"TUPROQ TAHLIL MARKAZI" DM
Статистика“ТУПРОҚ ТАҲЛИЛ МАРКАЗИ” давлат муассасаси расмий телеграм канали.
- Последний пост
- 10:59
- Последнее чтение
- 14:38
- Постов за неделю
- 11
- Всего постов
- 96
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 137
- 1/48двое суток
- 157
- 1/72трое суток
- 169
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
“Etifon” bilan paxta hosildorligini oshirish: amaliy tajriba natijalari Paxtachilikda defoliatsiya va preparatlarning me’yorini to‘g‘ri tanlash hosil salmog‘iga qanday ta’sir qiladi? AKIS mutaxassisi tomonidan o‘tkazilgan ushbu amaliy tajribada “Etifon” preparatining turli me’yorlardagi (1.0 litr, 1.5 litr va 2.0 litr) samaradorligi nazorat (sepilmagan) varianti bilan taqqoslab ko‘rsatildi. “Etifon” preparatini me’yorida qo‘llash ko‘saklardagi paxtaning to‘liq pishib yetilishi va vazn olishiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bu esa gektaridan olinadigan umumiy hosildorlikni sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Tabiiy pestitsidlarni tayyorlash usullari Tabiiy pestitsidlar o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilishning ekologik va xavfsiz usullaridan biridir. Ularni uy sharoitida oddiy mahsulotlardan tayyorlash mumkin va ular tomorqa hamda bog‘larda keng qo‘llaniladi. 1. Sarimsoqpiyoz damlamasi 200 gramm maydalangan sarimsoqpiyozni 10 litr suvga solib, 12–24 soat tindiring. Suzib oling va o‘simlik barglariga purkang. Bu damlama shira, o‘rgimchakkana va ayrim mayda zararkunandalarga qarshi qo‘llaniladi. 2. Achchiq qalampir eritmasi 100–150 gramm achchiq qalampirni maydalab, 1 litr suvda qaynatib oling. Sovigach, suzib 10 litr suvga aralashtiring va purkang. 3. Piyoz po‘stlog‘i damlamasi 200 gramm piyoz po‘stlog‘ini 10 litr iliq suvda 24 soat tindiring. Eritmani suzib, barglarga seping. Bu shira va ayrim zamburug‘ kasalliklarining oldini oladi. 4. Qichitqi o‘t damlamasi 1 kilogramm yangi qichitqi o‘tni 10 litr suvga solib, 5–7 kun achiting. So‘ng 1:10 nisbatda suvda suyultirib ishlating. Batafsil👉
#Olma_qizarishi Bog‘ingizdagi olma mevalari qip-qizil, shirin bo‘lishini istasangiz, qanday tadbirni amalga oshirishingiz kerakligini bilasizmi? Unda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi mutaxassisining javobidan bilib oling👆 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
без подписи
Mavsum mevasi: sariq anjir yoki qora anjir? – Sariq anjir – mevasi yirik, 55 – 60 gr, sariq, dumaloq – yassi, eti sersuv, muloyim, shirin, tarkibida 18 – 22 % qandi bor, kam tolali, 25 foiz qoqi tushadi, tupidan 40 – 50 kg hosil beradi; – Qora anjir – mevasi o‘rtacha, 35 – 40 gr, nok shaklida, to‘q binafsha rangda, tilimli, eti sarg‘ish, yumshoq, shirin, tarkibida 21–22 % qand, 30–35 % qoqi tushadi, qoqisining tarkibida 70–72 % qand mavjud, bir tupidan 40 – 50 kg hosil beradi; Tibbiyotda : O‘simlikdan dorivor pereparatlar va nastroykalar tayyorlanadi, yurak, qon – tomir kasalliklari, trombozlarda, kamqonlik mahalida va yengil surgi sifatida qo‘llaniladi. Uning tarkibida fitsin degan ferment, talaygina miqdorda qand moddalari va kaliy bo‘lganidan bu neʼmat yurak tomirlar yetishmovchiligiga uchraganlarga foydali. Xalq tabobatida: Anjir mevasini xomi va quritilgani taloq, jigar, buyrak va qovuq tiqinlarida davo bo‘ladi. Anjir sutini sugalga va vitiligoga surtilsa shifodir.
#Agrotavsiya_olma_terish Olma mevalarini qachon terib olish kerak? Mevalarga rang kirishi uni yeyishga yaroqliligini ko‘rsatadimi? Shu kabi savollarga Agrosanoatni rivojlantirish agentligi mutaxassisi javob berdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Sarimsoq: ekiladigan navlar va parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar 🧄Sarimsoq navlari: ⚫️“Buxoro oqi” – mahalliy, yaxshi moslashuvchan, ta‘mi o‘tkir. ⚫️“Samarqand oqi” – erta hosilga kiradi, bozorbop. ⚫️“Lyubasha” (ukrain seleksiyasi) – yirik boshli, eksport uchun qulay. ⚫️“Sibr” – sovuqqa chidamli, uzoq muddat saqlanadi. ⚫️“Messidor F1” (golland seleksiya) – kasalliklarga chidamli, yuqori hosildor. Parvarishlash. Tuproq turiga qarab sarimsoq ekilgan yerga 10 sotixga sof holda 10–15 kg azot, 10–12 kg fosfor va 5 kg kaliy o‘g‘iti solinadi. Sarimsoq ekiladigan yerga yangi go‘ng solish yaramaydi, chunki bu hosilning yetilishini kechiktiradi va u yaxshi saqlanmaydi. Sarimsoq pallalari yirik-maydaliliga qarab 10 sotix yerga 100–150 kg hisobidan ekiladi. Sarimsoq pallalari yirik va ekish meʼyori ortishi bilan hosildorlik ham yuqori bo‘ladi. 2–3 qator qilib ekilganda lentalar orasi 50–60 sm, lentalardagi qatorlar orasi 10–15 sm, qatordagi o‘simliklar orasi 6–8 sm bo‘ladi... Batafsilda to‘liq tanishing👉
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ Fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilandi Adliya vazirligi fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3921, 2026 yil 11 avgust). 🔰 Ushbu Nizom “Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari tomonidan fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 🔎 Hududiy bo‘limlar tomonidan qonunchilikda belgilangan quyidagi tadbirkorlik subyektlariga tegishli xizmatlar bepul amalga oshiriladi: ✅ paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish xizmatlari; ✅yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga ularning ixtiyoriga ko‘ra dastlabki 6 oy davomida soliq va moliyaviy hisobotlarni yuborish xizmatlari; ✅ boshlig‘i yoshlar bo‘lgan yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga 2 yil davomida ko‘rsatiladigan xizmatlar. Batafsil tanishing👉
Avgust oyi: issiqxonada bajariladigan ishlarga ulguring Mavsum boshlanishidan oldin issiqxonaning har bir kvadrat metriga 20-25 kg. dan chirigan go‘ng solish zarur. Tuproqning suv-fizik xossalarini yaxshilash uchun faqat organik o‘g‘itlarni o‘zini solish yetarli emas. Issiqxona tuprog‘iga yana qo‘shimcha sholi yoki paxta sheluxasi, daraxt qipig‘i va boshqa yumshatgich materiallarni (tuproq hajmiga nisbatan 30-50%) solib, xususiyatini yaxshilash mumkin. Issiqxonada sabzavot yetishtirishda tuproqning mexanik tarkibi og‘ir bo‘lgan yerlarda yuqorida aytilgan yumshatgich materiallarni solish tuproqning suv-fizik xossalarini keskin yaxshilaydi va sabzavotlarning hosildorligi oshadi. Sellyulozaga boy yumshatgich materiallarda, mikroorganizmlar kuchli rivojlanib, organik moddalarning chirishi hisobiga, ular tuproqda ko‘p miqdorda bo‘lgan azotdan foydalanadilar. Tuproqdagi azot miqdorini oshishiga yumshatgich materiallarni solish ushbu holatni belgilaydi. Batafsil tanishing👉
#Agrotavsiya Olma daraxtiga qurt tushib, hosilga ziyon yetkazganda, necha marta va qanday dori sepish kerak? Bu haqida to‘liq va aniq maʼlumotni Agrosanoatni rivojlantirish agentligi mutaxassisidan bilib oling. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Makkajo‘xori barglari sarg‘aysa nima qilish kerak? Makkajo‘xori dalalarida barglarning sarg‘ayishi tez-tez uchraydigan muammolardan biridir. Agar sabab o‘z vaqtida aniqlanmasa, o‘simlik rivojlanishi sustlashib, hosildorlik sezilarli darajada kamayishi mumkin. Azot yetishmovchiligi barglarning sarg‘ayishiga sabab bo‘ladigan eng asosiy omillardan biridir. Odatda sarg‘ayish pastki barglardan boshlanib, tomir bo‘ylab yuqoriga qarab tarqaladi. Bunday holatda azotli o‘g‘itlarni meʼyorida qo‘llash tavsiya etiladi. Kaliy yetishmasligi barg chetlarining sarg‘ayishi va keyinchalik qurishiga olib keladi. Kaliy o‘simlikning issiq va qurg‘oqchilikka chidamliligini oshiradi. Namlik tanqisligi ham barglarning sarg‘ayishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa jazirama kunlarda tuproqning uzoq vaqt quruq qolishi o‘simlikda stress holatini yuzaga keltiradi. Tuproqning zichlashishi yoki ildiz tizimining yaxshi rivojlanmasligi ham o‘simlikning oziqlanishiga salbiy taʼsir qiladi. Qator oralarini muntazam yumshatib turing. Batafsil👉
🌱 Tuproq tahlili nega muhimligini bilasizmi? Yerdan yuqori hosil olishni xohlaysizmi? Unda ishni tuproq tahlilidan boshlang! Bu nega kerak deysizmi? Tuproq tahlilidagi asosiy ko‘rsatkichlar nimani anglatadi va nima uchun muhim — tushuntiramiz 👇 🔬 1. Harakatchan fosfor (P) ➡️ O‘simlik ildiz tizimini rivojlantiradi; ➡️ Gullash va meva hosil bo‘lishini yaxshilaydi; ❗️ Kam bo‘lsa: o‘simlik sust o‘sadi, hosil kamayadi. ✅ Tahlil natijasida: yerga qancha fosforli o‘g‘it berish kerakligi aniqlanadi. 🌾 2. Almashinuvchan kaliy (K): ➡️ O‘simlikni kasallik va qurg‘oqchilikka chidamli qiladi; ➡️ Meva sifati va saqlanish muddatini oshiradi; ❗️ Kaliy yetishmasa: hosil sifati pasayadi. ✅ Tahlil natijasida: kaliyli o‘g‘it me‘yorini to‘g‘ri belgilaysiz. 🌿 3. Harakatchan azot (NO₃): ➡️ O‘simlikning yashil massasi o‘sishini ta‘minlaydi; ➡️ Barg va poya rivojlanishi uchun zarur; 📌"Tuproq tahlil markazi" davlat muassasasi yeringizdagi tuproqlarni ishonchli tarzda tahlil qiladi. Batafsil tanishing 👉
без подписи
без подписи
🥔 Kartoshkaning rangi: xususiyatlari va foydaliligi Biz kundalik ro‘zg‘orda ishlatadigan, tanovvul qiladigan kartoshkaning turli ranglari borligini bilasiz. Ularning ranggi sabzavotning foydali jihatlariga taʼsir qiladimi? Yaqinda Crop Check tahlil tizimi yordamida binafsha, qizil va sariq kartoshka navlarini solishtiildi. Bu kichik miqyosdagi tadqiqot bo‘lsa-da, natijalar xalqaro ilmiy tadqiqotlar (Pandey va boshq., 2023; Coelho va boshq., 2025) bilan deyarli bir xil bo‘ldi. Har bir rangdagi kartoshka o‘ziga xos oziqaviy tarkibga ega ekanligi aniqlandi. 🔴 Qizil kartoshka (Roseval) Qizil kartoshka tarkibida temir (Fe), marganes (Mn), kaliy (K) va mis (Cu) miqdori nisbatan yuqori ekanligi kuzatildi. Bu natija Texas A&M universiteti tomonidan 200 dan ortiq kartoshka genotiplari ustida olib borilgan tadqiqotlar bilan ham mos keladi. 🟣 Binafsha kartoshka (Vita Noir) Binafsha kartoshka antosianinlar va polifenollar polifenollar kabi kuchli antioksidant moddalarga boy. Manba: Eurofins Agroscience Services👉
Tuproq unumdorligini oshirishda dunyo tajribasi: ilmiy manbalar asosida tahlil M.Majidov, “Tuproq tahlil markazi” davlat muassasasi mutaxassisi Tuproq — cheklangan va tiklanishi juda sekin kechadigan tabiiy resurs. BMTning bashoratlariga ko‘ra, 2050-yilga borib, dunyo aholisi 10 mlrd nafar atrofida bo‘ladi. Bu esa, oziq-ovqat ishlab chiqarishga bo‘lgan bosimni yanada kuchaytiradi, shu bilan birga qishloq xo‘jaligi yerlari degradatsiyasi ham davom etmoqda. Shu sababli, so‘nggi o‘n yilliklarda olimlar tuproq unumdorligini tiklash va oshirishning ilmiy asoslangan usullarini faol o‘rganishga kirishgan. Quyida jahon ilmiy adabiyotida eng ko‘p tan olingan yondashuvlarni keltiramiz: 1. Konservatsion (himoyalovchi) dehqonchilik; 2. Organik qo‘shimchalar va biokomyor; 3. Qoplama ekinlar va mulchalash; 4. Sho‘rlangan yerlarni tiklash; 5. Tuproq biologik xilma-xilligini saqlash. Barchasi haqida batafsilda o‘qing👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱 Etefonning o‘zi yetarli emas: keyingi agrotexnik tadbirlar nega muhim? 🌿 Paxtachilikda yuqori hosil olish faqat etefon gormonini qo‘llash bilan cheklanmaydi. Kutilgan natijaga erishish uchun defoliatsiya va desikatsiya tadbirlarini o‘z vaqtida hamda ilmiy tavsiyalar asosida amalga oshirish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. 🎙 Ushbu videoda qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov etefon qo‘llangandan so‘ng bajarilishi lozim bo‘lgan muhim agrotexnik tadbirlar, defoliatsiya va desikatsiyani qachon hamda qanday sharoitda o‘tkazish kerakligi, shuningdek, ularning hosildorlik va paxta sifatiga ta’siri haqida batafsil tushuntirish beradi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Bir gektardan eng yuqori daromad beradigan ekinlar Yerga eng yuqori daromad keltiruvchi ekinlarni tanlash muhim. 🍅🥒🌶Sabzavotlar: pomidor, bodring, qalampir— yozgi mavsumda 20-30 mln so‘m daromad; 🍏🍐🍇Mevalar: olma, nok, uzum—15-25 mln sum daromad; 🌱Don ekinlari: bug‘doy, arpa va arpabadiyon—5-10 mln so‘m daromad; 🌰Lavlagi: 10-15 mln so‘m daromad; 🥦Ko‘katlar: yil bo‘yi daromad; Unutmang: bir gektar yerdan bunday daromad olish uchun ekin ekiladigan yerning unumdorligi juda muhim. Sog‘lom tuproq xavfsiz ozuqa va yuqori daromad demakdir. 🏢"Tuproq tahlil markazi" davlat muassasasining tuproq tahlil laboratoriyasida yeringizni tuprog‘ini tahlildan o‘tkazib, yuqori daromadga ega bo‘ling! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
8-avgust 2026-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI 🌥Ertalab: +29° iliq, ochiq. 🌝 Kunduzi: 37° iliq, kam bulutli. 🌗Kechqurun: +33°iliq, ochiq. 🌙Kechasi: +27° iliq, ochiq. 🌬Shamol g‘arbdan 3-2 m/s tezlikda esadi. 🌞Quyosh chiqishi: 5:26 🪐Quyosh botishi: 19:32 💫Atmosfera bosimi- 716-715 mm%. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
BU QIZIQ Asalarilar suvni qayerdan oladi? Asalarilar, hayotiy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan suvni turli manbalardan olishadi. Ular tabiiy suv havzalari, yomg‘irdan keyin to‘plangan suv, shuningdek, o‘simliklarning nektaridan ham suvni ajratib olishadi. Asalarilarning suvga ehtiyoji ularning organizmining sog‘lig‘i va koloniyalarining muvaffaqiyatli ishlashi uchun juda muhimdir. Asalarilar suvni qayerdan olishlari haqida o‘ylaganda, birinchi navbatda, tabiiy manbalar ko‘z oldimizga keladi. Bu manbalar qishloq joylaridagi daryolar, ko‘llar, buloqlar va boshqa suv havzalaridir. Asalarilar, o‘z koloniyalarini saqlash uchun zarur bo‘lgan suvni ushbu manbalardan to‘playdilar. Ular kun davomida ushbu manbalaraga uchib, suvni olib, uyaga qaytadilar. Bundan tashqari, asalarilar yomg‘ir yoki namlikdan keyin yerda to‘planadigan suv tomchilaridan ham foydalanadilar. Ular bu tomchilarni o‘z maxsus og‘iz qismlari yordamida yig‘ib olishadi. Batafsil👉 Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt