tgindex
TINCHLIK MFY
@Tinchliksoyузбекский

ОАВ https://t.me/Tinchliksoy Чуст тумани "Тинчлик" МФЙ да бўлаётган янгиликлар хақида маълумотлар берилиб борилади. Мурожаат учун 👉 @UZBEK2996

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
13
Всего постов
116
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
213
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
164
40 постов
Вовлечённость
77,0%
к подписчикам
Постов в день
1,9
всего 116
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
127
1/48двое суток
145
1/72трое суток
156

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X

  • ☄️ Endilikda Chust tuman davlat xizmatlari markazi orqali Pasportni ID-kartaga tez va qulay sharoitlarda almashtirishingiz mumkin. 📗 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son qarori bilan Chust tuman davlat xizmatlari markazi binosida ham 11-avgustdan boshlab ichki ishlar bo‘limlari bilan bir vaqtda O‘zbekiston fuqarolariga ID-karta pasportini rasmiylashtirish va berishni boshladi. ✅ DXMda xizmatlar eksterritoriallik tamoyili asosida (ro‘yxatda turgan joyingizdan qat’iy nazar) taqdim etiladi. 📍Manzil: Chust tuman, Kamarsada MFY, so'fizoda Ko'chasi, 1-uy; 🪪 Shu kunning o‘zida (1-soat davomida) yangi ID karta tayyorlanadi va taqdim etiladi!

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • #Мустақиллик_35_йиллиги_арафасида «Оғир тоифа»даги маҳаллаларда ободлик ва янгиланиш ишлари давом этмоқда Чуст туманида Президентимизнинг ПҚ-49-сонли қарори ижроси доирасида «Оғир тоифа»га киритилган маҳаллаларда кенг кўламли қурилиш, ободонлаштириш ва инфратузилмани яхшилаш ишлари изчил давом этмоқда. Дастур асосида тумандаги «Тинчлик», «Оғасарой», «Ёрқишлоқ», «Еттиқўрғон», «Кўча», «Машхад» ҳамда «Янгиобод» маҳаллаларига жами 25 миллиард сўм маблағ йўналтирилган бўлиб, ушбу маблағлар ҳисобидан аҳоли учун қулай яшаш шароитларини яратишга қаратилган қатор лойиҳалар амалга оширилмоқда. Хусусан, ички йўлларни асфальтлаш, электр тармоқларини янгилаш, тунги ёритиш тизимларини ўрнатиш, трансформаторларни алмаштириш, ариқларни бетонлаш, ичимлик суви тармоқларини таъмирлаш ва янгилаш ишлари жадал суръатларда олиб борилмоқда. Амалга оширилаётган бунёдкорлик ишлари маҳаллалар қиёфасини тубдан яхшилаш баробарида, аҳолининг кундалик турмуши учун янада қулай, обод ва хавфсиз муҳит яратишга хизмат қилмоқда. Энг муҳими, мазкур кенг кўламли ишлар замирида инсон манфаати, аҳоли фаровонлиги ва инсон қадрини юксалтиришдек эзгу мақсад мужассам. Зеро, ҳар бир бунёдкорлик ва ободонлаштириш иши, аввало, инсон қадри учун хизмат қилади. Маҳаллалардаги бунёдкорлик ишлари белгиланган режалар асосида изчил давом эттирилади. https://t.me/Chusttumanhokimligi

  • 🚀Sun’iy intellekt orqali video tayyorlashni BEPUL o‘rganing! ⚡️ 2025 trendi — AI yordamida yaratilgan videolar bo’ldi, Ba’zilar shu orqali blog yuritib, daromad qila boshladi 💸 Siz-chi? SMM AI Savodxon loyihasida siz: • 📱 SMM • 🎯 Targeting • 🎨 Dizayn • ✍️ Kopirayting • 🤖 Sun’iy intellekt orqali video tayyorlashni 👉 noldan, xechqanday ortiqcha qiyinchiliklarsiz, online va 🔥mutlaqo BEPUL o‘rganasiz. 👥Minglab o‘quvchilar allaqachon boshlagan Navbat sizniki ⚡️ 👉 Hoziroq ro’yxatdan o’ting Dastur mutlaqo bepul

  • Чуст тумани ҳокими ва ҳоким ўринбосарларининг фуқаролар қабули жадвали тасдиқланган. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2026 йил 1 апрелдаги ПФ–51-сон Фармони ижросини таъминлаш мақсадида Ўзбекистон Республикаси Президентининг Чуст туманидаги Халқ қабулхонасида туман ҳокими ҳамда ҳоким ўринбосарлари томонидан жисмоний ва юридик шахслар вакилларининг қабуллари ўтказиб келинмоқда. Мазкур қабуллар давомида аҳолининг мурожаатлари, таклиф ва муаммолари тингланиб, уларни қонунчилик доирасида ҳал этиш чоралари кўрилади. 🔹 Чуст туман ҳокими Б.Салимжонов — ҳафтанинг сешанба куни соат 14:00 дан 17:00 гача; 🔹 Туман ҳокимининг молия-иқтисодиёт ва камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича биринчи ўринбосари Р.Темиров — жума куни соат 10:00 дан 12:00 гача; 🔹 Туман ҳокимининг қурилиш, коммунал соҳа ва экология масалалари бўйича ўринбосари Б.Джафаров — чоршанба куни соат 14:00 дан 16:00 гача; 🔹 Туман ҳокимининг инвестициялар, саноат ва савдо масалалари бўйича ўринбосари И.Тўхтасинов — жума куни соат 14:00 дан 16:00 гача; 🔹 Туман ҳокимининг қишлоқ ва сув хўжалиги масалалари бўйича ўринбосари А.Раҳматуллаев — пайшанба куни соат 14:00 дан 16:00 гача; 🔹 Туман ҳокимининг ёшлар сиёсати, ижтимоий ривожлантириш ва маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосари А.Тошматов — сешанба куни соат 10:00 дан 12:00 гача; 🔹 Туман ҳокимининг ўринбосари — оила ва хотин-қизлар бўлими бошлиғи Д.Уринова — душанба куни соат 10:00 дан 12:00 гача қабул ўтказади. Туманимиз Халқ қабулхонаси биносида жорий таъмирлаш ишлари олиб борилаётганлиги муносабати билан қабул ўтказилиш жойи тўғрисида қўшимча маълумот бериб борамиз. https://t.me/Chusttumanhokimligi

  • 🇺🇿 Kiberogohlantirish 60 soniya: APK yukladingizmi? Xavfni yukladingiz — notanish faylni ochmang!

  • ​​#Jarayon #UZB35 #Mustaqilligimiz_abadiy_bölsin Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” degan ezgu g‘oya asosida keng nishonlanadi.

  • Ҳулоса ўзиздан азизлар...

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи