Jinoyat protsessi
Статистика🇺🇿 TDYU Jinoyat-protsessual huquqi sho'basining rasmiy kanali 🇷🇺 Официальный канал сектора Уголовно-процессуального права ТГЮУ 🇬🇧 Official channel of the sector of Criminal procedure law 🗯For info: @Hazratali_Qudratillayev @Hazratali_uz @nodir7
- Последний пост
- 06:09
- Последнее чтение
- 19:30
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 63
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 284
- 1/48двое суток
- 325
- 1/72трое суток
- 351
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ehtiyot choralari turlari: ✅ Munosib xulq-atvorda boʻlish toʻgʻrisida tilxat; ✅ Shaxsiy kafillik; ✅ Jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi; ✅ Garov ; ✅ Uy qamogʻi (faqat sud); ✅ Qamoqqa olish (faqat sud); ✅ Voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish; ✅ harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qoʻmondonlik kuzatuvi. @Hazratali_uz
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Alohida xonada (maslahatxonada) chiqaraladigan ajrimlar @Hazratali_uz
Quyidagi protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shart: 1) oʻta ogʻir jinoyatlar boʻyicha hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish; 2) tintuv; 3) koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish; 4) tergov eksperimenti; 5) shaxsni ushlash; 6) himoyachidan voz kechish; 7) shaxsni ushlash jarayonida oʻtkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qoʻyish. @Hazratali_uz
Tergovchi — mustaqil shaxsmi yoki "qo'g'irchoq"mi? Amaliyotda tez-tez uchraydigan bir manzara bor: advokat iltimosnoma beradi — tergovchi javob o'rniga "prokurordan so'rayman" yoki "rahbariyatdan so'rayman" deydi. Protsessual majburlov chorasi qo'llanilganda esa — "rahbariyatdan shunday topshiriq bor" degan javob keladi. Bu holat bir savolni doimiy ravishda kun tartibiga qo'yadi: qonun bo'yicha mustaqil bo'lishi kerak bo'lgan tergovchi, amalda qanchalik mustaqil? Jinoyat-protsessual kodeksiga ko'ra, tergovchi mustaqil protsessual figura sifatida belgilangan. U jinoyat ishini qo'zg'atish yoki qo'zg'atishni rad etish, gumon qilinuvchini ushlash va so'roq qilish, tergov harakatlarini o'z ixtiyori bilan olib borish, shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida jalb etish, ehtiyot chorasi tanlash (qamoq va uy qamog'idan tashqari) kabi qarorlarni mustaqil ravishda qabul qilishga vakolatli. Boshqacha aytganda, qonun tergovchiga alohida protsessual mustaqillik va shu bilan birga — shaxsiy javobgarlik yuklaydi. Qaror kimning "ko'rsatmasi" bilan qabul qilinganidan qat'iy nazar, hujjatga imzo qo'ygan, ishni yuritgan — tergovchi hisoblanadi va javobgarlik ham unga tegishli bo'ladi. Savolda aytilgan holat — bu qonun bilan amaliyot o'rtasidagi tanish tuynuk. Rasman tergovchi mustaqil, biroq amalda ko'plab qarorlar og'zaki ko'rsatma asosida qabul qilinadi. Bu yerda uchta jiddiy muammo yuzaga keladi: Birinchidan — javobgarlikning assimetriyasi. Qaror og'zaki topshiriq bilan qabul qilinsa-da, imzo tergovchiniki, protokol tergovchiniki, oqibat — tergovchiniki. Rahbariyat esa hech qanday hujjatda "iz qoldirmaydi". Nazorat va boshqaruv o'rtasidagi bu nomutanosiblik — javobgarlikni pastga, vakolatni esa yuqoriga siljitib yuboradi. Ikkinchidan — shaffoflikning yo'qolishi. Advokat "nima uchun?" deb so'raganda, javob protsessual asosga emas, balki ierarxik bo'ysunuvga tayanadi. Bu esa jinoyat ishini yuritishning qonuniyligini tekshirish imkoniyatini toraytiradi — chunki "rahbariyat shunday dedi" degan javobni na sudda, na nazorat organida hujjat sifatida taqdim etib bo'lmaydi, u faqat og'zaki bahona bo'lib qoladi. Uchinchidan — institutsional ishonchning yemirilishi. Agar jamiyatda "muhim masalalar rahbariyat orqali tezroq hal bo'ladi" degan qarash shakllansa, bu — protsessual tenglik va qonun ustuvorligi tamoyiliga bevosita zid. Adolat tezlik bilan emas, qonuniylik bilan o'lchanadi. Muammoning yechimi tergovchilarni ayblashda emas — ular ham ko'p hollarda ierarxik bosim ostida ish yuritadi. Bu tizimli muammo hisoblanadi - tergovchining protsessual mustaqilligini amalda kafolatlaydigan mexanizmlarni kuchaytirish, va eng muhimi — har bir protsessual qarorning aniq, tekshiriladigan asosga ega bo'lishini talab qilish zarur. Aks holda savol ochiq qoladi: agar javobgarlik pastda, qaror esa yuqorida qabul qilinsa — bu tizim kimni himoya qilyapti? Fuqaronimi, tergovchinimi, yoki faqat ierarxiyaning o'zinimi? @Hazratali_uz
видео или голосовое, без подписи
🟦🟦🟦🟦 ⚖️⚖️⚖️Quyidagi hollarda hukm ijrosi kechiktiriladi👇👇👇 ➡️ mahkum jazoni o‘tashiga monelik qiladigan darajada og‘ir kasal bo‘lib qolganida — u sog‘ayguncha; ➡️hukmni ijro etish paytigacha mahkuma homilador bo‘lib qolsa — bir yildan oshiq bo‘lmagan muddatga; ➡️ mahkumaning yosh bolasi bo‘lsa — u uch yoshga to‘lgunga qadar; ➡️ jazoni darhol o‘tashni boshlash yong‘in yoki boshqa biror tabiiy ofat yuz berganligi, oilaning mehnatga yaroqli yagona a’zosi og‘ir kasal bo‘lib qolganligi, vafot etganligi oqibatida yoki boshqa favqulodda holatlar mahkum yoki uning oilasini juda mushkul ahvolga solib qo‘yishi mumkin bo‘lsa — uch oydan oshmagan muddatga. ⚠️⚠️⚠️O‘ta xavfli retsidivistlarga va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan hukmning ijrosini kechiktirish mumkin emas. @Hazratali_uz
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ IIV xodimi qanday hollarda kuch ishlatishi mumkin? 🇺🇿🇺🇿🇺🇿Ichki ishlar xodimi jismoniy kuch ishlatishga haqlimi? 🚨🚨🚨Qonunchilikka ko‘ra, agar ichki ishlar xodimi zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni kuch ishlatmasdan turib bajarishining iloji bo‘lmasa, u quyidagi hollarda kuch ishlatishi, jumladan kurashning jang usullarini qo‘llashi mumkin: ✅ jinoyatlarga va ma’muriy huquqbuzarliklarga chek qo‘yish uchun; ✅ jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni eng yaqindagi ichki ishlar organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish va bu shaxslarni ushlab turish uchun; ✅ ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etish uchun. ⚠️⚠️⚠️Jismoniy kuch ishlatilishi shaxslarning xatti-harakatlari xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. @Hazratali_uz
📣#Diqqat, e'lon Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan ilmiy-innovatsion faoliyatni tijoratlashtirish maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlar, tashkilotlar, muassasalar bilan shartnomalar tuzish yo‘lga qo‘yilgan. 🔹Universitetda 21 ta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislik sho'balari shuningdek, tadqiqot markazlari mavjud bo‘lib, huquqiy va boshqa ayrim ijtimoiy fanlarga oid darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiya, risola, oʻquv kontentini tayyorlab berish shuningdek mutaxasislar tomonidan huquqiy maslahat berish xizmatlari taklif etiladi. Ma’lumot uchun quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qiling – 50-010 89 79.
Ushlangan shaxs quyidagi joylarda saqlanib turilishi mumkin👇👇 ✅ ozodlikdan mahrum etish joyi hisoblanmagan xizmat binolarida; ✅ vaqtincha saqlash hibsxonasi kamerasida; ✅ gauptvaxtada (faqat harbiy xizmatchilar); ✅ maxsus moslashtirilgan binolarda (istisno tarzida); ✅ maxsus ajratilgan kayutalarda (dengiz va daryo kemalarida); t.me/Hazratali_uz
☄️☄️☄️Advokat, TDYU o'qituvchisi Hazratali Qudratillayevning @Hazratali_uz telegram kanaliga a'zo bo'ling. Mazkur kanal orqali quyidagilar berib boriladi👇👇👇 ➡️ tergov, sud, jinoyat va jinoyat-protsessual huquqi, moliyaviy xavfsizlik bo’yicha oid qonunchilik yangiliklar; ➡️ Eng dolzabr masalalar yuzasidan taniqli huquqshunoslar ishtirokida mahorat darslari; ➡️ Viktorinalar va qiziqarli ma'lumotlar; ➡️ Huquqga oid bepul vebinarlar; ➡️ tergov, sud, jinoyat, jinoyat va jinoyat-protsessual huquqi, moliyaviy xavfsizlikga doir darsliklar, o'quv qo'llanmalar va monografiyalar. Kanalimizga a'zo bo'ling: t.me/Hazratali_uz
🟦🟦🟦🟦 Miranda prinsipi. Tergov qanday boshlanishi kerak? “Siz sukut saqlash huquqiga egasiz. Siz aytgan har bir so‘z sudda o‘zingizga qarshi ishlatilishi mumkin va ishlatiladi. Advokatingiz so‘roq paytida hozir bo‘lishi mumkin. Agar advokat uchun pul to‘lay olmasangiz, advokat davlat tomonidan ta’minlanadi. Huquqlaringizni tushundingizmi?” – AQSH politsiyasining bu “ibodat”i jangovor filmlarni sevuvchi deyarli barchaga tanish. Bugungi kunda gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga uning huquqlarini tushuntirish nafaqat AQSHda, balki boshqa ko‘pgina davlatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham majburiy. JPKning 46, 48-moddalariga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortish (ya’ni, sukut saqlash) va ko‘rsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lish, shuningdek, himoyachiga ega bo‘lish hamda uchrashuvlar soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish huquqiga ega. Bu huquqlar so‘roq boshlanishidan olgan tergovni amalga oshirayotgan shaxs tomonidan tushuntirilishi lozim. Agar advokat yo'llash uchun pul bo‘lmasa-chi? JPKning 50-moddasiga asosan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya ishda himoyachining ishtirok etishini ta’minlaydi. Bunda ular yuridik yordam uchun to‘lovdan batamom yoki qisman ozod etilishi mumkin. Bunday hollarda advokat mehnatiga haq to‘lash xarajatlari davlat hisobidan bo‘ladi. Guvohga keladigan bo‘lsak, JPKning 66-moddasiga asosan u ham advokatning yuridik yordamidan foydalanishga haqli. Ammo, faqatgina o‘z hisobidan. t.me/Hazratali_uz
видео или голосовое, без подписи
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ #jinoyat_protsessi Jabrlanuvchining shikoyatiga asosan qo'zg'atiladigan jinoyatlar ro'yxati: 👉 105-moddaning birinchi qismi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) ; 👉 109-modda (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) ; 👉 110-moddaning birinchi qismi (qiynash) ; 👉 118-moddaning birinchi qismi (Nomusga tegish) ; 👉 119-moddaning birinchi qismi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) ; 👉 121-moddaning birinchi qismi (shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish) ; 👉 136-moddasi (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish) ; 👉 139-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari (tuhmat) 👉 140-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari (haqorat qilish) 👉 141-1-moddaning birinchi qismi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) ; 👉 141-3-moddasi (shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish) ; 👉 149-moddasi (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish) ; t.me/Hazratali_uz
Tergovga chaqirilsa bormasa ham bo‘ladimi? “Tergovga borishim shartmi? Bormasam men bilan nima sodir bo‘ladi?” – suhbatga chaqirilgan biror kishi yo‘qki, uning hayolidan shu kabi savollar o‘tmasa. JPKning 261-moddasiga ko‘ra, jinoyat ishini yuritish munosabati bilan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan belgilangan tartibda chaqirilgan shaxslar aynan ko‘rsatilgan vaqtda hozir bo‘lishlari shart. Bunda quyidagi ikki holatga e’tiborni qaratish lozim. Birinchidan, kishilar “belgilangan tartib”da chaqirilgan bo‘lishi lozim. Bunday tartib, yuqorida ko‘rib chiqilganidek, ko‘rsatilgan vaqtda va joyda so‘roq qilish uchun hozir bo‘lish to‘g‘risidagi chaqiruv qog‘ozi yuborish hisoblanadi. Ikkinchidan, qonunchilik “uzrli sabablar” bo‘lgan taqdirda tergovga kelmaslikka yo‘l qo‘yadi. Ammo, bunday sabablar doirasi belgilanmagan. Chunki hech bir ro‘yxat hayotda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha holatlarni qamrab ololmaydi. Uzrli sabablar turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, chaqiruv qog‘ozining belgilangan muddatdan kechikib olinganligi yoki umuman olinmaganligi, tergovga ishtirok etishga imkon bermaydigan darajada betoblik va h.k.. Bunda vaziyatning uzrli yoki uzrli emasligi har bir holatda alohida hal etiladi. Agarda uzrli sabablarsiz kelmagan taqdirda, ular majburiy keltiriladi. Ammo, oldin ular uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortganligi fakti aniqlanishi lozim. Shundagina shaxsni majburiy keltirish to‘g‘risida qaror (ajrim) chiqarilib, ijro etish uchun ish yuritilayotgan joydagi ichki ishlar organiga topshiriladi. t.me/Hazratali_uz
видео или голосовое, без подписи
⚖️⚖️⚖️Jinoyatlar oʻz xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga koʻra quyidagi toifalarga bo'linadi: ✔️ ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar; ✔️uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar; ✔️ogʻir jinoyatlar; ✔️oʻta ogʻir jinoyatlar. @Hazratali_uz
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи