SamDPI | Yoshlar ittifoqi
СтатистикаSamarqand davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti rasmiy telegram sahifasi. Murojaat uchun: @pulatbek7
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 8
- Всего постов
- 152
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 130
- 1/48двое суток
- 148
- 1/72трое суток
- 160
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
📌 Samarqand davlat pedagogika institutida 2026–2027-o‘quv yilida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga bag‘ishlangan I-son yalpi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid ustuvor vazifalar, Mustaqillikning 35 yilligi hamda institutning 5 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish, talabalarni talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bilan ta’minlash, sport, kitobxonlik va “Zakovat” to‘garaklari faoliyatini yanada rivojlantirish, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, psixologik va profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ma’rifiy kontentlar ulushini kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. ➡️ Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni samarali va tizimli amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Bizni kuzating 👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube
🎉🎉🎉🎉🎉 🎉 Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin! Bugun Samarqand davlat pedagogika instituti Sport klubi raisining o‘rinbosari Halimjon Raxmonovning tavallud ayyomi. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Sizni institut jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy farovonlik, baxt-saodat hamda mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Hurmat bilan, Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasi. Bizni kuzating 👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
#SamDPI #Bitiruvchi_2026 Samarqand davlat pedagogika institutida “Bugungi bitiruvchi — kelajakni quruvchi” shiori ostida “Bitiruvchi–2026” tantanali bitiruv kechasi o‘tkazildi. Bizni kuzating 👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
без подписи
#OAV #Gazeta 📰 "Samarqand yoshlari" gazetasining 2026-yil 31-iyuldagi 13–14 (99–100)-sonida Samarqand davlat pedagogika instituti hayotidagi eng muhim voqealar yoritildi. 📰 "Samarqand yoshlari" gazetasi — 13–14 (99–100)-son Bizni kuzating 👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
✅✅✅✅ ✅ Samarqand davlat pedagogika instituti talabalari diqqatiga! 🇺🇿 "35 000 tashabbus" umummilliy yoshlar tashabbuslari dasturida ishtirok eting! O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "35 000 tashabbus" umummilliy yoshlar tashabbuslari dasturi yoshlarning innovatsion g‘oyalari, ijtimoiy loyihalari hamda amaliy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. 💡 Sizda jamiyat rivojiga xizmat qiladigan innovatsion g‘oya, istiqbolli loyiha yoki foydali tashabbus bormi? Unda ushbu imkoniyat aynan Siz uchun! 📌 Dastur doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashabbuslar qabul qilinadi: 🔹 ekologiya va atrof-muhit; 🔹 ta’lim va tarbiya; 🔹 fan, innovatsiyalar va texnologiyalar; 🔹 muhandislik va sanoat; 🔹 raqamli texnologiyalar; 🔹 sog‘liqni saqlash; 🔹 ijtimoiy tashabbuslar; 🔹 madaniyat, sport va turizm. ✅ Dasturda ishtirok etish ixtiyoriy va mutlaqo bepul. Unda 14 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘z tashabbuslari bilan ishtirok etishlari mumkin. 🎥 Dastur haqida batafsil ma’lumot olish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tayyorlangan rasmiy videorolikni tomosha qiling: https://t.me/eduuz/49954 Hurmatli talabalar! Samarqand davlat pedagogika instituti Sizni yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion g‘oya va tashabbuslaringiz bilan mazkur umummilliy dasturda faol ishtirok etishga chorlaydi. 📣 Institutimiz talabalari tomonidan ilgari surilgan eng yaxshi tashabbuslar rasmiy sahifalarimizda #35ming_tashabbus heshtegi ostida muntazam yoritib boriladi. 🏆 Eng yaxshi tashabbuslar "Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" kitobidan joy oladi. Shuningdek, har bir tashabbus muallifiga raqamli sertifikat taqdim etiladi. 📲 Hoziroq platformaga kirib, o‘z tashabbusingizni yuboring: http://tashabbus.yito.uz 🗓 Tashabbuslar 2026-yil 1-avgustdan 31-avgustga qadar qabul qilinadi. 📥 Institutning rasmiy sahifalarida e’lon qilish uchun o‘z tashabbus va loyihalaringizni quyidagi Telegram manzillariga yuborishingiz mumkin: @Boqiyev_0930 @sherzod198411 📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 88 325-09-30 Kelajakni kutmang — uni o‘z g‘oyalaringiz bilan yarating! Bizni kuzating 👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
🔊🔊🔊🔊 Hurmatli talabalar! Sizlarni media va axborot savodxonligi sohasida yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan UNESCO Youth Hackathon 2026 xalqaro xakatonida ishtirok etishga taklif etamiz. ✅ Xakaton mavzusi: “O‘z hissangizni qo‘shing: yoshlar media va axborot savodxonligi kelajagini loyihalashtirmoqda” ➡️ Xakatonda 18–30 yosh oralig‘idagi yoshlar 2 nafardan 6 nafargacha bo‘lgan jamoalar tarkibida ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda innovatsion g‘oya va yechimlarni taqdim etishlari mumkin: sun’iy intellektdan foydalanish; media va raqamli savodxonlik; zamonaviy ta’lim texnologiyalari; mahalliy hamjamiyatlarni rivojlantirish; yoshlar yetakchiligi. Tanlovga quyidagi formatdagi loyihalar qabul qilinadi: mobil ilovalar; veb-ilovalar; ta’lim platformalari; o‘yinlar; multimedia mahsulotlari; jamoatchilik tashabbuslari; boshqa innovatsion ishlanmalar. Loyiha topshirish talablari: loyiha tavsifi; ingliz tilida 3 daqiqagacha davom etadigan videotaqdimot (Pitch Video). 🌍 Xalqaro saralash natijalariga ko‘ra, eng yaxshi 4 ta jamoa 2026-yil 26–28-noyabr kunlari Gretsiyaning Saloniki shahrida bo‘lib o‘tadigan Voices European Festival of Journalism and Media Freedom festivalida ishtirok etish uchun taklif etiladi. 📅 Arizalar va loyihalarni qabul qilish muddati: 2026-yil 6-iyul — 16-avgust 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://tally.so/r/MePkYk Ishtirok etishga qiziqqan talabalarga oldindan jamoa shakllantirish hamda xakaton mavzusiga mos innovatsion loyiha taklifini tayyorlash tavsiya etiladi. Tanlov shartlari, loyihalarga qo‘yiladigan talablar va ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://www.unesco.org/en/articles/unesco-youth-hackathon-2026 Batafsil ma’lumot uchun: 📱 @el_am1gos Bizni kuzating 👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
⚡️Diqqat, tanlov! Xotin-qizlarning bilim va savodxonligini oshirishga qaratilgan “WikiAyollar” onlayn tanlovi WikiMarafon hamda Qizlar Akademiyasi loyihalari doirasida tashkil etilmoqda. Tanlov 30-iyuldan 23-avgustgacha davom etadi. Shartlar juda oddiy: @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tasiz, 22-avgustga qadar “Qizlar Akademiyasi”ning istalgan kursini tugatib, sertifikatni botga yuklaysiz. 23-avgust kuni esa 30 ta test savoliga javob berasiz. Test savollari ayollarga oid maxsus maqolalar va “Qizlar Akademiyasi” kurslari asosida tuziladi. Yakuniy natijalar 25-avgustga qadar rasmiy kanalimizda e’lon qilinadi. Barchaga omad yor bo‘lsin! Batafsil — Tanlov nizomi 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
#Bitiruvchi_2026 🎓 Samarqand davlat pedagogika institutida “Bugungi bitiruvchi — kelajakni quruvchi” shiori ostida “Bitiruvchi–2026” tantanali bitiruv kechasi o‘tkazildi. Bizni kuzating 👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
🎉🎉🎉🎉🎉 🎉 Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin! Bugun Samarqand davlat pedagogika institutining Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Zamira Rajabovaning tavallud ayyomi. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Sizni institut jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy farovonlik, baxt-saodat hamda mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Hurmat bilan, Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasi. Bizni kuzating 👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи