Тайсирус сарф
Статистика«Муваффақият учун озгина вақт сабр қилолмаганлар, умр бўйи муваффақиятсиз яшайди». Имом Шофеий https://t.me/MabdalLugotmp3
- Последний пост
- 29 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 15 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 77
- 1/48двое суток
- 88
- 1/72трое суток
- 95
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
https://t.me/+4aK_dmlBtVg1NzVk
#taysirus_sarf 1-dars. Sarf ilmi. #taysirus_sarf 2-dars. Mezon
Оилавий бахт ва ҳақиқий қувончнинг асоси Қуръони карим ва салаф уламоларининг ҳикматли сўзлари оилавий бахт ва ҳақиқий қувончнинг асл манбаи нимада эканини жуда аниқ ва гўзал тарзда баён қилиб беради. Аллоҳ таоло «Фурқон» сурасининг 74-оятида «Раҳмоннинг бандалари»ни сифатлар экан, уларнинг дуосини қуйидагича зикр қилади: ﴿وَالَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا هَبْ لَنَا مِنْ أَزْوَاجِنَا وَذُرِّيَّاتِنَا قُرَّةَ أَعْيُنٍ﴾ Таржимаси: «Улар: “Парвардигоримиз, бизга жуфти ҳалолларимиздан ва зурриётларимиздан кўз қувончини ҳадя эт”, дейдилар». «Кўз қувончи» нима дегани? Ушбу оятда келган «кўз қувончи» (қуррату аъюн) иборасининг маъноси ҳақида буюк тобеин уламоси Ҳасан Басрий раҳимаҳуллоҳ жуда чуқур ва таъсирли изоҳ берганлар. У зотдан: — «Кўз қувончи» нима? — деб сўрашганида, шундай жавоб берганлар: «Бу — Аллоҳ таолонинг мусулмон бандасига унинг жуфти, фарзанди, яқинлари ёки дўстларини Аллоҳга итоат қилаётган ҳолда кўрсатишидир. Аллоҳга қасамки, мусулмон инсон учун ўз фарзандини, набираcини, биродарини ёки яқин дўстини Аллоҳ азза ва жаллага итоаткор ҳолда кўришдан ортиқ қувонч йўқдир». Хулоса ва ҳаётий сабоқ Ушбу оят ва унинг шарҳи бизга жуда муҳим ҳақиқатни ўргатади: ҳақиқий бахт фақат ташқи омилларда — мол-дунёда, чиройда ёки саломатликда эмас, балки оила аъзоларининг иймони, солиҳ амали ва тўғри йўлда эканидадир. Инсон ўз яқинларининг: - намоз ўқиётганини, - ҳалол-ҳаромга эътибор бераётганини, - Аллоҳга чин ихлос билан бандалик қилаётганини кўрса, унинг қалбида улкан хотиржамлик, кўзида эса энг юксак қувонч пайдо бўлади. Шунинг учун бу дуо — ота-оналар, оила бошлиқлари ва ҳар бир мўмин инсон учун кундалик ҳаётда ўқиб юриладиган энг улуғ дуолардан биридир.
без подписи
Bir hofiz kundaligidan: “Men Qur’on yodlashni boshlaganimda, ba’zan bir betni 80 martagacha takrorlardim, baribir yodimda qolmasdi — ehtimol xayolim tarqoqligidan, ehtimol tez yodlab olish qobiliyatim yo‘qligidan. Lekin o‘zimga aytardim: “Allohga qasamki, belgilangan vazifangni yodlamasdan uxlamaysan”. Shu ruhda davom etdim va, Allohga hamdlar bo‘lsin, oxirida Mus’hafga qarab o‘qishga ehtiyojim qolmaydigan darajaga yetdim. Ba’zi insonlarga iqtidor berilmaydi, lekin ular sabr, tirishqoqlik va matonatlari bilan iqtidorlilardan ham o‘zib ketadilar. Qur’on oʻrganish oson, Alloh taolo tirishib, harakat qilavergan kishini albatta bir kuni maqsadiga yetishtiradi. U Zotga ixlosli niyatingizni ko‘rsatishdan toʻxtamang – shunda go‘zal natija ham albatta keladi”.
#Қалбдан_сўз Қуръонни ёдлашга муваффақ бўлиш — улкан неъмат. Афсуски, баъзилар буни ҳис қилмайди… Ўзингиз ҳақида бир ўйлаб кўринг: — Аллоҳ сизни Қуръон йўлига бошлади, — сизга устоз насиб қилди, — ёдлаш ва такрорлашда ёрдам берди, — сабабларни осон қилди, — кераксиз машғулотлардан асради. Қаранг, битта неъмат ичида қанча-қанча неъмат бор! Аллоҳим, бизга берган неъматларингга шукр қилишни насиб эт! https://t.me/Taysiruss
без подписи
#juma JUMA KUNING FAZLI VA MASHRU BO'LGAN AMALLAR HAQIDA Jum’a xaftaning eng afzal kuni bo‘lib, u kun haqida xos sura nozil bo‘lgan va u sura Islomda «Juma» deb nomlangan. Arablar u kunni «Aruba» deb ham ataydilar. Bu kunda poklanish, zikr, duo va namozga erta borish mashru’dir. Juma kunidagi g‘usl eng afzal g‘usl bo‘lib, (uning mashru’ligi) tong otishidan boshlanadi. Bu g‘usl juma namoziga boruvchi kishi uchun ta’kidlangan bo‘lib, ayol kishi va musofir bundan mustasnodir. Zero, hadisda: «Agar birortangiz jumaga kelsa, g‘usl qilsin», deyilgan. JUMA KECHASI VA PAYG'AMBARIMIZ SOLLALLOHU ALAYHI VASSALAMGA SALOVAT AYTISH FAZLÌ Jum’a kechasi haqida bironta (sahih hadis) vorid bo‘lmagan, uning boshqa kechalardan farqi yo‘q. Bu kecha haqida bir necha zaif va to‘qima hadislar kelgan. Bu kechada Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovat aytish haqidagi hadislar esa hasan deb topilgan. Jum’a kunidagi eng afzal amal Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishdir. Zero, jum’a - kunlarning eng afzali, u zot sollallohu alayhi vasallam esa odamlarning eng afzalidirlar. JUMA KUNIDAGI DUO IJOBAT BO'LADIGAN VAQT HAQIDA Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir hadisda: «Jum’a kunida shunday bir soat borki, musulmon bandaning Allohdan biron yaxshilik so‘rashi o‘sha paytga to‘g‘ri kelsa, Alloh unga o‘sha so‘ragan narsasini albatta beradi», dedilar. Eng to‘g‘ri fikrga ko‘ra, bu quyosh botishidan oldingi soat bo‘lib, bu fikrni Ibn Abbos, Abu Hurayra va ko‘pchilik sahobalar hamda Ato va Tovuslar aytishgan. JUMA KUNI VAFOT ETISH HAQIDA Juma kuni vafot etgan kishining fazli haqidagi hadis sahih emas. Buxoriy va boshqalar buning sababini bayon qilishgan. Zotan, kishini zamon emas, amallari poklaydi. Chunki u amalni ixtiyor qila oladi, zamonni emas. JUMA XUTBASI HAQIDA Xutba minbarlari faqat va’z-nasihat uchun emas, balki ummatga oid voqea-hodisalarni tushuntirish uchun hamdir. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam minbardan turib o‘zlariga tarafdor va muxolif bo‘lgan Aslam, G‘ifor va Usayya qabilalarining ahvolini zikr qildilar.
“Saud va Sora” — Qur’on ta’limiga asoslangan yangi multfilm! Imon, mehr va ilmu ma’rifat yo‘lida bir-birini qo‘llab-quvvatlagan aka-singilning ta’sirli hikoyasi! “Saud va Sora” bolalarga Qur’onni sevish, yaxshilikni tanlash va Allohga yaqin bo‘lishni o‘rgatadi. Har bir sahna — saboq, har bir so‘z — ibrat. Bu multfilm kichkintoylar qalbida Qur’on va islomiy qadriyatlarga muhabbat uyg‘otadi. 🔗 t.me/SaudvaSora ⚡️
https://youtu.be/jmy284fsS1o?si=iLVBTUAhD1coQO9P
Masjidda oyoq kiyimni yo’qotish kichik yo’qotish. Masjidda oyoq kiyim bo’lmasligi katta yo’qotish.
без подписи
без подписи
Qish – musulmonning bahori Qish fasli musulmon uchun Allohning ulug‘ ne’matidir. Bu fasl ibodatlarni qulay va xotirjam amalga oshirish uchun katta imkoniyat yaratadi. Salaflar bu faslni “musulmonning bahori” deb atashgan. Ibn Rajab al-Hanbaliy rahimahulloh shunday degan: “Qish musulmonning bahoridir. Unda ro‘zasi oson, tahajjudi esa qulay bo‘ladi.” 1. Qisqa kunlar – ro‘za uchun imkoniyat Qish kunlari qisqa bo‘lgani uchun nafl ro‘zalarni tutish osonlashadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Ro‘za – o‘tga (jahannamga) qarshi qalqondir.» (رَوَى البُخَارِيّ: «الصِّيَامُ جُنَّةٌ») Kunlarning qisqaligi ro‘zalarni tutishni yengillashtiradi va sabrni o‘rgatadi. 2. Uzun kechalar – tahajjud va ibodat vaqti Qish kechalari uzun bo‘lib, nafl ibodatlarni, tahajjud va Qur’on tilovatini qulay amalga oshirishga imkon beradi. Qur’onda Alloh taolo tahajjud haqida shunday marhamat qiladi: «Tunning bir qismida esa, nafl namoz o‘qing (tahajjud o‘qing). Shoyadki, Robbingiz sizni maqom-mahmudga yetkazsa.» (وَمِنَ ٱلَّيْلِ فَتَهَجَّدْ بِهِۦ نَافِلَةًۭ لَّكَ عَسَىٰٓ أَن يَبْعَثَكَ رَبُّكَ مَقَامًۭا مَّحْمُودًۭا) (Al-Isro, 79-oyat). 3. Fazilatli amallarni ko‘paytirish va zikr qilish Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmonlarni har doim zikr va ibodatda davom etishga undaganlar: «Allohni zikr qiladigan til, shukr qiladigan qalb, va solih amallar bilan band bo‘lgan tana Allohga eng mahbubdir.» (تَرْمِذِي: «لِسَانٌ ذَاكِرٌ وَقَلْبٌ شَاكِرٌ وَجَسَدٌ عَلَى الْبَلَاءِ صَابِرٌ») 4. Ibn Mas’ud roziyallohu anhu so‘zlari Ibn Mas’ud roziyallohu anhu qish faslini quyidagicha tariflaganlar: “Qish musulmonning bahoridir: unda kunlar qisqa bo‘lib, ro‘zalar oson, kechalar uzun bo‘lib, tahajjudga qulay.” deganlar. Shuning uchun bu kunlarni g’animay bilaylik. Qishni bahor kabi yashaylik, oxirat hosilini to‘plab qolaylik! @Haniyftv
🎉🎉🎉 #Xushxabar Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Allohning yordami ila “Rosululloh sollallohi alayhi vasallamning hadislari” deb nomlangan yangi vebsayt (website) loyihani tashkil qilib boshladik, alhamdulillah. Vebsayt (website) linki: www.zis-hadis.com Umumiy ma’lumot ushbu videoda bayon qilingan. Bu e’lonni imkon qadar ko’p insonlarga ulashishingizni so’raymiz, toki musulmon xalqimiz bu loyihani bilib, tushunib bu buyuk savobli ishda hissador bo’lib, hadislardan ko’proq insonlar xabardor bo’lishsin va manfaat olishsin. Alloh amallarimizni xolis qilib ijobat qilsin, amin. Dastak uchun: Ton tarmog’i uchun: UQDoT_ee9ewnvFMqkXkMNqS_kNdb9pq6weCITG1lIkMiN6by Batafsil ma’lumot va aloqa uchun: @zis_support 📝 Telegram 🎞 YouTube 💻 Instagram 🇺🇿 Umma life ✅ TikTok
ТОЛİБАЛАР учун Арабча / Узбекча луғат !! Қулай ва Керакли сўзлар 📝 Шу пдфни тузган , ёзган ва толибаларга етиб келишида ҳиссаларини қўшган биродарларимиздан Аллоҳ рози бўлсин , ажрларини берсин !! Аллоҳ ТАОЛО Манфаатли қилсин ! https://t.me/c/1848082418/120
Yana bir yaxshilik mavsumi, poklanish uchun yana bir imkoniyat. Аlloh taolo banadalarini gunoh kirlaridan, maʼsiyatning qora dogʼlardan poklashni istaydi. Shuning uchun مواسم الخير «Yaxshilik mavsumlari»ni koʼpaytirgan. Shulardan biri Oshuro kuni roʼza tutishdir.…
Yana bir yaxshilik mavsumi, poklanish uchun yana bir imkoniyat. Аlloh taolo banadalarini gunoh kirlaridan, maʼsiyatning qora dogʼlardan poklashni istaydi. Shuning uchun مواسم الخير «Yaxshilik mavsumlari»ni koʼpaytirgan. Shulardan biri Oshuro kuni roʼza tutishdir. Oshuro — Muharram oyining oʼninchi kuni. Muharram esa hijriy yilning birinchi oyidir va bu oy kirganiga ham 3-4 kun boʼldi, yani 1446-h yangi yil boshlandi. Yangi uyga loyga bulgʼangan kir kovush bilan kirilmaganidek, yangi yilga ham eski yil kirlari bilan kirmaylik! Paygʼambar sollallohu alayhi va sallam Oshuro kuni roʼza tutganlar va «kelasi yil nasib etsa, toʼqqizinchi kuni ham roʼza tutaman», deb orzu qilganlar. Lekin kelasi yil olamdan oʼtdilar, ota-onam, jonu molim fido boʼlsin sollallohu alayhi vasallam. 🌤️ Dushanba 15-iyun kuni 9-muharram. Paygʼambar sollallohu alayhi vasallam roʼza tutishni orzu qilgan kun. Аgar siz shu qutlugʼ kunga sogʼ-salomat yetib kelsangiz, Paygʼambaringiz sollallohu alayhi vasallam roʼza tutishni orzu qilgan kuni roʼza tuting. 🌤️ 16- iyun Oshuro kuni yaʼni 10-muharram. Oshuro roʼzasi haqida janobimiz: “أفضل الصيام بعد رمضان شهر الله المحرم" “Ramazon oyidan keyingi eng afzal roʼza Аllohning Muharram oyida tutilgan roʼzadir”, deb marhamat qilganlar. Muslim «Sahihi». Hadis maʼnosiga koʼra nafl roʼzalar tutiladigan eng afzal oy Muharram oyidir. Shunga koʼra istagan kishi shu oyda koʼproq roʼza tutishi mashruʼdir. Аgar roʼza tutmasa, hech qanday zarari yoʼq. Аmmo Oshuro kuni roʼza tutish janobimiz sollallohu alayhi va sallam targʼib qilgan eng afzal amaldir. Shuning uchun Oshuro kuni havo isib, 60 gradus koʼrsatsa ham, ishingiz boshingizdan oshib ketgan boʼlsa ham bor kuchingizni toʼplab shu kuni roʼza tutishga harakat qiling. Yana boshqa hadisda Janobimiz: «Oshuro kunining roʼzasi oʼzidan avvalgi bir yillik gunohlarga kafforat boʼladi, deb umid etaman», deganlar. Muslim va Аbu Dovud rivoyati. Fursatni boy bermang! Yangi 1446-h yilga eski yil kirlari bilan kirmang, aksincha hamma kirlardan poklangan holda kiring. 🌤️ Dushanba 15-iyun — 9 muharram. 🌤️ Seshanba 16-iyun — Oshuro; 10-muharram. 🌤️ Chorshanba 17-iyun — 11-muharram. Аlloh barchamizni Oʼzi suygan amallarga muvaffaq aylasin. @haniyftv
https://t.me/Al_MumteAjrrumiyya
Assalamu Alaykum va rahmatullohi va barakatuh Allohni Fazli bilan TAYSIRUS Sarf darsi Tugadi Hammaga Alloh Manfatliy qilsin kop foydalar bilan Chiqishlikni Nasib qilsin