tgindex
Subhon ustoz
@Subhon_Ustozузбекский

Matematika o'qituvchisi. Prezident, Mirzo Ulug'bek, Xorazmiy va boshqa maktablarga tayyorlov. Bogʻlanish: @Subhonbek_Sayfiddinov

Последний пост
3 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
144
+2 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
424
20 постов
Вовлечённость
294,4%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
165
1/48двое суток
189
1/72трое суток
203

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Assalomu alaykum kuzatuvchilar, uzoq yillardan beri kaminaga, Algoritm (Al-jabr) jamoasiga qadrdon bo'lib kelgan ota-onalar, aziz o'quvchilar! 2021-yil 28-avgust sanasida o'quv markaziga asos solib uning ilk xabarchisi bo'lmish telegram kanalini ishga tushurgan ekanman. Oradan qancha vaqtlar o'tibdi qarang... O'sha paytlarda bolalarga ta'lim berishni sevgan ustoz sifatida juda ko'p o'ylab o'quv markazi sohasini tanlagan edik. Alohida dars berish bilan 50 odamni o'qitsangiz bo'ladi. Ammo bir metodika ostida jamoa qurilsa minglab yoshlarga ta'lim berish mumkin. Mana shu g'oya bilan shu kunga qadar oldimlab kelyapmiz. Bir bola katta bo'lganida o'ziga kelgan yaxshilikka sizni sabab deb bilib haqqingizga duo qilsa... bir ustoz uchun bundan ortiq baxt sira ham topilmaydi! Alloh taolodan har duoda yuzimizni yorug' qilishini so'rab iltijo qilaman. Zero siz ko'rib turgan natijalar mushtarak duolar natijasidir. Bugun esa qarshingizda yangi bir ta'lim loyihasi bilan turibmiz. Har bir bolani taqdiri uchun o'quv markazida kurash olib borgan bo'lsak, endi yanada dahldor bo'lish bo'sag'asidamiz... 😊 Siz azizlarga bu yangilikni aytish uchun qo'llab-quvvatlashingizga extiyoj sezyapman...

  • без подписи

  • •Urinib koʻrishning oʻzi sizga bir mahorat darsi boʻladi. Zarar koʻrasizmi? Aslo yoʻq! Oxirini oʻylagan qahramon boʻlolmaydi! • Alloh boʻl degandan keyin choʻlning suvsiz zamirida ham oʻsimliklar oʻsaveradi. Mumkin emas deb oʻylaganlaringiz, xayolingizdagi moʻjizalarni koʻzingiz koʻradi! • Har bir musibat oldida albatta koʻp yengilliklar boʻladi. Alloh bir narsani bermadimi? Demak hali loyiq boʻlmayapsizda! Demak hali oldinda yaxshirogʻi uchun sabr qilishingiz kerakda! Sinovsiz berilganini qadri oqova suv kabidir! • Alloh paygʻabarini olovda yoqmoq uchun olib kelinganini eslang. Hammani kul qilib, jonini oladigan oʻsha oʻt Ibrohim alayhissalomni kuydirmadi ham! Ishonchi Alloh boʻlgan bandalar nega tushkun boʻlsinlar?!

  • Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak

  • Nasihatdan dars olmagan, musibatdan dars oladi.

  • Ma’noli.

  • Yorumlara bakıyorum da, farklı milletlerden, farklı dili konuşan, farklı evlerde ve farklı kültürlerde büyümüş onca insan... Dışarıdan bakınca birbirleriyle hiçbir alakaları yok. Lakin hepsi bu videonun altında buluşmuş. Aslında hepsinin, hepimizin bir ortak noktası, noktamız var; arayış... Arıyoruz, ne olursa olsun arıyoruz. İş arayan üniversite mezunu genç, çocuğunun boğazından iki lokma geçmesi için didinen ebeveyn, hayatını kazanmaya çalışan liseli... İçimizdeki sıkıntılarımızı dilimize dökemedigimiz için buraya gelmişiz. Bizim yerimize dökenlerin ruhlarını dinliyoruz. Şarkının içindeki birkaç notada, şiirin dortluklerindeki bir satırda, yazarın kaleminden bir metinde kendimizi arıyoruz. Buluyoruz... Biraz kendimi kaybettim konudan konuya atladım ama asıl anlatmak istediğim şey sanatın mucizesi Sizlere hayran kaldım dostlar. Sizin sayenizde de sanata daha çok hayran oldum. Teşekkür ederim. Izohlarda yozilgan haqiqat. Farqli insonlar, farqli madaniyatlar. Ammo hammamiz izlaymiz. O'zimizni izlaymiz. Topamiz...

  • Yasholmaydi odam havosiz… Yasholmadi Odam Havosiz… @Subhon_ustoz

  • Yozgan Haqdir Yozilgani esa haqqingdir… @Subhon_Ustoz

  • 2023-yilda yozgan ekanman, xuddi hozirgi kabi kechki vaqtda… Shu soʻzlarni har yomgʻir yogʻganida bir yodga olib turaman. Yer kirlanishini bilgan Yaratguvchi unga naqadar mohirona tozalanish imkonini berdi… Kirlangan yerini yuvish imkonini yaratgan Zot, bandalari qalbiga ham shu kabi munosabatda boʻlishida mantiq bor… Hayit ayyomi muborak boʻlsin barchangizga! @Subhon_ustoz

  • 20 мая400242

    Eng yaxshi yoʻl, ota-onagiz bor boʻlgan joyga olib boradigan yoʻldir. Ertaga, ya'ni yana bir necha soatlardan so'ng oilamizning hozircha eng kichik a'zosi bo'lgan o'g'lim Saidamirxon ikki yoshni qarshilaydi. Umrimiz juda tez o'tyapti deyman o'zimga-o'zim. Dadam bilan telefonlashdim. Saidamirxonni tabriklab mani nomimdan peshanasidan qattiq o'p dedilar... Shunday damlarda uyimdan, ota-onamdan uzoqda bo'lishim qanchalik to'g'ri ekan deb o'yga tolaman. Ular bilan o'tkazishim mumkin bo'lgan vaqtni ularsiz o'tkazayotganim yuragimni ezadi. Dadamning nevaralariga nisbatan sog'inch bilan gapirishlari bu tuyg'ularni ari uyasidek qo'zg'aydi. Shartta turib ketsam deyman. Lekin... lekin katta maqsadlar bir tomondan tortadi. Bu yerda qurilgan 5-6 yillik ta'lim, Vatanni ravnaqini oshiradigan ta'lim loyihalarini qilish... Ikki eshikning orasi kabi bu joy ham... Hayit kelyapti, uyga borib kelaman. Yana bir bor bolalikdagi kabi dadamning quchog'iga kirib uxlayman bu safar InshaAlloh. O'g'lim, hali bu yozuvlarni bir kun o'qirsan InshaAlloh. Umringa Alloh baraka bersin, solihlaridan qilsin. Panohida asrasin! Man ham dadam kabi o'zim ko'rmagan, erisholmagan ba'zi narsalarga erishganingni ko'rib quvonib yuray ilohim... Hozircha shular azizlar. To'lib ketganda yozib yengil bo'ladigan yoshga kiribman o'zim ham. Hozir sezyapman. Xayrli tunlar

  • Senga atalgani senga yetgusi, Dunyoda eng nochor zaif boʻlsang ham. Vale, yetib kelmas atalmagani, Eng kuchli pahlavon, sharif boʻlsang ham. Shu bois koʻngilni keng qil va yoʻyma, Bu xolni omadning kulmaganiga Yetib kelganiga shukur ayla va Qaygʻurmagin yetib kelmaganiga. Topganlaring atalganlaridir. Yoʻqotganlaring atalmaganlari. Barchasi ayon boʻlsa, oʻzingni ayblashni bas qil! Harakat, duo, vaqt va hammasi yaxshilikkadir!

  • 15 мая404181

    Ishonganing sodiq chiqsa doʻst muborak! Xoin chiqsa koʻp kuyunma, dars ham kerak! @Subhon_ustoz

  • 11 мая514185

    #hayotimdan_hayotingizga Bir kuni ayolning qo'lidan ari chaqdi, yig'lab yuboray deb turgandi... Turmush o'rtog'i esa unga — Sani gul deb o'ylaganda..., dedi. Og'riq va yig'i o'rnini mayin tabassum egalladi... (Ijtimoiy tarmoqdan) Hammasi shunaqa oddiy aslida... ⏺Yaqinlaringizni xato va kamchiliklari bo'lsa ularga ko'z yuming. Sizga ideal ko'ringan ba'zilarga yaqinlashib ko'rsangiz o'z yaqiningiz yaxshiroq ekanligini anglaysiz. Kamchilik hammada bor. ⏺Tinchlaning. Chigal iplarni yechishdan ,uchini topib tartiblashdan ko'ra ba'zida shunchaki tashlab qo'yish foydali bo'ladi. Asabingiz tarang bo'lmagan bir kunda bemalol ipni uchini topib, o'raysiz. O'shanda bu ish hattoki maroqli topshiriq bo'ladi. ⏺Avaylang. Baxt bu sizning ko'nglingizdagi quvonchdir. Eslang qachon oxirgi marta ich-ichingizga sig'may quvongansiz? O'sha quvonch sizga qadrli insonlar tarafidan berilgan bo'lsa buni qadriga yeting. ⏺Shoshilmang hali hammasi oldinda. Falak gardishi tinmay aylanaveradi, siz bilan ham sizsiz ham. Sizga jon bergan, rizq bergan Zot bir xayrni sira ham qizg'onmaydi... ⏺ Tabassum qiling. Bu osmonni ko'rgan ko'zlaringiz uchun, sog'-salomat yurganingiz uchun, ko'nglingiz orom oladigan kichik uyingiz uchun ham, hammasiga tabassum qiling))) @Subhon_ustoz

  • Inson qancha eskirar. Unga shuncha es kirar.

  • 4 апр.584113

    Форс кўрфазидаги урушни кузатар эканман, шундай саволлар туғиляпти: 1. Саудия Арабистони миллиардлаб долларга нефть сотиб келади, миллиардлаб долларлик қурол-яроқ сотиб олиб келади, нима мақсадда? Ахир улар ҳимоя қилишга яраётган йўқ-ку!? 2. Бутун дунё миллионерлари Дубайдан юз миллионлаб долларлик мулк сотиб олган. Жумладан, ўзбек бойлари ҳам. Агар Эрон БААнинг сув чучуклаштирувчи қурилмаларни йўқотса, у ерда ҳаёт тугар экан. Шунда буёғи нима бўлади? 3. Покистон ядро қуролига эга бўлган эди, унинг рақиби Ҳиндистон ҳам ядро қуролига эга бўлди. Исроил ядро қуролига эга бўлган эди, аммо уни ишлатишга ҳайиқмоқда -- Эрон ҳам ўз ядро қуроли ясаган бўлиши мумкин дейишмоқда. Миллиардлаб пул сарфлаб, ядро қуролига эга бўлиш хавфсизликни таъминлаш ўрнига хавф-хатарни кучайтириши тўғрими? 4. Тўртта америкалик урушдан қочиб Ойга кетдими? Ё кейинроқ қочиш учун жой танлашгами? 5. Бойлик, миллиардлаб долларлар хавфсизлик учун бефойда, фан ва техникани ривожлантириш, олим ва инженерлар етиштириш муҳимроқ экан. Бойлик йиғишни ҳаёт мазмунига айлантириб олганларга бу етиб боряптими?

  • Ustoz faqat berayotgan bilimiga emas, o‘quvchi uni qanday qabul qilayotganiga ham javobgardir. (c) Ustozdan_ustozga

  • 8 мар.643241

    Bolalik… • Roʻmolchalariga oʻralgan pullaridan maktabga ketishdan oldin olib beradigan, toʻy-marakaga borsalar choʻntaklariga qand solib olib keladigan bibim boʻlardilar. • Koʻchani boshidan koʻrsak yugurib oyoqyalang oldilariga borardik. Alloh rahmat qilsin… Roʻmolchaning ichida omonatini yigʻib yurib nevaralariga ulashadigan buvilar hozir ham bormi? @Subhon_ustoz

  • 2 мар.738175

    Xotirjam uxlamoq baxtning yarmidir. Qolgan yarmi esa ertalab uygʻonmoqdir. Hammasi ortda qoladi, siz boʻlmasangiz ham hayotda nimadir kamdek tuyilishi qiyin. Odamlar keladi, ketadi… Har bir daqiqangizdan zavq oling. Hozirgi holatingiz ham yaxshi birodar. Faqat tepaga emas, pastroqqa ham nazar soling. Alloh beraman desa ne’mat, bermasa ham hikmati bor… @Subhon_ustoz

  • 2023-yil, 6-iyul. Birinchi marta yotoqli oʻqish qilganmiz. Bugun turib-turib Elshod joʻramni, shu kunlarimizni yodga oldim. Vaqtni oʻtishini qarang…