shu darajada yuzsiz boʻlib ketganki, qilgan yaxshiliklaringni butunlay unutgan. Mayli urush chiqarmay deb bir pogʻona pastga tushsang, men haqligim uchun indamayapti deb oʻylashadi kazzoblar. Bundaylar haqida gapiramoqchi boʻlsangiz gap koʻp. Alloh bekorga insonni ongli qilib yaratmagan. Qolganini oʻzingiz xulosa qilib chiqarib olasiz(lar). ❤️Gina tutish - insonning ichida vaxshiy bir koʻppakdek, har tarafingizni tishlab tashlaydi.
Assalomu alaykum! 👋 Oʻsha hammamiz yoshligimizda qiziqib tomosha qilgan "Sohibjamol va mahluq" multfilimini tahlil qilamiz. Bu tahlildan nimalarni oʻrganasiz? Bolalar ruhiyatiga taʼsirini, multfilmining psixologik zararini, salbiy taʼsir qilishini…
👋 Sohibjamol va mahluq (Tahlil) 1-qism. Qiziqarli boʻlishi uchun rasmlar bilan. Post qilmasdan oʻqishga oson boʻlishi uchun PDF qildim. Hali asosiy joylari oldinda. Bu qisqacha kirish ya'ni obrazlarni tanishtirish qismi desa ham boʻladi. Yoqqan boʻlsa davomini tahlil qilib chiqaraman. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔥 Keyingi qismi uchun #REAKSIYA ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔵 TELEGRAM || 🛑 YOUTUBE
Boshlaymiz(mi?)!
Boshlaymiz(mi?)!
🔔 Baʼzan inson oʻzini juda band, tinimsiz mehnat qilayotgandek his qiladi. Kun davomida ishdan bosh koʻtarmaydi, harakatda boʻladi. Maoshi ham yomon emas, hatto ayrimlarga qaraganda yaxshiroq. Ammo shunga qaramay, hayotida baraka yoʻqdek tuyuladi. Pul bor, lekin undan qoniqish yoʻq. Ish bor, lekin xotirjamlik sezilmaydi. 🗣️ Koʻpchilik bu holatni tashqi omillar bilan bogʻlaydi: iqtisod, ish joyi, rahbar yoki atrof-muhit. Lekin aslida masalaning ildizi koʻp hollarda insonning oʻzida — uning kundalik odatlari va munosabatida yotadi. ❓ Xoʻsh, nima uchun maosh boru, baraka yoʻq? Javob oddiy, ammo qattiq oʻylantiradi. Chunki koʻp hollarda inson: — oʻz vazifasiga yetarlicha masʼuliyat bilan yondashmaydi; — rahbar yoki hamkasblar haqida ortidan gapiradi; — oʻzidan past lavozimdagilarga yuqoridan qarash odatini shakllantiradi; — ishga kech kelib, ertaroq ketishni odat qiladi; — ish vaqtida shaxsiy ishlar bilan ovora boʻladi; — doim nolish va shikoyat qilishga moyil boʻladi; — masʼuliyatdan qochib, bahona qidiradi; — jamoa yutugʻidan koʻra boshqalarning kamchiligini koʻproq muhokama qiladi; — baʼzan halol mehnat oʻrniga oson va yashirin manfaat izlashga moyil boʻladi. 📊 Mana shu odatlar sekin-asta inson hayotidan barakani olib chiqadi. Buni koʻpchilik sezmaydi, ammo natijasi asta-sekin namoyon boʻladi. ❗️ Eng muhim haqiqatni unutmaslik kerak: harom aralashgan joyda baraka boʻlmaydi. Pul koʻpayishi mumkin, daromad oshishi mumkin, lekin ichki xotirjamlik va qoniqish yoʻqoladi. Hayotdagi asosiy qadriyat - aynan shu tinchlikdir. ⁉️ Baraka qayerda? U faqat halollikda. Baraka - vijdon bilan ishlashda. Baraka - boshqalarning haqqiga xiyonat qilmaslikda. 🔍 Shuning uchun har bir inson oʻzidan bir savolni tez-tez soʻrab turishi kerak: “Men ish joyimga baraka olib kelyapmanmi yoki uni oʻzim yoʻqotyapmanmi?” 🔖 Javob oddiy emas. Lekin rost javob bersang - hayoting oʻzgaradi. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔥 Keyingi post uchun #REAKSIYA ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔵 TELEGRAM || 🛑 YOUTUBE
без подписи
❤️ INSON HAYOTINI BARBOD QILADIGAN 10 TA NARSA ❤️ Qo‘rquv va shubha – O‘ziga ishonmagan odam harakat qilmaydi va imkoniyatlarni boy beradi. ❤️ Salomatlikka e’tibor bermaslik – To‘g‘ri ovqatlanmaslik, sport bilan shug‘ullanmaslik va uyqu rejimiga amal qilmaslik uzoq muddatli zarar keltiradi. ❤️ Yomon odatlar – Chekish, spirtli ichimliklar, qimor va boshqa zararli odatlar sog‘liqni va kelajakni buzadi. ❤️ O‘qib-o‘rganmaslik – O‘z ustida ishlamagan odam taraqqiyotdan ortda qoladi. Bilim – eng yaxshi investitsiya. ❤️ Dangasalik – Harakat qilmaslik va doim kechiktirish muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. ❤️ Atrofdagi salbiy odamlar – Motivatsiyani tushiradigan va negativ fikrlaydigan insonlar hayotga zarar yetkazadi. ❤️ Vaqtni bekorga sarflash – Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p vaqt yo‘qotish, maqsadsiz filmlar va o‘yinlar bilan band bo‘lish taraqqiyotni to‘xtatadi. ❤️ Pulni noto‘g‘ri boshqarish – Tejamkorlik va investitsiya qilishni bilmagan odam moliyaviy qiyinchiliklarga uchraydi. ❤️ Aniq maqsadning yo‘qligi – Qayerga ketayotganini bilmaydigan odam har qanday joyga borishi mumkin, lekin maqsadsiz hayot natija bermaydi. ❤️ Boshqalarni ayblash va javobgarlikdan qochish – O‘z hayoti uchun javobgarlikni his qilmagan odam hech qachon haqiqiy o‘zgarishlarga erisholmaydi. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔥 Keyingi post uchun #REAKSIYA ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ✈️ TELEGRAM || ▶️ YOUTUBE
‼️ Insonlarni hech qachon "Endi menga baribir, hech narsani qizigʻi yoʻq" degan holatgacha olib kelmang. Chunki, bundan keyin yonib ketsangiz ham qizigʻi boʻlmaydi! ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ✈️ TELEGRAM || ▶️ YOUTUBE