tgindex
TIBBIY LUG‘AT

TIBBIY LUG‘AT

Статистика
@Tibbiy_lugatузбекский

Tibbiy atamalar va ularning izohi bilan tanishtirib boruvchi kanal. Mundarija: t.me/tibbiy_lugat/69

Последний пост
26 мая
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
23
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
2 028
−9 за 5 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
3 290
22 постов
Вовлечённость
162,2%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 23
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 26 мая2 17528

    ➡️ Biopsiya — davolash va kasallikni aniqlash maqsadida tirik odamning to'qima yoki biror a'zosidan bir qismini kesib olib tekshirish. Asosan, xavfli o'smalar va qon yaratish tizimi kasalliklarini aniqlashda qo'llaniladi. Ilmiy tekshirish ishlari olib borishda ham biopsiyadan foydalaniladi. To'qima, biror a'zoni qisman olib tashlash ham biopsiya (davolash biopsiyasi) hisoblanadi. Biopsiya maxsus tibbiy asboblar (endoskop, qisqich, shpatel, jarrohlik pichog‘i) va jarrohlik usullari (punksiya, qirib olish va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi. Bu muolajada organizmga zarar yetmaydi. ✅ Foydali manzil: @Tibbiy_lugat

  • 24 апр.2 652431

    📚 KITOB JAVONINGIZ UCHUN ENG ZARUR ELEKTRON ADABIYOTLAR: ▶ UASH'lar uchun amaliy ko‘nikmalar to‘plami ▶ Методическое пособие по диагностике и лечению внутренних болезней ▶ Ichki kasalliklar (A.Gadayev) ▶ Umumiy amaliyot shifokori uchun pediatriya ▶ Klinik farmakologiyadan qo'llanma ▶ SSV tasdig'idan o'tgan asosiy dori vositalari ro'yxati, chiqarilish shakllari bilan ▶ Amaliyotda eng ko‘p ishlatiladigan dori vositalari klassifikatsiyasi ▶ Anesteziologiya va reanimatologiya hamda tez yordam sikllaridan amaliy ko‘nikmalar ▶ EKG bo‘yicha qo‘llanma (konspekt daftar) ▶ Qon klinik tahlili ko‘rsatkichlari va ularning diagnostik ahamiyati ▶ Shoshilinch holatlarda intensiv tez tibbiy yordam (Eshonov O.) ▶ «103» brigadalari tomonidan tez tibbiy yordam ko‘rsatish standartlari ▶ Tez tibbiy yordamda ishlatiladigan dorilar, ularning taʼsir mexanizmi ▶ KLINIK PROTOKOLLAR YUKLAB OLING! ━━━━━━━━━━━━━━ FOYDALI TIBBIY BLOG: ✅@KASALLIKLAR_UZ

  • 15 февр.5 60616

    без подписи

  • 15 февр.5 553115

    ENDOSKOPIYA Endoskopiya — bu bemorning ichki organlarini koʻrib chiqish va ularni tekshirish uchun qoʻllaniladigan tibbiy usul. Bu usulda endoskop deb ataladigan maxsus asbob yordamida ichki organlarning holati toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrib chiqiladi. Endoskop ingichka, egiluvchi trubka shaklida boʻlib, uning uchida kichik kamera va yorugʻlik manbai mavjud. Bu asbob bemorning tanasiga ogʻiz, burun, toʻgʻri ichak yoki boshqa tabiiy teshiklar orqali kiritiladi. Batafsil quyida o‘qing: 🩺 Endoskopiya turlari: Endoskopiya turli organlarni tekshirish uchun qoʻllaniladi va tekshiriladigan organga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: 1. Gastroskopiya — oshqozon va oʻn ikki barmoq ichagini tekshirish. 2. Kolonoskopiya — yoʻgʻon ichakni tekshirish. 3. Bronxoskopiya — nafas yoʻllari va oʻpkani tekshirish. 4. Sistoskopiya — siydik pufagini tekshirish. 5. Laparoskopiya — qorin boʻshligʻidagi organlarni tekshirish (bu holda endoskop kichik kesma orqali kiritiladi). 🩺 Endoskopiya qachon qoʻllaniladi? Endoskopiya quyidagi holatlarda tavsiya etiladi: ✈️ Ichki organlarda shish, yara, yalligʻlanish yoki boshqa patologiyalarni aniqlash. ✈️ Bemorning shikoyatlari (masalan, qon qusish, ich ketishi, ogʻriq) sababini topish. ✈️ Biopsiya uchun toʻqima namunalarini olish. ✈️ Baʼzi kichik jarrohlik amaliyotlarini bajarish (masalan, poliplarni olib tashlash, qon ketishni toʻxtatish). 🩺 Endoskopiyaning afzalliklari: 🔍 Minimal invaziv: Katta kesmalarsiz amalga oshiriladi. 🔍 Aniqlik: Ichki organlarni toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrish imkoniyati. 🔍 Tez tiklanish: Bemor tezda tiklanadi va kasalxonada uzoq vaqt qolish shart emas. 🔍 Koʻp maqsadli: Diagnostika va davolashni bir vaqtda amalga oshirish mumkin. 🩺 Endoskopiyaning tayyorgarlik bosqichlari: ▶ Parvarishlash: Bemorga endoskopiya oldidan ovqat yoki suv ichish ta'qiqlanishi mumkin. ▶ Sedatsiya: Koʻpincha bemor ogʻriq yoki noqulaylik his qilmasligi uchun yengil sedatsiya (uyqu dorilari) qoʻllaniladi. ▶ Infeksiyadan himoya: Asboblar steril holatda boʻlishi va bir marta ishlatiladigan materiallardan foydalanish zarur. 🩺 Endoskopiyaning mumkin boʻlgan asoratlari: Endoskopiya xavfsiz usul boʻlsa-da, baʼzi hollarda quyidagi asoratlar yuzaga kelishi mumkin: 🩺 Organlarning shikastlanishi (juda kam). 🩺 Qon ketish. 🩺 Infeksiya. 🩺 Sedatsiyaga reaksiya (masalan, allergiya). Endoskopiya zamonaviy tibbiyotda muhim oʻrin tutadi, chunki u ichki organlarning holatini aniq va tezda aniqlash imkonini beradi. Bu usul yordamida koʻplab kasalliklar erta bosqichda aniqlanadi va samarali davolash imkoniyati yaratiladi. ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ @TIBBIY_LUGAT - tibbiyotga oid atamalarning izohli baza-kanali!

  • 9 февр.3 737313

    ➡️ Parkinson kasalligi (titroq, falaj) — markaziy nerv tizimining surunkali kasalligi; ateroskleroz, ensefalit, jismoniy shikastlanish va boshqa(lar)da bosh miyaning po'stloq osti yadrolari zararlanishidan paydo bo'ladigan klinik sindrom. Ingliz shifokori J. Parkinson 1817-yili ta'riflab bergan. Parkinsonizmda mushaklar taranglashadi, yuz harakatsiz bo'lib qotib qoladi, bemor mayda qadam tashlab yuradi, harakatlari cheklanadi, hatto kiyinish, tugmalarni qadashda qiynaladi. Titroq, falaj ko'proq qo'l panjalaridan boshlanadi (bemor go'yo barmoqlari bilan sharchalar yasayotgandek harakat qiladi); bemorning boshi, oyoqlari ham titraydi, bemor qimirlamay turganda yoki juda hayajonlanganida, odatda, titroq kuchayadi, harakatlanganida kamayadi va uxlagan paytida bosiladi. Bemor buyruq bilan osonroq harakat qiladi. Uy sharoitida shifokor tavsiyasiga ko'ra, mushaklar taranglashuvini turli xil mashqlar yordamida bartaraf etish mumkin. ✅ Foydali manzil: @Tibbiy_lugat

  • 8 февр.2 938212

    ➡️ Anevrizma – tomir devorining cho'zilishi va bo'rtib chiqishi natijasida qon tomir yoki yurak bo'shlig'ining chegaralangan kengayishi. Miokard infakti, ateroskleroz, zaxm va boshqa kasalliklar, shuningdek, shikastlanish (travmatik anevrizma) sabab bo'ladi. Haqiqiy va soxta turlari bor. Haqiqiy anevrizma arteriya devorining shikastlanmay kengayishidan, soxta anevrizma esa tomir shikastlanganda devori yorilib, atrofdagi to'qimalarga qon quyilishidan vujudga keladi. Tomir devorining tug'ma nuqsonlari ham kasallikka olib kelishi mumkin. Ko'pincha, kasallik belgilari yaqqol ko'rinmaydi (simptomsiz kechadi). Anevrizma zararlangan tomir oziqlantiradigan to'qimalarning qon bilan ta'minlanishi buzilishiga sabab bo'ladi, u kattalashib ketsa yaqin joylashgan a'zo va to'qimalarni ezib qo'yishi mumkin. Yurakka yaqin joylashgan bo'lsa, yurak faoliyati buziladi. Ba'zan uning yorilishi va qon ketishi kuzatiladi. Odatda, jarrohlik usuli bilan davolanadi. ✅ Foydali manzil: @Tibbiy_lugat

  • 7 февр.2 77927

    ➡️ Agnoziya — fahmlash, tushunish qobiliyatiga ega bo'lmaslik. Bunda bemor sezgi a'zolari bilan narsalarni idrok qila olmaydi. Bosh miya katta yarim sharlari po'stlog'ining ba'zi qismlari zararlanganida kuzatiladi. Ko'rish, eshitish, taktil sezgi agnoziyasi va boshqa(lar) mavjud. Ko'rish agnoziyasida bemor so'zlarni o'qiy olmaydi, raqamlarni tanimaydi. Eshitish agnoziyasi (ruhiy karlik)da tanish tovushlar (parovoz ovozi, qo'ng'iroq jarangi, suvning shovullashi va h.k.) ni bemor aniqlay olmaydi, shuningdek, aytilgan so'zlarning ma'nosini anglamaydi. Taktil sezgi agnoziyasida bemor o'zi ushlab turgan narsaning nima ekanligini aytib berolmaydi va hokazo. ✅ Foydali: @TIBBIY_LUGAT

  • 4 февр.2 402332

    LUG‘AT MUNDARIJASI: A: Absess • Ambulatoriya • Asfiksiya • Adenoma • Anoreksiya • Angiospazm • Agnoziya • Amputatsiya • Analgeziya • Anafilaksiya • Affekt • Arrenoblastoma • Anevrizma • Ankiloz • Anoftalm • Abstinensiya • Atrofiya B: Bifurkatsiya • Bronxoskopiya • Biopsiya • Blokada • Bronx D: Dispepsiya • Displaziya • Disfagiya • Divertikul • Dermatomiozit • Derealizatsiya E: Eklampsiya • Elektrokardiografiya • Emboliya • Endoskopiya G: Gemodializ • Giperkeratoz • Giperemiya • Gipoplaziya • Glikozuriya • Gemiplegiya • Gepatosplenomegaliya I: Infiltrat • Immobilizatsiya • Infarkt • Ishemiya • Irradiatsiya K: Kaxeksiya • Kumulyatsiya • Koagulyatsiya M: Maskulinoma N: Neyroxirurgiya • Nekroz • Nistagm P: Parkinsonizm • Podagra T: Trepanatsiya • Temiratki V: Venepunksiya • Vaksina G‘: G‘altak nervi 👆Kerakli so‘z ustiga bossangiz, taʼrifini o‘qishingiz mumkin bo‘ladi. ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ @TIBBIY_LUGAT - tibbiyotga oid atamalarning izohli baza-kanali!

  • 3 февр.2 95529

    Furunkul Shikoyatlari: yallig‘lanish joyida og‘riq, ba’zida tana haroratini ko‘tartlishi. Anamnez: soch qopchasini ter bezlari va uni atrofidagi teri osti yog‘ to‘qimasini yiringli yallig‘lanishi. Asosan belda, bo‘yinda, dumbada, biqinda, yuzda bo‘ladi. Eng xavflisi yuzdagi — burun va yuqori lab qismdagisi hisoblanib, yuz venasi tromboziga bu esa bosh miya po‘stloq qismi va sinuslarini tarqalgan yallig‘lanishiga olib keladi.  Ko‘rik: og‘riqli, giperemiyalangan, shishgan, yiringli-nekrotik, markazi o‘zakli yallig‘lanish. Muolaja: 1. Furunkul lokalizatsiyasi yuzda og‘iz liniyasidan yuqorida bo‘lishi yuz-jag‘ xirurgiya bo‘limiga gospitalizatsiya qilishga absolyut ko‘rsatma bo‘ladi. 2. Qolgan hollarda poliklinika sharoitida davolanadi. ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ @TIBBIY_LUGAT - tibbiyotga oid atamalarning izohli baza-kanali!

  • 28 дек.3 00919

    без подписи

  • 28 дек.3 1181218

    🥳 OTIT — quloq yalligʻlanishi👂 📌 Otit — quloqning yalligʻlanishi bo‘lib, 3 turga bo‘linadi: ⬇️ Tashqi otit — quloq yo‘liga infeksiya tushishi ⬇️ O‘rta otit — ko‘proq bolalarda, og‘riq va isitma bilan ⬇️ Ichki otit (labirintit) — eng og‘ir shakli ⚠️ Belgilar: quloq og‘rig‘i, isitma, eshitish pasayishi, yiring oqishi 🦠 Sabablari: shamollash, gripp, noto‘g‘ri quloq kovlash, tumov ✅ Muhim! O‘z vaqtida davolanmasa — meningit, sepsis kabi xavfli asoratlar bo‘lishi mumkin. 📱 Manba bilan olinsin! ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ⚡️ @TIBBIY_LUGAT - tibbiyotga oid atamalarning izohli baza-kanali!

  • 3 дек.4 1388

    без подписи

  • 3 дек.4 740108

    ✔️ OS SPHENOIDALE - Ponasimon suyak — bosh suyagining markazida joylashgan murakkab shaklli suyak bo‘lib, u boshqa ko‘plab bosh suyaklari bilan tutashadi. U bosh miya asosining asosiy qismini tashkil etadi va miya, asablar hamda qon tomirlarni himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi. 🔹 Tuzilishi: 🦴 Markaziy tana (corpus ossis sphenoidalis) 🦴 Katta qanotlari (alae majores) 🦴 Kichik qanotlari (alae minores) 🦴 Pastki o‘simtalari – qanotsimon o‘simtalar (processus pterygoidei) 📍 Muhim tuzilmalar: Sella turcica (Turk egarchasi) – gipofiz bezi joylashadigan chuqurcha Sinus sphenoidalis – ponasimon bo‘shliq, burun bo‘shlig‘i bilan bog‘liq 📱 Manba bilan olinsin! ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ⚡️ @TIBBIY_LUGAT - tibbiyotga oid atamalarning izohli baza-kanali!

  • 3 дек.3 295612

    🥳BRUKSIZM— bu insonning anglamagan holda tishlarini g‘ijirlatishi yoki juda qattiq qisishi bilan kechadigan funksional buzilish bo‘lib, asosan uyqu vaqtida, ba'zida esa kunduzgi faoliyat davomida ham kuzatiladi.🤩 ✅ U quyidagi holatlar bilan xarakterlanadi: 🔴tishlarning bir-biriga kuchli ishqalanishi, 🔴jag‘ mushaklarining zo‘riqishi, 🔴tish sathining silliqlanishi yoki yemirilishi, 🔴bosh, jag‘ va yuz mushaklarida og‘riq bilan namoyon bo‘lishi. ✅BRUKSIZM HAQIDA BATAFSIL MA'LUMOT P/s: Bruksizm odatda stress, psixologik bosim, okkluzion buzilishlar, irsiy omillar, uyqu buzilishlari yoki mushak-tonik disfunktsiyalar fonida rivojlanadi. 📱 Manba bilan olinsin! ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ⚡️ @TIBBIY_LUGAT - tibbiyotga oid atamalarning izohli baza-kanali!

  • 2 дек.2 77214

    без подписи

  • 2 дек.2 479614

    🤩 FLYUOROZ - endemik nokaries kasallik 💉 Sababi: Organizmga tushadigan oziq-ovqat va suvdagi ftor me’yordan ortiq bo‘lsa, tish emali o‘zgaradi. 🥳BELGILARI: ⬇️ Tish emali rangining o‘zgargani (oq dog‘lar, sariq yoki jigarrang dog‘lar) ⬇️ Emal qattiqligi kamayishi ⬇️ Tish yuzasida nozik chiziqlar yoki dog‘lar paydo bo‘lishi ✅ FLYUOROZ HAQIDA BATAFSIL MA'LUMOT 📱 Manba bilan olinsin! ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ⚡️ @TIBBIY_LUGAT - tibbiyotga oid atamalarning izohli baza-kanali!

  • 1 дек.4 04215

    без подписи

  • 1 дек.3 35215

    без подписи

  • 1 дек.1 880515

    🥳AKROSIANOZ — qo‘l-oyoq barmoqlari, burun va quloq uchlarining ko‘kimtir rangga kirishi bilan tavsiflanadigan holat. 🔍 Ta’rif: Akrosianoz periferik (chekka) qon aylanishi sustlashganda yoki to‘qimalarga kislorod yetib bormaganda yuzaga keladi. Teri odatda sovuq, nam va ko‘kish tusda bo‘ladi. ⚠️ Qaysi holatlarda uchraydi? ⬇️ Yurak poroklari va tug'ma nuqsonlarda ⬇️ Surunkali yurak-qon tomir yetishmovchiligi ⬇️ O‘pka kasalliklari (bronxit, pnevmoniya, bronxial astma va boshqalar) ⬇️ Periferik qon aylanishi buzilishlari 📌P/s: Akrosianoz — mustaqil kasallik emas. U organizmdagi boshqa jiddiy muammolarning belgisidir. Sababini aniqlash muhim. 📱 Manba bilan olinsin! ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ⚡️ @TIBBIY_LUGAT - tibbiyotga oid atamalarning izohli baza-kanali!

  • без подписи