Umedjon Barnoyev
СтатистикаРомитан туман ҳокими Умеджон Барноевнинг расмий телеграм канали.
- Последний пост
- 19:35
- Последнее чтение
- 13:57
- Постов за неделю
- 61
- Всего постов
- 102
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 252
- 1/48двое суток
- 288
- 1/72трое суток
- 311
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Romitan tumanida yangi drayver loyihalar: 240 ta ish o‘rni yaratiladi Hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan loyihalar izchil amalga oshirilmoqda. Romitan tumanida mavjud imkoniyat va zaxiralardan samarali foydalanish, kichik va o‘rta biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida 2026-yilda jami 3 ta drayver loyiha tanlab olinib, ularni bosqichma-bosqich ishga tushirish belgilangan. Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi natijasida tumanda 240 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa, avvalo, aholining bandligini ta’minlash, yoshlar va mehnatga layoqatli fuqarolar uchun yangi daromad manbalarini yaratish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Birinchi bosqichda “Zarafshon” daryosi bo‘yida yangi sayyohlik va xizmat ko‘rsatish maskanlari tashkil etiladi. Xususan, daryoning 0,5 kilometr qismida sohil bo‘yi xizmat ko‘rsatish loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu yo‘nalishda 12 nafar tashabbuskor tomonidan savdo, umumiy ovqatlanish, dam olish va aholiga xizmat ko‘rsatish maskanlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Loyihalar to‘liq ishga tushirilishi natijasida 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Ayni paytda mazkur hududda loyihalarni amalga oshirish uchun zarur muhandislik-kommunikatsiya va infratuzilma bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Sohil bo‘yining obodonlashtirilishi, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratilishi hamda xizmat ko‘rsatish obyektlarining barpo etilishi hududning iqtisodiy va turistik salohiyatini yanada oshirishi kutilmoqda. Eng muhimi, ushbu tashabbuslar orqali ilgari foydalanilmagan imkoniyatlar iqtisodiy faollikka jalb etilib, yangi tadbirkorlik subyektlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa aholiga qulay xizmatlar ko‘rsatish bilan birga, qo‘shimcha ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratadi. Romitan tumanida drayver loyihalarni amalga oshirish orqali hudud iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi. @Umed_Barnoyev
#BUXORO_MTRK #ROMITAN_TUMANI 🟢XABAR informatsion dasturi: Xotin-qizlar muammosini o‘rganish va samarali hal etish maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan Romitanda muloqotlar tashkil etildi ✝️Telegram | ☮️Facebook | 💟Instagram | ☸️YouTube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#FUQAROLAR_QABULI #HAR_HAFTANING_JUMA_KUNLARI 🟢Romitan tuman hokimligining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi Mamlakatimizda xalq bilan muloqot qilish, aholini o‘ylantirayotgan muammolarga tezkor va joyida yechim topishning zamonaviy va samarali mexanizmi yo‘lga qo‘yilganligi, odamlarning adolatga, davlatga, ertangi kunga ishonchini mustahkamlamoqda. Bugun, 14-avgust kuni Romitan tuman hokimligining navbatdagi fuqarolar qabuli tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sherali Po‘lotov tomonidan tuman hokimligining kichik majlislar zalida o‘tkazildi. Fuqarolar qabulida tuman Xalq qabulxonasi vakillari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot, korxona rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etdi. Fuqarolarimiz tomonidan ishga joylashish, tibbiyot sohasiga doir, tadbirkorlik, oilaviy masalalar, bir martalik moddiy yordam tayinlash, uy-joyni ta’mirlab berish, kadastr, sud-huquq masalalari bilan yuzasidan murojaat qildilar. Qabulda 10 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglandi va shu kunning o‘zida 4 ta murojaat o‘z yechimini topdi. Muddat talab qiladigan murojaatlar asosida tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Romitan tuman hokimligi matbuot xizmati ✝️Telegram | ☮️Facebook | 💟Instagram | ☸️YouTube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🟢“MAHALLADA OBODLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDAGI OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” tadbirlari doirasida Romitan tumanida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. 1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi Umedjon Barnoyev tashabbusi bilan "Gazberon" mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar davomida mahalla hududini obodonlashtirish, sanitariya holatini yanada yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, infratuzilmadagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi uchun yanada qulay va obod muhit yaratishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, mas’ullarga belgilangan ishlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, hududni namunali mahallaga aylantirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Obod mahalla – Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va aholi farovonligining mustahkam poydevoridir. @Umed_Barnoyev