Temuriy | Blog
СтатистикаDunyoni o'zgartir, boshlab shu xonadan! @Temur_Bahromov
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 52
- 1/48двое суток
- 59
- 1/72трое суток
- 64
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bir tanish DTM'dan 53 ball olibdi. Qayerga kirsam bo'ladi deb maslahat so'rayapti. Shu, instagram yoki telegramga deb qo'yaverdim) @Temuriy_blog
Yaponlarda "ikigai" nomli tushuncha bor. Ya'ni insonni ertalab uyg'otadigan, yashashiga mazmun beradigan narsa. Xo'sh, sizda bu nima? @Temuriy_blog
Ishdan bo'shash – ham og'riqli, ham yoqimli his!) @Temuriy_blog
Sizda did juda yuqori. Nima uchunligini bilasiz-a?) @Temuriy_blog
Qachon vergul, qachon nuqta qo'yishni bilish faqat insho yoki diktantlar uchun emas, hayotimiz davomida ham kerak bo'lishini o'sha paytlar tushunmaganmiz-da) • Temuriy @Temuriy_blog
Har qanday munosabatda ikki kishi orasidagi vaziyat yoki muammo doimo ochiq-oydin hal qilinishi kerak. Bir-birining ortidan ish qilish, barchasini ichga yutish yoki "o'zi tushunib olar" deb yurish ko'p hollarda muammoni kattalashtiradi. 10 daqiqalik oddiy suhbat esa ko'p narsani o'z o'rniga qo'yishi mumkin. Har doim ham kelishib ketilmaydi. Lekin hech bo'lmaganda ikki tomon bir-birining asl fikrini biladi. Bu esa haqiqatning o'zidan ham xavfliroq bo'lgan gumon va taxminlarga chek qo'yadi. @Temuriy_blog
Nima uchun so'nggi vaqtlarda podkastlar, sayohat va layfstayl vloglar, shaxsiy bloglar trendda va ko'proq kuzatilyapti? Sabab oddiy. Chunki ularda samimiylik bor. Oldin odamlar ko'proq yangi bilim va ma'lumot izlar edi. Hozir esa axborotning o'ta ko'pligi, "доступ"ning juda tez va osonligi ko'pchilikni to'ydirdi. Ayni dam insonlar uchun shaxsiyatlar qiziq, xarakterlar qiziq, real kuzatuvlar hamda ularga bo'lgan samimiy fikr va hissiyotlar qiziq. Bu tendensiya hali uzoq davom etsa kerak. Chunki axborot tobora arzonlashgani sari, uning kim tomonidan aytilishi, muallifning aurasi, samimiyati, adekvatligi va xarizmasi qimmatlashib boraveradi! @Temuriy_blog
Haftadan beri bo'layotgan bu jaziramani ko'rib, bir narsaga amin bo'ldim: – Quyosh kular jiz-jiz)) @Temuriy_blog
Alifboni bu tarzda özgartiriş ğoyasi nima uçun kerakligini tuşunmadim lekin) @Temuriy_blog
Tarvuz ham yeb bo'lmay qoldi. Tezroq pishsa, tezroq sotamiz deb dorini ayamay solib yotishibdi shekilli( @Temuriy_blog
97-modda | 7.5/10 "Salom Tv"dan navbatdagi serial. Bu gal bizda kamdan kam uchraydigan detektiv-triller janri tanlangan. Ko'pchilik allaqachon ko'rib ulgurgandir. Men doim biror narsa atrofida uning haypi tugagach tomosha qilaman. Serial ajoyib. Lekin to'liq o'ziga bog'lay olmadi. Nimadir yetishmagandek bo'ldi... Start va finishdagi sut bilan qon sahnalariga esa gap yo'q! @Temuriy_blog
Yaponiyaga oldin umuman bo'lmagan simpatiyam so'nggi kunlarda oshib boryapti. Bunga sabab bo'lgan narsalar esa kutilmaganda juda oddiy. 1. "Miki Matsubara – Stay with me" Aslida sevgi mavzusidagi bu qo'shiq Yaponiyaning o'ziga xos "vayb"ini to'liq his qildiradi. Har safar xayolan o‘sha muhitga tushib qolgandek maza qilib eshitaman. 2. Futbol Yaponiya terma jamoasi juda tartibli va o‘zgacha tarzda chiroyli futbol o‘ynaydi. Shu sababli ular ko‘pincha yaxshi natijalar va kutilmagan sensatsiyalarga erishishadi. O‘yinlarini tomosha qilish zeriktirmaydi. Ha, umumiy olganda yaponlarning madaniyati, tozalikka e'tibori va intizomi doim e'tirof etiladi. Lekin bular shu paytgacha menda katta qiziqish uyg‘ota olmagan. San'at va sportning kuchi degani shu bo'lsa kerak! @Temuriy_blog
Xo'p. Jamoamizning Jahon chempionatidagi debyut o'yiniga o'z ko'zlarimiz bilan guvoh bo'ldik. Bu tarixiy voqea. O'yinga kelsak, sifat o'rtacha. Ishonaman, hali bu maksimalimiz emas. Umumiy olganda, mundialdan asosiy maqsadimiz qandaydir natijalar emas, faqatgina…
Hozirgi bolachalar o'tirib, 10 daqiqa televizor ko'ra olishmas ekan-a?! Multfilm degan narsaga qiziqish yo'q. Kattalardan battar "Youtube Shorts"ga bog'lanib qolishgan. Albatta asosiy ayb kattalarda. O'zlarining biroz tinchligini o'ylab, hali go'dakligidayoq oldiga telefon qo'yib qo'yishyapti. Buni ularning tarbiyasi, diqqati va fikrlash rivojiga ta'sirini bir nechta jiyanchalar misolida ko'rdim. Menimcha, hozirgi zamonda bu masalada qattiqroq turaverish kerak. Bola aql-xushini tanib olmaguncha, haqiqiy zarurat paydo bo'lmaguncha, telefonga yaqinlashtirmaslik, unga qiziqish uyg'otmaslik zarur. Bu esa, avvalo, ota-onalar va yaqinlarining o'z amallariga bog'liq! @Temuriy_blog
Xo'p. Jamoamizning Jahon chempionatidagi debyut o'yiniga o'z ko'zlarimiz bilan guvoh bo'ldik. Bu tarixiy voqea. O'yinga kelsak, sifat o'rtacha. Ishonaman, hali bu maksimalimiz emas. Umumiy olganda, mundialdan asosiy maqsadimiz qandaydir natijalar emas, faqatgina O'zbekistonning reklamasi bo'lishi kerak. 3 ta mag'lubiyat, lekin chiroyli, hurmatga sazovor va boshqalarning esida qolib ketadigan o'yinlar bilan qaytsak ham, rozimiz. Bundan tashqari ushbu turnir futbolchilarimiz uchun Top 5 yoki kuchliroq chempionatlarga tramplin bo'lishi kerak. Birinchi nomzod – albatta Abbos. Bugungi o'yinda Behruz Karimov va Doston Hamdamov ham o'zlarini yaxshi ko'rsatishdi. Futboldan tashqari esa boshqalarda "o'zbeklar o'zi kim, ular qanday xalq?" degan qiziqish uyg'onsin. O'sha yerlardagi yurtdoshlarimiz, rasmiy delegatsiyalarimiz, futbolchilarimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi faolligimiz orqali madaniyatimiz hamda qadriyatlarimizni ko'rsatib, bu savolga go'zal tarzda javob berib qaytmog'imiz lozim. @Temuriy_blog
Ertaga ertalab hamma Tv qarshisida termamiz o'yinini ko'rib, rasmga tushib, hisobot tashlasin. Bitta-bitta +, - qilinadi!) @Temuriy_blog
Jahon chempionatiga juda oz qoldi. Har bir futbol muxlisi uchun ushbu turnir katta bayram. Bu galgi mundialda termamizning ham ishtiroki esa tort ustidagi qulupnayni o'zi) @Temuriy_blog
Yozda bunday salqin bo'lishini endi ko'rishim (Xorazm). Bu yil ob-havo ham yangi yildan keyingi meni hayotim kabi tushunarsiz va tartibsiz bo'lib ketti) @Temuriy_blog
Maktab va oqibatni bitirganimizga ham 5 yil bo'libdi) @Temuriy_blog
Hatto, daraxtlarning shamolda tebranishi ham oldingidek samimiy emas... @Temuriy_blog