tgindex
Ulug‘bek Choriyev

Ulug‘bek Choriyev

Статистика
@U_Choriyevузбекский

Assalomu alaykum, bu kanalda men quyidagilarni ulashib boraman: jamiyatdagi muhim masalalar bo`yicha shaxsiy fikrlarim; huquqiy masalalarda shaxsiy tahlillarim; yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar bo`yicha munosabatlarim.

Последний пост
18 июл.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
38
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 777
+7 за 4 дн.
Сутки
+7
+0,40%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
3 351
38 постов
Вовлечённость
188,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 38
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 18 июл.1 434393

    #Quote There is no peace for the man who has seen what he could become! — Epictetus. 👉 @U_Choriyev

  • 16 июл.1 686312

    #Atama Frod holatlari — axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik va (yoki) oʻgʻrilik holatlari. 👉 @U_Choriyev

  • 10 июл.4 54917340

    TDYUda ta’lim sifati yaxshi. Lekin: Yakuniy imtihon - ❌ Yakuniy lotoreya - ✅ 👉 @U_Choriyev

  • 10 июл.2 732677

    Kayfiyat uchun) 👉 @U_Choriyev

  • 9 июл.2 509414

    Jacafaga topshirganlar uchun✅ Sizlarda intervyu iyul oyi o’rtasi-oxirlarida bo’ladi. Havotir olmanglar ekan. Juda ko’p kandidat bo’lganiga shunday bo’libdi ekan. 👉 @U_Choriyev

  • 6 июл.2 6083310

    Sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda sugʻurta qildiruvchilar va jabrlanuvchilarning (ularning merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislarining) harakatlari Jabrlanuvchilarga zarar yetkazilishiga olib kelgan yoʻl-transport hodisasi ishtirokchisi boʻlgan sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxs) mazkur hodisaning boshqa ishtirokchilari talabiga koʻra ularga ushbu transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligi sugʻurtalangan majburiy sugʻurta shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xabar qilishi shart. Sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxs) yoki uning vakili sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda: 1️⃣ jabrlanuvchiga (uning merosxoʻrlariga yoki huquqiy vorislariga) 3 kalendar kundan kechiktirmay sugʻurta polisining nusxasini topshirishi; 2️⃣ darhol, lekin majburiy sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan muddatdan kechiktirmay, sodir boʻlgan hodisa haqida yozma shaklda, sugʻurta polisining nusxasini ilova qilgan holda sugʻurtalovchiga yoki uning filialiga hamda yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan joydagi va transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga bildirishi. Bildirishnomada hodisaning xususiyati, sodir boʻlgan payti, koʻrilishi taxmin qilingan zararning miqdori, yoʻl-transport hodisasiga aloqador barcha shaxslarning, shu jumladan taxmin qilingan daʼvogarlarning nomlari va manzillariga taalluqli axborot imkon qadar toʻliq hajmda, shuningdek sugʻurta qildiruvchi hodisa haqida ilk marotaba qay tarzda xabardor boʻlganligi va sugʻurta qildiruvchining nega hodisani talabnoma bildirishga sabab boʻlishi mumkin deb hisoblashiga oid tafsilotlar majburiy tartibda koʻrsatilishi kerak; 3️⃣ sugʻurtalovchiga sugʻurta hodisasi munosabati bilan unga nisbatan qoʻyilayotgan barcha talablar yoki unga qarshi boshlangan sud muhokamasi toʻgʻrisida darhol xabar qilishi, zarar yetkazilishi holatlari toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni va vakolatli organlardan olingan, sugʻurta hodisasining sabablari hamda oqibatlarini, zararning xususiyati va miqdorini belgilash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni sugʻurtalovchiga taqdim etishi; 4️⃣ yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma tuzilgan vaqtdan eʼtiboran uch ish kuni ichida mazkur xabarnomani ushbu Qonun 202-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan materiallar va hujjatlarni ilova qilgan holda sugʻurtalovchiga taqdim etishi; 5️⃣ zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish yuzasidan mumkin boʻlgan barcha choralarni koʻrishi kerak. Jabrlanuvchining yoki uning merosxoʻrlarining (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat qilishga imkon bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakillarining) yoxud uning huquqiy vorislarining sugʻurta toʻlovi toʻgʻrisidagi talabi koʻrsatilgan arizasi quyidagilarning asli yoki nusxalari ilova qilingan holda sugʻurtalovchiga yoki uning filialiga yuboriladi: 1️⃣ sugʻurta polisi (agar boʻlsa); 2️⃣ zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xulosa yoki qaror, tibbiyot muassasasi maʼlumotnomasi yoxud hayot yoki sogʻliqqa zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, oʻlim haqidagi dalolatnoma yoxud guvohnoma); 3️⃣ mol-mulkka zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (tijorat dalolatnomalari, yuk xatlari, asosiy vositalar daftaridan koʻchirmalar, toʻlov hujjatlari, xizmatlar koʻrsatish va ishlar bajarish uchun tuzilgan shartnomalar, baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar va boshqa shu kabilar); 4️⃣ jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat; 5️⃣ meros huquqini yoki huquqiy vorislikni olganliklarini, shuningdek merosxoʻrlarning shaxsini yoki huquqiy vorislarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar sugʻurta tovoni jabrlanuvchining merosxoʻrlariga yoxud huquqiy vorislariga toʻlanishi kerak boʻlsa). 👉 @U_Choriyev

  • 3 июл.8 52610330

    Bakalavr so`zining ma'nosini bilarmidingiz? Ingliz tilida bachelor so`zi umuman uylanmagan odam degan ma'noni bildirar ekan. Bekorga bakalavr deyilmas ekanda😂 👉 @U_Choriyev

  • 2 июл.3 5057254

    TDYU 2-KURSDA ASOSAN QUYIDAGI FANLAR O`TILADI: • Ma'muriy huquq • Jinoyat huqugi • Mulk huquqi • Ekologiya huqugi • Mehnat huquqi • Biznes huquqi • Kiber huquqi • Ma'muriy javogarlik huquqi • Konstitutsiyaviy odil sudlov. Fanlar fakultetlararo farqlanishi mumkin. Ammo unchalik farq qilmaydi✅ 👉 @U_Choriyev

  • 24 июн.3 324392

    Knowledge becomes trustworthy not because someone powerful believes it but because it can be demonstrated through evidence and logic. 👉 @U_Choriyev

  • 23 июн.3 7434226

    #yangilik “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–115-son, 23.06.2026 y.) qabul qilindi. Farmonga koʻra, 2026-yil 1-sentyabrdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladi. ✅ 2026-yil 1-sentyabrdan: 🔷 mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 1 360 000 soʻm; 🔷 bazaviy hisoblash miqdori – 440 000 soʻm etib belgilandi. 👉 @U_Choriyev

  • 17 июн.3 379513

    #Fikr Ko`pchilik stipendiyalarda ilmiy ishlarning nufuzli nashrlarda chop etilanligiga e'tibor beriladi, soniga e'tibor beriladi, lekin "mazmun" degan baholash mezonini ko`rmaymiz. Maqola nufuzli jurnalda chop etilaganligi o`z-o`zidan maqola mazmuni zo`r ekanligini bildirmaydi. Menimcha faqat son va nufuzga emas, balki maqolaning sifati ham e'tiborga olib boshlanishi lozim. 👉 @U_Choriyev

  • 17 июн.3 000485

    Kecha Bolalar Ombudsmanidagi vakillar bilan ilmiy suhbat bo`lib o`tdi. Uchrashuvda bola huquqlari bo`yicha O`zbekiston qonunchiligida mavjud ayrim muammoli normalarni takomillashtirish va qonunchiligimizga juda dolzarb bo`lgan yangi normalar qo`shish bo`yicha yaxshigina diskussiyalar qildik. Nasib bo`lsa, bu bo`yicha kuchli takliflar tayyorlash ustida ishlayapmiz. 👉 @U_Choriyev

  • 10 июн.3 442479

    Bizda qachon odamlarning subyektiv fikri o`rniga obyektiv hujjatlar gapirishni boshlasa, ana shunda rivojlanamiz! Bugun universitetda Azizxo`jayev faoliyati bo`yicha fakultet stipendiyasi suhbat bosqichi o`tkazildi. Bu bo`yicha alohida nizom tasdiqlab qo`yilgan. Unga ko`ra nomzodlarni baholashda 3 ta talab e'tiborga olinadi: 1) ijtimoiy faollik; 2) tashabbuskorlik; 3) ilmiy-ijodiy faoliyat. Suhbatda ishtirokchilarga bilim darajasini va faxriy professor haqida ma'lumotga egaligini baholash bo`yicha savollar berilishi mumkinligi yozib qo`yilgan. Lekin afsuski baholashda bu 3 ta aniq hujjatda yozib qo`yilgan talablarga emas, kimda nechta tadbir-u, kim nechta targ`ibot qilganligiga e'tibor berildi. Ilmiy faoliyat, huquqshunoslikka qo`shgan hissasi, bilimi bularni barchasi bir burchakda qolib ketdi. To`g`ri stipendiya nomi bilan "Azizxo`jayev" stipendiyasi. Lekin faqat ustozni ommaga necha marta targ`ib qilganlikni emas, talaba hozirgi faoliyati bilan ustozga loyiq avlod bo`lyaptimi-yo`qmi degan savol o`rtaga tashlanishi kerak edi. Va yana bir narsa, bugun stipendiyaga nomzodi tanlangalar rostan juda ko`p targ`ibot va ustoz faoliyati bo`yicha qattiq mehnat qilishibdi. Ularga e'tirozim yo`q, shunchaki nizomda shuni to`g`ridan to`g`ri aytib qo`yildimi, demak shunga rioya qilinishi kerak edi. Bo`lmasa, nizomda katta qilib, "ENG KO’P YUGURGAN YUTADI" deb yozib qo`yish kerak edi. Shunda hamma o`zining kuchli tarafidan kelib chiqib, harakatini qilardi. Menga o`xshagan targ`ibotlarga vaqti bo`lmaydiganlar, tinchgina topshirmay qo`yaverardi. 👉 @U_Choriyev

  • 27 мая3 4976610

    AQSH Oliy sud binosi devorlarida xuddi shu gaplar yozib qo’yilgan ekan: Qonun nima ekanligini aytish — bu aynan sud hokimiyatining vakolati va burchidir. Ya’ni bu gap bilan qonunni sharhlash, u nima demoqchiligini aytish sudning vakolati ekanligiga urg’u berilmadi. 👉 @U_Choriyev

  • 25 мая3 590221

    Biz namunali xodimni emas, tanishi ko’p xodimni aniqlayapmiz! Hozir ko’pchilik davlat organlarida namunatli talaba, xodimlarni aniqlash onlayn ovoz berish orqali aniqlanadi. Xo’sh, bunda eng zo’r ishlagan xodim yutadi deb o’ylaysizmi? ASLO YO’Q. Bunda eng…

  • 25 мая3 6572718

    #Foydali Qonun analogiyasi - agarda ma'lum bir munosabatni tartibga solib turadigan aniq bir norma bo'lmasa, shunga o'xshash munosabatni tartibga solib turadigan mavjud huquqiy normalardan foydalanish. Huquq analogiyasi - ma'lum bir munosabatni huquqning umumiy tamoyillardan kelib chiqqan holda tartibga solish. 👉 @U_Choriyev

  • 25 мая3 3502014

    Konstitutsiyaviy sud faoliyatini takomillashtirish bo`yicha muhim hujjat. Ushbu farmonda Konstitutsiyaviy sudning murojaatlarni koʻrib chiqish tartibini yanada takomillashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi taklifiga rozilik berilgan: (a) Konstitutsiyaviy sudga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish huquqi subyekti boʻlmagan fuqaro yoki yuridik shaxs tomonidan Konstitutsiyaviy sudga taalluqli masala yuzasidan yoʻllangan murojaatni Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan subyektga yuborish; (b) Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan subyekt tomonidan fuqaro yoki yuridik shaxsning murojaatidagi masala Konstitutsiyaviy sudga kiritilmagan holatlarda muallifga uning murojaatidagi masalani Konstitutsiyaviy sudga kiritishga asos mavjud emasligini tushuntirgan holda xabar berish va Konstitutsiyaviy sudga axborot taqdim etish amaliyotini joriy etish. 👉 @U_Choriyev

  • 22 мая2 822404

    Bu yerda xatolik mavjud. MJtK bo`yicha "ma'muriy ish" iborasi amaliyotda juda ko`p ishlatiladi. Ammo buni nomini to`g`ri aytish kerak. MJtK bo`yicha ish "ma'muriy ish" emas, "ma'muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ish" deb yuritilmog`i lozim. Chunki bu ikki tushuncha mutlaqo boshqa huquq sohalarini o`zida ifodalaydi. Hali hamon sud hujjatlarida shu kabi xatoliklar ketmoqda. 👉 @U_Choriyev

  • 21 мая2 9285815

    Mana soqqa qayerda. "Soliq hamkor" orqali 7000 so`m uchun soliq cheki bermaganligi bo`yicha fuqaro xabar bergan. Soliq tekshiruvi o`tkazilib, do`kon egasiga 5 mln so`m moliyaviy jarima va 1400 so`m jarima qo`llanilgan. Amaldagi qonunchilikka ko`ra aybdor shaxsdan undirilgan jarimaning 20 foizi jismoniy shaxsga toʻlab beriladi. 👉 @U_Choriyev

  • 20 мая2 7429012

    #Quote Hayotingdagi eng muhim janglar hech kim bo`lmaganda, o`zing bilan kechadi. Agar shu kichik janglarda doimiy yutsang, muvaffaqiyat uni ketidan ergashadi! — David O. McKAy 👉 @U_Choriyev