tgindex
🇸 🇨 🇮 🇪 🇳 🇨 🇪 𝗔𝗡𝗗 𝗜𝗡𝗡𝗢𝗩𝗔𝗧𝗜𝗢𝗡

🇸 🇨 🇮 🇪 🇳 🇨 🇪 𝗔𝗡𝗗 𝗜𝗡𝗡𝗢𝗩𝗔𝗧𝗜𝗢𝗡

Статистика

𝐌𝐮𝐧𝐭𝐚𝐳𝐚𝐦 𝐫𝐚𝐯𝐢𝐬𝐡𝐝𝐚 𝐒𝐜𝐨𝐩𝐮𝐬, 𝐗𝐚𝐥𝐪𝐚𝐫𝐨 𝐎𝐀𝐊 𝐣𝐮𝐫𝐧𝐚𝐥𝐥𝐚𝐫 𝐯𝐚 𝐢𝐥𝐦𝐢𝐲 𝐊𝐨𝐧𝐟𝐞𝐫𝐞𝐧𝐬𝐢𝐲𝐚 𝐚𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐱𝐚𝐭𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐛𝐞𝐫𝐢𝐛 𝐛𝐨𝐫𝐢𝐥𝐚𝐝𝐢... 🗨️ 𝙼𝚞𝚛𝚘𝚓𝚊𝚊𝚝 𝚞𝚌𝚑𝚞𝚗: @science_HBH

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
14:26
Постов за неделю
18
Всего постов
509
Тип
открытый
Язык
английский
Категория
Познавательное
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
2 208
−3 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
194
40 постов
Вовлечённость
8,8%
к подписчикам
Постов в день
2,6
всего 509
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
133
1/48двое суток
152
1/72трое суток
164

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • ❓ VIKTORINA

  • #Jurnal_TIPU ❤️ Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti ilmiy metodik jurnalining yangi soni uchun qabul ochildi. ✅ Yangi son muallifi aynan siz bo'ling! “Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti ilmiy-metodik jurnali” ning navbatdagi 2026-yilgi 3-soni uchun maqolalar qabuli boshlandi. Nima uchun aynan bizning jurnal? 📌 Global reputatsiya 📌 Huquqiy maqom 📌 Kasbiy yuksallik 💙 Tadqiqotlaringizni eng nufuzli nashrlarda chop eting — o'z ilmiy unvoningiz, brendingiz va kelajagingiz uchun bugun mustahkam poydevor qo'ying! Murojaat uchun: ☎️ +998943313030 🤩 @Science_HBH 🎚 Ilmiy sohada faoliyat yuritayotgan doʻstlaringizga ham ulashing va kanalimizga obuna boʻling. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔗 Bizni kuzatishda davom eting🛫 @ScienceOAK 👥https://t.me/+8Jbm05B2lTw2ZDUy

  • #Axborot_xati #Konferensiya 📢📢📢📢📢 📝 2026-yil 16–17-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda O‘zbekiston Dermatovenerologlar assotsiatsiyasi hamkorligida o'tkaziladigan “Dermatovenerologiya va estetik tibbiyotning dolzarb masalalari: fanlararo va innovatsion yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasiga barchangizni taklif qilamiz. 📎 Anjumanga tezislar qabulining soʻnggi kuni: 2026-yil 15-sentabr Murojaat uchun: 🤩 +998943313030 🎚 Ilmiy sohada faoliyat yuritayotgan doʻstlaringizga ham ulashing va kanalimizga obuna boʻling. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔗 Bizni kuzatishda davom eting🛫 @ScienceOAK 👥https://t.me/+8Jbm05B2lTw2ZDUy

  • видео или голосовое, без подписи

  • ✔️✔️✔️✔️✔️✔️✔️✔️✔️ 😀 😉 Scopus jurnaliga maqola yuborishdan oldin qilinishi shart bo'lgan eng muhim tahlil 📚 Ko‘pchilik tadqiqotchilar jurnal tanlashda faqat bitta mezonga e'tibor beradi: "Jurnal Scopus bazasida bormi?" Aslida esa tajribali mualliflar boshqa savolni beradi: "Bu jurnal qanday turdagi maqolalarni qabul qilmoqda?" Buni aniqlashning eng oddiy va samarali usuli mavjud. 📕 Jurnalning so‘nggi 20 ta maqolasini oching va quyidagi jadvalni tuzing: ✅ Tadqiqot metodi (Regression, SEM, Panel Data, Case Study...) ✅ Respondentlar soni yoki ma'lumotlar hajmi ✅ Foydalanilgan nazariya ✅ Tadqiqotning geografik qamrovi ✅ Mualliflar qaysi davlatlardan ✅ O'rtacha foydalanilgan adabiyotlar soni ✅ Eng ko‘p iqtibos keltirilgan olimlar Ushbu tahlildan keyin siz jurnalning yozilmagan talablarini ko‘ra boshlaysiz. Masalan: ➖ jurnal asosan panel ma'lumotlar asosidagi tadqiqotlarni qabul qilmoqda; ➖ maqolalarning aksariyati 80–120 ta manba bilan yozilgan; ➖ deyarli barcha maqolalar 2021–2026-yillardagi adabiyotlarga tayangan; ➖ nazariy asos sifatida bir xil ilmiy maktabdan foydalanilgan. Agar sizning maqolangiz ushbu "yashirin standart"lardan keskin farq qilsa, u ilmiy jihatdan kuchli bo‘lsa ham, desk rejection ehtimoli ortadi. 📍 Ilmiy maslahat: Jurnalning "Guide for Authors" sahifasi sizga rasmiy talablarni beradi. Jurnalning oxirgi 20 ta maqolasi esa sizga muharrirning haqiqiy talablarini ko'rsatadi. 🎚 Ilmiy sohada faoliyat yuritayotgan doʻstlaringizga ham ulashing va kanalimizga obuna boʻling. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔗 Bizni kuzatishda davom eting🛫 @ScienceOAK 👥https://t.me/+8Jbm05B2lTw2ZDUy

  • ❤️❤️❤️❤️ 👍👍 😀 📝 “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati” yanada qulaylashtirildi 🇺🇿 Oliy attestatsiya komissiyasining rasmiy veb-saytidagi “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”ning milliy va xorijiy ilmiy nashrlar bo‘yicha elektron reestri (https://oak.uz/pages/31738) yanada takomillashtirildi. Elektron reestrning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, endi har bir jurnal bo‘yicha uning OAK tomonidan tan olinganligi, qaysi fan tarmoqlari bo‘yicha tavsiya etilgani, xalqaro nashriyot yoki ma’lumotlar bazasining amaldagi maqomi haqidagi ma’lumotlar tizimli va qulay shaklda taqdim etilgan. Bu esa tadqiqotchilarga maqola yuborishdan oldin jurnalning talablarga muvofiqligini mustaqil baholash imkonini beradi. ✅ Eslatib o‘tamiz, mazkur elektron reestr doimiy ravishda yangilanib va to‘ldirib boriladi. 📌 Batafsil: https://oak.uz/pages/31900 🎚 Ilmiy sohada faoliyat yuritayotgan doʻstlaringizga ham ulashing va kanalimizga obuna boʻling. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔗 Bizni kuzatishda davom eting🛫 @ScienceOAK 👥https://t.me/+8Jbm05B2lTw2ZDUy

  • 🎓 🔠🔠🅱️🔠🔠🅰️🔠 😀 🚀 Research Excellence Ecosystem (REE) doirasida ochiq onlayn webinar 📝 Mavzu: Tadqiqotchining mavjud ilmiy salohiyatini diagnostika qilish Ilmiy rivojlanishni boshlashdan oldin eng muhim savol: “Men tadqiqotchi sifatida hozir qaysi bosqichdaman?” Webinarda: 🔹 tadqiqot kompetensiyalarini diagnostika qilish; 🔹 kuchli va rivojlantirilishi zarur bo‘lgan tomonlarni aniqlash; 🔹 xalqaro ilmiy faoliyatga tayyorgarlikni baholash; 🔹 individual rivojlanish yo‘lini belgilash masalalari muhokama qilinadi. Diagnostikaning maqsadi — baholash emas, tadqiqotchining keyingi rivojlanish nuqtasini aniqlash. 👩‍💻 Spiker: Feruza Rashidova — pedagogika fanlari doktori, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi, REE tashabbuskori. 🗓 14-avgust 2026 🕖 15:00–16:00 💻 Zoom 🔗 https://us06web.zoom.us/j/86399485679?pwd=bWnEPxs1QM9LEOzXjUo6VbBX17ylOg.1 🎓 Ilmiy faoliyatini tizimli rivojlantirishni istagan barcha tadqiqotchilarni taklif etamiz. 🎚 Ilmiy sohada faoliyat yuritayotgan doʻstlaringizga ham ulashing va kanalimizga obuna boʻling. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔗 Bizni kuzatishda davom eting🛫 @ScienceOAK 👥https://t.me/+8Jbm05B2lTw2ZDUy

  • 👍👍👍 😀 "Qiyinchiliklar odamni sindirish uchun emas, uning asl kuchini ko‘rsatish uchun keladi." 😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️ ✏️ Seneka 🎚 Ilmiy sohada faoliyat yuritayotgan doʻstlaringizga ham ulashing va kanalimizga obuna boʻling. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔗 Bizni kuzatishda davom eting🛫 @ScienceOAK 👥https://t.me/+8Jbm05B2lTw2ZDUy

  • 🟠🟠🟠🟠🟠 🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰 📚 Scopus bo‘yicha bepul vebinarlarda ishtirok eting! 🏳️ Elsevier kompaniyasi tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va magistrantlar uchun Scopus bazasidan samarali foydalanishga bag‘ishlangan vebinarlar turkumini tashkil etmoqda. 🗓 19-avgust, chorshanba, soat 15:00 ⚡ Основы Scopus: поиск научной литературы и журналов, базовые метрики 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish 🗓 24-avgust, dushanba, soat 15:00 ⚡ Поиск литературы в Scopus: Углубленный вебинар 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish 🗓 25-avgust, seshanba, soat 15:00 ⚡ Как подобрать подходящий журнал для публикации в Scopus? 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish 🗓 27-avgust, payshanba, soat 15:00 ⚡ Коллаборации, менторы, авторские профили и метрики 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish 🗓 1-sentabr, seshanba, soat 15:00 ⚡ Практический вебинар по Scopus и разбор вопросов пользователей 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish 📌 Vebinarlarning to‘liq dasturi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. Vebinarlarda ishtirok etish uchun tegishli havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. 🎚 Ilmiy sohada faoliyat yuritayotgan doʻstlaringizga ham ulashing va kanalimizga obuna boʻling. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔗 Bizni kuzatishda davom eting🛫 @ScienceOAK 👥https://t.me/+8Jbm05B2lTw2ZDUy

  • ✅✅✅✅ 👍👍 😀 📝 Dissertatsiya yozish va tahrir qilishda foydali saytlar: ✅ Overleaf (LaTeX) – Ilmiy hujjatlarni professional formatlash 🔗 https://www.overleaf.com/ ✅ Grammarly – Grammatik va uslubiy xatolarni tahlil qilish 🔗 https://www.grammarly.com/ ✅ Hemingway Editor – Matnni soddalashtirish va uslubiy xatolarni tekshirish 🔗 https://hemingwayapp.com/ ✅ ChatGPT (AI Writing Assistant) – Ilmiy yozish jarayonini yengillashtirish 🔗 https://chat.openai.com/ ✅ DeepL – Tarjimalarni yuqori sifatda qilish 🔗 https://www.deepl.com/ ✅ Scrivener – Keng ko‘lamli hujjatlar uchun professional yozish muhiti 🔗 https://www.literatureandlatte.com/scrivener/overview 🎚 Ilmiy sohada faoliyat yuritayotgan doʻstlaringizga ham ulashing va kanalimizga obuna boʻling. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔗 Bizni kuzatishda davom eting🛫 @ScienceOAK 👥https://t.me/+8Jbm05B2lTw2ZDUy

  • 📝 Tadqiq.uz — Oʻzbekiston tadqiqotchilari uchun yagona platforma: OAK jurnallari va ilmiy konferensiyalar bazasi, ilmiy hujjat xizmatlari va tadqiqotchilar hamjamiyati — barchasi bir joyda. 🌐 https://tadqiq.uz/ 🎚 Ilmiy sohada faoliyat yuritayotgan doʻstlaringizga ham ulashing va kanalimizga obuna boʻling. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔗 Bizni kuzatishda davom eting🛫 @ScienceOAK 👥https://t.me/+8Jbm05B2lTw2ZDUy

  • 👍👍👍 😀 Rost bilan yolg‘onning o‘rtasi – to‘rt enlik», degan gap bor, qiziq, nega endi oz emas, ko‘p emas, to‘rt enlik? Gap shundaki, ko‘z bilan quloqning orasi – to‘rt enlik ekan. Eshitganingga emas, ko‘rganingga ishon… Maqsad – shu. 📚 «Ikki eshik orasi» ✍️ O‘tkir Hoshimov

  • 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 😀 ⁉️ Tadqiqotchilar ko‘p so‘raydigan savol: UO‘K, KBK, ISBN aslida nima? Ko‘plab tadqiqotchilar, ayniqsa ilk bor monografiya, o‘quv qo‘llanma yoki darslik tayyorlayotgan yosh ilmiy izlanuvchilar bir savolni tez-tez beradi: “UO‘K (UDK), KBK, ISBN degan yozuvlar nima va ular nima uchun kerak?” 📝Batafsil o'qish 🎚 Ilmiy sohada faoliyat yuritayotgan doʻstlaringizga ham ulashing va kanalimizga obuna boʻling. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔗 Bizni kuzatishda davom eting🛫 @ScienceOAK 👥https://t.me/+8Jbm05B2lTw2ZDUy

  • 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 😀 📚 Ilmiy maqolalar yozishda yordam beradigan sun’iy intellekt vositalari 📝 Quyidagi platformalar ilmiy matn yozish, tahrirlash va tahlil qilish jarayonini ancha osonlashtiradi: 1⃣ Paperpal — akademik matnni tahrirlash va grammatikani tekshirish. 2⃣  Scholarcy — maqolalardan asosiy g‘oyalarni ajratib, qisqacha xulosa yaratadi. 3⃣ SciSummary — ilmiy matnlarni soddalashtirib, asosiy mazmunni saqlaydi. 4⃣ Resoomer — uzun matnlardan asosiy fikrlarni ajratadi. 5⃣ PaperDigest — ilmiy maqolalarni avtomatik tahlil qiladi. 6⃣ Writefull — ingliz tilidagi ilmiy yozuvlarni yaxshilash uchun. 7⃣ Scite — manbalarning ilmiy ishonchliligini tekshiradi. 8⃣ Jenni AI — maqola yozishda sun’iy intellekt yordamchisi. 9⃣ Jasper AI — ijodiy va ilmiy matnlar yaratish uchun qulay vosita. 🎚 Ilmiy sohada faoliyat yuritayotgan doʻstlaringizga ham ulashing va kanalimizga obuna boʻling. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔗 Bizni kuzatishda davom eting🛫 @ScienceOAK 👥https://t.me/+8Jbm05B2lTw2ZDUy

  • ❤️❤️❤️❤️ 🟦🟦 🟦🟦 📝 2027-yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim kvotalari tasdiqlandi⚡️. 🏛 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. 🎚 Ilmiy sohada faoliyat yuritayotgan doʻstlaringizga ham ulashing va kanalimizga obuna boʻling. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔗 Bizni kuzatishda davom eting🛫 @ScienceOAK 👥https://t.me/+8Jbm05B2lTw2ZDUy

  • 🅰🅰🅰🅰🅰🅰 🅰🅰🅰🅰🅰🅰 😀 🧑‍🔬 Svante August Arrhenius (1859–1927) ✍️ Iqtibos (ingliz tilida) "The theoretical side of physical chemistry is and will probably remain the dominant one." 🇺🇿 O‘zbekcha tarjimasi «Fizik kimyoning nazariy jihati yetakchi o‘rin tutadi va, ehtimol, kelajakda ham shunday bo‘lib qoladi.» 📖 Manba: Svante Arrhenius, Theories of Solutions (1912). Arrhenius fizik kimyoni aniq fikrlash va tabiiy fanlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni rivojlantiruvchi muhim ilmiy yo‘nalish sifatida ko‘rgan. 👤 Olim haqida Svante August Arrhenius (1859–1927) — shvetsiyalik fizik-kimyogar, fizik kimyoning eng yirik namoyandalaridan biri va 1903-yilgi Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori. ⚡ U elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasini yaratib, eritmalardagi ionlarning mavjudligi va ularning elektr o'tkazuvchanligidagi rolini ilmiy asoslab berdi. Aynan shu ishlari uchun 1903-yilda Kimyo bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. 🏅 1903-yilda Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti Arrhenius Nobel mukofotini “elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi orqali kimyo rivojiga ko‘rsatgan ulkan xizmatlari” uchun oldi. U Shvetsiyaning Nobel mukofotini olgan ilk olimi bo‘lgan. 🧑‍🔬 Arrheniusning eng mashhur ilmiy hissasi ⚡ 1880-yillarda Arrhenius elektrolitlarning suvdagi eritmalarini tadqiq qilar ekan, eritmada moddalar elektr zaryadlangan zarrachalarga — ionlarga ajralishi mumkinligini taklif qildi. ⚡ Uning 1884-yilda himoya qilgan dissertatsiyasi elektrolitlarning elektr o'tkazuvchanligi va dissotsiatsiyasi haqidagi nazariyani rivojlantirdi. Dastlab bu g‘oyalar Uppsala universitetida yetarlicha baholanmagan bo‘lsa-da, keyinchalik nazariya fizik kimyoning fundamental asoslaridan biriga aylandi. ⚗️ Arrhenius nazariyasining ahamiyati Arrheniusning ishlari eritmalarda: ✅ ionlarning hosil bo‘lishi; ✅ elektrolitlarning elektr o'tkazuvchanligi; ✅ dissotsiatsiya darajasi; ✅ kislota va asoslarning xossalari; ✅ kimyoviy reaksiyalar tezligining haroratga bog‘liqligi kabi hodisalarni tushuntirishga katta yo‘l ochdi. ⚡ Uning nomi bilan bog‘liq Arrhenius tenglamasi esa reaksiya tezligi konstantasining harorat va aktivlanish energiyasiga bog‘liqligini ifodalaydi. 🌡 Ilm-fandan iqlimshunoslikkacha ✅ Arrhenius faqat kimyo bilan cheklanib qolmagan. ⚡ 1896-yilda u atmosferadagi karbonat angidrid (CO₂) miqdorining Yer haroratiga ta’sirini matematik jihatdan hisoblashga uringan. U CO₂ miqdorining o‘zgarishi global haroratga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatgan. ⚡ Shu sababli Arrhenius bugungi zamonaviy iqlimshunoslik tarixidagi muhim olimlardan biri sifatida ham tilga olinadi. U o‘z davrida CO₂ miqdorining ortishi bilan Yer haroratining ko‘tarilishi o‘rtasidagi miqdoriy bog‘liqlikni hisoblashga birinchi bo‘lib jiddiy uringan olimlardan edi. 🧑‍🔬 Ilm-fanga qo‘shgan muhim hissalari ✅ Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasini ishlab chiqdi. ✅ Eritmalarda ionlarning mavjudligini ilmiy asoslashga katta hissa qo‘shdi. ✅ Fizik kimyoning rivojlanishiga fundamental hissa qo‘shdi. ✅ Reaksiya tezligining haroratga bog‘liqligini ifodalovchi Arrhenius tenglamasini yaratdi. ✅ Kislota va asoslar haqidagi Arrhenius nazariyasini rivojlantirdi. ✅ Atmosferadagi CO₂ va Yer harorati o‘rtasidagi bog‘liqlikni miqdoriy jihatdan tadqiq qildi. ✅ 1903-yilda Kimyo bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritdi. 🏛 Tarixiy merosi ⚡ XIX asr oxirida Arrheniusning g‘oyalari kimyoga yangicha qarash olib keldi. U kimyoviy hodisalarni faqat moddalarning tashqi xususiyatlari orqali emas, balki ionlar, elektr o'tkazuvchanlik, harorat, energiya va matematik qonuniyatlar orqali tushuntirish mumkinligini ko‘rsatdi. Bugungi kunda uning ilmiy merosi: ✅ Fizik kimyo ✅ Elektrokimyo ✅ Analitik kimyo ✅ Kimyoviy kinetika ✅ Eritmalar kimyosi ✅ Biokimyo ✅ Farmatsevtika ✅ Atmosfera va iqlimshunoslik kabi ko‘plab yo‘nalishlarda o‘z aksini topgan. 📌 Ilmiy fakt ⚡ Arrheniusning elektrolitik dissotsiatsiya haqidagi g‘oyalari dastlab ilmiy jamoatchilik tomonidan darhol qabul qilinmagan. Uppsala universitetida uning dissertatsiyasiga tanqidiy munosabat bildirilgan edi. Keyinchalik esa uning nazariyasi xalqaro miqyosda tan olinib, Arrhenius 1903-yilda Kimyo bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu holat ilm-fandagi muhim haqiqatni ko‘rsatadi: Yangi ilmiy g‘oya dastlab noodatiy yoki bahsli ko‘rinishi mumkin, ammo kuchli dalil va izchil tadqiqot uning haqiqiy qiymatini namoyon qiladi. 💡 Arrhenius merosining asosiy g‘oyasi «Ilm-fan — kuzatish, nazariya va aniq fikrlashning uyg‘unligidir. Tabiat hodisalarini chuqur anglash uchun mavjud bilimlarni takrorlashning o‘zi yetarli emas; ularning ortidagi qonuniyatlarni izlash, ularni matematik jihatdan ifodalash va yangi savollar berish zarur. ⚡ Arrheniusning ilmiy merosi bizga shuni eslatadiki, buyuk fan ko‘pincha oddiy ko‘ringan hodisaning ortidagi chuqur qonuniyatni ko‘ra olishdan boshlanadi.» 🎚 Ilmiy sohada faoliyat yuritayotgan doʻstlaringizga ham ulashing va kanalimizga obuna boʻling. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔗 Bizni kuzatishda davom eting🛫 @ScienceOAK 👥https://t.me/+8Jbm05B2lTw2ZDUy

  • видео или голосовое, без подписи

  • 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🌐 Oʻzbekistonda ilmiy jurnallar taqsimoti: barcha fanlar uchun imkoniyat tengmi? 📊 Bugungi taqqoslash: OAK roʻyxatidagi ijtimoiy-gumanitar fanlar jurnallari qaysi yoʻnalishlarda ko‘proq? Ilmiy daraja olish uchun tadqiqot natijalari OAK tan olgan ilmiy jurnallarda chop etilishi talab etiladi. Ammo bunday jurnallar barcha fan yoʻnalishlari boʻyicha bir xil taqsimlanmagan. 📈 Eng ko‘p jurnalga ega yo‘nalishlar 🥇 Iqtisodiyot — 175 ta 🥈 Tarix — 167 ta 🥉 Filologiya — 147 ta 📉 Eng kam jurnalga ega yo‘nalishlar 🔷 Psixologiya — 65 ta 🔷 San'atshunoslik — 55 ta 🔷 Sotsiologiya — 46 ta ⚖️ Farq Iqtisodiyot yoʻnalishida OAK roʻyxatidagi jurnallar soni sotsiologiyaga nisbatan qariyb 3,8 baravar ko‘p (175 va 46). 🔍 Bu nimani anglatadi? Jurnallar soni ilmiy infratuzilmaning muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Ko‘proq jurnal mavjud bo‘lgan yo‘nalishlarda tadqiqotchilar uchun maqola chop etish imkoniyatlari kengroq bo‘lishi mumkin. Aksincha, jurnallar soni kam bo‘lgan fanlarda nashr uchun raqobat kuchayishi, maqolalarni ko‘rib chiqish muddati uzayishi va ilmiy faoliyat sur'atiga ta'sir qilishi ehtimoli mavjud. Shu sababli, jurnallar sonidagi nomutanosiblik ayrim fan yo‘nalishlarining rivojlanishiga bilvosita ta'sir qiluvchi omillardan biri sifatida qaralishi mumkin. 🌐 Yana bir muhim raqam OAK tan olgan 731 ta ijtimoiy-gumanitar jurnalning: 🇺🇿 277 tasi (38%) — milliy jurnallar; 🌍 232 tasi (32%) — boshqa xorijiy davlatlar jurnallari; 🤝 208 tasi (28%) — MDH davlatlari jurnallari; 📌 Qolgan qismi boshqa toifalarga toʻgʻri keladi (roʻyxat tasnifiga ko‘ra). Bu shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab tadqiqotchilar ilmiy natijalarini chop etishda xorijiy yoki MDH davlatlari jurnallariga ham murojaat qilmoqda. 🎯 Xulosa Ilm-fan rivoji nafaqat jurnallar soniga, balki ularning fan yoʻnalishlari boʻyicha muvozanatli taqsimlanishiga ham bogʻliq. Ayrim yoʻnalishlarda ilmiy nashrlar infratuzilmasini kengaytirish yoki mavjud jurnallar sifatini oshirish ilmiy faoliyat samaradorligini yaxshilashga xizmat qilishi mumkin. ❓ Sizningcha, qaysi yoʻl samaraliroq? 🔷 Kam jurnalli fanlar uchun yangi milliy ilmiy jurnallar ochish; yoki 🔷 Mavjud jurnallarni xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish. 📚 Manba: Oʻzbekiston Respublikasi OAK — ilmiy nashrlar (jurnallar) roʻyxati (2026-yil 3-avgust holati). #IlmFanRaqamlarda #OAK #IlmiyJurnallar #IjtimoiyFanlar #OzbekistonIlmFan 🎚 Ilmiy sohada faoliyat yuritayotgan doʻstlaringizga ham ulashing va kanalimizga obuna boʻling. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔗 Bizni kuzatishda davom eting🛫 @ScienceOAK 👥https://t.me/+8Jbm05B2lTw2ZDUy

  • 👍👍👍 😀 ✅ OAKdan muhim yangilik! 📢 Endilikda OAK nashrlari ro‘yxatini yagona elektron platforma orqali qulay tarzda ko‘rish va izlash mumkin. Yangi platformada quyidagi imkoniyatlar mavjud: ✅ Fan tarmoqlari bo‘yicha jurnallarni qidirish; ✅ Eski "Sariq kitobcha"dagi jurnallar bilan tanishish; ✅ OAK ro‘yxatidan chiqarilgan jurnallarni alohida belgi orqali ko‘rish; ✅ Yangi kiritilgan jurnallar haqida ma'lumot olish; ✅ Jurnalning OAK ro‘yxatiga qaysi yilda kiritilganini aniqlash; ✅ Davlat va tashkilotlar kesimida qidiruvni amalga oshirish. 💡 Platformadan foydalanib ko‘ring: 🌐 https://oak.uz/pages/31738 📝 Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati (03.08.2026). 🎚 Ilmiy sohada faoliyat yuritayotgan doʻstlaringizga ham ulashing va kanalimizga obuna boʻling. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🔗 Bizni kuzatishda davom eting🛫 @ScienceOAK 👥https://t.me/+8Jbm05B2lTw2ZDUy

🇸 🇨 🇮 🇪 🇳 🇨 🇪 𝗔𝗡𝗗 𝗜𝗡𝗡𝗢𝗩𝗔𝗧𝗜𝗢𝗡 — tgindex