Teacher Azam
СтатистикаTEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 7 528
- 1/48двое суток
- 8 627
- 1/72трое суток
- 9 304
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Bu hafta dunyoda ham, O‘zbekistonda ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydigan voqealar ko‘p bo‘ldi. Hafta Tahlilining 17-sonida shu voqealar ortidagi savollarni muhokama qildik: jamiyatimizda nimalar o‘zgarayapti, hokimiyat va odamlar o‘rtasidagi munosabatlar qayerga qarab ketyapti, dunyodagi jarayonlar bizga qanday ta’sir qilishi mumkin? Bu son faqat yangiliklarni sanab o‘tish haqida emas. Biz ko‘rgan voqealarning sabablarini, oqibatlarini va ular haqida o‘ylashga arziydigan jihatlarini muhokama qildik. Ayrim mavzular og‘ir. Ayrim fikrlar esa bahsli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu safar sizning fikringiz ayniqsa muhim. Siz bu voqealarga qanday qaraysiz? Qaysi mavzuga qo‘shilasiz, qaysi fikr bilan bahslashasiz? Fikringizni izohlarda qoldiring. Hurmatli va mazmunli munozara — Hafta Tahlilining eng muhim qismidir. Do'stlarga jo'natishni unutmang 👇 https://youtu.be/7QtDBlvLvbQ
Nega siz kech uxlaysiz-u, kattalar erta uxlashga yotishadi? O‘ylab ko‘rganmisiz, nega bobo-buvilaringiz erta uxlab, barvaqt uyg‘onishadi-yu, sizda bo‘lsa teskarisi: tungi soat 1, 2 yoki xattoki 3 gacha uyqingiz kelmaydi? Bugun shu haqida suhbatlashamiz. Endi, keling, uzoqroqdan boshlaymiz. Tarixga qaytamiz! 2 million yil mobaynida, qadimgi odamlar guruhlari tabiat qo‘ynida, yovvoyi hayvonlar bilan deyarli bir xil joyda uxlashgan. Savol tug‘iladi, nimaga o‘zi biz buni bilishimiz kerak? Eshitib turing!.. Nega yovvoyi hayvonlar bizni ovlab, qirib yubormagan? Siz aytishingiz mumkin, albatta, qirmaydi-da, axir, qadimgi odamlar g‘orlarda uxlashgan! Aslida, bu — mif. Ajdodlarimiz deyarli g‘orlarda yashamagan, ular ochiq osmon ostida uxlashgan. Qo‘ysangiz-chi, ularda olov ham bo‘lgan, dersiz? Bu ham noto‘g‘ri. Insoniyat olovni kashf qilishidan yuz minglab yillar oldin, ajdodlarimiz tunni olovsiz o‘tkazishgan. Hop, unda nimaga? Javob — oilangizda… Olimlar buni fanda “Sentinel gipotezasi” deb atashadi. Antropologlar zamonaviy ovchi-yig‘uvchilar (bizning qadimgi ajdodlarimiz)ni 20 kunlik uxlash rejimini o‘rganib chiqishganda, ular bir narsani topishdi. 20 kunda o‘rtacha 11 soatdan tun bo‘lgan deb olishgan. 220 soatlik tundan atigi 18 daqiqa butun qabila bir vaqtda uyquda bo‘lgan, qolgan har qanday vaqtda esa har doim kamida bitta odam uyg‘oq bo‘lgan va qabilani himoya qilgan. Ko‘ryapsizmi, bu narsa oldindan mavjud. Bobo-buvingiz siz uyg‘oq payti uxlaydi, siz endi uxlashga yotmoqchi bo‘lgan paytda uyg‘onishadi. Demak, sizning uyqusizligingiz — kasallik emas, balki qadimiy himoya mexanizmi! Siz — tun qoʻriqchisisiz😎 Buni kechqurun soat 2 gacha uxlamaydigan doʻstingizga yuborib qoʻysangiz boʻladi😁 ✅@TeacherAzam
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. — Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Соединенных Штатов Америки Дональдом Трампом. #Mirziyoyev #muloqot #AQSh #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Qiziq qiziq
Fikringiz?
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Dunyoda qiziq mamlakatlar borda… Ba’zilarida mustaqillik kuni yo‘q bo‘lsa, ba’zilarida shunday qiziqarli so‘zlari bor. Dunyoda yana bir qiziqarli davlat bor. Bu davlatning har xil grammatika va so‘zlar bilan yoziladigan ikki xil rasmiy yozuvi mavjud. Bu — Norvegiya. Norvegiya bir paytlar Daniya mustamlakasi bo‘lgan. Shu paytda norveg tilida gaplashishgan bo‘lsa-da, hamma hujjatlar, rasmiy xatlar va darsliklar daniya tilida bo‘lgan. Nihoyat, 1814-yilda Norvegiya Daniyadan mustaqil bo‘lib chiqqanda, Norvegiya hukumati bir narsaga kelishishi kerak edi: Qaysi yozuv bilan yozishni davom ettirish? Buning ustida bir vaqtning o‘zida ishlagan ikki mutaxassis hukumatga ikkita umuman har xil yechimni taqdim etgan. Bittasi maktab o‘qituvchisi Knud Knudsen. Uning g‘oyasi ― allaqachon mavjud bo‘lgan daniya tili yozuvini olish va uni norvegiyalashtirish. Bu uslub ― Bokmål (kitob tili) deb ataladi va Norvegiyaning 90% aholisi tomonidan foydalaniladi. Ikkinchisi esa uyda o‘qitilgan fermer o‘g‘li Ivar Aasen. U Daniya yozuvi mustamlakachilar yozuvi ekanligini ta’kidlagan va 1840–50-yillarda butun Norvegiyani kezib, mamlakat bo‘ylab saqlanib qolgan yozuv tizimini qaytarmoqchi bo‘lgan. Bu uslub ― Nynorsk (yangi norveg tili) deb ataladi. 1885-yilda Nynorsk, 1907-yilda esa Bokmål ham rasmiy yozuv sifatida tan olingan. Mana 140 yildir-ki, ikki yozuv ham amalda. (Sizga bu hech nimani eslatmayaptimi?) Qiziqarli bo‘lgan bo‘lsa, buni do‘stingizga ham ulashib qo‘ying😉 ✅@TeacherAzam
Bunaqasi har doim ham bo‘lavermaydi. Rahimov School’da bepul kurslarga qabul boshlanibdi! Siz agar 9-, 10-, 11-sinfda o‘qisangiz, unda siz 100%lik grant bilan Rahimov School’da bemalol o‘qisangiz bo‘ladi. 11-avgust, soat 09:00da Toshkent yoki Farg‘onada 4 bosqichli: matematika, ingliz tili, insho va suhbat imtihonlaridan o‘tasiz va grantni qo‘lga kiritasiz. Imtihonlarda qatnashish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
🎉 Rahimov School'da bepul o'qing! Barcha maktablarimiz: • Lokomotiv filialida — 9-10; • Ibn Sino filialida — 9-10-11; • Farg'ona filialida — 9-10-11- sinflar uchun 100% lik grant e'lon qilyapmiz 🔥 Imtihonni 4 bosqichda o'tkazamiz: • Matematika • Ingliz tili • Insho • Suhbat ⚡️Qachon? • 11-avgust, 9:00 da 📍Qayerda? • Toshkent va Farg'onada 👉 Ro'yxatdan o'ting: forms.gle/Wo6DfzVGSHq1YvGQ7 @RahimovSchool
видео или голосовое, без подписи
Ushbu Hafta Tahlili sonida so‘nggi kunlarning eng dolzarb va murakkab mavzularini tahlil qildik. Jamiyat, siyosat va global voqealar bilan bog‘liq ayrim masalalar turli qarashlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli har bir mavzuni imkon qadar dalillar va turli nuqtayi nazarlar asosida muhokama qilishga harakat qildik. Sizning fikringiz ham ushbu muhokamaning muhim qismidir. Ko‘rsatuvni tomosha qilgach, mavzular yuzasidan o‘z mulohazalaringizni izohlarda qoldiring. Mazmunli va hurmatga asoslangan fikr almashinuvi dolzarb masalalarni chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Agar ushbu tahlil siz uchun foydali bo‘lgan bo‘lsa, videoni qo‘llab-quvvatlang, kanalga obuna bo‘ling va keyingi sonlarni o‘tkazib yubormaslik uchun bildirishnomalarni yoqing. Do'stlarga jo'natishni unutmang👇 https://youtu.be/gLZYSjcT6Lc
видео или голосовое, без подписи
🇺🇸American University of Technology (AUT) da yakuniy Ochiq eshiklar kuni! 📅 Magistratura: 7-avgust, 18:00 📅 Bakalavriat: 8-avgust, 11:00 va 14:00 Barcha abituriyentlar uchun AUTda butun o‘qish davriga 20%lik grant mavjud. Sizni nimalar kutmoqda: • Arizona State University (ASU) bilan hamkorlikdagi dasturlar • Professorlar bilan yuzma-yuz uchrashuv • AUT va ASU qo‘shma diplomi haqida barcha ma’lumotlar • Qabul va grantlar haqida hamma ma’lumotlar ⏰ Kuzgi semestr uchun 100 tadan kam o‘rin qoldi. 2026-yilda grant asosida o‘qishga kirishga ulgurib qoling! Joylar soni cheklangan. Ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи