- Последний пост
- 23 февр.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Toshkent davlat yuridik universitetida PQ–1 qarori doirasida navbatdagi ilmiy-amaliy suhbat tashkil etildi. Ushbu suhbatda: — PQ–1 qarorining asosiy vazifalari va maqsadi; — universitetning mazkur yo‘nalishdagi strategik yondashuvi; — ilmiy asoslangan takliflar; — qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ilmiy va amaliy guruh faoliyati muhokama qilindi. Mazkur suhbat mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, profilaktika tizimini takomillashtirish hamda huquqiy mexanizmlarni ilmiy jihatdan tahlil qilishga qaratilgan. https://youtu.be/o-bd3h9Opl0?si=9pFCpuGB1xTrPWqN
Mahallada xavfsiz muhit — ilmiy yondashuv va amaliy tashabbus Toshkent davlat yuridik universitetida PQ–1 qarori doirasida mahsus suhbat amalga oshirdik. Suhbat davomida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda profilaktika tizimini kuchaytirish bo‘yicha belgilangan asosiy vazifalar muhokama qilindi. Uchrashuvda universitetning mazkur yo‘nalishdagi maqsadlari, ilmiy-huquqiy takliflari hamda qaror ijrosini tizimli qo‘llab-quvvatlash maqsadida ilmiy va amaliy guruh tashkil etilgani ta’kidlandi. https://youtu.be/UnBzVQOFtgA?si=iEGsIs4mxTTmWO-_
Assalomu alaykum barchaga anchadan beri, jamoa tuzib, jamoa bilan birgalikda ishlash haqida o'ylab yurgan edim. Kelila, qo'shishila jamoamizga...
Hurmatli talabalar, magistrantlar va yosh tadqiqotchilar! Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yosh olimlar kengashi ilmiy izlanishlarga qiziqqan, tashabbuskor va innovatsion fikrga ega yoshlarni o‘z safidan joy olishga taklif etadi. Kengashning asosiy maqsadi — yosh olimlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va universitetda ilm-fan hamda ta’limni integratsiyalashgan tarzda rivojlantirishdir. Siz o‘z ilmiy salohiyatingizni rivojlantirish, professional faoliyatni boshlash hamda real amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga egasiz, Jumladan: 1. ilmiy maqolalar yozish va ularni mahalliy hamda xalqaro jurnallarda chop etish; 2. xalqaro konferensiyalar, forumlar va ilmiy tanlovlarda TSUL nomidan ishtirok etish; 3. grantlar va loyihalarda qatnashish, startap tashabbuslarini ilgari surish; 4. tajribali olimlar, professor-o‘qituvchilar va xorijiy ekspertlar bilan mentorlik dasturlarida ishlash; 5. ilm-fan, ta’lim va yoshlar siyosati sohalarida tashabbuskor yetakchiga aylanish imkoniyati yaratiladi. Ro'yxatdan o'tish ——————————————— Уважаемые студенты, магистранты и молодые исследователи! Совет молодых учёных при Ташкентском государственном юридическом университете приглашает инициативных, исследовательски ориентированных и инновационно мыслящих молодых людей присоединиться к своей команде. Основная цель Совета — раскрытие научного потенциала молодых учёных, поддержка современных научных проектов и развитие интеграции науки и образования в университете. Вы получаете возможность развивать свой научный потенциал, начать профессиональную деятельность и приобрести реальный практический опыт, в частности: 1. писать научные статьи и публиковать их в национальных и международных журналах; 2. участвовать от имени ТГЮУ в международных конференциях, форумах и научных конкурсах; 3. участвовать в грантах и проектах, продвигать стартап-инициативы; 4. работать в рамках менторских программ с опытными учёными, преподавателями и зарубежными экспертами; 5. стать инициативным лидером в сферах науки, образования и молодёжной политики. Регистрация @tsul_science
Bugun soat 20:00 da «Biznesni qaysi tashkiliy-huquqiy shaklda roʻyxatdan oʻtkazish afzal» mavzusida birinchi vebinarimiz boʻlib oʻtadi. Barchani kutib qolamiz! https://us06web.zoom.us/j/89472233820?pwd=bLgdcyh1GoIIYhVIiQxeBHpT4ItYSx.1 Konferensiya identifikatori: 894 7223 3820 Kirish kodi: 933328
Vebinar tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan yoki oʻz biznesini yaqinda boshlaganlar uchun moʻljallangan. Shuningdek, tadbir yosh menejerlar, buxgalterlar va inson resurslari boʻyicha mutaxassislar uchun ham foydali boʻladi. Quyidagi masalalar muhokama qilinadi: 1) Biznesni roʻyxatdan oʻtkazish nima uchun zarur; 2) Oʻzbekistonda biznes qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda roʻyxatdan oʻtkaziladi; 3) Amaliyotda eng keng tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakllarining yuridik xavflari hamda iqtisodiy jihatdan afzallik va kamchiliklari. Shu jumladan, quyidagi shakllar batafsil koʻrib chiqiladi: – oʻzini oʻzi band qilgan shaxs; – yakka tartibdagi tadbirkorlik; – oilaviy tadbirkorlik; – masʼuliyati cheklangan jamiyati; – aksiyadorlik jamiyati. Spiker – Samir Latipov. U 17 yillik amaliy tajribaga ega yurist boʻlib, fuqarolar va biznes subyektlariga yuridik yordam koʻrsatib kelmoqda va Toshkent davlat yuridik universitetida dars bermoqda. Ilgari "Norma" portalida bosh ekspert sifatida ishlagan, Oʻzbekistonda "Glavbux" tizimini joriy etish loyihasini boshqargan. Mazkur vebinar Justy.Uz portalining maxsus taʼlim loyihasi doirasidagi ilk tadbiri boʻlmoqda. Ishtirok etish bepul. Joylar cheklangan! Vebinar kuni ulanish havolasini o'tkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizni kuzatib boring: https://t.me/justy_uz
👍👍👍 | #ovozli_chat | #legal_tech 🎓 Talabalar uchun ajoyib imkoniyat! 👍 Toshkent davlat yuridik universiteti Kiber huquq kafedrasi o‘qituvchisi Nodirbek Inoyatov tomonidan 1-kurs talabalari uchun "Legal Tech" moduli yuzasidan ovozli chat shaklida Master-Klass o'tkaziladi. 🎙 Ovozli chat davomida yakuniy imtihon formati, unga tayyorlanish bo‘yicha maslahatlar va imtihonda uchrashi mumkin bo‘lgan asosiy mavzular haqida tushuntirish beradi. 📊 Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish va ularga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🎯 Mazkur ovozli chat talabalarning yakuniy nazorat imtihoniga tayyorgarligini oshirish, ularning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi. 📆 Ovozli chat 1-fevral, soat 19:00'da quyidagi havola orqali bo‘lib o‘tadi: 👉 Ovozli chatga qo'shilish uchun bu yerni bosing! 🤝 Barcha talabalarni taklif qilamiz! 🔎 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook
👍👍👍👍👍👍👍👍 Assalomu alaykum hurmatli kuzatuvchilar. 🔜 E'tiboringizga Mehnat-huquqiy munosabatlar tahliliga bag'ishlangan turkum suhbatlarimizning birinchi mavsumi doirasida muhokama qilinadigan mavzular ro'yxatini havola etamiz. 1. Mehnat huquqiga kirish. 2. Mehnat sohasida ijtimoiy sheriklik. 3. Mehnat shartnomasini tuzish va o’zgartirish. 4. Mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy asoslari. Xodim tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish. 5. Ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilish 6. Taraflar ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan holatlar bo’yicha mehnat shartnomasini bekor qilish. 7. Mehnat huquqida ish vaqti. 8. Mehnat ta’tillari bilan bog’liq masalalarni huquqiy tartibga solish. 9. Mehnatga haq to’lash. Kafolatli va kompensatsiya to’lovlari. 10. Mehnat intizomi. 🖥 Suhbat an'anaga muvofiq haftaning har yakshanba kuni, soat 20:00 da, 📌@Suhbatrasmiy telegram kanalida bo'lib o'tadi. 🔝 Ekspertimiz - Nargiza Sharipova, Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti ⌛ Bizni kuzatishda davom eting 🚀 @Suhbatrasmiy
Assalomu alaykum hurmatli kuzatuvchilar. 🔜 E'tiboringizga soliqlar haqidagi turkum suhbatlarimizning ikkinchi mavsumi doirasida muhokama qilinadigan mavzular ro'yxatini havola etamiz. 1. Biznes yuritish: 0 dan "google"gacha 2. Rezidentlik va daromad manbaida soliqqa tortish prinsiplari 3. Qo'shilgan qiymat solig'i 4. Aksiz solig'i 5. Foyda solig'i 6. Jismoniy shaxslarning daromadiga soliq solish 7. Ijtimoiy soliqqa oid masalalar 8. Kameral soliq tekshiruvi 9. Soliq auditi 10. Sayyor soliq tekshiruvi 11. Ikkiyoqlama soliqqa tortishga oid masalalar 12. Transfert narxlash qoidalari 13. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari qoidasi 14. Nozik kapitalizatsiya qoidasi 🗓 Suhbat an'anaga muvofiq haftaning har yakshanba kuni, soat 21:00 da, @Suhbatrasmiy telegram kanalida bo'lib o'tadi. ⌛ Bizni kuzatishda davom eting: ✈️ @soliqrakursi
“Har qanday xato — bu yangidan nazar solish, biror narsa o‘rganish imkoniyatidir. Hech narsa qilmagandan ko‘ra, xato qilish yaxshiroqdir” Pyotr Rodinov, “Geropharm” kompaniyalar guruhi rahbari.
Suhbat #30 Bugun soat 21:00 da Suhbat loyihasining navbatgi soni… Loyihamiz mehmoni: Shukrullo Halilov - Resurs soliqlari Online ishtirok eting… https://t.me/Suhbatrasmiy?livestream @Suhbatrasmiy
Suhbat #29 Bevosita soliqlar Bugungi epizodda bevosita soliqlarning tavsifi, ularning egri soliqlardan farqi, nega har qanday soliqning yakuniy to'lovchisi iste'molchi hisoblanishi, davlat budjetining kelajagi qaysi soliq turiga ko'proq bog'liq ekanligi, foyda solig'ining korxona faoliyatidagi o'rni hamda ijtimoiy soliq qanday maqsadlarda to'lanishi haqida suhbatlashdik. @soliqrakursi @Suhbatrasmiy
Suhbat #29 Bugun soat 21:00 da Suhbat loyihasining navbatgi soni… Loyihamiz mehmoni: Shukrullo Halilov - Bevosita soliqlar Online ishtirok eting… https://t.me/Suhbatrasmiy?livestream @Suhbatrasmiy
📣 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan President Tech Award tanlovida ishtirok eting! ☑️ President Tech Awards tanlovining asosiy vazifasi — xalqaro miqyosda raqobatlasha oladigan yuqori sifatli dasturiy yechimlarni yaratishni ilgari surish orqali mahalliy IT-sanoatni rivojlantirishni rag‘batlantirishdir. ✔️ Umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million dollarni dollarni tashkil etadi va u har bir yo‘nalishdagi eng istiqbolli uchta loyiha o‘rtasida taqsimlanadi. Asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha tanlovda O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha fuqarolari ishtirok etishi mumkin. 5 ta asosiy yo‘nalishlardan birida ishtirok etish uchun 3-8 kishidan iborat jamoa yig‘ilishi talab etiladi. ⏱ 15-sentyabrdan 25-sentyabrga qadar bitta sovrinli o‘rin va startapni yanada rivojlantirish uchun 100 000 dollarlik mukofotga ega xakaton bo‘lib o‘tadi. 👉Batafsil ma'lumot uchun👈 👉 https://t.me/PresidentTechAward
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
⚡️Hatto PowerPoint ham mohir qo’llarda jonlanadi — dizayner ajoyib slaydlarni yaratish qanchalik oson ekanligini ko’rsatib berdi. Ushbu dizayner o’z YouTube sahifasiga PowerPoint'da chiroyli slaydlarni yaratish bo’yicha layfxaklarni joylab bormoqda.
Suhbat #28 Egri soliqlar Bugungi epizodda soliqlarning tasniflanishi, egri soliqlarning davlat budjetini shakllantirishdagi hamda iqtisodiy-ijtimoiy hayotni tartibga solishdagi o'rni, QQS va Aksiz solig'ining joriy etilish tarixi, elementlari hamda ularning amaliy ahamiyati haqida suhbatlashdik. @soliqrakursi Qo’shincha savollar uchun: @Soliq_Rakursi_bot @Suhbatrasmiy
Suhbat #28 Bugun soat 11:00 da Suhbat loyihasining navbatgi soni… Loyihamiz mehmoni: Shukrullo Halilov -Egri soliqlar Online ishtirok eting… https://t.me/Suhbatrasmiy?livestream @Suhbatrasmiy
“Startap — bu kengaytiriladigan, foydali biznes modelini qidiradigan vaqtinchalik tuzilma” Stiv Blank, tadbirkor, startaper.