SIRDARYOchess| Rasmiy
СтатистикаSirdaryo viloyati shaxmat federatsiyasi rasmiy telegram sahifasi Официальная телеграмм-страница Федерации Сырдарьин ☎️Murojaat uchun : @Sirdaryo_shaxmat_federatsiyasi +998940240282 +998940334020
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 42
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 39
- 1/48двое суток
- 44
- 1/72трое суток
- 48
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⚡️Maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok eting Shu yilning, 1–10-oktyabr kunlari Rossiyaning Tula shahrida 7–17 yoshdagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur chempionatda qo‘shimcha tarkibda ishtirok etishni istagan ishtirokchilar 10-sentyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Nizom bilan tanishish uchun havola. Qo‘shimcha ma’lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun @Sevara1223 manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
🔝♟Сирдарёда шахмат оммавийлашмоқда! Гулистон шаҳридаги Ёшлар марказида "Шахмат клуби" ташкил этилди. Бугунги кунда ушбу клубда 100 нафарга яқин ёш шахмат билан мунтазам шуғулланмоқда. Эътироф этиш лозимки, сўнгги йилларда Сирдарё вилояти шахмат федерациясининг моддий-техник базаси сезиларли даражада мустаҳкамланди. Федерация учун Ёшлар марказида алоҳида хоналар ажратилди. Вилоят ҳокимининг қарори асосида федерация фаолиятини ривожлантириш учун 200 миллион сўм маблағ ажратилиб, замонавий шахмат тахталари, Брайл шахмат тўпламлари, электрон шахмат соатлари, компютер техникалари ҳамда шахмат адабиётлари харид қилинди. — Вилоят шахмат федерацияси раиси Эркинжон Турдимов ташаббуси билан спорт мактабларидаги шахмат учун зарур бўлган моддий-техник шароит ҳам тубдан яхшиланди, — дейди Сирдарё вилояти шахмат федерацияси ижрочи директори Самандар Жумаев. — Узоқ йиллар давомида фойдаланилган, эскирган инвентарлар ўрнига замонавий шахмат тахталари ва электрон шахмат соатлари етказиб берилди. Бу шахмат мураббийларининг машғулотларни замонавий стандартлар асосида ташкил этиш имкониятларини янада кенгайтирди. Шунингдек, шахмат сабоқларида рақамли технологиялар имкониятларидан ҳам самарали фойдаланилаётир. Хусусан ҳозирда 10450 нафардан ортиқ ёш шахмат сирларини "UZChess" мобил иловаси орқали онлайн тарзда ўрганмоқда. Аҳмадали Шерназаров, "Халқ сўзи" Канал👉 @SirdaryoSadosi ↗️
Сирдарёда шахмат оммавийлашмоқда Гулистон шаҳридаги Ёшлар марказида «Шахмат клуби» ташкил этилди. Бугунги кунда ушбу клубда 100 нафарга яқин ёш шахмат билан мунтазам шуғулланмоқда. 👉 https://xs.uz/kr/news/-bb530334 Расмий саҳифаларимиз 👇 Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
⚡️Oʻzbekiston yana bir pogʻona yuqoriladi! FIDE tomonidan e'lon qilingan avgust oyidagi federatsiyalar reytingida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi 8-oʻringa ko'tarildi. Avvalgi reytingga nisbatan 1 pogʻona yuqorilagan terma jamoamizning Top-10 shaxmatchilari oʻrtacha reytingi 2626 ni tashkil etdi. Bu natija Oʻzbekiston shaxmatining xalqaro maydondagi barqaror o'sishi va shaxmatchilarimizning muvaffaqiyatli ishtiroki samarasidir. 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
⚡️Ahadjon Kimsanboyev — jahon chempioni! Bolgariyaning Sofiya shahrida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxmatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan IV IBSA Jahon chempionati yakunlandi. Musobaqa davomida yuksak mahorat, matonat va barqaror o‘yin namoyish etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ahadjon Kimsanboyev hal qiluvchi bahslarda ham ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritib, jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi. Ushbu tarixiy natija nafaqat sportchimizning fidokorona mehnati va mahorati, balki O‘zbekiston para shaxmati rivojida erishilgan muhim yutuqlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Ahadjon Kimsanboyevni mazkur ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusi musobaqalarda ham yangi zafarlar tilaymiz! 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Alirizo Firuzja 2026-yilgi Grand Chess Tour musobaqasidan chetlashtirildi ⚡Fransiyalik grossmeyster Alirizo Firuzja Parijda o‘tkaziladigan Esports World Cup turnirida ishtirok etish qarori sababli Saint Louis shahri mezbonlik qiladigan Sinquefield Cup 2026 hamda joriy mavsumdagi Grand Chess Tour (GCT) seriyasidan rasman chiqdi. 👎Esports World Cup (11–15-avgust) hamda Sinquefield Cup (10–20-avgust) sanalari bir-biriga to‘g‘ri kelib qolgani sababli Firuzja o‘z mamlakati sharafini Parijda himoya qilishni afzal ko‘rdi. 🔴GCT shartnomasiga ko‘ra, mavsum davomida biror turnirdan voz kechish butun seriyadan chiqishni anglatadi. Shu sababli Firuzjaning 2026-yilgi mavsumda to‘plagan barcha GCT ochkolari bekor qilindi va unga nisbatan shartnomaviy jarimalar qo‘llaniladi. 👉Sinquefield Cup turnirida Alirizo Firuzjaning o‘rnini AQShlik grossmeyster Sam Sevian egallaydi. 🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 47 kun qoldi YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
♟ Sirdaryoda IIB boshlig‘i kubogi uchun shaxmat musobaqasi o‘tkazildi Sirdaryo viloyati shaxmat federatsiyasi hamda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida sportning shaxmat turi bo'yicha ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida Boshqarma boshlig‘i kubogi shaxmat musobaqasi tashkil etildi. Turnirda viloyatning shahar va tuman ichki ishlar organlarida faoliyat olib boradigan jami 40 nafar shaxmatchi ishtirok etib, strategik fikrlashi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdi. Musobaqa yuqori saviyada, qizg‘in va murosasiz bahslar ostida kechdi. Har bir partiya ishtirokchilarning intellektual salohiyati, sabr-toqati va puxta tayyorgarligini yaqqol namoyish etdi. Turnir yakunida eng kuchli ishtirokchilar aniqlanib, Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Mazkur musobaqa shaxmatni ommalashtirish, xodimlarning intellektual salohiyatini oshirish hamda sport orqali hamjihatlik va do‘stlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Kanalga ulanish @Sirdaryochesss
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи