TAQU TALABALARI
СтатистикаToshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari kanali
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 61
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 406
- 1/48двое суток
- 465
- 1/72трое суток
- 501
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Boʻlajak talabalar OTMga qandayhujjatlar berishi kerak? 1. Rektornomiga ariza; 2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda); 3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi; 4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa) 5. 3,5x4,5 foto 12 ta; 6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel); 7. Konvert A5 formatida; 8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa) 9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa). ❗️ Eslatma: Bu hujjatlar Qabul komissiyasi 2022-yilda tasdiqlagan variant. Bu yil ro'yxatda o'zgarish bo'lishi mumkin. Kanalni kuzatib borsangiz, bu haqida xabar beramiz. 📌 Tavsiya: Qaysi OTMga qabul qilingan bo‘lsangiz, o‘sha OTMga ushbu hujjatlarni topshirishingiz so‘raladi.
#Giyohvandlik 🔻 Toshkent shahar IIBB ogohlantiradi! Talabalar va yoshlar diqqatiga! “Oson pul” ortidagi dahshatli qopqon! ↪️Bugungi kunda ayrim yoshlar internet orqali ish izlab, giyohvandlik vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhlar qopqoniga tushib qolmoqda Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
🇺🇿 “Prezident AI Award” 2026 tanlovi haqida raqamli ma’lumot kontenti 🇺🇿 President AI Award 2026 uchun arizalar qabuli boshlandi! 💠 Sun’iy intellekt sohasidagi eng istiqbolli loyihalar uchun mamlakatning eng yirik tanlovi. Ishtirok etish shartlari: ❌Jamoa tarkibi: 3–8 kishi ❌O‘zbekiston fuqarolari yoki doimiy yashash guvohnomasiga ega shaxslar Umumiy mukofot jamg‘armasi — $1 000 000. Ariza topshirish uchun nimalar kerak? ❌Ishlayotgan MVP (Minimum Viable Product) ❌Loyihani tushuntiruvchi 3 daqiqalik video pitch ❌GitHub repository havolasi (ekspertlar kodni ko‘rib chiqishi uchun) ❌PDF formatdagi Pitch Deck va loyiha logotipi ❗️Eslatma: barcha materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan bo‘lishi kerak. Awards.gov.uz (https://awards.gov.uz/en/paia) platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting, kerakli hujjatlarni yuklang va tanlov bosqichlarida ishtirok eting. AI kelajagini birgalikda yarataylik. Endi navbat — sizning loyihangizga. 🏛 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Sayt | Telegram | Instagram | You Tube
🟦🟦🟦 🟦🟦 🇺🇿 President Tech Award 2026 uchun ro‘yxatdan o‘ting! 🇺🇿 O‘zbekistonning eng istiqbolli startaplari uchun navbatdagi cheksiz imkoniyatlar eshigi ochildi. ⏳ Umumiy mukofot jamg‘armasi — $5 million. Tanlov inkubatsiya, akseleratsiya va eng yaxshi startap loyihalari yo‘nalishlarini qamrab olib, g‘oliblarga grantlar, investitsiyalar hamda tajribali mentorlar bilan ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Ishtirokchilar quyidagi dasturlarda qatnashishlari mumkin: 🫥Inkubatsiya (Idea va MVP) 🫥 Akseleratsiya (Pre-seed va Seed ) 🫥 Best Startup Project (Seed va Series A) Ishtirok etish uchun yosh bo‘yicha cheklov yo‘q. ✅ Arizalar qabuli: Inkubatsiya dasturi - 10 Avgust Akseleratsiya dasturi - 10 Avgust Best Startup Project - 31 Avgust ✅Arizangizni hoziroq awards.gov.uz (https://awards.gov.uz/en/pta) orqali topshiring va keyingi muvaffaqiyat hikoyasining bir qismiga aylaning. 🏛 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Sayt | Telegram | Instagram | You Tube
ТАЛАБАЛАР ДИҚҚАТИГА! ИЖАРАГА УЙ ОЛИШДА ОГОҲ БЎЛИНГ! Ижарага уй излаётганда фирибгарлик ҳолатларига дуч келмаслик учун ҳушёр бўлинг! Уй-жойни кўздан кечирмасдан, ижара шартномасини расмийлаштирмасдан туриб, олдиндан пул ўтказиб юборманг! 🤝 @OPER_UZ – ОПЕРАТИВ ВА ХАВФЛИ ЯНГИЛИКЛАР КАНАЛИ!
❗️Microsoft Word дастурларида фойдаланиш учун керак бўладиган 50 та қисқа клавиш: 1. Ctrl + C - Nusxalash (Ko‘chirish) 2. Ctrl + X - Kesish 3. Ctrl + V - Pastga joylashtirish 4. Ctrl + Z - Bekor qilish 5. Ctrl + S - Saqlash 6. Ctrl + O - Faylni ochish 7. Ctrl + N - Yangi hujjat yaratish 8. Ctrl + P - Chop etish oynasini ochish 9. Ctrl + A - Hujjatni barchasini tanlash 10. Ctrl + F - Izlash oynasini ochish 11. Ctrl + B - Matnni qalin qilib qo‘yish (bold) 12. Ctrl + I - Matnni italic qilib qo‘yish 13. Ctrl + U - Matnni pastki chiziq bilan yozish 14. Ctrl + L - Matnni chap tomondan surish 15. Ctrl + R - Matnni o‘ng tomondan surish 16. Ctrl + E - Matnni markazlash (center) 17. Ctrl + J - Matnni ikki tomondan surish (justify) 18. Ctrl + K - Hyperlink qo‘yish 19. Ctrl + Y - Keyingi harakatni bekor qilish 20. Ctrl + F4 - Hujjatni yopish 21. Ctrl + W - Hujjatni yopish (yangi Word versiyalarida ishlatiladi) 22. Ctrl + Shift + S - Saqlash oynasini ochish 23. Ctrl + Shift + Z - Qaytadan amalni bajarish (bir necha martalik) 24. Ctrl + Home - Hujjatning boshiga o‘tish 25. Ctrl + End - Hujjatning oxiriga o‘tish 26. Ctrl + Backspace - So‘zning boshidan o‘chirish 27. Ctrl + Delete - So‘zning oxiridan o‘chirish 28. Ctrl + Space - Format o‘chirish 29. F7 - Imlo tekshirish 30. F12 - Saqlash oynasini ochish 31. Ctrl + F12 - Faylni saqlash 32. Alt + F4 - Dasturni yopish 33. Ctrl + 1 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (1-qat) 34. Ctrl + 2 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (2-qat) 35. Ctrl + 5 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (1.5-qat) 36. Ctrl + [ - Aktiv qatordagi suzuvorlarni kichik qilish 37. Ctrl + ] - Aktiv qatordagi suzuvorlarni katta qilish 38. Ctrl + Shift + > - Matnni katta qilish 39. Ctrl + Shift + < - Matnni kichik qilish 40. Alt + Enter - Yangi qatordan boshlash 41. Ctrl + Shift + N - Yangi bo‘lim yaratish 42. Ctrl + F1 - Yordam oynasini ochish 43. Ctrl + W - Hujjatni yopish (versiya 2019 va keyingilar uchun) 44. Ctrl + F6 - Ochilgan hujjatlardan o‘tish 45. Alt + F8 - Makroni boshlash 46. F4 - O‘rtacha amalni takrorlash 47. Ctrl + Shift + F - Shaylarni tuzatish 48. Ctrl + Space - Formatni olib tashlash 49. Alt + Ctrl + S - Sahifani saqlash oynasini ochish 50. Ctrl + Shift + G - Elementni qutisiz majmualash
#YoshlarGiyohvandlikkaQarshimiz2026 🔺 “Arxitektura” jamoasi, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 🔹“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichida munosib ishtirok etgan Toshkent arxitektura-qurilish universi…
#YoshlarGiyohvandlikkaQarshimiz2026 🔺 “Arxitektura” jamoasi, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 🔹“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichida munosib ishtirok etgan Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Arxitektura” talabalari jamoasi tomonidan tayyorlangan ta’sirchan sahna chiqishlari e’tiboringizga havola etiladi. ◀️Sahna chiqishlarida giyohvandlikning inson hayoti va jamiyatga salbiy ta’siri badiiy talqin etilib, yoshlarni sog‘lom hayot tarzini tanlashga undovchi hamda zararli illatlardan yiroq bo‘lishga chorlovchi mazmunli sahnalar namoyish etilgan. ▶️ https://youtu.be/JJzGkd1rL0c ▶️ https://youtu.be/JJzGkd1rL0c Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Assalomu alaykum. Hurmatli talabalar! Toshkent arxitektura-qurilish universitetida qayta oʻqishning oxirgi muddati 15-avgust ekanligini eslatib oʻtmoqchiman. GPA ballari yetmagan talabalar va guruhlarga yetkazishingizni soʻrayman. Manfaatli boʻlsa murodimiz hosil boʻlar edi.
❗️1 августдан талабалар ётоқхонасига жойлашиш ва вақтинча рўйхатдан ўтиш битта хизмат орқали амалга оширилади Эндиликда талаба ётоқхонага жойлашгач, вақтинча рўйхатдан ўтиш учун алоҳида ҳужжат йиғиб, бошқа идораларга мурожаат қилиши шарт эмас. Бунинг учун my.gov.uz порталидаги “Талабалар турар жойига жойлашиш учун ариза юбориш” хизмати орқали мурожаат қилиш керак. Ариза маъқуллангач, электрон шартнома ва йўлланма тақдим этилади. Тўлов амалга оширилгандан сўнг эса турган жойи бўйича рўйхатга олингани ҳақида қайд варағи тақдим этилади. ℹ️ Эслатма: Турган жойи бўйича вақтинча рўйхатга қўйиш муддати тўлов амалга оширилган кундан бошлаб шартномада кўрсатилган муддатгача амал қилади!
⚠️ Diqqat e'lon! 🌐 Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi serverlarida navbatdan tashqari profilaktik ishlar olib borilishi sababli joriy yil 10-avgustga qadar my.gov.uz tizimi orqali Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Talabalar turar joyiga joylashtirish uchun onlayn ariza yuborishda imtiyozlarni aniqlash jarayonida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin. ⚙️ Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot tizimi to‘liq ishga tushgach, arizalardagi imtiyozli toifalar tizim tomonidan avtomatik ravishda qayta aniqlanadi. Shu sababli, foydalanuvchilardan xavotir olmasliklarini so‘raymiz ☺️ 🤔Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz! 💬 Telegram | 😀 Instagram
📌Bugunoʻqishni ko'chirishning soʻnggi kuni. Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi: ➡️ transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga, xususiy oliygohlarning biridan boshqasiga; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga hamda xorijiy oliygohlardan nodavlat oliygohlarga. Arizalar qachon beriladi? ● O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha beriladi – bugun soʻnggi kun. ● Arizalar har yili 5-avgustdan 30-avgustga ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistondagi bir oliy ta'lim tashkilotidan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor: ■ Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga; ■ Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin. O‘qishini ko‘chirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi: ● ko‘chirishni istagan ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza; ● reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxalari; ● ichki perevod bo'lsa asoslantiruvchi hujjat; ● pasport yoki ID nusxasi. Quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirish arizalari rad etilishi mumkin: ✅akkreditasiyaga ega bo‘lmagan xorijiy OTMda yoki ularning filiallarida o‘qiganlar; ✅mavjud ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shaklida o‘qiganlarga; ✅OTMning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga; ✅1-kurs 1-semestrni tugatmasdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar; ✅OTMda mos ta’lim yo‘nalishi yoki shakli bo‘lmaganida, fanlar bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda; ✅kontrakt asosida o‘qiyotganlar to‘lovni o‘z muddatida to‘lamaganda; ✅talabaning shaxsiy yig‘ma jildi o‘z muddatida berilmaganida; ✅grant bilan ko‘chirish uchun bo‘sh o‘rinlar bo‘lmaganida; ✅OTM moddiy-texnika bazasi imkoniyati cheklanganda; ✅maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishiga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirmoqchi bo‘lganda; ✅kechki ta’limdan sirtqi ta’limga hamda kechki ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga; ✅ talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa. ➡️Grant asosida o‘qishni ko‘chirish uchun faqat grantda o‘qiyotgan talabalar ariza berishi mumkin hamda ariza berilgan OTMning joriy yildagi qabul kvotasida grant o‘rinlar mavjud bo‘lishi kerak. ➡️Ko‘zi ojizlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan kvotada grant asosida o‘qiyotganlar o‘qishi granti asosida ko‘chiriladi. ➡️Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar maxsus sinov (test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling! ☑️Viktorinada tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar, qisqasi O‘zbekiston fuqarolari barcha qatnashishi mumkin. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish ☑️G‘oliblar test va targ‘ibotchilik bo‘yicha alohida aniqlanadi va jami 20 kishi rasmdagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. ☑️Faol qatnashgan ishtirokchilar QR kodli, elektron sertifikatga ega bo‘ladi.
🟦🟦🟦 🟦🟦 📝“Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi” tanloviga hujjatlar qabuli boshlandi! 🏛 Toshkent arxitektura-qurilish universitetining suv xo‘jaligi sohasiga oid bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 3- va 4-bosqich talabalari stipendiya tanlovida ishtirok etishga taklif etiladi. 🔰 Tanlovda quyidagi talablarga javob beradigan talabalar qatnashishi mumkin: 🔔 a’lo o‘qiyotgan; 🔔 ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan; 🔔 xorijiy tilni biladigan; 🔔 o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kamida 2 ta e’lon qilingan ilmiy maqolaga ega bo‘lgan. ⭐Stipendiya har bir bosqichdan 4 nafardan, jami 8 nafar talabaga universitet komissiyasi va Kengashi tavsiyasi asosida beriladi. 🗓Suhbat: 11–12-avgust kunlari ⏰Boshlanish vaqti: 10:00 📝Batafsil ma’lumot hamda 🗂️ hujjatlar ro‘yxati bo‘yicha o‘zingiz tahsil olayotgan fakultet dekanatiga murojaat qilishingiz so‘raladi. 🏛 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Sayt | Telegram | Instagram | You Tube
📌1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart…
🎓Oʻzbekiston Respublikasi Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining respublika bosqichiga hujjatlar qabuli boshlandi! Agar siz quyidagi talablarga javob bersangiz ariza topshirishga shoshiling 📌Arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. 📆 Ariza topshirish muddati 1-avgustdan 15-avgustga qadar. 🎥 Batafsil videoda bilib oling. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
📌 Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin? ✅ Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin: ✅yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi 👉 ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar; 👉 chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar); 👉 mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari; 👉 hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar. ✅ umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi 👉 umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari; 👉 vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.
📌1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas. Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish”(https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak. Ariza ma’qullangach, elektronshartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi.
Kotiba kerak 📌 E'lon haqida biroz ta'rif Ish holati: #aktiv Kompaniya: Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Xalqaro malakalar va baholash markazi mas'uliyatli, o'rganishga ochiq, xalqaro ta'limga qiziquvchan yoshlarga jamoaga qo'shilish imkoniyatini taklif etadi! Ish tartibi: 6/1 - 09:00dan 18:00gacha Talablar: - Faqat qiz bolalar qabul qilinadi; - Toshkent shahrida istiqomad qilishi; - Bakalavr darajasini tamomlagan (yoki 4-kurs) - Yosh chegarasi 20-27; - O‘zbek va ingliz tillarida ravon muloqot qila olish; - MS Office dasturlarini yaxshi bilish; - Hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasi; - E-mail va telefon qo‘ng‘iroqlariga professional javob bera olish; - Xushmuomala, mas’uliyatli va prezentabel bo‘lish; - Choy va Qahva damlash; - Ish yoki amaliyot tajribasi ustunlik beradi. Vazifalar: - Ofisning kundalik ma’muriy faoliyatini yuritish; - Kiruvchi va chiquvchi hujjatlar bilan ishlash; - E-mail va telefon murojaatlariga javob berish; - Uchrashuvlar va tashrif buyuruvchilarni muvofiqlashtirish (rejalashtirish); - Bo'limlar faoliyatini muvofiqlashtirish; - Rahbariyat va jamoaga ma’muriy yordam ko‘rsatish. Maosh: 5,000,000-10,000,000 Manzil: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Murojaat uchun: @MIRD_Tohirmirzo