OLIY TAʼLIM
Статистика✅ OLIY TAʼLIM 🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng yaxshi Taʼlim kanali! Trenddagi xabarlarni, sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz! ✨Reklama Xizmati: 👉 @Oliy_Talim_Reklamasi 📩 Xabar yuborish: @oliy_talim_asoschisi
- Последний пост
- 7 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 43
- 1/48двое суток
- 49
- 1/72трое суток
- 53
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
❗️Ertaga yo’nalish tanlashning oxirgi kuni! #abituriyent Yo‘nalish tanlash uchun 1 kun vaqt qoldi. 8-avgust soat 23:59 ga qadar abituriyentlar o‘zlari tanlagan fanlar majmuasiga mos yo‘nalishni tanlashlari mumkin. Ushbu muddat davomida yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi, ya’ni ular o‘qishga kira olmaydi. Necha ball olgan bo‘lishidan qat’i nazar. To’g’ri, o’tgan yili yo’nalish tanlamaganlar uchun mandatdan keyin yana bir bora imkon berilgan, lekin unda istalgan yo’nalishni emas, balki faqat kvotasi to’lmay qolgan yo’nalishlarnigina tanlash mumkin bo’lgan edi. Iltimos, yana bir bor yaxshilab qayta tekshirib ko‘ring. Yo‘nalish tanlaganingizga ishonchingiz komil bo‘lsin. Shuningdek, ertaga soat 23:59 ga qadar tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirish ham mumkin. Faqat imkoni bo‘lsa, o‘zgartirishni vaqt kam qolganda amalga oshirmang. Odam ko‘pligidan serverda texnik muammo chiqsa, siz uchun kutilmagan yoqimsiz holat bo‘lishi mumkin. Barchasini vaqtliroq hal qiling. Barchaga omad!
без подписи
❓Kunduzgi bilan kechki qo‘shib tanlanganda davlat granti ustuvorligi masalasi qanaqa bo‘ladi? #abituriyent ✅ JAVOB: davlat granti uchun kvota ajratilmagan taʼlim shakllarida o‘z-o‘zidan faqat to‘lov-kontrakt uchun tanlov bo‘ladi. Abituriyentlar yo‘nalish tanlayotganda quyidagi ikkita ustuvorlikdan birini belgilashlari mumkin: «Davlat granti» yoki «Ta’lim yo’nalishi». Bu ikkalasining maʼnosi haqida: https://t.me/xushnudbek/33323 Mana bu video batafsil tushuntirganman: https://youtu.be/J955pcrDgWM Abituriyent beshta yo’nalish tanlayotganda ham kunduzgi, ham kechki va ham masofaviyni aralashtirib tanlashi mumkin. Shu sababli ko‘pchilikda savol tug‘ilmoqda, agar biz «Davlat granti» degan ustuvorlikni tanlasak, unda kechki yoki masofaviy taʼlim shakllarida tanlov qanaqa bo‘ladi, axir ularda davlat granti yo‘q-ku deb. Buni so‘zda tushuntirish biroz mushkulroq, shu sababli ikkala ustuvorlik uchun ham alohida chizma tayyorladim. Shunda ketma-ketlik qanaqa bo‘lishini osonroq tushunib olishingiz mumkin. Qisqa qilib aytganda, “davlat granti” ustuvorligi xuddi kunduzgidek bo‘laveradi, faqat kechki yoki masofaviy tanlanganda grant qismi tashlab ketiladi xolos. Agar siz beshalasiga ham kechki yoki masofaviy yo’nalishni tanlab, bironta ham kunduzgi yo’nalishni tanlamagan bo’lsangiz, unda sizga ustuvorlikning mutlaqo farqi yo’q. Xohlaganingizni tanlayvering, ikkalasi ham birdek amal qiladi, ya’ni faqat kontrakt ko’rib chiqiladi. 👉 @xushnudbek 👈
❗️Magistraturaga qabul yakunlandi #abituriyent Talabgorlar tomonidan jami 64 ming 365 ta ariza kelib tushdi. ☑️ Bakalavr bosqichi test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun oliygohlar va ta’lim yo’nalishlarini tanlash davom etmoqda. Jarayon 8-avgustga qadar davom etadi. Qabul jarayoniga oid barcha muddatlar haqida ma’lumot bu yerda; 2️⃣ Ikkinchi mutaxassislikka qabul davom etmoqda. Hozirgacha 17 ming 896 ta ariza kelib tushgan. Qabul 10-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi; 🔄 O‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha ham arizalar qabul qilinmoqda. Qabul jarayoni 5-avgustgacha davom etadi. 👉«OLIY TAʼLIM
❗️1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas. Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak. Ariza ma’qullangach, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi. 👉«OLIY TAʼLIM
❗️Abituriyentlarning to’liq ro’yxati va egallagan o’rnini ko’rish imkoniyati ochildi Buning uchun mandat.uzbmb.uz saytiga kirib, “Kengaytirilgan qidiruv” sahifasida kerakli fanlar majmuasini tanlash kerak. 👉«OLIY TAʼLIM
📌 OTMga kirishda tanlov ustuvorligi nima? Qaysi birini tanlash kerak? Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin. 👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida: 🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi; 🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi. 👉«OLIY TAʼLIM
❗️Hukumatning tegishli (411-son, 29.07.2026-yil) qarori bilan, 2026-yildan boshlab: ➖ bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi; ➖ magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʻlo) baho (90-100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi beriladi. 👉«OLIY TAʼLIM
❓ Kontraktni qachon to‘lash kerak 1⃣ Kontraktning kamida 25 foizini 1-kurslar 15-sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha); 2- va undan keyingi kurslar 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha); 2️⃣ Kontraktning kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha) to‘lanishi kerak. Xorijiy fuqarolar OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha to‘lab bo‘lishi kerak. ❗️ Eslatma: yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdori hali tasdiqlanmadi. Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM »
⚡️Arizasi tasdiqlanganlar diqqatiga – toʻlovning soʻnngi kuni 5-avgust! Xorijiy va nodavlat oliygohlardan davlat OTMlariga oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza qoldirganlar uchun ariza qabul qilinishi yoki rad etilishi boʻyicha sms xabarnoma kelmoqda. (Lekin har doim ham emas) Ariza holatini bilishning yana bir eng oddiy usuli shaxsiy kabinetdan kirib tekshirish. Arizangiz tasdiqlanib toʻlov kvitansiyasi shakllangan boʻlsa 206.000 soʻm toʻlov summasini koʻrsatilgan invoysga amalga oshirishlari tavsiya qilinadi. Ba'zilar "arizam qabul qilindi" deb ruxsatnoma shakllanishini kutishmoqda. Toʻlov qilmagan talabgorlar test sinovlarida qatnashish huquqiga ega boʻlmaydilar. 👉«OLIY TAʼLIM
❗️Texnikumlarda o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash Texnikumlarda o‘quvchilarning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalar 2026-yil 25-iyuldan 10-avgustiga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. ✅ Amaldagi tartibga ko‘ra: 🔹 Texnikum doirasida bir darajadagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni ko‘chirish, qayta tiklash yoki ta’lim shaklini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha arizalar — texnikum direktori nomiga; 🔹 Hudud miqyosida, bir texnikumdan boshqa texnikumning mos va turdosh kasbiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmalari boshlig‘i nomiga; 🔹 Bir hududdan boshqa hududdagi texnikumga ko‘chirish, hudud miqyosida bir texnikumdan boshqa texnikumning mos va turdosh bo‘lmagan kasbiga ko‘chirish bo‘yicha arizalar — Kasbiy ta’lim agentligi direktori nomiga; 🔹 Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikum o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar — bo‘ysunuvidagi tegishli agentlikning rahbari nomiga yoziladi. 👉«OLIY TAʼLIM
⚡️Bu yil yangi chiqqan yo'nalishlar uchun fanlar majmuasi 💠Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan 2026/2027 o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlarida yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati hamda ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) fanlari majmuasi tasdiqlandi. Yangi ta’lim yo‘nalishlari: 🔺Xorijiy til va adabiyoti: xitoy tili 🔺Filologiya va tillarni o‘qitish: pushtu tili 🔺Tarjima nazariyasi va amaliyoti: hind tili 🔺Tarjima nazariyasi va amaliyoti: urdu tili 🔺Davlat auditi 🔺Islomiy moliya 🔺Islom iqtisodiyoti va moliyasi 🔺Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik 🔺Raqamli huquq 🔺Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik 🔺Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish 💡Yodda tuting! Test sinovlari yakunlangach, Siz o‘zingiz topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishlarini tanlaysiz. 👉«OLIY TAʼLIM
✨ Жума муборак! 🌙 Диндошим, кириб келган Жума куни муборак бўлсин. Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM
👨🎓 Talabalar va abituriyentlar uchun tez-tez kerak bo‘ladigan onlayn xizmatlar: 1⃣ O‘qish joyidan ma'lumotnoma olish (oliy ta'lim muassasasidan); 2⃣ Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida shahodatnomaning dublikatini olish; 3⃣ Bakalavriat talabalari uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish; 4⃣ O‘qish va xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berishga ariza yuborish; 5⃣ Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha ariza yuborish; 6⃣ Chet tilini bilish darajasini aniqlashga qaratilgan test sinovlariga ariza yuborish; 7⃣ Yoshlarbop boshqa xizmatlar; 8⃣ Ta'lim bilan bog‘liq xizmatlar; 9⃣ Ijtimoiy himoya bilan bog‘liq xizmatlar; 1⃣0⃣ Madaniyat, turizm va sport bilan bog‘liq xizmatlar. Ushbu xizmatlardan, shuningdek, MyGov mobil ilovasini Play Market yoki App Store orqali yuklab olgan holda ham foydalanish mumkin. Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM
⚡️Yettinchi kun natijalari e’lon qilindi 2025-yil 20-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅ Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali: Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin. Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud). Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ayrim savollarga javoblar: #perevod ➖ “Perevod”da hech qanaqa imtiyoz, tavsiyanoma, IELTS yoki CEFR sertifikati, maqsadli qabul degan narsalar yo‘q va o‘tmaydi; ➖ “Perevod”da 5 ta yo‘nalish tanlash degan narsa yo‘q, faqat bittasi tanlanadi; ➖ Xorijdan va O‘zbekistondagi nodavlat OTMlardan davlat OTMga “perevod” qilishning o‘tish ballari mana bu yerda bor: https://t.me/xushnudbek/28719 ➖ Xorijdan va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirishda kvota yo‘q, yaʼni kim yuqoridagi o‘tish ballaridan o‘tkaza olsa, nechta bo‘lishidan qatʼi nazar o‘shalarga “perevod” qilish huquqi beriladi. Boshqacha aytganda “perevod”chilar bir-biriga raqobatchi emas, ular faqat o‘z bilimi bilan kurashadi xolos. Lekin bir narsani hisobga olish kerak. Oliygohlar sig‘imi va imkoniyatidan kelib chiqib, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar soni ko‘payib ketsa, ularni sirtqi yoki masofaviy kabi ta’lim shakliga o‘tkazib yuborishlari mumkin. “Perevod”ga oid yana-da ko’proq qo‘shimcha maʼlumotlar bu yerda: https://t.me/xushnudbek/28716 Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM
⚡️Rasman: maktabdagi o’rtacha baholar test sinovlari baliga qo‘shilmaydigan bo‘ldi 19-iyul kuni qabul qilingan Prezident farmoni (PF-114-sonli) bilan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi "Oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida abituriyentlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlariga qo‘yilgan baholarini inobatga olish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori o‘z kuchini yo‘qotishi belgilandi. 2021-yilgi qarorga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarning shahodatnomalaridagi so‘nggi 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘qishga kirishda inobatga olinishi va to‘plangan ballga o‘rtacha baho qo‘shib berilishi kerak edi. Masalan, 130 ball to‘plagan abituriyentga 3, 4 yoki 5 baho uchun mos ravishda 3, 4 yoki 5 ball qo‘shilishi rejalashtirilgandi. Biroq ushbu tartibni joriy qilish 2023-yilda 2 yilga kechiktirilgan edi. 19-iyuldagi farmon bilan esa 2021-yilgi ushbu qaror batamom bekor qilinib, shahodatnomadagi baholar imtihonda inobatga olinmaydigan bo‘ldi. Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM
⚡️Oltinchi kun natijalari e’lon qilindi 2025-yil 19-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅ Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali: Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin. Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud). Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM
Abituriyentlar testdan so‘ng nimani tanlashadi❓ 1️⃣ Beshtagacha yo‘nalish tanlanadi. Siz istalgan yo‘nalish va istalgan OTMni tanlashingiz mumkin, bu siz topshirgan fanlar majmuiga mos keladi. 2️⃣ Ta’lim shakli tanlanadi. Kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllarini tanlash mumkin, bu ajratilgan kvotalarga bog‘liq. Besh yo‘nalish orasida ta’lim shakllarini aralashtirish mumkin, masalan, 1 va 2 yo‘nalish - kunduzgi, 3 - kunduzgi, 4 - kechki, 5 - masofaviy. 3️⃣ Tanlov ustuvorligi belgilanadi. Davlat granti yoki yo‘nalish uchun ustuvorlikni tanlash mumkin. Masalan, kimdir aytishi mumkin: "Men besh yo‘nalishdan qay biriga kirsam ham muhim emas, muhimi - davlat grantiga kirish", shunda ustuvorlik grantga beriladi. Boshqa bir kishi aytishi mumkin: "Men albatta tanlagan birinchi yo‘nalishga kirishim kerak, hatto shartnoma asosida ham", shunda ustuvorlik yo‘nalishga beriladi. Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM
⚡️Akademik litseylarga kirish test sinovlari sanasi va vaqti maʼlum boʻldi 📅 2025-yil 24-iyul — test sinovlari respublikaning barcha hududlarida, 25-iyul — Toshkent shahrida maxsus belgilangan hududlarda oʻtkaziladi. 🕘 Test sinovlari ikki smenada oʻtkaziladi: 🔹 Birinchi smena — soat 09:00; 🔹 Ikkinchi smena — soat 15:00. Eslatma: Abituriyentlar test sinovi oʻtkaziladigan hududga kamidan 1,5 soat oldin, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari talab etiladi. Sinov oʻtkaziladigan manzil ruxsatnomada koʻrsatilgan boʻladi. Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM