Sabirov Qaxramon Bektursun o’g’li | Rasmiy kanal
СтатистикаToshkent gumanitar fanlar universiteti rektorining rasmiy sahifasi Murojaatlaringizni quyidagi bot orqali shaxsan menga yuborishingiz mumkin 👉 @tgfu_murojaat_bot
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 27
- 1/48двое суток
- 30
- 1/72трое суток
- 33
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🔴TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETI ISHGA TAKLIF ETADI! ✅Toshkent gumanitar fanlar universiteti jamoasiga mas’uliyatli, tashabbuskor, intiluvchan va malakali professor-o‘qituvchilarni ishga taklif etadi. ✅Talabgorlar uchun: Ishga qabul qilish jarayoni universitetning ishchi guruhi va komissiyasi tomonidan o‘tkaziladigan suhbat asosida amalga oshiriladi. ✅Talabgorlar suhbatga quyidagi hujjatlar bilan kelishlari lozim: 🔴ma’lumotnoma obyektivka; 🔴mutaxassisligi bo‘yicha diplomlar; 🔴bakalavriat va magistratura diplomlari; 🔴PhD yoki DSc ilmiy daraja hujjatlari; 🔴ilmiy, pedagogik va boshqa erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar. 📍Hujjatlar universitetning Kadrlar bo‘limiga topshiriladi. ✅Manzil: Universitetning A binosi, 1-qavat, Kadrlar bo‘limi. ✅Suhbat o‘tkaziladigan sana va vaqt ushbu rasmiy kanal orqali qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi. ✅Agar siz ham zamonaviy ta’lim rivojiga o‘z hissangizni qo‘shishni, professional jamoada faoliyat yuritishni istasangiz Toshkent gumanitar fanlar universiteti jamoasiga qo‘shiling! ✅Hujjatlarni topshirishning oxirgi muddati 21-avgust 2026-yil. 📞Telefonlar: Toshkent kampusi: +99855-555-15-55 Samarqand kampusi: +99855-510-88-66 Toʻrtkoʻl kampusi: +99897-895-88-88 📍Lokatsiya 🤩Telegram | 🌐Instagram | 📹Youtube | 🌐Facebook
🔴TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETIDA 2026/2027-O‘QUV YILI UCHUN QABUL DAVOM ETMOQDA! ✅Universitetimizda 40 ga yaqin bakalavriat yo‘nalishlari va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud. Talabalar kunduzgi, kechki hamda part-time ta’lim shakllarida tahsil olishlari mumkin. 🔴Eng katta imkoniyatlardan biri xalqaro ta’lim dasturlari! ✅Universitetimiz Angliya 🇬🇧, Shvetsiya 🇸🇪, Turkiya 🇹🇷, Xitoy 🇨🇳 kabi davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi. ✅Talabalar 2-bosqichdan boshlab xorijiy hamkor universitetlarda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. ✅Bundan tashqari, 2+2 va 3+1 kabi xalqaro dasturlar orqali ta’limni xorijda davom ettirish imkoniyatlari ham mavjud. ✅Abituriyentlar uchun maxsus 5 000 000 SO‘MLIK CHEGIRMA! ✅Talabalar uchun Rektor stipendiyasi va turli grantlar ham mavjud. 🔴KONTRAKT NARXLARI 8 MILLION SO‘MDAN BOSHLANADI! ✅Agar siz ham zamonaviy ta’lim, xalqaro imkoniyatlar va kelajagi bor kasbni istasangiz, Toshkent gumanitar fanlar universiteti siz uchun to‘g‘ri tanlov! 📞Telefonlar: Toshkent kampusi: +99855-555-15-55 Samarqand kampusi: +99855-510-88-66 Toʻrtkoʻl kampusi: +99897-895-88-88 📍Lokatsiya 🤩Telegram | 🌐Instagram | 📹Youtube | 🌐Facebook
🇺🇿DIQQAT, TANLOV! 🎥“ENG YAXSHI VIDEOROLIK” TANLOVI! 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent gumanitar fanlar universitetida “Mustaqillik – faxrim, g‘ururim!” shiori ostida “Eng yaxshi videorolik” ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! 🔴Tanlov shartlari: 🇺🇿Videorolik ishtirokchining o‘z ijodiy mahsuli bo‘lishi shart 🇺🇿Videorolik mazmunida quyidagi jihatlar o‘z ifodasini topishi lozim: 🇺🇿O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi taraqqiyot yo‘li; 🇺🇿“Oldingi O‘zbekiston” va “Yangi O‘zbekiston” o‘rtasidagi o‘zgarishlar, bunyodkorlik va yangilanishlar; 🇺🇿Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalq farovonligini oshirish, ta’lim, yoshlar, iqtisodiyot va boshqa sohalardagi yangilanishlar; 🇺🇿Yangi O‘zbekistonning bugungi qiyofasi, zamonaviy bunyodkorlik ishlari va erishilayotgan yutuqlar; 🇺🇿Mustaqillikning xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati; 🇺🇿Yoshlarning Vatan taraqqiyotidagi o‘rni hamda kelajakka bo‘lgan ishonchi ta’sirchan va kreativ videorolik orqali yoritilishi lozim. 🔴Videorolikga qo‘yiladigan talablar: 🇺🇿Videorolik original va ijodiy yondashuv asosida tayyorlangan bo‘lishi; 🇺🇿Mazmuni mavzuga mos, ta’sirchan va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi; 🇺🇿Videorolik davomiyligi 3–5 daqiqadan oshmasligi tavsiya etiladi. 🔴G‘OLIBLARNI TAQDIRLASH 🇺🇿Tanlov yakuniga ko‘ra eng munosib deb topilgan ishtirokchilar 1-, 2- va 3-o‘rinlar bilan taqdirlanadi. 🇺🇿G‘oliblar yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tashkil etiladigan 1-bosqich talabalarini tantanali kutib olish marosimida universitet rektori tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 🔴Videoroliklarni qabul qilish 🇺🇿Ijodiy ishlaringizni @k_kamalovich Telegram manziliga yuborishingiz mumkin. 🇺🇿Tashkilotchi: Axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Boqiyev Xojiakbar 🔴Aziz talabalar! 🇺🇿Bugungi O‘zbekiston kechagi O‘zbekistondan qanday farq qiladi? 🇺🇿Buni o‘z nigohingiz, ijodingiz va mahoratingiz orqali namoyon eting! 🤩Mustaqillik tarixini tasvirlang 🤩Bugungi islohotlarni ko‘rsating 🤩Kelajak O‘zbekistonini o‘z tasavvuringizda gavdalantiring! 📞Telefonlar: Toshkent kampusi: +99855-555-15-55 Samarqand kampusi: +99855-510-88-66 Toʻrtkoʻl kampusi: +99897-895-88-88 📍Lokatsiya 🤩Telegram | 🌐Instagram | 📹Youtube | 🌐Facebook
🔴Nihoyat kutilgan kun yaqinlashmoqda ✅Toshkent gumanitar fanlari universitetining To‘rtko‘l kampusi mutlaqo yangi zamonaviy binosi bilan yangi o‘quv yiliga tayyor va minglab talabalarni o‘z bag‘riga chorlaydi ✅Bu yerda sizni keng va shinam auditoriyalar zamonaviy laboratoriyalar 40 mingdan ortiq adabiyot fondiga ega Axborot-resurs markazi IT va sun’iy intellekt uchun maxsus auditoriyalar faollar va majlislar zallari zamonaviy sport maydonlari hamda talabalarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan barcha qulayliklar kutmoqda 🔴Endi esa eng muhim yangilik ✅9-avgust soat 19:00 da TGFU To‘rtko‘l kampusida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi hamda yangi zamonaviy binoning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi ✅Bayram dasturi yanada unutilmas bo‘ladi chunki unda elimizning sevimli san’atkorlari davlat arboblari vazirlik va idoralar vakillari hamda ko‘plab faxriy mehmonlar ishtirok etadi ✅Siz ham ushbu tarixiy voqeaga guvoh bo‘ling bayram kayfiyatini biz bilan birga his qiling va TGFU oilasining ulkan yutug‘ini birgalikda nishonlaylik 🔴9-avgust 19:00 TGFU To‘rtko‘l kampusi barchangizni kutadi 📞Telefonlar: Toshkent kampusi: +99855-555-15-55 Samarqand kampusi: +99855-510-88-66 Toʻrtkoʻl kampusi: +99897-895-88-88 📍Lokatsiya 🤩Telegram | 🌐Instagram | 📹Youtube | 🌐Facebook
🇺🇿DIQQAT, TANLOV! 🔴Iqtidor va mahoratingizni namoyon eting! 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent gumanitar fanlar universitetida “Mustaqillik – faxrim, g‘ururim!” shiori ostida ijodiy she’rlar tanlovi e’lon qilinadi. 🔴Tanlov shartlari: 🇺🇿Tanlovga taqdim etiladigan she’r ishtirokchining o‘z ijod mahsuli (mualliflik asari) bo‘lishi shart. 🔴She’r mazmunida: 🇺🇿Vatanga muhabbat va sadoqat; O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ahamiyati; Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari hamda erishilgan yutuqlar badiiy tarzda yoritilishi lozim. 🔴G‘oliblarni taqdirlash 🇺🇿Tanlov yakuniga ko‘ra eng munosib deb topilgan ishtirokchilar 1-, 2- va 3-o‘rinlar bilan taqdirlanadi. 🇺🇿G‘oliblar yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tashkil etiladigan 1-bosqich talabalarini tantanali kutib olish marosimida universitet rektori tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 🔴She’rlarni qabul qilish Ijodiy ishlaringizni @k_kamalovich Telegram manziliga yuborishingiz mumkin. 🇺🇿Tashkilotchi: Axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Boqiyev Xojiakbar. 🇺🇿Aziz talabalar! O‘z iste’dodingizni namoyon eting, Vatanga bo‘lgan mehringizni she’rlaringiz orqali ifoda eting va tanlovda faol ishtirok eting! 📍Lokatsiya 🤩Telegram | 🌐Instagram | 📹Youtube | 🌐Facebook
🔴 REKTOR BOTIGA MUROJAAT ✅Toshkent gumanitar fanlar universiteti rektori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sabirov Qaxramon Bektursun o‘g‘lining talabalar, ota-onalar va jamoatchilik vakillari uchun mo‘ljallangan rasmiy murojaat boti faoliyat yuritmoqda. ✅Taklif, murojaat, tashabbus va fikr-mulohazalaringizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rektorga yuborishingiz mumkin. ✅Har bir murojaat shaxsan rektor nazorati ostida ko‘rib chiqiladi hamda belgilangan tartibda javob beriladi. 🔴 REKTORGA MUROJAAT BOTI: @tgfu_murojaat_bot 📞Telefonlar: Toshkent kampusi: +99855-555-15-55 Samarqand kampusi: +99855-510-88-66 Toʻrtkoʻl kampusi: +99897-895-88-88 📍Lokatsiya 🤩Telegram | 🌐Instagram | 📹Youtube | 🌐Facebook
🔴UZOQ KUTILGAN SUPER YANGILIK! 📣Hurmatli bitiruvchilar! Siz kutgan quvonchli xabar yetib keldi! ✅Toshkent gumanitar fanlar universiteti bitiruvchilarining davlat namunasidagi diplomlari tayyor bo‘ldi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimi orqali rasmiylashtirildi. ✅Eng muhimi, diplomlaringiz my.gov.uz platformasidagi shaxsiy kabinetingizga yuklandi. Endilikda siz: 🔴diplomingizni istalgan vaqtda elektron shaklda ko‘rishingiz; 🔴uning haqiqiyligini tasdiqlashingiz; 🔴davlat va nodavlat tashkilotlariga ishga joylashishda undan bemalol foydalanishingiz mumkin. 🔴Yana bir quvonchli xabar! ✅Yaqin kunlarda Toshkent gumanitar fanlar universiteti bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu unutilmas lahzalar haqida tez orada batafsil ma’lumot beramiz. ✅Aziz bitiruvchilar, sizni ushbu muhim yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatingizda ulkan zafarlar va yuksak marralar tilaymiz. 🔴TGFU — SEN ENG ZO‘RISAN! 📞Telefonlar: Toshkent kampusi: +99855-555-15-55 Samarqand kampusi: +99855-510-88-66 Toʻrtkoʻl kampusi: +99897-895-88-88 📍Lokatsiya 🤩Telegram | 🌐Instagram | 📹Youtube | 🌐Facebook
🇺🇿Hurmatli Shavkat Miromonovich! 🇺🇿Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! 🇺🇿Toshkent gumanitar fanlar universiteti jamoasi hamda talabalari nomidan Sizni samimiy muborakbod etamiz. 🇺🇿Siz boshchiligingizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlar yurtimiz taraqqiyoti hamda yoshlar kelajagi uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. 🇺🇿Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, cheksiz kuch-g‘ayrat va mamlakatimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. 📍Lokatsiya 🤩Telegram | 🌐Instagram | 📹Youtube | 🌐Facebook
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi. — Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание, посвященное приоритетным задачам по созданию новой среды в махаллях и организации деятельности «махаллинской семерки» на новых принципах. Facebook|Instagram|X
Bugun O‘zbekiston Prezidenti “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi. Bu joriy yilning eng muhim iqtisodiy yangiliklaridan biri hamda qariyb o‘n yildan buyon amalga oshirib kelinayotgan tizimli islohotlarimizning mantiqiy natijasidir. Endilikda Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish rasman Konstitutsiyaviy qonun darajasida mustahkamlandi. Markaz Angliya huquqi asosida, alohida huquqiy maqomga ega bo‘lgan hudud sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, o‘zining maxsus tartibga solish tizimi, mustaqil tijorat sudi hamda ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan huquqiy muhitiga ega bo‘ladi. Global investorlar, banklar, investitsiya fondlari va xalqaro moliya kompaniyalari aynan mana shunday shaffof mexanizmlar bilan ishlashga o‘rgangan. Mazkur yangi regulyatorlik ekotizimi xalqaro kapital, zamonaviy moliya xizmatlari va yirik transmilliy loyihalar uchun mamlakatimizning jozibadorligini oshirishi kutilmoqda. Mohiyatan olganda, ushbu qonun jahon bozorining eng qimmatli aktivi — ishonchga investitsiyadir. Toshkent investorlar uchun tushunarli qoidalarni hamda kapitalning eng yuqori darajadagi himoyasini kafolatlagan holda, jahon moliya tizimining uzviy qismiga va butun mintaqa iqtisodiy rivojining yetakchi drayveriga aylanish sari dadil qadam tashlamoqda. — Сегодня Президент Узбекистана подписал Конституционный закон «О Ташкентском международном финансовом центре». Это одна из самых важных экономических новостей года и результат реформ, к которому мы шли почти десять лет. Теперь создание Ташкентского международного финансового центра закреплено на уровне Конституционного закона. Центр будет действовать как территория с особым правовым статусом на основе английского права. Он получит собственную систему регулирования, независимый коммерческий суд и правовую среду, построенную по международным стандартам. Именно такие механизмы являются привычными для глобальных инвесторов, банков, инвестиционных фондов и международных финансовых компаний. Это новая регуляторная экосистема должна сделать страну более привлекательной для капитала, современных финансовых сервисов и крупных международных проектов. В конечном итоге этот закон — инвестиция в самый ценный актив мирового рынка: доверие. Гарантируя понятные правила игры и защиту капитала на высшем уровне, Ташкент делает уверенный шаг к тому, чтобы стать полноправной частью мировой финансовой системы и мощным локомотивом экономического роста для всего региона.
✅Toshkent gumanitar fanlar universiteti rektori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sabirov Qaxramon Bektursunovich boshchiligida universitet Kengashining 11-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. ✅Majlisda dastlab O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli hujjatlari ijrosi, universitetda amalga oshirilayotgan vazifalar, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan axborot tinglandi. ✅Shuningdek, Universitet O‘quv-uslubiy kengashi faoliyati bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi. Majlis davomida “Aniq va gumanitar fanlar” hamda “Pedagogika va tillar” kafedralarining 2025–2026 o‘quv yili yakunlari bo‘yicha hisobotlari muhokama qilinib, amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. ✅Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Kengash a’zolari tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni yuksaltirishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi. ✅Majlis yakunida universitet rektori Qaxramon Bektursunovich Sabirov mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli va samarali amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi. ✅Shuningdek, majlis davomida universitet tyutorlarining 2025–2026 o‘quv yili yakunlari bo‘yicha hisobotlari ham tinglanib, amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi hamda hisobotlar Kengash tomonidan ma’qullanib, qabul qilindi. 🌐Hujjatlarni onlayn topshirish: Qabul.tgfu.uz 📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziya) №1274024 📍Lokatsiya 🤩Telegram | 🌐Instagram | 📹Youtube | 🌐Facebook
🇺🇿🇺🇿2-IYUL – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI QABUL QILINGAN KUN 🇺🇿Bugun mamlakatimiz hayotidagi muhim sanalardan biri – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun. 🇺🇿1992-yil 2-iyulda qabul qilingan Davlat gerbi xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, milliy qadriyatlari, ezgu orzu-intilishlari hamda mustaqil O‘zbekistonning suvereniteti va taraqqiyotini o‘zida mujassam etgan muqaddas davlat ramzidir. 🇺🇿Toshkent gumanitar fanlar universiteti jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etadi. 🇺🇿Davlatimiz ramzlariga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularga sadoqat ruhida yashash hamda Yangi O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilish barchamizning sharafli burchimizdir. 🇺🇿Bayrog‘imiz hamisha baland, Gerbimiz doimo e'zozda, Vatanimiz tinch va taraqqiy topgan bo‘lsin! 📍Lokatsiya 🤩Telegram | 🌐Instagram | 📹Youtube | 🌐Facebook
🔴REKTOR TABRIGI 🇺🇿30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent gumanitar fanlar universiteti rektori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sabirov Qaxramon Bektursunovichning bayram tabrigi Assalomu alaykum, aziz va shijoatli yoshlar! 🇺🇿Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. 🇺🇿Bugungi Yangi O‘zbekistonda yoshlarga bo‘lgan e’tibor davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida yoshlarning zamonaviy ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, ilm-fan, innovatsiya, tadbirkorlik, sport va madaniyat sohalarida o‘z iste’dodini ro‘yobga chiqarishi uchun keng imkoniyat va sharoitlar yaratilmoqda. 🇺🇿Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yoshlarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiluvchi ko‘plab dastur va loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. 🇺🇿Bugun mamlakatimiz taraqqiyoti, Yangi O‘zbekistonning porloq kelajagi aynan bilimli, vatanparvar, tashabbuskor va fidoyi yoshlar bilan chambarchas bog‘liq. Sizlarning yuksak marralarni zabt etishingiz, ilm-fan va texnologiyalarni egallashingiz, Vatan ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilishingiz barchamiz uchun g‘urur va iftixor manbaidir. 🇺🇿Toshkent gumanitar fanlar universiteti jamoasi bundan buyon ham sizlarning sifatli ta’lim olishingiz, ilmiy salohiyatingizni rivojlantirishingiz hamda har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib kamol topishingiz uchun bor imkoniyatini safarbar etadi. Aziz yoshlar! 🇺🇿Sizlarni ushbu qutlug‘ ayyom bilan yana bir bor muborakbod etaman. Barchangizga mustahkam sog‘lik, cheksiz kuch-g‘ayrat, ilm va ijodda ulkan zafarlar, oilaviy baxt-saodat hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishingizni tilayman. Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🇺🇿Hurmat bilan, Sabirov Qaxramon Bektursunovich Toshkent gumanitar fanlar universiteti rektori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent 📍Lokatsiya 🤩Telegram | 🌐Instagram | 📹Youtube | 🌐Facebook
🇺🇿REKTOR TABRIGI 🇺🇿27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent gumanitar fanlar universiteti rektori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sabirov Qahramon Bektursunovichning bayram tabrigi 🇺🇿Hurmatli jurnalistlar, matbuot kotiblari, blogerlar hamda ommaviy axborot vositalari sohasi fidoyilari! 🇺🇿Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. 🇺🇿Hurmatli Prezidentimiz, Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida so‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishilmoqda. 🇺🇿Ayniqsa, yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, ularning zamonaviy bilim olishi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol topishi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka xolis va tezkor yetkazishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni beqiyosdir. Sizlarning fidokorona mehnatingiz yosh avlod qalbida vatanparvarlik, ma’rifat va ezgu qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 🇺🇿Bugungi kunda jurnalist va ommaviy axborot vositalari xodimlarining kasbiy mahorati, xolisligi va mas’uliyati jamiyat taraqqiyoti, ta’lim va ilm-fan rivoji, ma’naviy yuksalish hamda Yangi O‘zbekiston g‘oyalarini hayotga tatbiq etishda muhim omillardan biri bo‘lib qolmoqda. 🇺🇿Toshkent gumanitar fanlar universiteti jamoasi nomidan Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, cheksiz ijodiy ilhom, yuksak kasbiy muvaffaqiyatlar va ezgu faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman. Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! 📍Lokatsiya 🤩Telegram | 🌐Instagram | 📹Youtube | 🌐Facebook
✅Toshkent gumanitar fanlar universiteti magistrantlari magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. 📞Telefonlar: Toshkent kampusi: +99855-555-15-55 Samarqand kampusi: +99855-510-88-66 Toʻrtkoʻl kampusi: +99897-895-88-88 📍Lokatsiya 🤩Telegram | 🌐Instagram | 📹Youtube | 🌐Facebook
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🔴Magistrlik dissertatsiyalari himoyasi muvaffaqiyatli yakunlandi ✅Toshkent gumanitar fanlar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi magistrantlarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. ✅Himoya jarayonida magistrantlar “Zamonaviy o‘zbek adabiyotining dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy tadqiqotlarini taqdim etib, zamonaviy adabiy jarayonlar, badiiy tafakkur taraqqiyoti hamda adabiy-estetik qarashlarga oid muhim masalalarni ilmiy asosda yoritdilar. ✅Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot ishlari munosib baholanib, magistrantlarning bilim va salohiyati yuqori e’tirof etildi. Ushbu natijalar ularning izchil mehnati, ilmiy izlanishlari va ilm-fanga bo‘lgan qiziqishining yorqin ifodasidir. ✅Barcha magistrantlarni muvaffaqiyatli himoya bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy va pedagogik faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz! 🌐Hujjatlarni onlayn topshirish: Qabul.tgfu.uz 📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziya) №1274024 📍Lokatsiya 🤩Telegram | 🌐Instagram | 📹Youtube | 🌐Facebook