🥇Mingbuloq tuman axborot kutubxona markazi
Статистика🇺🇿Барча турдаги, кўплаб тиллардаги электрон бадиий адабиётлар. Electronic fiction of all kinds, in many languages. Электронная художественная литература всех видов на многих языках. Admin bilan bog'lanish @nurservis https://t.me/Uzbekistanlibrary
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 8
- Всего постов
- 112
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- Категория
- Книги
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 20
- 1/48двое суток
- 22
- 1/72трое суток
- 24
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
@ibratfarzandlari ilovasidagi yangiliklarini ko’rdingizmi? Tez orada yoshlar uchun yana bir mega tanlov o’tkazmoqchimiz. Tanlov g’oliblariga qanday sovrin bersak ekan? Pul mukofoti, sayohat yoki kitoblar? Izoh qoldiring.
#biz_tavsiya_etamiz “Shabnam” — qalbga yaqin hikoyalar Azamat Qorjovovning “Shabnam” asari inson qalbidagi nozik kechinmalar, hayot, muhabbat, sog‘inch va insoniy munosabatlarni yorituvchi samimiy asardir. Unda hayotning quvonchli va o‘ychan lahzalari, insonning ichki kechinmalari ta’sirchan tarzda ifodalanadi. “Shabnam” — nomidan ham anglashilgandek, qalbga mayinlik va sokinlik olib kiradigan, o‘quvchini hayot haqida chuqurroq o‘ylashga undaydigan asar. Kitobni mutolaa qilgan sari qahramonlarning kechinmalari sizga hamohang bo‘lib, o‘zingizga tanish tuyg‘ularni kashf etasiz.
#yoshlar_kuni YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ Mingbuloq tuman Ma'naviyat maskanida yoshlar kuni doirasida tuman Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz" shiori ostida adabiy kecha o‘tkazildi. Kechada Alisher Navoiy va Rumiy asarlarini yoshlar tarbiyasidagi tarbiyaviy ahamiyati haqida kitobxon yoshlar va faol nuroniylar o‘zaro bahs-munozaraga boy suhbat tashkillandi. Suhbatni RMMM tuman bo‘linmasi rahbari D.Jo‘raboyeva ochdi va olib bordi. Kitobxonlikning foydalari va bilim sarflangan sari ko‘payuvchi yagona boylik ekani ta'kidlandi.
без подписи
#Yoshlar_kuni “Yoshlar siyosati va boshqaruvda yoshlar ishtiroki kuni” munosabati bilan 2026 yil 13-avgust kuni Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari o‘rtasida yoshlarning bilim va salohiyatini namoyon etishga qaratilgan qiziqarli tanlov o‘tkazildi. Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining bilimlari, ijodkorligi, zukkoligi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda, do‘stona va samimiy muhitda o‘tdi. Bunday tadbirlar yosh mutaxassislarning faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda boshqaruv jarayonlarida yoshlarning ishtirokini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
#Suhbat 13-avgust kuni 31-avgust Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuniga bagʻishlab AKMda "Adolat kechiksa ham,lekin xotira oʻchmaydi"mavzusida faol kitobxonlar bilan suhbat oʻtkazildi.Suhbat davomida AKM хodimlari qatagʻon qurbonlari haqida maʼlumot berdi.Qatag‘on yillarida xalqimizning ko‘plab ziyolilari, davlat va jamoat arboblari, olimlar, adiblar, shoirlar hamda oddiy fuqarolar turli asossiz ayblovlar bilan ta’qib qilingan. Ular orasida millatimiz ma’rifati va taraqqiyoti uchun xizmat qilgan A.Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, A.Avloniy kabi buyuk siymolar ham bor edi. Ularning hayoti va ijodi xalqimizning ozodligi, ma’rifati, milliy o‘zligi va kelajagi bilan chambarchas bog‘liq. “Adolat kechiksa ham, lekin xotira o‘chmaydi” degan ibora bugungi avlod uchun katta ma’naviy saboqdir. Bugungi kunda qatag‘on qurbonlarining nomlari tiklanib, ularning boy ilmiy va ijodiy merosi xalqimizga qaytarilmoqda. Suhbatda 20- nafar oʻquvchi ishtirok etdi.
#Yangicha_targʻibot #Siz_kelmasangiz_biz_boramiz 11-avgust kuni Mingbuloq Axborot kutubxona markaziga qarashli Yoshlik mfyda joylashgan kòchma kutubxona xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PQ-9-sonli Qarorini ijrosi yuzasidan tumandagi Yoshlik mfy, Farovon mfy xamda 33- maktab hodimlariga kutubxonadagi yangi adabiyotlar yuzasidan targʻibot ishlari olib borildi.Mutolaa nafaqat kasbiy mahoratni oshiradi, balki bolalar bilan ishlashda yangi ĝoyalar, zamonaviy yondashuvlar va samarali tarbiya usullarini egallashga yordam beradi. Targʻibot ishlari davomida kutubxonaning mavjud imkoniyatlari, yangi adabiyotlar, kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida ma'lumot berildi.
#_biz_tavsiya_etamiz. Halima Xudoyberdiyevaning “Saylanma” kitobi — shoiraning qalb kechinmalari, insoniy tuyg‘ular, mehr-muhabbat, Vatanga sadoqat, ayol qalbi va hayot haqidagi teran fikrlari aks etgan she’riy asarlar to‘plamidir. Undagi she’rlar samimiyligi, ta’sirchanligi va hayotiyligi bilan kitobxonni o‘ylashga, his qilishga chorlaydi. “Saylanma” — nozik qalblar, go‘zallik va ma’naviyatni qadrlaydigan kitobxonlar uchun qimmatli adabiy xazina.
Mustaqillikning 35 yilligiga o‘z hissangizni qo‘shing! Yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladigan tashabbusingizni “35 000 tashabbus” loyihasiga yuboring. Asosiy maqsad: Barcha yoshlarda Mustaqillik to’yonasiga dahldorlik hissini oshirish! 📅 1–31-avgust Yuborish: tashabbus.yito.uz O‘z tashabbusingiz bilan tarixda iz qoldiring!
#biz_tavsiya_etamiz Mirmuhsin — “Ilon o‘chi” “Ilon o‘chi” — inson qalbidagi adovat, qasos, hasad va kechirim kabi tuyg‘ularni hayotiy voqealar orqali yorituvchi ta’sirchan asar. Unda yaxshilik va yomonlik, insoniylik va nafs o‘rtasidagi kurash tasvirlanadi. Asar o‘quvchini voqealar rivoji bilan birga o‘ylashga, hayot va inson munosabatlari haqida chuqurroq mushohada yuritishga chorlaydi. “Qasos qalbni yengillashtiradimi yoki uni yanada og‘irlashtiradimi?” — asarni mutolaa qilgan kitobxon bu savolga o‘zi javob topadi.
🤝 Jamoaviy birdamlik — kuchimiz manbai Inson yolg‘iz holda ko‘p narsaga erishishi mumkin. Ammo buyuk natijalar doimo jamoaviy birdamlik, o‘zaro ishonch va hamjihatlik orqali yaratiladi. Bir jamoada har kimning o‘z vazifasi, o‘z qarashi va o‘z imkoniyati bor. Muhimi — barcha bir maqsad sari harakat qilsa, kichik harakatlar ham katta natijaga aylanadi. Birdamlik — bir xil fikrlash emas. Birdamlik — turli fikrlarni hurmat qilgan holda, umumiy maqsad yo‘lida birlashishdir. Bugun bizga tezkorlikdan ko‘ra bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash, raqobatdan ko‘ra hamkorlik, individual yutuqdan ko‘ra jamoaviy natija muhimroq bo‘lib bormoqda. Chunki: “Birlik bor joyda — kuch bor. Hamjihatlik bor joyda — natija bor.” Keling, bir-birimizga suyanch bo‘laylik, muvaffaqiyatlarni birgalikda nishonlaylik va qiyinchiliklarni birgalikda yengib o‘taylik. 💪 Bir jamoa. Bir maqsad. Bir natija! 🤝
Bugungi kunda davlat xizmatchilarining bilim va dunyoqarashini boyitish, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan 7-avgust kuni tumandagi MMTB ning Maʼnaviy maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlariga "Kitob oʻqish soati" oʻtkazildi.So‘ngra AKM xodimlari tomonidan Ulug‘bek Hamdamning “Ota” romani haqida maʼlumot berildi.Asarda ota siymosi, uning oiladagi o‘rni, farzandlar tarbiyasidagi mas’uliyati va insoniy fazilatlari badiiy tasvirlangan. Xulosa qilib aytganda, Ulug‘bek Hamdamning “Ota” romani milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ulug‘lovchi, yoshlarni ota-onaga hurmat ruhida tarbiyalovchi muhim asarlardan biridir. Kitob mutolaasi har bir insonni oila, burch va mas’uliyat haqida chuqurroq mushohada yuritishga undaydi. “Kitob o‘qish soati” davomida o‘qilgan kitob yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari, olgan taassurotlari va hayotiy xulosalari bilan o‘zaro fikr almashildi.
Yosh fermerlar chempionatiga start berildi Qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun 12 ta nominatsiya bo‘yicha respublika chempionati boshlandi. G‘oliblar 50 mln so‘mgacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi va loyihalar kengayishida Agentlikdan ko‘mak olishadi. Hoziroq yoshfermer.uz orqali ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi.
https://youtu.be/BSnHhYli-v0?si=kO9UurLBFOIyTqcK
♾Internetda biz haqiqatdan ham xavfsizmizmi? Batafsil videoda. ⏩Biz bilan kuzatib boring! 🌐Telegram | 🌐Instagram
#kunhikmati 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram
QOGʻOZ qisqichi usuli nima? #xalqchildavlat 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram
без подписи
#Yoshlar_kuni Innovatsiyalar, sunʼiy intellekt va robototexnika texnika kuni hamda 2026 yil 5 iyundagi 59-buyrugʻida Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi va hududiy axborot kutubxona markazlarida iyun-avgust oylari payshanba - "Yoshlar kuni" munosabati bilan 2026 yil 6 avgust kuni Mingbuloq tuman Axborot-kutubxona markazida Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbari Nurillo Eshnazarov tomonidan yoshlar uchun ChatGPT, Gemini kabi sunʼiy intellekt vositalaridan samarali foydalanib, taqdimotlar tayyorlash boʻyicha amaliy mashgʻulot oʻtkazildi. Mashgʻulot davomida ishtirokchilarga ChatGPT va Gemini kabi sunʼiy intellekt vositalaridan samarali foydalanish, ularga toʻgʻri topshiriqlar berish, qisqa vaqt ichida sifatli taqdimotlar tayyorlash hamda sunʼiy intellektdan foydalanishda axborot xavfsizligi va mualliflik huquqlariga rioya etish yuzasidan tushunchalar berildi. Shuningdek, ushbu texnologiyalar yordamida vaqtni tejashning amaliy usullari namoyish etildi. @Uzbekistanlibrary
#Yangicha_targʻibot #Siz_kelmasangiz_biz_boramiz 5 avgust kuni tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PQ-9-sonli Qarorini ijrosi yuzasidan tumandagi Arxiv tashkiloti hodimlariga kutubxonadagi yangi adabiyotlar yuzasidan targʻibot ishlari olib borildi.Mutolaa nafaqat kasbiy mahoratni oshiradi, balki bolalar bilan ishlashda yangi gʻoyalar, zamonaviy yondashuvlar va samarali tarbiya usullarini egallashga yordam beradi. Badiiy, ilmiy-ommabop va pedagogik adabiyotlarni muntazam oʻqib borish har bir tarbiyachining bilim va tajribasini yanada boyitadi.Targʻibot ishlari davomida kutubxonaning mavjud imkoniyatlari, yangi adabiyotlar, elektron resurslar hamda kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida ma'lumot berildi.