Tabiiy fanlar fakulteti YI rasmiy_kanali
Статистика🏛Nizomiy nomidagi OʻzMPU Tabiiy fanlar fakultetining rasmiy kanali! Murojaat uchun: 👉 @shakh1nya👈 👉Kimyo🧪 👉Biologiya🌱 👉Geografiya🌍 👉Iqtisodiyot asoslari 📈
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 247
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 291
- 1/48двое суток
- 333
- 1/72трое суток
- 359
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
📍 #Ma’naviyTashrif 🏛 Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy tashrif Bugun Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari K. Abduhaliqov va S. Rajabboyeva tomonidan talabalarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash maqsadida Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif tashkil etildi. 🏛 Tashrif davomida ishtirokchilar Markazning boy ilmiy-ma’rifiy ekspozitsiyalari, islom sivilizatsiyasining tarixiy taraqqiyoti, ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanishdilar. 📚 Mazkur tashrif yoshlar qalbida tarixiy merosimizga hurmat, ilmga intilish, milliy o‘zlikni anglash hamda ma’naviy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. 🌐@TFF_YI_KANALI
#Eʼlon #Tanlov “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. 📋 Tanlov nizomi ↪️Tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi. 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
🔴🔴🔴💙💙💙 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i asosida mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "35 000 tashabbus" umummilliy yoshlar tashabbusi dasturiga start berildi. 💻 Sizda innovatsion g‘oya, startap tashabbusi yoki jamiyat rivojiga xizmat qiluvchi loyiha bormi? 🔻Unda ushbu dastur aynan Siz uchun! 🔺Dastur doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashabbuslar qabul qilinadi: 🔺Ekologiya 🔺Ta’lim 🔺Raqamli texnologiyalar 🔺 Muhandislik 🔺 Sog‘liqni saqlash 🔺 Hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlar. 🔻 Ishtirok etish uchun tashabbus.yito.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z tashabbusingizni taqdim eting. 🎓 Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti barcha talabalarni va professor-o‘qituvchilarni mazkur dasturda faol ishtirok etishga chorlaydi. 🔻 G‘oyangizni bugunoq taqdim eting va kelajakni birgalikda yarating! ✅Bizni kuzatishda davom eting ✅Telegram✅ Instagram📹 YouTube
Hurmatli rektorimiz Hilola Uktamovna! 🗣Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti koʻp ming sonli talaba-yoshlari nomidan Sizni tavallud ayyomingiz – tugʻilgan kuningiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona va yoshlarga doir siyosatning mazmun-mohiyatini biz talaba-yoshlarga doimo yaqindan yetkazib, kelajagimiz yo'lida bor kuch-e'tiboringizni ayamayotganingiz uchun sizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Har safar "Rahbar va yoshlar" uchrashuvini tashkil etganizda, har bir talaba-yoshlarning fikri, taklifini alohida eshitasiz, bildirilgan takliflar amalga oshirilishi talaba-yoshlarda yangi kuch va shijoat bag‘ishlaydi Universitetimizda taʼlim sifatini yangi bosqichga koʻtarish, talabalar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochish yoʻlida olib borayotgan ishlaringiz bizga ulkan kuch va ilhom bagʻishlamoqda. Ushbu qutlugʻ kunda sizga mustahkam sogʻlik, oilaviy xotirjamlik, shaxsiy baxt va ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Vatanimiz ravnaqi, yangi Oʻzbekistonning kelajagi boʻlgan malakali kadrlar va pedagoglarni tayyorlashdek sharafli faoliyatingiz doimo zafarlardan iborat bo‘lsin! Yana bir bor tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin! Eng samimiy hurmat va ehtirom ila, Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti talaba-yoshlari 🔴Bizni kuzatishda davom eting: ✈Telegram 😎Instagram
ТАЛАБАЛАР ДИҚҚАТИГА! ИЖАРАГА УЙ ОЛИШДА ОГОҲ БЎЛИНГ! Ижарага уй излаётганда фирибгарлик ҳолатларига дуч келмаслик учун ҳушёр бўлинг! Уй-жойни кўздан кечирмасдан, ижара шартномасини расмийлаштирмасдан туриб, олдиндан пул ўтказиб юборманг! 🌐@TFF_YI_KANALI
⚠️ Diqqat e'lon! 🌐 Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi serverlarida navbatdan tashqari profilaktik ishlar olib borilishi sababli joriy yil 10-avgustga qadar my.gov.uz tizimi orqali Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Talabalar turar joyiga joylashtirish uchun onlayn ariza yuborishda imtiyozlarni aniqlash jarayonida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin. ⚙️ Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot tizimi to‘liq ishga tushgach, arizalardagi imtiyozli toifalar tizim tomonidan avtomatik ravishda qayta aniqlanadi. Shu sababli, foydalanuvchilardan xavotir olmasliklarini so‘raymiz. 🤔Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz! 💬 Telegram | 😀 Instagram
без подписи
без подписи
📍 #ZaxiraXonadonlar 🏡 Talabalar uchun munosib turar joy — ustuvor vazifamiz! Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari K. Abduhaliqov va S. Rajabboyeva tomonidan talabalarni qulay, xavfsiz va munosib turar joy bilan ta’minlash maqsadida Toshkent shahri Chilonzor tumani Kichik Xirmontepa mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida mahalla raisi Z. Axadova, hokim yordamchisi G'. Narimonov hamda xotin-qizlar faoli N. Shakirova bilan uchrashuv o‘tkazilib, talabalar uchun zaxira ijara xonadonlarini shakllantirish, mavjud imkoniyatlarni o‘rganish hamda bu boradagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan samarali suhbat olib borildi. Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, ularga xavfsiz va qulay ijara xonadonlarini topishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda mahalla bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Talabalarni turar joy bilan ta’minlash va zaxira xonadonlar bazasini shakllantirish bo‘yicha o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda. 🌐@TFF_YI_KANALI
🇺🇿Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti — xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning salohiyatini roʻyobga chiqarishga xizmat qiluvchi maskan. 🇺🇿Hurmatli jamoamiz a’zolari! Universitetimizda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif, tashabbus va tavsiyalaringiz bo’lsa, ularni @feruza_imomali manzili orqali yoʻllashingiz mumkin. Sizning har bir taklifingiz biz uchun muhim! Bizni kuzating👇 😎 Telegram 😎 Instagram 😎 Facebook
без подписи
👩👩👧👦 Ko‘p funksional inklyuziv-resurs markazi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha pedagoglarni ishga taklif etadi: – Matematika – Ona tili – Boshlang‘ich sinf – Informatika Markaz — bu ta'lim, reabilitatsiya va ijtimoiy xizmatlarni yagona joyda birlashtirgan zamonaviy maskan hisoblanadi. Bu yerda pedagog nafaqat dars beradi, balki har bir bolaning rivojlanishi, mustaqil hayotga qadam qo‘yishi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga hissa qo‘shadi. Shu bilan birga, Markazda pedagoglar uchun zamonaviy metodikalar asosida ishlash, kasbiy rivojlanish va malakasini oshirish imkoniyatlari yaratiladi. Bizning asosiy maqsadimiz — har bir bolaga sifatli ta'lim olish, rivojlanish va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun teng imkoniyatlar yaratishdir. Bog'lanish uchun: 📩 @mohina_abdurahmonovna 📧 kfirm@ihma.uz
❗️1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas. Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak. Ariza ma’qullangach, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi. 👉 @xushnudbek 👈
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи