Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti akademik litseyi (sobiq TerDU 1-son akademik litsey)
Статистика- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 33
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 154
- 1/48двое суток
- 176
- 1/72трое суток
- 190
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🖥 Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘yicha apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni boshlandi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan va belgilangan tartibda my.edu.uz platformasi orqali apellyatsiya shikoyati bergan talabgorlarning murojaatlari 2026-yil 14-avgust kuni ko‘rib chiqiladi. ℹ️Apellyatsiya o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt har bir abituriyentning my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan. ‼️ Eslatma: Ariza bergan talabgorlar 14-avgust kuni belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishlari shart. Bizni kuzating! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️8-avgustgacha yo‘nalish tanlang! Abituriyentlar 8-avgustga qadar (shu kuni ham) oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari kerak. Aks holda o‘qishga qabul qilinmaydi. 🖥 Tanlov my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limidagi “OTM tanlash” xizmati orqali amalga oshiriladi. ❇️ Avval “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha tanlov qilinadi. So‘ng test fanlari majmuasi va ta’lim tiliga mos 5 tagacha OTM, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shakli tanlanadi. 📱 Tanlov “Saqlash” tugmasi va SMS-kod orqali tasdiqlanadi. Shundan so‘ng “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. ✅ Muddat tugaguniga qadar tanlovni o‘zgartirish mumkin. 🗓 Yakuniy natijalar yo‘nalish tanlash jarayoni tugaganidan so‘ng bir hafta ichida e’lon qilinadi. 👉 Batafsil: @DTM_Mandat_Bot 📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati 🌐tdmau.uz ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook 📹YouTube
❓ Танлов устуворлигини белгилаш нима дегани? Йўналиш танлашда абитуриент қайси нарсани устувор деб ҳисоблашини танлайди: 🎓 1️⃣ Давлат грантини устувор қилиш Бу ҳолда сиз танлаган барча йўналишлар бўйича аввал давлат гранти учун кўриб чиқиласиз. Агар грантга ўта олмасангиз, шундан кейин тўлов-контракт бўйича сараланасиз. ✅ Бу вариант: «Қайси йўналиш бўлишидан қатъи назар, асосий мақсадим — грантга кириш» деганлар учун. 📚 2️⃣ Йўналишни устувор қилиш Бу ҳолда тизим сизни танлаган йўналишлар бўйича кетма-кет кўриб чиқади. Ҳар бир йўналишда аввал грант, кейин контракт имконияти текширилади. ✅ Бу вариант: «Мен айнан биринчи танлаган йўналишимда ўқишим керак. Контракт бўлса ҳам розиман» деганлар учун. 📷 Юқоридаги расмда ҳар икки ҳолатнинг саралаш кетма-кетлиги кўрсатилган. ⚠️ Устуворликни белгилашда жуда эҳтиёт бўлинг! Мандат чиққанидан кейин: ❌ «Мен бошқа йўналишга кирмоқчи эдим…» ❌ «Иккинчи ёки бешинчи танловимда ўқимоқчи эдим…» каби эътирозлар инобатга олинмайди. Шунинг учун танловни олдиндан пухта ўйлаб амалга оширинг. 🤖 Қулайлик: Ўз натижангизга мос йўналиш танлашда @DTMStat_bot сизга мукаммал ёрдам беради! Абитуриентларга юбориб қўйинг! Қабулга оид янгиликлар: 👉 @davlattestmarkazi 👈
#Qabul2026 #Abituriyent2026 Akademik litseylarga qabul test sinovlari 📆 Avval xabar qilinganidek, 24-25-iyul kunlari Akademik litseylarga qabul test sinovlari bo‘lib o‘tdi. 📊 Respublika bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida rejadagi 66 033 nafar abituriyentdan 57 ming nafardan ortig‘i ishtirok etdi. Ulardan 2 nafari tartib-qoidani buzganligi sababli jarayondan chetlatildi. 📣 Eslatma, imtihonlarning yakuniy natijalari kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng besh kun ichida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz, shuningdek, akademik litseyning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi. 😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilim Baholash agentligi https://maps.app.goo.gl/X3ZLeQb7n2byABv5A
Test o‘tkaziladigan manzil
Тестга кечикмасдан ўз вақтида етиб келишингиз лозим
Тест ўтказиладиган бино манзили, сана ва вақти абитуриентларнинг тестга кириш рухсатномасига ёзилган. Рухсатномалар абитуриентнинг рўйхатдан ўтган манзилига юборилган.
Абитуриент кириш тест синовларига ўзи билан бирга паспорт ёки туғилганлик ҳақида гувоҳномасининг асл нусхаси билан келиши шарт, шунингдек, тестга кириш рухсатномасини ҳам олиб келади
Эслатма: Жорий йилнинг 24-25 июль кунлари икки сменада барча давлат олий таълим ташкилотлари ҳузуридаги академик лицейлар учун кириш тест синовлари бўлиб ўтади
❗️Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi 2026/2027-o‘quv yilida “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari, Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litsey, “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi, IIVning akademik litseylari hamda davlat oliy ta’lim muassasalari huzuridagi akademik litseylarga o‘qishga kirish test sinovlari 24–25-iyul kunlari (2 kun) bo‘lib o‘tadi. Test sinovlari 2 smenada tashkil etiladi: ➖ 1-smena soat 09:00, ➖ 2-smena soat 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlar belgilangan hududga kamida 1,5 soat oldin yetib kelishi kerak. “Abituriyent ruxsatnomasi” my.edu.uz sayti orqali berilmoqda. Uni yuklab olib, chop etish soʻraldi. Testda faqat ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzil, sana va smenada ishtirok etish mumkin. Shuningdek, abituriyentlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ID-karta, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma) va ruxsatnoma bilan kelishi shart. ‼️Hujjat nusxasi bilan kelgan yoki kechikkan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
Bilim Baholash agentligi https://maps.app.goo.gl/X3ZLeQb7n2byABv5A
Test o‘tkaziladigan manzil
#Qabul2026 #AkademikLitsey #Ruxsatnoma ⚡️Akademik litseylarga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun hujjat topshirgan o‘quvchilar diqqatiga! Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini olishi mumkin: 1️⃣ my.edu.uz hamda my.gov.uz platformalarida shaxsiy kabinetga login va parol bilan kirgan holda yuklab olishi; 2️⃣ Bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin. Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganlik tooʻgʻrisida guvohnoma yoki pasport) va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi. 📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi. 🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda 👈 📋 IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati 👈 Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Bugun, 10-iyul kuni 2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylarga hujjatlarni qabul qilish jarayoni yakunlanadi. Nomzodlar arizalarni my.edu.uz portali orqali topshirishlari mumkin. Xabaringiz bor, 10-iyun sanasidan boshlab 2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylarga qabul boshlangan edi. Hujjatlar qabuli bugunga, 10-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Talabgorlar hujjatlarini my.edu.uz portali orqali onlayn tarzda topshirishi mumkin. Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlarini kiritishi hamda quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashi lozim: — 3,5×4,5 sm o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat; — o‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar (mavjud bo‘lsa): fan olimpiadasi g‘olibi ekanini tasdiqlovchi diplom, chet tili yoki umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatlar. 👉 @TERDMAUAL 👈
#Qabul2026 #Abituriyent #Statistika Akademik litseyga qabul boʻyicha arizalar statistikasi Akademik litseyga qabul boʻyicha jami 12 108 ta ariza kelib tushdi. Ma’umotlar 17-iyun soat 18:05 holatiga ko‘ra 📌Arizalar onlayn tarzda my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи