Qalb iffati🫀
СтатистикаBismillah Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh xush keldiz. Kanal sizga maqul keladi degan umidlar bilan uz faoliyatini boshladi.
- Последний пост
- 9 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 37
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 19
- 1/48двое суток
- 21
- 1/72трое суток
- 23
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Dangal va yuzingizga gapini gapiradigan odamdan yomonlik chiqmaydi. Diliz og'rishi mumkin, zato yomonlik ko'rmisiz. Xato, aybiz, yaxshi va yomon tomonlarizi yuzingizga aytadi.
Eshiting, fikr qiling. Boshing 2 bo'lmaguncha, biring ikki bo'lmaydi. U odam hozirgi kundagi narx bilan 80 mln$ ehson qilyapti. https://www.youtube.com/watch?v=-CSBi7DhIqs
Yoz fasli va o‘tib borayotgan umrimiz go‘zal bo‘lsin. Yaxshi, mazmunli, baxtli va ko‘plab foydalarga tola hayotni yashash nasib qilsin. Kelgusi hayotimiz o‘tgan hayot(umr)imizdan yaxshiroq bo‘lsin. ❤️ - omin. Aziz boshiz omon bo'lsin, yo'llariz ravon. Yaratganning panohida bo'ling.
Tushunadigan odamga 1ta gap yetadi. Yaxshi otga 1 qamchi, Yomon otga 1000 qamchi. Raxmatli buvimlar shunaqa deganlarida hayron qolardim, nega ot yaxshi bo'lsa ham 1 qamcha urishadi deb. Gap ot va qamchi haqida emasdi.
Odamlarni yeb bitiryapti odamga o'xshagan hayvonlar.
Bitta suxarik uchun 48°C issiqda chiqqan bolakay. Men ham maqsadlarimga şunaqa darajada intilamanmi? Siz-çi? Xohlagan imkon topadi deyişadi, ölimdan boşqa hammasini iloji bor. Şaroit bahona aslida, dunyoda neçta millionerlar bor? milliarderlar-çi? ular ham bizga öxşagan odam, 2 qol 2 oyoq, 2 köz hay deylik nuqsoni ham bordir, bizni hamma joyimiz soppa soğ-ku. şu bola bitta suharik uçun 48 gradus issiqda borib kelgan. Nega? Yoqadi. Boşqa sekreti yöq. Progrev sohada professional bölgan odamdan konsultatsiya yutib olganman, şunda 1ta gapni aytganlar, omad/muvaffaqiyatga sirli masalliq yöq. Ha ha, bu kung-fu pandadagi jumla. Sirli masalliq yöq!
Nega Xorazm xonlari uzun cho'girma kiygan?
So'ngi kunlarda yozolmayapman, nima mavzuda post yozishimni xohlaysiz? Murojaat uchun: @DrRaximov2025
Soat salkam tungi 1. Odamlar uxlayapti. Sen esa uxlolmayapsan. Ko‘zingga uyqu kelmayapti. Oynadan qarab o'ylab, tafakkur qilib o'tiribsan. Rahmatli otang bilan bo'lgan voqealarni eslab, hayot va ishdagi muammolar va hkz. Dadang kechalari nega kecha uxlashini, uxlolmasligini endi tushuna boshlayapsan. O'g'limga aytamanda: O'g'lim sani dadang bor, onangni ham dadasi bor. Lekin otangni dadasi yo'q🫠. Odam har doim ham boylarga havas qilavermaskan. Ba’zan otasi borlarga, otasini chet elga, sayohatga, umraga va/yoki xajga oboradiganlarga havas qilarkan odam. Men ko'rgan joylarni otam ko'rmagan... Buni nega yozyapman? Otasi borlar otangizni yaxshi ko'ring, har soatda tel qiling, yo'qlang. Shashlik va somsalar olib boring uyga. Oboring sanatoriya va boshqa shaharlarga sayohatga va aylanishga. Endi o'qishni bitirib yaxshi ishga kirganimda Raximov kech qoldi. ** mln topaman lekin otamni topolmiman. P.s: piyoladagi marojni. Aziz boshiz omon, yo'llariz ravon bo'lsin. Yaratganning panohida bo'ling. #life #ota #Toshkent #2026
Hamma narsaning ham o‘z o‘rni, o‘z chegarasi bor. Sir saqlashni bilmaydigan, professionallikdan yiroq odamlar bilan faqat ob-havo haqida gaplashish kerak.
Boshingdagi tojingni yechib yur qayerda bo‘lsang ham...
Men tengi bo‘lgan sinfdoshim 1 haftalar oldin vafot etibdi. Moshinada avtohalokatga uchrab. Inna lillahi va inna ilayhi raji’un. Allohim gunohlarini afv etgan bo‘lsin, marhamatiga olib joyini Jannatdan qilgan bo‘lsin. O‘lim haq. Qachon, qayerda va qanday holatda o‘lishimizni bilmaymiz. Allohim o‘zing go‘zal xotima bergin, yomon o‘limdan o‘zing saqla.
Hammaga Qurbon hayiti muborak bo'lsin. Bunaqa bayramlarni ko'pisini ko'rib yurish nasib qilsin.
Kuchsiz rahbarlar uyda oilasi(xotini yoki eri) bilan urushib ishga keladi va xodimlariga kun bermaydi. Uydagi muammolar uyda qolsin. Ishdagi muammolar ishda qolsin. Kuchli odam o'zini boshqarishni bilishi kerak.
Ba’zi odamlarni yili ilon emas, ammo tili...
O'zbeklar ichida "indamasang — yaxshisan, gapirsang — yomonsan" ? G'alati odatlar №1 O‘zbeklarda bir g‘alati odat bor: to‘g‘ri ishlashi kerak bo‘lgan narsa ishlamasa-yu, sen "Bu nega ishlamayapti, nima muammo bo‘lyapti?" deb aytsang, 80% odam seni darrov yomon ko‘rib qoladi. Xuddiki tinchgina oqib turgan suvni loyqalatgan, hammani tinchini buzgan aybdordeksan. Bizda "indamasang — yaxshisan, gapirsang — yomonsan" degan tushuncha singib ketgan. Haqiqatni aytgan odam dushman bo‘ladigan zamonda yashayapmiz. Go‘yoki hamma narsa ideal, hayot ertakdagidek-ku, sen bitta narsani deb hamma yoqni rasvo qilyapsan. Aslida so‘rayotganing birovning ehsoni yoki sadaqasi emas — o‘zingning haqing! O‘z pulingga yarasha xizmat so‘rasang ham, senga xuddiki tilanchiga qaragandek burnini jiyirib qarashadi. "Shu yetmay turuvdi, hamma jim o‘tiribdi-ku, senga nima bor?" deb darrov tamg‘a bosishadi. Lekin hamma "bay-bay, zo‘r" deb qarsak chalib tursa, narsani nomi bilan aytadigan mard bo‘lmasa, muammo hal bo‘lib qolmaydi. Aksincha, ichidan chirib boraveradi. Bu shunchaki ochiqchasiga ikkiyuzlamachilik. Sukut saodat emas, bu — qo‘rqoqlik. Muammoni ko‘tarish nolish emas, bu o‘sha narsaning to‘g‘ri ishlashini xohlashdir. Aziz boshiz omon, yo'llariz ravon bo'lsin. Yaratganning panohida bo'ling. #life #haqiqat #jamiyat #muammo #ikkiyuzlamachilik #ozimizningodatlar #haqingnitalabqil #jimturma #Toshkent #Uzbekistan #2026
Kanal sustlashgan, fikr va mulohazalaringiz kerak kanalda qanaqa postlar, qanaqa sohada ketishini xoxlaysiz? @DrRaximov2025 talab, taklif va shikoyatlar bo'lsa yozing.
#TarixSaboqlari 🏺 Xorazmni ilm orqali ochgan olim ⚡️ Sergey Tolstov 🔘 1937-yilda Sergey Tolstov Xorazm hududida ilmiy izlanishlarni boshlab, qadimiy sivilizatsiyaning yangi sahifalarini ochdi. 🔘 Uning tadqiqotlari natijasida Xorazm jahon ilm-fanida alohida o‘rin egalladi. 📌 Tolstov va Xorazm haqida ➡️ batafsil 🗣 Xorazm haqida so‘z ochganimiz ham bejiz emas… 😊 💼 @hrmkbank
Отангиз ҳамёнидан хабар олиб туринг. Ота қариганда, болалар ота чўнтагидан хабар олиб турса, ёмон бўлмайди.
15+ Yillik Sabrning Shirin Mevasi... Odam bolasi nimani 15 yil kutishi mumkin? Ba’zilar uchun bu butun bir umrdek tuyuladi, boshqalar uchun esa bir nafas... Men 15 yil kutgan, gohida har kuni, gohida vaqti-vaqti bilan qilingan harakatlar va ich-ichimdan so‘ralgan duolarim bilan yo‘g‘rilgan o‘sha maqsadimga, nihoyat, yetdim. Bugun o‘sha uzoq kutilgan baxtning hidi kelyapti. Bu shunchaki raqam emas — bu minglab duolar, yuzlab urinishlar va cheksiz sabr demakdir. Bugun ortimga qarab, o‘zimdagi o‘sha uzoq kutilgan o‘zgarishga va erishilgan natijamga nazar solar ekanman, bir narsani aniq tushunib yetdim: so‘rashni va kutishni bilish kerak ekan. Eng yomoni — qancha kutishimizni bilmasligimizda, eng yaxshisi esa — chin dildan so‘ralgan narsa baribir ijobat bo‘lishida. #Sabr — bu shunchaki kutish emas, kutayotganda ham ishonchni yo‘qotmaslikdir. Shunchaki sabrsizlik qilib qo‘ymaslik kerak. Baxtliman, ko‘z tegmasin. Lekin sizga qiziqmi, meni 15 yil davomida to'xtamaslikka nima majbur qilishi mumkin va men erishgan o'sha sirli natija nima deb o'ylaysiz? O'zingiz-chi, nimanidir shuncha vaqt kuta olgan bo‘lardingiz? Taxmin va tajribalaringizni izohlarda kutaman 👇 Aziz boshiz omon, yo'llariz ravon bo'lsin. Yaratganning panohida bo'ling. #life #Sabr #Natija #Duo #Shukr #Baxt #Ishonch #InsonIrodasi #Toshkent #2026