23-son BMSM
СтатистикаSamarqand viloyat Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Pastdarg’om tumani 23-son Bolalar musiqa va san’at maktabining rasmiy telegram kanali. Dars jarayoni hamda tadbirlardan lavhalarni ko’rib borishingiz mumkin.
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 46
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 154
- 1/48двое суток
- 176
- 1/72трое суток
- 190
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Bu_fakt 👨🎓 Ta'lim 📊 2017-yilgacha vazirlik tasarrufida 333 ta ta’lim muassasalari faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib Madaniyat vazirligi tasarrufida ushbu ko‘rsatkich 368 tani tashkil etmoqda. ➡️ Jumladan: ✔️ Toshkent shahrida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti kabi qator yangi oliy ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularning soni 4 tadan 9 taga yetkazildi; (Xususan: Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi etib qayta tashkil qilinib, uning Urganch, filiali hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiallari tashkil etildi.) ✔️ Raqs, maqom, opera va baxshichilik san’ati yo‘nalishida o‘rta maxsus ta’lim muassasalari 23 tadan 31 taga ko'paydi; (Jumladan: Urganch, Buxoro, Farg‘ona shahahlarida maqom san’atiga, Termiz shahrida baxshichilik san’atiga, Nukus shahrida opera san’atiga, Urganch, Qarshi, Buxoro shahahlarida raqs san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab internatlari tashkil etildi.) ✔️ Hududlarda bolalar musiqa va san’at maktablari soni 21 taga ko‘payib, 305 tadan 326 taga oshdi; ✔️ Malaka oshirish markazi 1 tadan 2 taga yetdi; ✔️ 2017-yilda madaniyat va san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchi-talabalar qamrovi 80,7 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2025 – 2026-o‘quv yilida 105 ming 613 nafarni tashkil qilib, yillik qamrov 18 ming nafardan ortdi; ✔️ O‘quvchi-talabalarning xalqaro va respublika tanlovlaridagi yillik o‘rtacha ishtiroki 1 700 tadan 5 376 taga ko‘paygan; ✔️ Respublikadagi barcha 326 ta bolalar musiqa va san’at maktabida “Maqom alifbosi” hamda ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablarida “Maqom san’ati tarixi” o‘quv fani kiritildi; ✔️ 95 ta bolalar musiqa va san’at maktabida baxshichilik san’ati yo‘nalishi o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilib, 1 278 nafar iqtidorli yoshlar qamrab olindi. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
Yosh iqtidorlarning ijodiy salohiyati yuzaga chiqmoqda Efir: 10.08.2026 | 12:00 #Samarqand Muxbir: Maftuna Ubaydullayeva 🚀TELEGRAM | 🌐INSTAGRAM 🌐FACEBOOK | 📹YOUTUBE
#Tanlov 🔥 “Marhabo, talantlar — 2026” Respublika ko‘rik-tanlovi o'tkaziladi! O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda “Zamin Prof Art” bilan hamkorlikda: respublikamiz yoshlarini birlashtiruvchi “Marhabo, talantlar — 2026” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi! Ushbu tanlov madaniyat va san’at sohasida ijod qilib kelayotgan yosh iste’dodlarni kashf etish ularni qo‘llab-quvvatlash, milliy san’atimizni yuksak darajalarga olib chiqish hamda ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda. Tanlov – vokal, cholg‘u ijrochiligi, xoreografiya, teatr aktyorligi hamda tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ijodkorlar Lotin alifbosida (https://t.me/zaminprofart) maxsus havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va o‘z arizalarini yuborlishlari talab etiladi. Tanlovda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan havaskor va professional ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin g‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishadi. Eng yuqori natijani qayd etgan Gran-pri sohiblari esa Dubay sayohati bilan taqdirlanadi. Arizalar joriy yilning 1-sentyabr sanasiga qadar qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot uchun telefon +99894 368 65 65 Shoshiling joylar soni cheklangan. 👇Bizni kuzating Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati ✅Telegram |📷 Instagram | 🗳Facebook | 🌐Veb-sayt |▶️ YouTube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
MAKTABIMIZ YOSH OVOZLARI “YANGI OVOZLAR” TANLOVIDA! Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Yangi ovozlar” viloyat ko‘rik-tanlovida Pastdarg‘om tumani 23-son Bolalar musiqa va san’at maktabining iqtidorli o‘quvchilari ham ishtirok etdi. Yosh ijrochilarimiz tanlov sahnasida o‘z iste’dodi va ijro mahoratini namoyish etib, maktabimiz sharafini munosib himoya qildilar. O‘quvchilarimizga ijodiy parvoz, ustozlariga esa yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilaymiz! ✅️Bizning sahifalarimiz: ❤ Telegram 📱Instagram
🔥 Diqqat, qabul davom etmoqda! 🎓 Bolalar musiqa va san’at maktablariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda! 1-avgustdan 25-avgustga qadar nomzodlarning hujjatlari onlayn tarzda qabul qilinadi. 💼 Arizalarni uydan chiqmagan holda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuborishingiz mumkin. ✔️ Hujjatlar faqat elektron shaklda qabul qilinadi. ✔️ Qabul jarayonlari belgilangan tartib asosida tashkil etiladi. ✔️ Ijodiy sinovlar va ularning natijalari amaldagi nizom talablari asosida o‘tkaziladi va rasmiylashtiriladi. Farzandingizning san’at va ijod olamiga ilk qadamini bugundan boshlang! 📌 Arizalarni qabul qilish muddati: 2026-yil, 25-avgust. ⭐️ Iste’dodga yo‘l — to‘g‘ri tanlovdan boshlanadi! Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, janob Prezident! #BizningPrezident #xalqyetakchisi 📲Telegram 📲Instagram
Har bir yangi qo‘shig‘imizda Vatan madhi va siz boshlab bergan yangilanishlar nafasi bor. San’at va madaniyat rivoji yo‘lida biz ijodkorlarga yaratib berayotgan sharoitlaringiz uchun rahmat. Umringiz uzoq bo‘lsin, muhtaram Prezident! #Mirziyoyev #PresidentUZ #MillatOtasi #XalqPrezidenti #xalqyetakchisi #BizningPrezident 📲Telegram 📲Instagram
🇺🇿69 yoshingiz muborak bo‘lsin, janob Prezident! Sizning rahbarligingizda Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasi mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi. So‘nggi yillarda, ayniqsa, joriy yilda qabul qilingan “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat muassasalari faoliyatini takomillashtirish, milliy madaniy merosimizni asrash va targ‘ib etish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Maqom va baxshichilik san’atini rivojlantirish, teatr, kino hamda madaniyat markazlari faoliyatini yanada mustahkamlash, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va milliy san’atimizni xalqaro maydonda munosib namoyon etish yo‘lida yaratib berayotgan imkoniyatlaringiz madaniyat sohasi vakillari uchun ulkan ishonch va yuksak mas’uliyatdir. Siz bildirayotgan ana shunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik xalqimizning boy ma’naviy merosini asrab-avaylash, milliy madaniyatimiz ravnaqiga sidqidildan xizmat qilish yo‘lida yanada fidoyilik bilan mehnat qilishga ruhlantiradi. Sizga — yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz baxt-saodati, yoshlarimiz kelajagi yo‘lida qilayotgan ulug‘vor xizmatlaringizda mustahkam sog‘lik, cheksiz quvvat, bardavom zafarlar hamda baxt-u saodat tilayman! Hurmat bilan, Ozodbek Nazarbekov 📲Telegram 📲Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
PASTDARG‘OMLIK XUSHOVOZ SOHIBASI VILOYATDA BIRINCHI ✅Joriy yilning 9-iyul kuni yosh isteʼdodlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sanʼat va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini yana-da oshirish, shuningdek, iqtidorli yoshlarning ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida, Samarqand shahrida “Isteʼdod” viloyat ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. ✅Viloyat hokimi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tanlov o‘z isteʼdodi hamda ijodiy salohiyatini namoyon etishni istagan yoshlarni bir maydonga jamladi va unda ishtirokchilar turli yo‘nalishlarda o‘z mahoratini namoyish etib, hakamlar hayʼati tomonidan xolis baholandi. ✅Quvonarlisi, ushbu ko‘rik-tanlovda pastdarg‘omlik Rayhona Narziqulova ham anʼanaviy xonandalik yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etib, o‘zining xushovozi va mahorati bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. ✅Bu kabi ko‘rik-tanlovlar nafaqat yangi isteʼdodlarni kashf etish, balki ularning kelgusidagi ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy madaniyat va sanʼat rivojiga munosib hissa qo‘shadigan yoshlarni rag‘batlantirishga xizmat qilishi aniq.
без подписи
без подписи