Ta'lim ³⁶⁰
Статистика✅ @Talim360 — eng so'nggi yangiliklar! 🔥 Kanalda abituriyentlar uchun eng muhim va dolzarb ma'lumotlarni kuzatib boring! 😉 Biz bilansiz, demak to'g'ri joydasiz! Abituriyentlarga oid eng so'nggi yangiliklarni shu yerda kuzatib borishingiz mumkin
- Последний пост
- 4 февр.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Oʻqituvchilar haqida haqiqatlar va ularga nasihatlar 👨🏻🏫👩🏻🏫 -Dunyoda bitta kasb bor: oʻqituvchilik. Qolgan kasblar uning hosilasidir. -Millatning ertasi maktablardan boshlanadi. -Oʻqituvchi bir umr bola boʻlib qoladi. -Oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida ona, ota, bobo, buvi, aka, opa, doʻst boʻla oladi. -Oʻqituvchida otaning qattiqqoʻlligi, onaning mehri boʻlishi kerak. -Hech kimning 30 nafar farzandi yoʻq. Oʻqituvchida esa bor. -Hamma oʻz bolasini sevadi. Oʻzganing bolasini sevish, unga taʼlim-tarbiya berish esa har kimning ham qoʻlidan kelmaydi. Buning uchun insonda katta yurak kerak boʻlishi kerak. -Bolalarni seva olmagan kishidan oʻqituvchi chiqmaydi. -Oʻqituvchilik-bu hali ustozlik degani emas. -Oʻqituvchilik-bu kasb. Ustozlik esa baxtdir. -Hayotingiz davomida hech boʻlmasa bitta shogirdingiz sizni ustoz sifatida tan olmasa, umringiz shamollarga sovrilibdi. -Oʻquvchilarim meni ustoz sifatida emas, avvalo, inson sifatida yaxshi koʻrishlarini istayman. -«Darsimda pashsha uchsa bilinadi»-deydigan oʻqituvchilar rost gapiradi. Ularni faqat pashsha qiziqtiradi. -Amir Timur dunyoni tigʻ bilan, Navoiy qalam bilan olgan boʻlsa, ustozlar dunyoni boʻr bilan oladi. -Bu hayotda oddiy sinf rahbar boʻlmaydi. Sinf rahbar boʻldingmi, chida. Mushtni mushtga tugib chida, tishni tishga qoʻyib chida. Sinf rahbarlikni chidaganga chiqargan. -Bugun sinf rahbarlik olib, uning masʼuliyatiga chidolmay, ertaga tashlab yuboradigan oʻqituvchining oʻzini «tashlab» yuborish kerak. -Ustoz yaqinmi, ota? -Ota. Agar u ustoz boʻlsa. -Haqiqiy oʻqituvchining qahrida ham bolaga nisbatan mehr ufurib turishi kerak. -Eng yomon oʻquvchimni boshqa sinfdagi 10 nafar eng yaxshi oʻquvchiga alishmayman. -Oʻquvchingiz hayotiy masalada sizdan maslahat, yordam soʻrayapdimi, demak, ustoz darajasiga yetibsiz, muborak boʻlsin. -Hech qachon oʻquvchilaringizga odam boʻlmaysan, demang. Uningku tanlash imkoniyati bor. Sizda esa hatto shu ham yoʻq. -Bugungi jinoyat kechagi tarbiyaning mahsulidir. -Biz ustozlar oʻquvchilarimizga maktabda emas, hayotda aʼlochi boʻlishlari uchun koʻmak berishimiz kerak. -Ustozning hattoki qadam tashlashi ham tarbiya boʻlishi kerak. -Shogirdlariga faqat taʼlim bergan oʻqituvchi mutaxassis tayyorlaydi. Shogirdlariga taʼlim-tarbiya bergan oʻqituvchi insonni yetishtiradi. -Oʻquvchingiz sizni ota-onasining nooʻrin aybidan himoya qilayapdimi, demak siz uning qalbidan joy olibsiz. -Ustozlar farzandlarining yutuqlaridan koʻra, shogirdlarining yutuqlariga koʻproq quvonadi. -Yuksaklarga chiqmoqchi boʻlsangiz, pastga tushib oʻquvchilar bilan birga boʻling. Kun kelib ularning oʻzi sizni yuksaklarga olib chiqadi. © Isroil Tillaboyev Oʻqituvchi va ustozlarga yuborib qoʻying! ↗️
#Muhim_xabar ❗️ 2026-yildan boshlab fan doktori (DSc) ilmiy darajasi himoyasiga chiqish uchun Scopus Q1 va Q2 darajadagi jurnalda maqola bo’lishi kerak. ➡️ Batafsil rasmdagi xatda ko’rishingiz mumkin. 👉 @Talim360
💰 Ayrim yoshlarning to‘lov-kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi Bu bo’yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra, 2026-yil 1-fevraldan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga quyidagi imtiyozlar beriladi: 🔹 safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tartibi joriy etiladi hamda ushbu maqsad uchun subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi; 🔹 “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali: ▪️ avtomototransportlar haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash bo‘yicha subsidiya haydovchilik guvohnomasining “A”, “B”, “D” va “DE” toifalarini olish uchun to‘lab beriladi; ▪️ kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining kontrakt summasi 50 foizgacha qismi tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib to‘lanadi hamda 1 o‘quv yili uchun BHMning 50 baravaridan (20 mln 600 ming so’m) oshmasligi lozim; ▪️ ayni bir shaxs 1 yil davomida turli ijtimoiy yordamlardan ko‘pi bilan 2 marta foydalanishi mumkin. @Talim360
⚡️Talabalar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar statistikasi ochiqlandi Unga ko'ra, jinoyatchilik sodir etgan talabalar soni: ◾️Davlat oliygohlari talabalari – 170 nafar; ◾️Xususiy oliygoh talabalari – 140 nafar; ◾️Xorijiy oliygoh filiallari talabalari – 16 nafar. Jinoyatchilik ko'rsatkichi bo'yicha 5 ta davlat oliygohlari: ◾️Transport universiteti – 27 nafar; ◾️Texnika universiteti – 21 nafar; ◾️Milliy universitet – 20 nafar; ◾️Iqtisodiyot universiteti – 19 nafar; ◾️Yuridik universiteti — 12 nafar. 📊 Bundan tashqari, 2025-yilning dastlabki 3 oyi tahlil qilinganida talabalar tomonida sodir etilgan jinoyatchilik ko'rsatkichi 2024-yilga nisbatan 39,8% ga oshgan. Qolgan ma'lumotlarni rasmda ko'rishingiz mumkin! Obuna bo’ling👉 @Ta'lim³⁶⁰
Ikkinchi mutaxassislikka noturdosh yo'nalishda o'qisa bo'ladimi? Ikkinchi mutaxassislik – ya'ni bakalavriat (magistratura)ni tamomlagan kishi qaytadan yana boshqa yo'nalishda bakalavriat(magistratura)ni o'qishi tushuniladi. Ikkinchi mutaxassislikka o'qishga kirishda avval qaysi yo'nalishni tamomlaganingiz ahamiyatli emas. Ya'ni siz avval matematika yo'nalishini tamomlab, keyin ikkinchi mutaxassislikka biologiya yo'nalishiga topshirishingiz mumkin. Bu bo'yicha hech bir cheklov yo'q. ❓Hujjat topshirish va imtihon tartibi qanday? ✅Ikkinchi mutaxassislik uchun qabul jarayonlari odatda abituriyentlardan farqli o'laroq iyul-avgust oyida bo'lib o'tadi va my.edu.uz platformasi orqali onlayn hujjat topshiriladi. Kerakli hujjatlar: ➖Pasport yoki ID karta: ➖Balavriat bosqichini tamomlaganligi haqida diplom ma'lumotlari. Ariza oliy ta'lim muassasasi tomonidan ko'rib chiqiladi va qabul qilinadi. Imtihon shakli va tartibi ham OTM tomonidan mustaqil ravishda hal etiladi. ❓Nechanchi kursdan qabul qilinadi? 👉Ikkinchi mutaxassislikda sirtqi ta'lim shakliga 2-bosqichdan o'qishga qabul qilinadi. Ayrim ta'lim yo'nalishlarning sirtqi ta'limda o'rganish imkoniyati mavjud bo'lmaganligi sababli kunduzgi ta'lim shaklidan ham qabul qilish mumkin. ✅So'ngi yillarda ikkinchi mutaxassislik uchun hujjat topshiruvchi talabgorlar soni kamligi sababli OTMlar tomonidan o'qishga qabul qilish suhbat asosida yoki imtihonsiz shaklda amalga oshirilmoqda. Qaysi OTMda qanday yo'nalishlar mavjudligi haqida har yili 2-mutaxassislik bo'yicha mavjud kvotalar e'lon qilinadi. Obuna bo’ling👉 @Ta'lim³⁶⁰
Milliy sertifikatga ega oʻquvchilar yakuniy imtihonlardan ozod etiladi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 20-fevral kungi 65-sonli buyrug‘ining 2-ilovasida keltirilgan chet tili fanlari hamda umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikati boʻlgan oʻquvchilar ilovada keltirilgan baholash asosida baholanib imtihondan tegishli fanlardan ozod qilinadi. Xorijiy til fanidan B yoki undan yuqori (B1, B2, C1) darajadagi sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etilib, MAZKUR FANDAN ularga 5 baho beriladi. 1. Milliy sertifikat 2. IELTS-Academic 3. TOEFL IBT 4. TOEFL ITP 5. Cambridge Assessment English (FCE, CAE, CPE) Boshqa fanlardan milliy sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etilib, MAZKUR FANDAN ularga quyidagicha baho qo’yiladi. A, A+ uchun 5 baho B, B+ uchun 4 baho C, C+ uchun 3 baho beriladi. @Ta'lim³⁶⁰ - Abituriyentlar uchun maxsus!
#eslatma ⚡️Ona tili va adabiyot hamda tarix fani o‘qituvchilariga har oy 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lanadi! ✅ 2025-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi. ✅ @Talim360 📩
1991-yildan 2025-yilgacha yil nomlari! 1991-yil — Alisher Navoiy yili. 1992-yil — Hamshiralar yili. 1993-yil — Ahmad Yassaviy yili. 1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili. 1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili. 1996-yil — Amir Temur yili. 1997-yil — Inson manfaatlari yili. 1998-yil — Oila yili. 1999-yil — Ayollar yili. 2000-yil — Sog‘lom avlod yili 2001-yil — Ona va bola yili. 2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili. 2003-yil — Obod mahalla yili. 2004-yil — Mehr-muruvvat yili. 2005-yil — Sihat-salomatlik yili. 2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili. 2007-yil —Ijtimoiy himoya yili. 2008-yil — Yoshlar yili. 2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili. 2010-yil — Barkamol avlod yili. 2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili. 2012-yil — Mustahkam oila yili. 2013-yil — Obod turmush yili. 2014-yil — Sog‘lom bola yili. 2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili. 2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili. 2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili. 2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili. 2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili. 2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili. 2021-yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili. 2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili. 2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili. 2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” 2025-yil — Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili ✅ @Talim360 📩
⚡️ Diqqat TANLOV! ❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq kimyo va biologiya fanlaridan A+ va A darajali sertifikatga ega bo‘lgan fan mutaxassislarini Bilimni baholash agentligi tanlov asosida jamoatchi (tashqi) ekspertlikka taklif etadi. ✅ Murojaatlar 2025-yil 6-yanvarga qadar qabul qilinadi. 👉 Kimyo fani uchun batafsil: https://forms.gle/Q3L4wYKPTg8F9G4p8 👉 Biologiya fani uchun batafsil: https://forms.gle/LHiJ4v66w3dDrRGL9 💬Ta’lim 360| INFO👇 https://t.me/+4DiX23lYub5hMmIy https://t.me/+4DiX23lYub5hMmIy
⚡️Ona tili va tarix oʻqituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama berish toʻgʻrisida koʻrsatma berilgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2025-yil 1-yanvardan boshlab ona tili va tarix fani oʻqituvchilariga milliy sertifikat uchun 50 foiz ustama toʻlash toʻgʻrisida 2024-yil 19-dekabr kuni hududiy MMTVlarga yuqoridagi ko'rsatma xatni yuborgan. ❗️Eslatma, ustama B+, A va A+ va eski baholash asosida 80 va undan yuqori balga ega sertifikatlar uchun qoʻllaniladi. ✅ @talim360
Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni 📆 2024-yil 23-dekabr kuni kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi. 📱 Ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va bugun (29-dekabr) ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni hisoblanadi. 📱 To‘lovni amalga oshirish esa ertaga (30-dekabr) yakunlanadi. 🌎 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891 💬Ta’lim 360| INFO👇 https://t.me/+4DiX23lYub5hMmIy https://t.me/+4DiX23lYub5hMmIy
⚡️Avgustgacha 8 marta chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tadi 🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berishicha, Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 2025-yilning 1-yarmi davomida har oyda bir-ikki marotaba tashkil etiladi. Iyun-iyul oyi bundan mustasno! Qatnashish narxi: 506.250 so‘m @Talim360✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari: Telegram | Instagram | YouTube
TALABGORLAR DIQQATIGA! 📆 Bilimni baholash agentligi tomonidan chet tillaridan joriy yil 28–29-dekabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan milliy sertifikat imtihonlari 26–27-dekabr kunlari tashkil etiladi. ‼️ Talabgorlardan test sinovi uchun ruxsatnomalar e'lon qilinganidan so‘ng ruxsatnomada ko‘rsatilgan sanada imtihonda ishtirok etishlari so‘raladi. ‼️ 28–29-dekabr kunlari chet tillaridan imtihonlar o‘tkazilmaydi. @Ta'lim³⁶⁰ - Abituriyentlar uchun maxsus!
Nega kitob o‘qiyotganda uyqu keladi? Bunga qarshi nimalar qilish mumkin? Kitob o‘qiyotganida uxlab qolmagan odam bo‘lmasa kerak. Garchi, kitob zerikarli bo‘lmasa ham. Kitobni o‘qib tugatishingiz kerak bo‘lsa yoki uxlab qolmasdan uzoq vaqt kitob o‘qishni xohlasangiz, quyidagi 8 ta usuldan foydalanganingiz ma’qul: 1. Kitob o‘qish uchun qulayroq joy toping, lekin juda qulay bo‘lmasin. Yotoqda kitob o‘qigandan ko‘ra, kresloga o‘rnashib oling. U yerda ham uxlab qolayotgan bo‘lsangiz, stulda o‘tirib kitob o‘qing. 2. Kitob o‘qiyotganingizda xona yorug‘ligini oshiring. 3. Xonani shamollating, u biroz salqin bo‘lishi kerak. Issiq havoda tez uxlab qolasiz. 4. Kitobni o‘qib tugatishingiz zarur bo‘lsa, o‘qishga kirishishdan oldin, tetiklashishga harakat qiling. Badantarbiya mashqlarini bajaring, qahva iching, sovuq dush qabul qiling va hokazo. 5. Tanaffuslar qiling, “porsiyalar” bilan o‘qing. Bir soatdan ortiq davomiy kitob o‘qimang. Turing va biroz qadam bosing – qoningiz yurishib, tetiklashasiz. 6. Oldingizda suv, sharbat solingan stakan yoki bir piyola choy bo‘lsin. 7. Faol o‘qing – iqtiboslarni belgilang, qaydlar qiling. Elektron kitobda ham iqtiboslarni belgilash diqqatingiz konsentratsiyasi uzoq vaqt saqlanishiga yordam beradi. Tana faol bo‘lsa (sahifalarga stikerlar yopishtirish, qalam ushlash, fikrlarni yozib qo‘yishda), miya ham faollikni saqlaydi. 8. Kitob o‘qish vaqtingizni o‘zgartiring. Agar har doim kechqurun uyqudan oldin kitob o‘qisangiz kitob va uyquni bog‘lovchi shartli refleks hosil bo‘ladi. Kunduzi o‘qishni sinab ko‘ring. Talim 360 - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+4DiX23lYub5hMmIy https://t.me/+4DiX23lYub5hMmIy
Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar (ayniqsa, telegram guruhlari)da 2024-yil avgust-dekabr oylarida oʻtkazilgan attestatsiyada ishtirok etgan pedagoglarning barchasiga ikki (toʻrt, olti va h.k.z.) baldan qoʻshib berilganligi toʻgʻrisida asossiz, notoʻgʻri xabarlar tarqatilmoqda. Aslida esa attestatsiya jarayonida foydalanilgan test topshiriqlari boʻyicha kelib tushgan eʼtirozlar belgilangan tartibda oʻrganib chiqilganligini hamda fan ekspertlarining xulosasi hamda Apellyatsiya komissiyasining qaroriga asosan faqatgina, eʼtirozlari oʻrinli boʻlgan ishtirokchilarga (shuningdek, ushbu savollar tushgan boshqa ishtirokchilarga ham, ular murojaat qilgan yo qilmaganliklardan qatʼi nazar) shu savollar uchun tegishli ballar qoʻshib berilganligini maʼlum qilamiz. 🌐@Ta'lim³⁶⁰ - Abituriyentlar uchun maxsus! 🔵
Ilm olish, o‘qish va o‘rganish – bu har birimiz uchun yuksalishning eng to‘g‘ri yo‘li. Qimmatli vaqtingizni behuda narsalarga sarflamang, chunki vaqt – qaytarib bo‘lmas boylik. Bugun o‘rganishga ajratgan bir necha soat ertaga sizni muvaffaqiyat sari olib boradi. O‘qigan bilimlaringiz va qo‘lga kiritgan tajribangiz orqali hayotingizda o‘zingiz istagan natijalarga erishasiz. Shu sababli, har daqiqa foydali ish bilan mashg‘ul bo‘ling, imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang. Bu hayotda eng yaxshi sarmoya – bilimga tikilgan sarmoyadir! Zero; “Kim ilm talab qilish yo‘liga yursa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qilib qo‘yadi. Farishtalar tolibi ilmni qilayotgan ishidan rozi bo‘lgan hollarida qanotlarini yozadilar. Olimga osmondagilar, yerdagilar, hatto suvdagi baliqlar ham istig‘for aytishadi. Olimning obiddan fazli xuddi oyning boshqa yulduzlardan fazliga o‘xshaydi. Olimlar anbiyolarning merosxo‘rlaridir. Anbiyolar dinor ham, dirham ham meros qoldirmaganlar. Ular ilmni meros qoldirganlar, xolos. Kim o‘shani olsa, ulug‘ nasibani olibdi” (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyat qilishgan) ✈️Channel - @AsadbekPS ❤Learn - By @MultilevelBlog 🔵News - @OqimNews ✈️Official -@AsadbekOfficialuz ❤Company - @Brendum 🔵Ta’lim - @Talim360
⚡️Milliy sertifikat test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmaganlarga to‘lovni qaytarib olish imkoniyati yaratildi ✍️ Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili hamda umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan talabgorlar to‘lovni endi my.gov.uz sayti orqali murojaat yo‘llagan holda qaytarib olishlari mumkin ❗️Bunda talabgorga Bilimni baholash agentligining hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori qaytariladi. Mazkur xizmat sinov rejimida ishlamoqda! ✈️Brendum uz bilan sifatli va arzon xizmatlarga ega bo'ling. Batafsil o'qish 🌐@Ta'lim³⁶⁰ - Abituriyentlar uchun maxsus! 🔵
Yangi o‘quv yilining boshlanish sanalari: 4️⃣ maktablarda — 4-sentyabr; ➖ akademik litseylarda — 4-sentyabr; ➖ kasb-hunar maktablarida — 4-sentyabr; ➖ kollej va texnikumlarning ikkinchi va undan yuqori kurslari uchun — 4-sentyabr. 9️⃣ oliy ta’lim muassasalarida (barcha kurslar uchun) — 9-sentyabr; ❓Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun qabul davom etmoqda, shu sababli yangi o‘quv yilining boshlanish sanasi hali aniq emas, bu bo‘yicha keyinroq qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Va boshqa xabarlar, faktlar va foydali ma'lumotlar uchun kanalimizga obuna boling ⚡️ @Ta'lim³⁶⁰ - Abituriyentlar uchun maxsus!
❓Super-kontraktga arizani qachon va qayerga borib yozishim kerak? ✅ Belgilangan oʻtish balini toʻplay olmagan, ammo tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnoma (super-kontrakt) asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali o‘quv jarayonlari boshlangandan so‘ng onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi. Imtihondan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar o'z hohishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin. @Ta'lim³⁶⁰ - Abituriyentlar uchun maxsus!
⚡️Davlat oliy ta'lim muassasalarida kontraktni bo'lib to'lash muddatlari Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar: — belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25% ni uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari: — 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha); Barcha kurs talabalari: — belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50% 1-yanvargacha; — 75% 1-aprelgacha; — 100% 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha); 👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha; ❗️Nodavlat oliygohlarda kontrakt to'lash muddatlari talaba va OTM o'rtasidagi shartnomaga asosan belgilanadi. Ta'limga oid eng so'nggi yangiliklarni o'tkazib yuboramaslik uchun bizga obuna bo'ling @Ta'lim³⁶⁰ - Abituriyentlar uchun maxsus!