Umr Falsafasi
Статистика✍️ She'riyat 🖇 Falsafa 🌱 Psixologiya 📖 Mazmunli satrlar ❤️ Qalbga yaqin so‘zlar 📚 Mulohaza Reklama: @Umr_info
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 3 309
- 1/48двое суток
- 3 792
- 1/72трое суток
- 4 089
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bilmam ne bor o'z-o'ziga tortaverar, Men shoshaman unga shaxdam qadam bilan Muhabbatim, mehrim yana ortaverar, Suhbatlarim eng go‘zali onam bilan🥰 ✍Farrux Davron 🎙Shahina Bahodirova @Umr_Falsafasi🥰
Davosi sen bo‘lgan dardlar bor menda. Shunday og‘riganman, shunday og‘ridim. Avvallar, men seni bilmagan damda, Soydek sokin edim, baxtiyor edim! ✍Malika Salimova 🎙Asilzoda Alimova @Umr_Falsafasi 🍃
Kelsang choy damlayman sogʻinch qoʻshilgan, Kelmasang alamli achchiq bir qahva, Oʻzingni bir bora koʻrmaganman-u, Tun-u kun haqingda oʻylayman tavba... O'zing ayt kutganim kelasan qachon? ✍Tojiyeva Sitora 🎙Shahina Bahodirova @Umr_Falsafasi 🥰
Nafsimni ozodlikka qo'yib yuborib, Dedim men dunyoga qayta kelmasman. Allohning rahmatidan umid qilsam ham, Men qiyomatga tayyor emasman... @Umr_Falsafasi 🧚♂
Agar suymasalar qilma g‘alayon, Yuragingga g‘amdan sanchilmasin o‘q... Ular Xudo emas bandadir ishon, Seni kiritmoqqa Jannatlari yo‘q... ✍Zohid Ziyo 🎙Saadiya Ikramovna @Umr_Falsafasi 🦋
Bugun shodlik, tantana, Yuragimda hayajon… Huddi siz kabi mana, Ona boʻldim Onajon… ✍Yasemin 🎙Shahina Bahodirova @Umr_Falsafasi 🧚
Ko'ksimda alamlar gulladi sensiz, Ko'zimga ko'z yoshim sig'madi sensiz. Bilmaysan, qanchalar senga zorligim, Yuragim, necha bor yig'ladi sensiz. Bu dardni qandayin aylayin bayon, Tilimda bir so'zim aylanar hamon. Sen, jonim deganding, jonimni olding, So'nmas bahorni qalbimga solding... @Umr_Falsafasi 🧚
Qiblamiz bitta-yu, qalbimiz boshqa, Farzimiz boshqamas, qarzimiz boshqa. Xo'mrayib yotardik qiyomatgacha, Shukur, hammamizning qabrimiz boshqa... @Umr_Falsafasi 🧚
Dunyoda do'st, birodar, yaqinlar ko'p bo'larkan, Bilmay toysa oyogʻing dushman handon kularkan. Omad ketib, boshingga biror tashvish tushganda , Yoningda tirgak bo'lib ota-onang turarkan. Yoshingni ham farqi yo'q, ular uchun bolasan, Yangi ungan nihol-u, togʻda o'sgan lolasan. O'zing katta bo'lgandek qovog'ingni uyasan, Qanday umr o'tganin bilmayin ham qolasan. Otang nigohlarida ro'zg'orning bor tashvishi, Bolasini dardida o'tadi yoz, kuz, qishi. Onangni holin so'ra nima kelar yegisi, Sen keltirib berguncha to'kilmasin dur tishi. Umr o'tkinchi deya umri o'tib ketmasin, Ota-onang baxtingni ko'rib ko'zi quvnasin. Ular ham bu hayotga bilsang bir marta kelar, Yuragidan armonlar joy egallab qo'ymasin... ✍ Munavvara Dilroz @Umr_Falsafasi 🤍
Sen-la sokin urar yuragim, Saodatli, umr yo'lagim. Faqat shudir senga tilagim, Mendan ko'ra baxtli bo'l qizim! ✍Ahmedova Nasiba 🎙Osiyo Muxtarova @Umr_Falsafasi 🧚♂
Bir kuni ketaman dunyodan o'tib, Borligim, yo'qligim birov bilmaydi. Topganim zarlardan, boylikdan kechib. Xatto qabrimda ham foyda bermaydi... @Umr_Falsafasi 🧚♂
Shunchalar mushkulmi bir hol so‘ramoq. Senga rahm bersa Tangrim netardi. Bitta kulib qarab qo‘ygan zahoting, Sahroi Kabr ham gullab ketardi. ✍Malika Salimova 🎙Saadiya Ikramovna @Umr_Falsafasi 🦋
Eng katta gunohim so‘rashsa mendan, Deyman hayrsizga ko'ngil berganim, Halolim bo‘lmagan o‘zga birini, Tun-u, kun Allohdan so'rab sevganim. ✍Shahrizoda Sharofiddinova 🎙Shaxrizoda Ikramova @Umr_Falsafasi 🦋
Meni qarg‘amasin, ayting, u ayol, Men Sizni butunlay o‘shanga berdim. Yolg‘izlik to‘nini kiydim ayozda, Unga ichi issiq go‘shanga berdim. Istehzoli kulsa “Baxtsiz!” –deb meni, Kesatig‘ sachrasa achchiq tilidan. Ayting, u baxtsizlik mardlik bo‘ladi, Bu mardlik kelmagay har kim qo‘lidan. ✍Zulfiya Mo‘minova 🎙Malika Avazova @Umr_Falsafasi 🤍
Omon chiqib qaro kunlardan, O'z qadringni bilibsan, ko'nglim. Va nihoyat hammasin anglab, O'zingga xush kelibsan, ko'nglim... Dunyo - yukdir, bilmay shu yukni, Gardaningga ilibsan, ko'nglim. Tashriflaring boʻlsin xayrli, O'zingga xush kelibsan, ko'nglim... Menga hali hech kim qilmagan, Bir yaxshilik qilibsan, ko'nglim! Boshim yetdi osmon, falakka, O'zingga xush kelibsan, ko'nglim... Bu ham - safar, bu ham - ziyorat, Yuguribsan, yelibsan, ko'nglim. Savoblaring bo'lsin muborak, O'zingga xush kelibsan, ko'nglim ✍Ijrochidan @Umr_Falsafasi 🧡
Yo‘q, yodimda qolmagan, deysiz, Qaydan buncha kiborli so‘zlar... Yosh boladek nega aldaysiz? Unutilmas mendagi ko‘zlar... Ha, ishonchim haddan ziyoda, Sindirolmas so‘zingiz nishi... Qahva rangli ko‘zni dunyoda Unutibdi, ayting, qay kishi? Shoirlarning bitilgan bayti Ishonchimni har dam oqlagan... Haqiqatni kelganda payti Pushkin she’rlarida saqlagan... O‘zingizni oqlamang, tamom, Yodingizda kulyapman axir... Qahva rangli ko‘zlarni mudom Endi sizdan qizg‘onsin taqdir... ✍Yasemin @Umr_Falsafasi 🧚
Bekordan bekorga botmaydi quyosh, Axir kunduz kuni yig'lab bo'lmaydi. Tun kirar chog'ida oqadi ko'z yosh, Qorong'uda yig'lasang hech kim ko'rmaydi.. @Umr_Falsafasi 🤍
Adashding! So‘rasang,bir bor so‘rasang! Sensiz yasholmayman degan bo‘lardim! Qolishing haqqiga agar istasang, Yo‘linga boshimni qo‘yib o‘lardim! ✍️Malika Salimova 🎙Yosuman @Umr_Falsafasi 🧚
Yursam tovonlarim yorgan tosh yo‘llar, Har bosgan izimda bitta tomchi qon. Kamiga tinmagan yomg‘iru do‘llar, Sizning panohingiz qayda, Otajon? ✍Malika Salimova 🎙Saadiya Ikramovna @Umr_Falsafasi 🧚
Mening shunday tabiatim bor, Suymaganga suykalmayman hech. Sen ham kechsang, tulkidek emas, Burgut kabi mag‘rur turib kech. ✍Malika Salimova 🎙Charos @Umr_Falsafasi 🧚♂