ToshDO'TAU QABUL
СтатистикаToshDO'TAUga kirish imtihonlari, qabul yangiliklari, o'qishni ko'chirish masalalari yoritiladi.
- Последний пост
- 13 мая 2024 г.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⁉️ O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi? #abituriyent Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi. Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi. Keyin yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi. ✅ Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari: • sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball; • boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi. ✳️ Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari: • sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball; • boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi. ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman: https://t.me/xushnudbek/20721 👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Rasman: 2024-yilgi imtihonda test tushadigan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi 🖥 Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi. 👨🏻🎓 Darsliklar 2023-2024-o‘quv yilida umumta’lim maktablari hamda akademik litseylarni bitiruvchi o‘quvchilar va boshqa abituriyentlarning OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan. 📱 O‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati (Tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishish mumkin). Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
⚡️Davlat oliy ta'lim muassasalari magistraturasiga 2023/2024 o'quv yili qabuli bo'yicha tanlov natijalari e'lon qilindi! Batafsil 👉https://tsuull.uz/uz/content/magistratura-natijalari-bilan-tanishing
“Perevod” bo‘yicha kasbi (ijodiy) imtihon natijalari e’lon qilindi Imtihon olgan OTMlar tomonidan taqdim etilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari test sinovi natijalari bilan birga hisoblanib, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlariga joylashtirildi. Talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Quyidagi telegram botlarga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2023” bo‘limidan): 👉 @e_dtm_mandatbot 👉 @e_dtm_mandat1bot 👉 @e_dtm_mandat2bot 👉 @e_dtm_mandat3bot 👉 @e_dtm_mandat4bot 👉 @xushnudbek 👈
Magistratura javoblari 30-avgustga qadar e’lon qilinadi. Hamma natijalar tayyorligi, faqat buni Davlat qabul komissiyasi tasdiqlashi qolgani aytilmoqda. Agar hamma narsa tayyor bo’lsa, unda 30-avgustni kutib o’tirish shartmasdir balki… Javoblar qancha vaqtli e’lon qilinsa, shuncha yaxshi-ku. 👉 @xushnudbek 👈
без подписи
#Apellatsiya Apellatsiya arizalari 31-avgustga qadar onlayn qabul qilinadi Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi. Apellatsiya arizalari my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 31-avgustga qadar (10 kun) davom etadi. 📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim. Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak. 📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2023-yil 24-avgustdan boshlanadi. Bizni kuzating👇🏻 Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️transfer.edu.uz platformasi orqali yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda 2023/2024-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash (koʻchirib tiklash) bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2023-yil 18-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin. 18-avgust soat 17:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi. Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q va arizalarni to‘la o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi. 👉Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Rasman: Super kontrakt narxi eʼlon qilindi va 10% arzonlashdi. Barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi. 👉 @Khushnudbek_uz 👈
🗣️ Super-kontraktda o‘qiganlardan odam chiqmaydimi? 🗣️ — Xushnudbek Xudoyberdiyev Ijtimoiy tarmoqlarda doim super-kontrakt mavzusi muhokama markazida bo‘ladi. O‘qishga kira olmaganlar, ko‘proq pul evaziga talaba bo‘lishadi, bu esa kelajakda taʼlim sifatini tushiradi, malakasiz kadrlarni ko‘paytiradi, degan fikrlar aytiladi. Bu fikrlarning ayrimlari to‘g‘ri, ammo ko‘pchiligiga qo‘shilmayman. Asoslashga harakat qilaman: 1️⃣ Birinchidan, aslida biz orzu qilayotgan oliy taʼlim tizimida o‘qishga kirish oson bo‘lishi kerak. Yaʼni kim hujjat topshirsa o‘qishga kira olishi kerak, maktabni tugatgan bo'lsa bo'ldi, bilimi bor yoki yo‘qligi kirish jarayonida muhimmas. Uyog‘ini eplasa — diplom oladi, eplay olmasa — o‘qishni tugatolmaydi. O‘zimiz doim shunaqa bo'lishini, kvotalar oshishini talab qilamizu, lekin yana o‘zimizga qarshi borib, bugun o‘qishga kirayotganlarni "nega bu talaba bo‘ldi, bilimi yo‘qku" deymiz. Aytmoqchimanki, bilimsizlarning o‘qishga kirishi xavfli yoki qo‘rqinchli emas, ularning bilimsiz bo‘lib 4 yildan keyin diplom olishi qo‘rqinchli; 2️⃣ Ikkinchidan, o‘qishga kirganlarning hammasi ham bilimli degani emas. Masalan, O‘zbekistonda har yili kirish ballari past bo‘ladi. 56,7 ball bilan kontraktga, 68 ball bilan grantga kirganlar juda ko‘p. Bu yil ham shunaqa bo'ldi, masalan. Ammo 150 ball bilan super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsa, darrov ularni tupoyga, bilimsizga chiqaramiz. Yoki ana boring 70 ball bilan super-kontrakt qilishyapti deylik. Ha, to‘g‘ri, bu ball juda past. Ammo bundan ham past olganlar grantda o‘qiyapti, nega ularni emas, doim super-kontraktchilarga ta'na qilamiz? Ikki xil standart bu. 3️⃣ Uchinchidan, yaqin yillargacha o‘qishga kirishda juda katta korrupsiya bor edi. Yaʼni 20 yillar davomida O‘zbekistonda pora bilan bilimsizlar o‘qishga kirishgan. Buni hamma bilardi, barcha shu tizimning bir bo‘lagiga aylanib ketgandi. Lekin o‘sha pora bilan kirganlarning hammasi bir tiyinga qimmat kadr bo‘lib qolgani yo‘q. Ularning ko‘pchiligi 4 yil davomida yaxshi o'qidi, keyinchalik amaliyotda yetarli malaka va tajriba to‘play oldi. Hozir mehnat bozorida ishlayotgan juda ko‘p yaxshi kadrlarning tagini surishtirsangiz pora yoki tanish-bilishchilik bilan o‘qishga kirgan. Yaʼni bu odamning o‘ziga ko‘proq bog‘liq. Bugun endi o‘qishga kirishda pora juda kam. Davlat buni har tomonlama oldini ololdi. Super-kontrakt ham porani kamaytirishga katta yordam berdi. O‘sha ko‘chadagi firibgaru, poraxo‘rlarning cho‘ntagini qappaytirib, dang'illama hovliyu dacha qurishga pul bergandan ko'ra, rasman davlatga to'lab, professor-o‘qituvchilar oyligi uchun pul bergan ming marta yaxshi. Birinchidan, bu jinoyatmas. Ikkinchidan, bu gunohmas. ❗️Xulosa. Super-kontrakt tizimini men ham yoqtirmayman. Bu vaqtinchalik chora. Ishonaman, bu tizim yaqin yillarda butunlay yo‘qolib ketadi. Menga qolsa, yuqorida aytganimdek, o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan hamma bemalol talaba bo‘la olishi kerak. Ya'ni puli bor yoki yo'qligidan qat'i nazar barchada teng imkoniyat bo'lsin. Ammo o‘qishni tugatish juda qiyin bo‘lishi shart va lozim. Afsuski mana shu joyi bizda hozircha ishlamayotgani uchun, yaʼni bilgan ham, bilmagan ham diplom olayotgani sababli, haqiqatdan super-kontrakt ta'lim sifatiga taʼsir qildi. Lekin bir narsa — super-kontrakt bilan o‘qishga kirganlar odam bo‘lmaydi, ular unaqa, ular bunaqa, degan gaplar mutlaqo noto‘g‘ri. Test va boshqa imtihonlar insonning barcha qobiliyatini aniqlab berolmaydi. U nimalarga qodirligi kelgusida maʼlum bo‘ladi. Taqdir shunday narsaki, 189 ball olib, o‘qishga birinchi o‘rinda grantga kirganlar malakasiz kadr bo‘lishi, 60 ball bilan super-kontraktga kirganlar yakunda jamiyatga ko‘proq foydasi tegadigan mutaxassis bo‘lishi mumkin. Hammasi Allohdan. Shuning uchun fikr bildirishda ehtiroslarga berilmagan ma'qul. Tanganing barcha tomoniga qarash kerak. Bularning barchasi shunchaki shaxsiy fikrlar. 👉 @Khushnudbek_uz 👈
#imkoniyat #magistraturaga_qabul ⚡️Magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun imkoniyat berilmoqda 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi. Arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli sabablarga ko‘ra (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, hujjatlar sifatsizligi va b.) rad etilgan. Shuni inobatga olib, davlat oliygohlari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabgorlarga 9–10-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi. Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 10-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi. Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. Shuni alohida ta’kidlaymizki, xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bo‘lmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. Bizni kuzating👇🏻 Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
❓Turli sabablarga ko’ra, testga kirmagan abituriyentlar endi nima qiladi? Qo’shimcha kun beriladimi? #abituriyent ✅ JAVOB: Yo’q, hech qanaqa qo’shimcha test o’tkazilmaydi. Test sinoviga belgilangan kunda kira olmagan abituriyentlar o’ziga berilgan imkonni qo’ldan boy berdi. Endi ular kelgusi yilda topshirib ko’radi. Bunda qaysi sababga ko’ra kela olmagani muhim emas. Kimdir kasal bo’lib qolgan, kimdir farzandli bo’lgan, kimdir jarrohlik amaliyotini o’tkazgan, kimdir kechikkan, kimdir hujjatini esidan chiqargan, kimdir hujjatini yo’qotgan va hk. Qanday sabab bo’lishidan qat’i nazar testga kira olmaganlar uchun yana boshqa kunda testga kirish imkoni berilmaydi. Faqatgina pandemiya munosabati bilan 2020-2021-yillar koronavirusga chalingan yoki test kuni isitmasi chiqqan abituriyentlar uchun qo’shimcha test o’tkazish belgilangan edi. Lekin o’tgan yildan buyon bu tartib bekor bo’lgan. 👉 @xushnudbek 👈
❓“Perevod”ga ariza hali qabul qilinmadi, endi nima bo’ladi? #perevod Bugun o’qishni davlat OTMlariga ko’chirishga ariza berishning oxirgi kuni. Lekin ko’plab ariza topshirgan talabalarda ariza holati “Ko’rib chiqish uchun qabul qilindi” bo’lib turibdi. Bu nima degani? Agar bugun muddat tugaguncha ariza qabul qilinmasa, keyin muammo bo’lmaydimi? Yo’q, muammo bo’lmaydi. Asosiysi bugun ariza yuborishga ulgurish kerak. Yuborilgan arizalar to’g’riligi va hujjatlar yetarli ekanligi komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi hamda bu ma’lum muddat talab etiladi. Odatda 2-3 kun, ba’zan esa 1 haftadan ham oshishi mumkin. Shu sababli sizda “Ko’rib chiqish uchun qabul qilindi” degan bo’lsa, bu xavotirli emas. Eng muhimi hujjatlarni to’g’ri yuklagan bo’lsangiz kifoya. 👉 @xushnudbek 👈
🔄 Bugun “perevod” uchun ariza topshirishning oxirgi kuni! Tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish #perevod Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori. 1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi: 1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa; 2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida). ❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham. 2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20079 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20258 ‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti” degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi. 3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20079 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20258 4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring. 5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin. 8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala. *** Arizalar quyidagicha qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga; ➡️ rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — bir davlat OTM ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish. ☝️Qabul 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi. Kerakli hujjatlar: ◾️ ariza (onlayn tarzda); ◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli); ◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun). 👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Abituriyentlar diqqatiga! ✅ Ertadan 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlanadi. 📆 Test sinovlari 1-avgustdan 13-avgustga qadar ikki smenada: 1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar; 2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. 📌 Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda: 1️⃣-smenada 07:30 ga qadar; 2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim. ☝️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi! 📺📺 Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi. Manba: eduuz Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
#Magistratura_2023 ⚡️ Magistraturaga hujjatlar qabuli o‘z yakuniga yetdi 🔰 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn 20 054 nafar abituriyent ariza yuborgan. Hozirda kelib tushgan hujjatlar tuzilgan ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqish jarayonida. Bunda abituriyentlarning bakalavriat diplomi ilovasidagi ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi hisoblanib, yuklangan til sertifikatlarining haqiqiyligi tekshirilmoqda. Talabgorlar magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali o‘z arizalarining bosqichma-bosqich ko‘rib chiqish holatini kuzatib borishlari mumkin. Hujjatlar ishchi guruhi tomonidan to‘liq ko‘rib chiqilganidan so‘ng, yakuniy natija yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi. Bizni kuzating👇🏻 Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
ALISHER NAVOIY nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlar soni bilan tanishing!
Bugun magistraturaga qabulning so’nggi kuni Hujjatlar bugun soat 23:59 ga qadar magistr.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. Hozirgacha 18 ming 519 nafar abituriyent ro’yxatdan o’tgan. 👉 @xushnudbek 👈
⚡️Abituriyentlar oʻzlari tanlagan yoʻnalishga qancha hujjat topshirilganini koʻrishlari mumkin 🖥 Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga 2023-2024-o‘quv yilida OTMlarning bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi. 👨🏻💻 Endilikda abituriyentlar mazkur sayt orqali tegishli oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili va ta’lim shaklini tanlagan holda mazkur ta’lim yo‘nalishiga qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tganini va bir o‘ringa tanlovni ko‘rishlari mumkin. ✅ Shuningdek, abituriyentlarni ID raqami orqali qidirish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, “Batafsil” tugmasi bosilganda quyidagi ma’lumotlar aks etadi: 👉 abituriyent tanlagan oliy ta’lim muassasalari; 👉 OTM doirasida tanlangan ta’lim yo‘nalishlari; 👉 ta’lim yo‘nalishlari qaysi ta’lim shakllari doirasida tanlangani; 👉 davlat granti asosidagi qabul rejasi; 👉 to‘lov-kontrakt asosidagi qabul rejasi; 👉 ta’lim tili (test topshiriqlari shu tilda beriladi); 👉 tanlov ustuvorligi (tanlov qanday amalga oshirilishi). ❇️ Bundan tashqari, abituriyentlar test sinovida ishtirok etganidan so‘ng, test natijalarini ham mazkur sayt orqali bilishlari mumkin bo‘ladi. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
📌 Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi ✅ 2023-2024-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨🏻💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. ✅ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! Ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining quyidagi maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish mumkin: 👉 @e_dtm_mandatbot 👉 @e_dtm_mandat1bot 👉 @e_dtm_mandat2bot 👉 @e_dtm_mandat3bot 👉 @e_dtm_mandat4bot Do'stlaringizga ulashing @YQQUZB_KANAL