tgindex
Seningdirman | Kundalik

Seningdirman | Kundalik

Статистика
@Seningdirmanузбекский

Shaxsiy fikrlar, sheʼrlar, zamondoshlar ijodi va eng sara ijod namunalari kanali Har kimga million bor elan, do'stim, Xudodan o’zgasi g’ayr ekan, do’stim...

Последний пост
6 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
97
мало замеров
Замеров пока мало
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
128
26 постов
Вовлечённость
132,0%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 26
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
74
1/48двое суток
84
1/72трое суток
91

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Sitorabonu Shomurodovani ko‘pchilik ijodkorlar biladi. Ancha dadil va bo‘lajak katta adabiyotshunos olima. O‘zining ham bir ajoyib ijodi bor. Eng asosiysi, kaaatta qalbi bor. Yaqindagina taqdimot qilingan, "So‘zmunchoq" ruknida chiqqan bir qator ijodkorlarning kitoblar haqida bir-biridan go‘zal tahlillar qilibdi. 15-20 daqiqa vaqtingizni ayamay o‘qib chiqsangiz arziydi. Zamondoshlari ijodi haqida bu qadar teran nazar sola olishning o‘zi ham katta mahorat. Sitorabonuga shaxsan o‘zimning cheksiz mehr-muhabbatim va hurmatimni bildirmoqchiman!

  • 24-iyul kuni soat 16:00 da mard shoir, "Kelajak bunyodkori" Shahriyor Shavkatning kitob taqdimoti bo'larkan. Hirotga borib, hazrat Navoiy boboni ziyorat qilib, taassurotini kitob qilib chiqarish hammaning ham qo'lidan kelmaydi. Rostini aytsam, hali kitobni olganim, ichidagilarni o'qiganimcha yo'q. Lekin endi borib, o'z qo'lidan, imzosi bilan olib kelamiz, nasib. Borish kerak. Ko'rish kerak. Zavqlanish kerak!

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • Yaratganning himmati bilan "tanlangan"lar ichiga kiribman. Hayotim va ijodimdagi navbatdagi yangi burilish ostonasidaman. Bir g'ayrat qilsak, bu dovondan ham oshamiz. Boshlanishida himmat qilgan Yaratgan oxirida ham beumid qilmasin!

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • Bu ulug'larimiz ko'p hodisalarni ko'rishgan-da! SABABLARI QIDIRILMOQDA Odamlar och, Kolbasa lekin Kuchuklarga yedirilmoqda. Sharh etamiz bu holni sekin: Sabablari qidirilmoqda. O‘ldirmoqda aka-ukani, Oilalar yemirilmoqda. Sababini kim aytar, qani? Sabablari qidirilmoqda. Samolyotni opqochdi birov, Norozilik bildirilmoqda. Javobimiz tayyordir darrov: Sabablari qidirilmoqda. Yer yuzidan katta bir davlat Shitob bilan sidirilmoqda. Biz-chi majlis qilamiz faqat: Sabablari qidirilmoqda. ©️Abdulla ORIPOV

  • * * * Yuzingni ko‘rsatib avval o‘zungga bandalar qilding, Yana ko‘nglum olib yuz noz birla xandalar qilding, Jamoling partavin solib, ajoyib jilvalar qilding, Masihdek bir boqishda murda jismim zindalar qilding «Senga men to qiyomat oshno», deb va’dalar qilding. Qani menga vafoi ahd qilg‘oning, guli g‘uncha, Qani bulbul sifat oldingda turgonim ochilg‘uncha, Qani bizlarg‘a hamsuhbat raqiblardek tong otquncha, Sani dardi firoqing aytib-aytib yig‘lay o‘lguncha, Na deb ey mehri yo‘q, men xasta qulg‘a g‘amzalar qilding. Deb erding: kecha-kunduz men seni yoring bo‘lurman deb, Tikandek suhbatingda bir guli noring bo‘lurman deb, Jafoni senga oz aylab, vafodoring bo‘lurman deb, Umidim ko‘p edi, yolg‘iz xaridoring bo‘lurman deb, Ajabkim xalq ichinda bulhavas deb shikvalar qilding. Manga mardumlar aydi: berma ko‘ngul bevafo yora, Seni ovora aylar, ahdi yolg‘onlar, sitamkora, Vafosi yo‘q, ishonma so‘ziga, sho‘xi jafokora, Dedimkim, nosiho in’om ko‘pdur oshiqi zora, Netay, ey bemuruvvat, oxiri sharmondalar qilding. Tariqi oshnoliqni buzub nomehribon bo‘lding, Meni jononim erding, emdi kimga jonajon bo‘lding, Necha kun menga ulfatlik qilib oromi jon bo‘lding, Ko‘zimni mardumida necha soat mehmon bo‘lding, Qalandardek tanimg‘a g‘am haririn jandalar qilding. Kima aytib, kima yig‘lay bu zolim yor jafosini, Haqiqat qilmasa ma’shuq degan oshiq xatosini, Hamisha furqatin tortsam, raqib ko‘rsa vafosini, Qayu Layli sifat mundog‘ qilur Majnun gadosini, ' Yuzingni bir ko‘ray desam qo‘lingni pardalar qilding. Agar bilsam edi begona bo‘lmoq ixtiyoringni, Boshimg‘a solmas erdim behuda savdoyi koringni, Hama aytur nechuk qilding, o‘shal mastona yoringni, Ko‘ngulda ginasi bor, arz qil ahvoli zoringni, Solib bo‘ynumga hajring zanjirin badkardalar qilding. Yuragim rahna bo‘ldi, bas qil istig‘noni, jononim, Firoqing torta-torta yoshligimda ketti darmonim, Arazingni qo‘yub, lutf aylasang hech yo‘qtur armonim, Ko‘zim nuri tanimni quvvatisan, ey dil oromim, Na xo‘b bir necha kun Zavqiy qulingga shevalar qilding. ©️Zavqiy Sun'i intellekt asta-sekin shig'irchilar-u mashhoqlarning "nonini yarimta" qilishda davom etyapti. Yuqorida ham hali biror zamonaviy o'zbek estrada xonandasi o'ylab ham ko'rmagan g'azalni o'zgacha usulda ijro qilingan. Asl she'r doim insonlarni zavqlantiraverishiga yana bir yaqqol misol. Shuning uchun zamonasozlik va paxtachilikni yig'ishtirish va Haq ishqidan boshqa narsani qalamga olmaslikni maslahat beraman.

  • #klassika * * * Ko‘zing qaro sening, qoshlaring qaro, Yuzlaring oq sening, kulishlaring oq. Qo‘lingdagi ta’na toshlaring qaro, Menga g‘amgin boqib turishlaring oq. Unutishing - qaro, hijroning qaro, Sog‘inching oppoqdir, xatlaring - oppoq. Qarodir yurganing o‘ch-mehr aro, Menga tashlab ketgan dardlaring - oppoq. Shommi, yo saharmi - vaqtimdir qaro, Sen deb to‘kayotgan yoshlarim oppoq. Sening ham, mening ham baxtimdir qaro, O‘ttiz to‘rt yoshingda sochlaring oppoq. Ishon, yurak oqdir, qarodir taqdir, Oq-qora bo‘yoqlar bizning bog‘larda... Men million bo‘yoqni bilardim, axir, Ikkimiz baxtiyor bo‘lgan chog‘larda. ✍️ Usmon Azim

  • Biznikilar ham go'l urishni boshlashdi. Faqat raqiblarga emas-da

  • Кимнидир ёмон кўрсангиз – демак, сиз унга мағлуб бўлгансиз. ©️ Конфуций

  • #kayfiyat OVOZIM Nahot, she’rlar aytdim boshliqqa qarab, nahotki, sovrildi olov sozlarim, nahotki haq bolsa, "el-u yurt asli, quruq sozlar" degan gumroh dostlarim?! Nahot, bekor otdi gulday umrimning ming yilga tatirlik oltin choqlari, nahot biror ruhni uygotolmadi shoir yuragimning qaldiroqlari?! Nahotki, birorta dilga yetolmay, behuda sarflanib qancha kuch-chidam, kelib ketaverar yorug dunyoga, kelib ketaverar menday kuychilar?! Menga minbar emas, unvonlar emas, latta chechaklar-u ehsonlar emas, olov bir sahroni, yurtim xayoli nurga gurkiragan sahro bering, bas. Erk-u muhabbatning muxtor elchisi — yotmasman tuproqqa donib, tinchlanib, jasadim tirikdir yorug dunyoda, oyning sinig`iday chaqnar sinchlarim. Agar yetti qavat yerning qa’rida yotsam-da larzaga solib havoni, elimning yuragin topar baribir jismimni kuydirib uchgan ovozim. ✍ Shavkat RAHMON

  • #kayfiyat Kecha kirib kelgan kuz kabi sokin, Sahar vaqti tushgan shabnamdek tiniq Koʻzlaringga qarab turib hattoki yigʻlab ololmasam xoʻrsinib. Yomgʻirdan keyingi maysaday toza, Boʻrondan keyingi dengizday jimjit umringni boricha yashasang toʻyib, Hech kimsa qilmasa xalaqit. Toʻkilgan yaproqdek behol, za'faron, Uchgan kiprik kabi zaif va mavhum Anglab boʻlmaydigan, besoʻz, benavo Koʻngilga aylangiz tarahhum! ✍️ Anvar Botir

  • #Trailer #Rep – Qaytish uchun avval ketgan bo‘lish kerak. – Manzilga ham borib yetgan bo‘lish kerak. Men shunaqa, to‘xtamayman To‘g‘ri, ba’zan soxtadayman Oq qog‘ozda nuqtadayman Ammo nega hamma kutgan bo‘lish kerak? Hamma ishda faqat yutgan bo‘lish kerak?…

  • #Trailer #Rep – Qaytish uchun avval ketgan bo‘lish kerak. – Manzilga ham borib yetgan bo‘lish kerak. Men shunaqa, to‘xtamayman To‘g‘ri, ba’zan soxtadayman Oq qog‘ozda nuqtadayman Ammo nega hamma kutgan bo‘lish kerak? Hamma ishda faqat yutgan bo‘lish kerak? O‘z orzularini unutgan bo‘lish kerak? Unda nega kerak yashab? Urar yurak? Sizku menga bergan ism Sizga qarzdor bor tan, jism Qism-qism chizib bergansizku hayotimga tizim Ammo Yo‘lchi bo‘lgach yo‘lda qolsin mening shaxsiy izim. Navoiyni yod bilaman. Shoirlarni mot qilaman. Ammo faqat o‘zim bildim tunlari faryod qilaman. Dod qilaman. Balki repper bo‘lib sizlarga isnod qilaman. So‘raganim imkon, xolos. Buni berish oson. Ha, rost! Qo‘ying, o‘zim yashaydigandigan zamonda ijod qilaman. Hamma narsa biz xohlagandek bo‘miydi To‘g‘ri balki namunali o‘g‘il mandek bo‘miydi. Mayli, bo‘lib esli bola siz kutgandek yashay qolay. Unda... odam tug‘ilib ham tug‘ilgandek bo‘miydi. Hamma ham xato qiladi. Qoqiladi. Axir odam mukammalmas o‘zini barpo qiladi. «Zato» qiladi. Sizga yoqmagan narsa hamisha noto‘g‘rimas Qochishga uringanlar har doim ham o‘g‘rimas Hamma tushunsa qaniydi Ota-ona tanlanmiydi Ota-onasizlik ham Sog‘lik ham Bo‘ydoqlik ham Nega? Sevganiga uylansa darrov uning o‘g‘limas? Bo‘ldi bas! Xato qilmaslik yomon. O‘z orzularing tomon Yurmay qo‘yganing zamon Hayoting bo‘lar tamom. Har narsani xohlashniyam yoqlamiyman. Ammo kimdir menga yo‘limni chizib bersa... Oqlamiyman. Orzularimni atayin Xuddi tandir ko‘mgandayin Ko‘mishlarini xohlamiyman Farzandimga: «Chin dilingdan xohla!» deyman Ishonchimni oqla deyman. Ammo doim o‘z fikringni yoqla deyman. Sizning yo‘lga yurmaganim qilar alam? Yoningizda turmaganim qilar alam? «Qayda yurgan ekan mening daydi bolam?» «Balki erur barchasi sahvul qalam» Meni yo‘llar chaqirgandir? Dashtmi, cho‘llar chaqirgandir? Qari qo‘llar chaqirgandir? Ketishim qaytishimdandir? Yo‘l yurishim jonu tandir? Balki buyam iymondandir? Unutmayman qayda tandir Ammo menga yo‘l Vatandir! ✍️Muhammadxon Yusupov 📖 "Yo'l va tandir" qissasidan

  • * * * Kimdir meni yoqtirmay qolsa, O'chirilsa ismim qatordan, Ne qayg'um bor! Nomlar sanalsa, "Va boshqalar" ichida borman. ©️Erkin Vohidov

  • Doxxim - Cho'lponni Boltalashdi (Official Music Video) 1938 - yil 4-oktabr O’zbekiston tarixida musibat bilan eslanuvchi kun. Qonxor diktator, Iyosef Veseryonivich Stalinning qattol rejimi ostida millionlab insonlar surgun qilindi, qamaldi, millionlab insonlar esa shunchaki otib tashlandi. Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon ham shu o’lim mashinasining Qurboni bo’ldi. Aytishlariga qaraganda o’sha paytlarda haddan ziyod ko’p insonlar o’limga hukim qilinganidan yozuvchi va shoir Cho’lponga navbat kelganida jallodlarni o’qlari tugab qoladi va bu inson qiyofasidagi iblislar shoirni bolta bilan chopib tashlaydi.

  • видео или голосовое, без подписи

Seningdirman | Kundalik — tgindex