A. Avloniy PMMI METODIK XIZMAT KO'RSATISH BO'LIMI //rasmiy kanal//
Статистика- Последний пост
- 8 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 45
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Hurmatli pedagog ustozlar! Kasbiy faoliyatingizni ishonch bilan davom ettirishni istaysizmi? Dars berayapsiz, lekin mutaxassisligingiz to‘g‘ri kelmayaptimi? Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — yechim shu yerda! 📲A.Avloniy nomidagi institut kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlov kurslariga qabul e’lon qiladi! ✅️Qabul davom etmoqda. ✅️Ta’lim masofaviy, ishdan ajralmagan holda olib boriladi. ✅️Bir yillik kasbiy va pedagogik tayyorlov — diplom olish imkoniyati. ✅️Etti oylik kasbiy qayta tayyorlovda qo‘shimcha mutaxassislik bo‘yicha diplom olish imkoniyatidan foydalanishingiz mumkin. Kontrakt miqdori guruhga qarab belgilanadi va bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud. 😀Aloqa uchun: 55-508-06-67 🚀Telegram : 77-414-74-83 Kasbiy faoliyatingizni ishonch bilan davom ettiring! Hujjatlaringizni onlayn tarzda https://retrain.uzedu.uz orqali shaxsiy ONE ID bilan topshirishingiz mumkin. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube | 🌐Instagram
Channel photo updated
🧑🎨Kasbiy faoliyatingizni ishonch bilan davom ettirishni istaysizmi? Dars berayapsiz, lekin mutaxassisligingiz to'g'ri kelmadimi ? 📣Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — yechim shu yerda! ✔️A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlov kurslariga qabul e’lon qiladi 🤩 Qabul boshlangan. 🤩Ta’lim masofaviy, ishdan ajralmagan holda olib boriladi 📚 1 yillik kasbiy va pedagogik tayyorlov — diplom olish imkoniyati 💻 7 oylik kasbiy qayta tayyorlov — qo‘shimcha mutaxassislik bo‘yicha diplom olish imkoniyati 🪙 Kontrakt miqdori guruhga qarab belgilanadi, bo‘lib to‘lashingiz mumkin. 🤩 Hujjatlaringizni onlayn tarzda retrain.uzedu.uz manzili orqali yuborishingiz mumkin. 📱 Aloqa uchun: 55-508-06-67 Telegram : 774147483 ⭐️ A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti — kasbiy faoliyatingizni ishonch bilan davom ettiring! https://retrain.uzedu.uz orqali kirib shaxsiy oneid bilan ariza topshirishingiz mumkin
видео или голосовое, без подписи
🧑🎨Kasbiy faoliyatingizni ishonch bilan davom ettirishni istaysizmi? Dars berayapsiz, lekin mutaxassisligingiz to'g'ri kelmadimi ? 📣Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — yechim shu yerda! ✔️A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlov kurslariga qabul e’lon qiladi 🤩 Qabul boshlangan. 🤩Ta’lim masofaviy, ishdan ajralmagan holda olib boriladi 📚 1 yillik kasbiy va pedagogik tayyorlov — diplom olish imkoniyati 💻 7 oylik kasbiy qayta tayyorlov — qo‘shimcha mutaxassislik bo‘yicha diplom olish imkoniyati 🪙 Kontrakt miqdori guruhga qarab belgilanadi, bo‘lib to‘lashingiz mumkin. 🤩 Hujjatlaringizni onlayn tarzda retrain.uzedu.uz manzili orqali yuborishingiz mumkin. 📱 Aloqa uchun: 55-508-06-67 ⭐️ A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti — kasbiy faoliyatingizni ishonch bilan davom ettiring! https://retrain.uzedu.uz orqali kirib shaxsiy oneid bilan ariza topshirishingiz mumkin
“Ommalashtirish” jarayonlarida baholash tizimi to‘liq raqamlashtirildi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining “O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi hamda faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi tasdiqlangan hujjatiga muvofiq, ommalashtirish jarayonlarida bir qator zamonaviy mexanizmlar joriy etildi. 🎤Baholash jarayoni to‘liq raqamlashtirildi. Endilikda metodik ishlar "ommalashtirish.avloniy.uz" platformasi orqali qabul qilinadi va barcha jarayonlar elektron tizim orqali amalga oshiriladi. 🎤 Metodik ishlarni anonim baholash tizimi joriy etildi. Texnik ekspertizadan o‘tgan metodik ishlar kengash a’zolariga shifrlangan (anonim) ko‘rinishda taqdim etiladi. Baholash natijalari platforma orqali avtomatik tarzda o‘rtacha hisoblanib, talabgorlarning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. 🎤 Baholash mezonlari optimallashtirildi. Metodik ishlarni baholash mezonlari qayta ko‘rib chiqilib, ularning soni 17 taga keltirildi. Bunda innovatsion yondashuvlar va zamonaviy pedagogik metodikalarga alohida ustuvorlik berildi. 🎤 Platformaning funksional imkoniyatlari kengaytirildi. Tizimda metodik ishlarni filtrlash, statistik tahlil qilish hamda hududlar kesimida monitoring yuritish imkoniyatlari yaratildi. Ommalashtirish jarayonlariga oid rasmiy hujjatlar, yangiliklar va batafsil maʼlumotlar @ommalashtirish_avloniy_uz telegram kanali orqali eʼlon qilib boriladi. Savol va murojaatlar uchun tel: 55-508-06-67 (1088) 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube | 🌐Instagram
O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibini takomillashtirish bo‘yicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrug‘i tasdiqlandi Unga ko‘ra: - o‘qituvchilarning metodik ishlarini qabul qilish jarayonlari uchun A.Avloniy nomidagi institut tomonidan yangi “ommalashtirish.avloniy.uz” platformasi ishga tushirildi; - o‘qituvchilarning metodik ishlarini qabul qilish jarayonlarini “ommalashtirish.avloniy.uz” platformasi orqali tashkil etish belgilangan. Metodik ishlarni ommalashtirish tartibiga ko‘ra: - “Metodik ish” tushunchasi yagona tartibda belgilandi; - Metodik ishning aniq ta’rifi berilib, uning mazmuni, shakli va turi bo‘yicha yagona yondashuv joriy etildi. Ekspertiza jarayoni ikki bosqichli etib belgilandi: - texnik ekspertiza; - mazmuniy ekspertiza. O‘quv-metodik kengashlar uchun kvorum talabi joriy etilib, kengash a‘zolarining kamida 2/3 qismi ishtirok etganda kengash qarorlari haqiqiy hisoblanishi belgilandi. Plagiat nazorati kuchaytirilib, metodik ishlar ikki bosqichli antiplagiat tekshiruvi orqali ko‘rib chiqilishi va originallik darajasi kamida 70 % bo‘lishi talabi qo‘yildi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube | 🌐Instagram
‼️‼️‼️ #Диққат_эълон 📣 Joriy yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi ✅ Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida umumtaʻlim hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqildi va tasdiqlandi. 🌐 BATAFSIL 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
2026/2027 ўқув йили учун бакалавриат таълим йўналишлари ва уларга мос тест синови (касбий (ижодий) имтиҳон) топшириладиган фанлар мажмуаси тасдиқланди. Каналга қўшилиш 👈 Facebook | Instagram | Медиабанк
#Йил_ўқитувчиси #сўраган_эдингиз ❓Maktab oʻqituvchilari oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichida qatnashyapman. Mazkur sinov jarayonlarini baholashda nimalarga eʼtibor qaratiladi? ✅ Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining 2026-yil 4-fevraldagi tegishli buyrugʻi bilan “Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi baholash mezonlari tasdiqlandi. ✅ Unga koʻra, jarayonlar 10 ta mezon asosida hamda ularning har biri Hakamlar hayʼati tomonidan 6 balldan (maksimal 60 ball), pedagoglarning ovoz berish yoʻli orqali 4 balldan (maksimal 40 ball) baholanadi (jami: maksimal 100 ball). ➖ Baholash mezonlari quyidagilardan iborat: ➖ Dars maqsadlarining toʻgʻri qoʻyilishi va ularga erishilganligi; ➖ Dars tuzilishi, izchilligi va vaqtning toʻgʻri taqsimlanganligi; ➖ Oʻquv-metodik taʼminot, AKT va interaktiv vositalardan foydalanilganligi; ➖ Zamonaviy pedagogik usullar va noanʼanaviy yondashuvlar (5E, 3S+1E, inquiry-based, problem-based, project-based, shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim) dars mavzusi, maqsadlari, oʻquvchilar auditoriyasiga mos va samarali tarzda qoʻllanilganligi; ➖ Mavzuni tushunarli, mantiqiy va ravon bayon etilganligi; ➖ Misollar keltirish, real hayot bilan bogʻlash va amaliy faoliyatni namoyon etilganligi; ➖ Oʻquvchilar faolligini boshqarish, diqqatini jalb qilish va teng imkoniyatlarni taʼminlash; ➖ Tanqidiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish; ➖ Oʻquv muhitini xavfsiz va ijobiy ruhda tashkil etish, tarbiyaviy komponentlarning mavzu mazmuniga singdirilganligi; ➖ Baholash usullaridan foydalanish va doimiy konstruktiv qayta aloqani (feedback) taʼminlanganligi. 👉 Maʼlumot uchun: “Yil oʻqituvchisi” tanlovi Tashkiliy qoʻmitasining qaroriga asosan, tanlovning ikkinchi bosqichi joriy yilning 10-fevral kuni belgilangan umumtaʼlim maktablarida boshlanishi rejalashtirilgan. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 @D_Sobirova_MMTV
“Yangi avlod” MTTlari tarmogʻi, ustama, soliq imtiyozlari. Prezidentimiz maktabgacha taʼlim tizimiga oid farmonni imzoladi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga koʻra: ➖ bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining taʼlim dasturi majburiy umumiy oʻrta taʼlimning dastlabki bosqichi sifatida kiritiladi; ➖ maktabgacha taʼlim tizimida oʻyinga asoslangan taʼlim joriy etiladi; ➖ tarkibida Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazini oʻz ichiga olgan “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻi tashkil etiladi; ➖ bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining taʼlim dasturlari maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarida toʻliq yoki qisqa muddatli guruhlarda amalga oshiriladi; ➖ maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlariga bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarini tashkil etishga ruxsat beriladi; 2027-2028-oʻquv yilidan boshlab: ➖ maktabga tayyorlov guruhlarining taʼlim jarayonlari oliy maʼlumotli pedagoglar, shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari tomonidan olib boriladi; ➖ maktabga tayyorlov guruhlarida taʼlim-tarbiya olgan bolalarga bir yillik maktabga tayyorlovdan oʻtganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi hamda ushbu maʼlumotlar umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomada qayd etiladi; 2026–2028-yillarda: ➖ Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida bittadan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti sifatida faoliyat olib boruvchi “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etiladi; ➖ “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbar, pedagog boshqa xodimlarining tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama joriy etiladi; 2026-2027 oʻquv yilidan boshlab: ➖ pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarida maktabgacha va boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlarni tayyorlash xalqaro ilgʻor tajriba asosida amalga oshiriladi; ➖ tegishli oliy taʼlim tashkilotlarida oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uchun dual taʼlim shaklida maktabgacha taʼlim yoʻnalishida toʻlov-shartnoma asosida bakalavrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi; ➖ yangi tashkil etilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga, birinchi navbatda, oliy maʼlumotli tarbiyachilar ishga qabul qilinadi; ➖ 2026-yil 1-aprel boshlab: ➖ maktabgacha taʼlim qamrovi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)lardagi (Toshkent shahri bundan mustasno) tadbirkorlik subyektlari uchun qator imtiyozlar joriy etiladi. Farmonning toʻliq matni @hilola_umarova
📣📣📣📣📣 O‘QITUVCHILAR O‘RTASIDA MAXSUS TANLOV O‘TKAZILMOQDA! ⚡️Fan olimpiadalari markazining “Fan kengashi” a’zolari huzurida tashkil etiladigan UZTreners community’ga a’zo bo‘lish uchun maxsus tanlov tashkil etilmoqda! Tanlov 3 bosqichda boʻlib oʻtadi: ➖Ro‘yxatdan o‘tish, ➖Suhbat, ➖Maxsus topshiriq. ➖Loyihada ishtirok etish istagida boʻlganlar dastlab joriy yilning 10-fevral kuniga qadar ushbu platformada roʻyxatdan oʻtishlari lozim. ❗️BATAFSIL VIDEOLAVHADA Aziz ustozlar! Barchangizni loyihada faol ishtirok etishga chaqiramiz! Bizni kuzatib boring: ✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
15-dekabr kuni o‘tkazilgan "Meetup" ma'ruzachilari taqdimotlari Ma'ruzachi: Usmanov Otabek Latibovich – Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi, tarix, davlat va huquq asoslari fani metodisti Taqdimot mavzusi: Ijtimoiy fanlarda ta’lim berishning zamonaviy yondashuvlari Ma'ruzachi: Turayeva Xusnora Ixtiyorovna – Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi, tarbiya fani metodisti Taqdimot mavzusi: Tarbiya fanini o‘qitishda o‘z-o‘zini baholash va refleksiya Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
Hurmatli o‘qituvchilar, biz ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yirik loyiha ustida ishlamoqdamiz. Sizning fikringiz biz uchun juda muhim va loyiha natijalariga bevosita ta’sir qiladi. Quyidagi so‘rovnoma 3–4 daqiqa vaqt oladi va to‘liq anonim hisoblanadi. Ishtirokingiz uchun oldindan rahmat!😊 https://forms.gle/rY7yRNXBoaFraGGe9
Hurmatli o‘quvchilar, biz ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan loyiha ustida ishlamoqdamiz. Sizning fikringiz biz uchun juda muhim va kelajakdagi o‘quv jarayonlarini shakllantirishga yordam beradi. Quyidagi so‘rovnoma 2–3 daqiqa vaqt oladi va to‘liq anonim hisoblanadi. Ishtirokingiz uchun oldindan rahmat!😊 https://forms.gle/2KE9uo6jtQYR3SiS8