Toshkent shahar 16-son Bolalar musiqa va san'at maktabi
Статистика16-son Bolalar musiqa va san'at maktabi • Toshkent sh., Uchtepa t. Детская школа музыки и искусств номер 16 • г. Ташкент, р. Учтепа Biz/Мы 👇 Website: @http:/16maktb Instagram: @16_bmsm_uchtepa Facebook: @16bmsm.toshkent.sh Telegram: @Uchtepa16BMSM
- Последний пост
- 31 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 38
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 90
- 1/48двое суток
- 103
- 1/72трое суток
- 111
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#qabul2026@Uchtepa16BMSM
без подписи
🔥16-son Bolalar musiqa va san’at maktabi 2026–2027-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabulini e’lon qiladi! 🎓 Davlat ta’lim dasturlari asosida 1-sinfga budjet asosida 7-yoshdan 12-yoshgacha bolalar uchun qabul boshlandi. Shuningdek, boshqa bolalar musiqa va san’at maktablari hamda boshqa ta’lim muassasalaridan o‘quvchilarni belgilangan tartibda (bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda) ko‘chirish ham amalga oshiriladi. Musiqa yo‘nalishlari: CHOLG’U IJROCHILIGI 🎹 Fortepiano 🎻 Skripka 🎸 Gitara 🪕 Qashqar rubob 🪕 Avg’on robobi 🪕 Dutor 🪘 Doira 🪈 Nay Chang 🎷 Damli cholg’ular 🥁 Zarbli cholg‘ular VOKAL SAN’ATI 🎼 Akademik xonandalik 🎙 Estrada xonandaligi 🎵 An’anaviy xonandalik XALQ IJODIYOTI 🎼 Baxshichilik san’ati 🎶 Folklor san’ati San’at yo‘nalishlari: 💃 Xoreografiya 🎨 Tasviriy san’at 🖌 Amaliy san’at Dizayn 🎭 Aktyorlik san’ati ✨ Yosh cheklovisiz «Music and Art» xo‘jalik hisobi asosida faoliyat yurituvchi maktabga ham qabul davom etmoqda. Ta’lim yoshi va tayyorgarlik darajasidan qat’i nazar, bolalar hamda kattalar uchun ochiq. 📅 Arizalar my.gov.uz portali yoki Davlat xizmatlari markazlari (“Yagona darcha”) orqali qabul qilinadi. ⚠️ Budjet asosidagi o‘rinlar soni cheklangan. «Music and Art» guruhlariga qabul cheklovlarsiz amalga oshiriladi. 📍 Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, 16-son Bolalar musiqa va san’at maktabi (mo‘ljal: Shox-med klinikasi).
Сегодня свой День рождения отмечает Президент Республики Узбекистан Шавкат Миромонович Мирзиёев. Искренне желаем крепкого здоровья, благополучия, неиссякаемой энергии, мудрости и дальнейших успехов в государственной деятельности. Пусть наша страна продолжает уверенно двигаться вперёд, сохраняя мир, стабильность и процветание. С Днём рождения! 🇺🇿
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, janob Prezident! #BizningPrezident #xalqyetakchisi 📲Telegram 📲Instagram
без подписи
🎀 Klassika
Prezidentimiz terma jamoamizning ruhini ko‘tardi: "Futbolchilarimiz juda katta tajribali jamoaga qarshi kuchli xarakterini ko‘rsatdi. Biz uchun birinchi jahon chempionatida birinchi golimiz - bu ham g‘alaba". Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Olgʻa_Oʻzbekiston #Biz_birgamiz ⚡️ Milliy terma jamoamiz ilk bor FIFA Jahon chempionati final bosqichiga yo‘llanma oldi Bu yutuq millionlab muxlislar orzusi, futbolchilarimiz, murabbiylar va mutaxassislarning ko‘p yillik mehnati samarasi bo‘ldi. Jahon chempionatiga chiqish nafaqat futbolimiz, balki butun O‘zbekiston sporti uchun ulkan voqea hisoblanadi. Bu muvaffaqiyat yoshlarimizga katta ishtiyoq berib, mamlakatimiz nufuzini yanada yuksaltiradi. Tarixiy yutuq muborak bo‘lsin! Olg‘a, O‘zbekiston! Biz birgamiz. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
🇺🇿 “Madaniyat o‘lmasin” chellenj Yakkasaroy tuman Madaniyat bo‘limi ijodkorlari tomonidan milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va boy madaniy merosimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Madaniyat o‘lmasin” chellenji Madaniyat — millatning ruhi, ma’naviyati va kelajagidir. Keling, birgalikda milliy qadriyatlarimizni asraylik va kelajak avlodlarga yetkazaylik! #MadaniyatOlmasin #Challenge #YakkasaroyMadaniyat #MilliyQadriyatlar #YangiOzbekiston
#MadaniyatOʻlmasin 💠💠💠 “MADANIYAT O’LMASIN” Madaniyat vazirligining ilk madhiyasi 🔻Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi 🔻25-son bolalar musiqa va san’at maktabi pedagogik jamoasi va o’quvchilari ishtirokida tayyorlandi.
#OAV_biz_haqimizda ⚡️Samarqandda madaniyat tizimi xodimlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi Muloqotda sohani rivojlantirishga oid dolzarb masalalar, taklif va tashabbuslar muhokama qilindi. 🔹Telegram 🔹Instagram
#Nomoddiy_madaniy_meros | #Ekspeditsiya_2026 ➡️ Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrida nomoddiy madaniy meros obyektlari hamda ularni asrab-avaylab kelayotgan ustozlar faoliyatini o‘rganishga qaratilgan navbatdagi ilmiy-amaliy ekspeditsiya tashkil etildi. ➡️ Ekspeditsiya davomida poytaxtimizda istiqomat qiluvchi, tojik milliy taomlari tayyorlash an’analarini uch avlod davomida saqlab kelayotgan mohir pazanda Dilobar Mirsaidova faoliyati o‘rganildi. ➡️ Tadqiqot jarayonida tojik milliy oshxonasining noyob namunalaridan bo‘lgan “Tabogi shurbo”, “Qurtoba”, “Tojiki mastoba” hamda “Shakarob” taomlarini tayyorlash usullari, ularning o‘ziga xos jihatlari va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan sir-asrorlari yozib olindi. 🔘 Shuningdek, mazkur taomlarning kelib chiqish tarixi, xalqning turmush tarzi va madaniy qadriyatlari bilan bog‘liq jihatlari ham hujjatlashtirildi. 🔘 Nomoddiy madaniy merosni asrash, o‘rganish va kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lidagi bunday ekspeditsiyalar xalqimizning boy madaniy merosini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 📍 Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi 📸 Nomoddiy madaniy meros bo‘yicha ekspeditsiya — 2026 ✅️Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt |Telegram-bot
#Toshkent_shahri #Madaniyat_boshqarmasi #SAYYOR_QABUL 📢 Hurmatli yurtdoshlar! 📲 Toshkent shahri bo'yicha Madaniyat va san'at sohasida murojaat va savollaringiz bormi? ➡️Unda, Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari Xolikov Bekzod Musulmanovich ishtirokida joriy yilning 22-may kuni soat 15:00 da 16:00 ga qadar Yangihayot tumani 32-sonli madaniyat markazi binosida bo'lib o'tadigan "Sayyor qabul" da murojaatlaringizni yo'llashingiz mumkin. ➡️Ushbu qabulda jismoniy va yuridik shaxslar, soha vakillari o‘zlarining murojaat, taklif va shikoyatlari bilan ishtirok etishlari mumkin. ⚡️ Ma'lumot uchun:Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, taklif va shikoyatlari onlayn 24/7 rejimda murojaatlarni qabul qiluvchi bot: https://t.me/BoshqarmagaMurojaatBot ✅️Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt |Telegram-bot
без подписи
без подписи
без подписи
“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi 🗣 Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasida boshqarma v.v.b boshlig‘i Bekzod Baxromov ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. 💬 Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari, bandlik, ta’lim, kasbiy rivojlanish, tadbirkorlik faoliyati hamda madaniyat tizimini yanada takomillashtirishga oid masalalar muhokama qilindi. 🗣 Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan bevosita murojaat qilib, mavjud muammolar va istiqbolli loyihalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bildirilgan takliflar yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilab berildi. ⚡️ Shuningdek, uchrashuvda madaniyat sohasini raqamlashtirish, axborot ochiqligini ta’minlash, yoshlar bandligini oshirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. 🤝 Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirishga xizmat qildi. #YoshlarKuni #RahbarVaYoshlarUchrashuvi #ToshkentMadaniyat #YoshlarBilanMuloqot #YoshlarTashabbusi #MadaniyatTizimiYoshlari ✅️Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt |Telegram-bot
👥 Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tadi 💬 Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida oʻtkazib kelinmoqda. ➡️ Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi v.v.b boshlig‘i Bekzod Baxromov ishtirokida yoshlarning muammo va takliflarini oʻrganish, ularning gʻoya va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, bandlik, taʼlim, kasbiy rivojlanish hamda tadbirkorlik faoliyatiga oid masalalarni muhokama qilishga qaratilgan. 🗓 2026-yil 21-may kuni 🕑 Soat 14:00 da 📍 Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtadi. 🗂 Uchrashuv davomida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan bevosita murojaat qilishlari mumkin. ⚡️ Shuningdek, madaniyat tizimini rivojlantirish, raqamlashtirish, axborot ochiqligi, yoshlar bandligi hamda istiqbolli loyihalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etiladi. 🔔 Aziz yoshlar, Sizni ushbu ochiq muloqotda faol ishtirok etishga chorlaymiz! #YoshlarKuni #RahbarVaYoshlarUchrashuvi #ToshkentMadaniyat #YoshlarBilanMuloqot #MadaniyatTizimiYoshlari ✅️Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt |Telegram-bot
📖 “Milliy meros” informatsion loyihasi #Milliy_meros #qiziqarli_faktlar Siz Hamid Olimjon haqida bilmagan ma'lumotlar… •➡️ Toshkent metrosidagi “Hamid Olimjon” bekati shoirning o‘zbek adabiyoti va madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasiga hurmat sifatida uning nomiga qo‘yilgan. • ➡️ Ko‘pchilik uni shoir sifatida biladi, ammo Hamid Olimjom nafaqat shoir, balki iste’dodli dramaturg va tarjimon ham bo‘lgan. • ➡️ Uning rafiqasi — mashhur shoir Zulfiya. Ularning ijodiy va hayotiy ittifoqi o‘zbek adabiyoti tarixidagi eng mashhur juftliklardan biri hisoblanadi. • ➡️Aytishlaricha, Hamid Olimjon juda jozibali ovozga ega bo‘lgan va she’rlarini soatlab o‘qib bera olgan — uni tinglaganlar esa sukut saqlab eshitishgan. • ➡️Shoir bahorni juda yaxshi ko‘rgan va ko‘pincha unga bag‘ishlab she’rlar yozgan — uning ijodida tabiat deyarli har doim “jonlanib” ketadi. ⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ О чём вы могли не знать про Хамиде Алимджане? • ➡️Станция метро «Хамид Алимджан» в Ташкенте названа в честь поэта — как знак уважения к его огромному вкладу в узбекскую литературу и культуру. • ➡️Многие знают его как поэта, но Хамид Алимджан также был талантливым драматургом и переводчиком. • ➡️ Его супруга — известная поэтесса Зульфия. Их союз считается одной из самых известных творческих пар в истории узбекской литературы. • ➡️Говорят, что Хамид Алимджан обладал очень харизматичным голосом и мог часами читать свои стихи так, что люди слушали в полной тишине. • ➡️ Поэт очень любил весну и часто посвящал ей строки — в его произведениях природа почти всегда «оживает». #Qiziqarlifaktlar #Интересныефакты ✅️Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt |Telegram-bot