- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 12
- Всего постов
- 185
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 161
- 1/48двое суток
- 184
- 1/72трое суток
- 198
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
189ball🔥🔥
Umid Saydaliyev pinned a file
Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi uchun natijalar chiqdi! Toshpoʻlatov Iskandar Ergashboyev Abdulatif Oʻtkirov Mirsoli Mirobidov Samandar Turgʻunov Jalolbek larni tabriklaymiz! Barakalla yigitlar! Boʻlajak PROKURORLAR!
Va nihoyat Huquqshunoslik fanidan milliy sertifikat berish rasman tasdiqlandi
Huquqshunoslik fanidan test savollari bo‘yicha Yurisprudensiya yo‘nalishlari uchun asosiy fan tarixdan huquqshunoslik faniga o‘zgartirilgandan keyin savollar saviyasi, darajasi va sifati bo‘yicha e’tirozlar tinmayapti. Dastlabki yillarda bunday e’tirozlar bo‘lmadi, chunki boshida savol tuzish uchun manba va ma’lumot ko‘p edi. Ammo 2 yildan keyin darsliklardagi deyarli barcha ma’lumotlarni savolga aylantirib bo‘lishdi va buyog‘iga nima qilishni bilmay qolishdi. Eski savollarni takrorlamasdan yangi sifatli savol tuzishga ekspertlarning aqli yetmayapti, natijada o‘ta kulgili va yurisprudensiya sohasi uchun ahmoqona savollar yaratilyapti. Huquqshunoslik fanidan sifatli savol tuzuvchi ekspertlar maktabi shakllanmasdan, shoshmashosharlik bilan o‘zgarish qilingani sezilib qoldi. Chunki boshqa fanlardan savollar sifati bo‘yicha deyarli hech qanaqa e’tiroz eshitmaymiz, eng katta muammo aynan huquqshunoslik fanida bo‘lmoqda. Yodingizda bo‘lsa, avvalgi yillarda kodekslardagi sanksiyalardan (jazo chorasi) savol tuzishgani va bu aqlga sig‘maydigan darajada katta xato ekanligi haqida bir necha marta yozgandim. Bunaqa savol tuzganlarni testga mutlaqo yaqinlashtirmaslik kerakligini ham so‘ragandim. 2026-yilgi test sinovlari davomida ijtimoiy tarmoqlarda yana bir bor huquqshunoslik fani savollarining sifatsizligi masalasi keng muhokama qilinmoqda. Huquq fani o‘qituvchilari, advokatlar va boshqa huquqshunoslar ham bu haqida ko‘p bora yozishdi. Bunday sifatsiz savollar bilan yosh o‘quvchilarning huquq fanidan bilimlarini sinash imkonsizligi, berilgan savollarni hatto tajribali yuristlar ham bilmasligi va bilishga majbur ham emasligi haqida yozishmoqda. Bu savollar, rahmatli ustoz Omonulla Madayev tili bilan aytganda, 15-20 yillar oldingi "farzandi yo‘q insonlar tomonidan tuzilgan” savollarga o‘xshaydi. Fikrlashga, huquqni tushunishga emas, asosan yodlashga va xotiraga qaratilgan. Yaqinda bir rasmiy tadbirda oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va adliya vaziri Akbar Toshqulovni bir joyda ko‘rib qoldim va fursatdan foydalanib, ushbu masalani chuqurroq o‘rganishni ulardan qayta iltimos qildim. Biri oliy ta’limga kirish imtihonlari uchun bevosita mas’ul inson, ikkinchisi bo‘lajak yuristlar uchun eng katta ish beruvchilardan va huquqiy ta’lim sohasining rivoji uchun mas’ul shaxs. Vazirlarimiz e’tirozlardan xabari borligini va bu masala jiddiyligini aytib, albatta holatni batafsil o‘rganib chiqib, tegishli choralar ko‘rilishiga va’da berishdi. Kutamiz va yaxshi o‘zgarishlarga umid qilamiz. Joriy yilgi testlar tugab bo‘ldi, endi nimanidir qayta o‘zgartirish imkonsiz. Ammo hech bo‘lmasa, kelgusi yillarda yana shunaqa holat bo‘lmasligi uchun harakat qilishimiz kerak. 👉 @xushnudbek 👈
Toshkent shahri va Toshkent viloyati boʻlajak talabalari uchun huquqshunoslik yoʻnalishi boʻyicha Universitetlar roʻyxati: Kunduzgi 1) Toshkent Davlat Yuridik Universiteti Kvota - 491 ta Oʻtish balli (2025) - 175,3 ball 2) Diplomatiya universiteti Kvota - 125 ta Oʻtish balli (2025) - 172,4 ball 3) Transport universiteti Kvota - 150 ta Oʻtish balli (2025) - 163,6 ball 4) Milliy universiteti Kvota - 75 ta Oʻtish balli (2025) - 171,6 ball 5) Jamoat Xavfsizligi Universiteti Kvota - 100 ta Oʻtish balli (2025) - 169,1 ball 6) Cyber University Kvota - 100 ta Oʻtish balli (2025) - 164,9 ball 7) Irrigatsiya Kvota - 60 ta Oʻtish balli (2025) - 161,6 ball 8) Islom Akademiyasi Kvota - 30 ta Oʻtish balli - yangi qoʻshilgan Kechki 1) Transport universiteti Kvota - 25 ta Oʻtish balli (2025) - 161,2 ball 2) Jamoat Xavfsizligi Universiteti Kvota - 25 ta Oʻtish balli (2025) - 165,1 ball Masofaviy 1) Cyber University Kvota - 125 ta Oʻtish balli (2025) - 150,8 ball 2) Transport universiteti Kvota - 25 ta Oʻtish balli (2025) - 152,3 ball 3) Milliy universiteti Kvota - 75 ta Oʻtish balli (2025) - 155,9 ball 4) Irrigatsiya Kvota - 50 ta Oʻtish balli - yangi qoʻshilgan Eʼtibor bering! Umumiy barchasi uchun talaba 150 balldan yuqori toʻplagan boʻlishi shart!
2026-yil Yurisprudensiya yo‘nalishi kvotalari e’lon qilindi https://share.google/Y7NcFQPgEiUW1fO16
BMBA dan Rasmiy munosabat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ–4884-son qarorida test topshiriqlari davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari asosida tuzilishi, test sinovi materiallarining maʼno-mazmuni umumiy oʻrta taʼlim tizimidagi fanlarning oʻquv dasturlariga moslashtirilishi belgilangan. 2026–2027-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari uchun huquqshunoslik fanidan test topshiriqlari ushbu qarordan kelib chiqqan holda davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari hamda Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilingan 35 ta qonunchilik hujjati asosida shakllantirilgan. Ushbu qonunchilik hujjatlariga huquqshunoslik fanlari bo‘yicha o‘quv dasturiga kiritilgan mavzular doirasida murojaat qilingan. Test sinovi natijasidan norozi boʻlgan yoki test topshiriqlari o‘quv dasturlari asosida tuzilmagan deb hisoblagan abituriyentlar yakuniy tanlov natijalari eʼlon qilingandan so‘ng belgilangan tartibda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin. (c) Bilim va malakalarni baholash agentligi Eski hammom, eski tos... Eng yaxshisi, bu yil ham 35 ta qonunchilikni toʻliq koʻrib chiqamiz, nasib etsa ....
❓OTMga kirishda tanlov ustuvorligi nima? Qaysi birini tanlash kerak? Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin. 👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida: 🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi; 🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi. Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan. @Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii