tgindex
Oʻzbekoyim

“Yangi O’zbekiston” universiteti prorektori, PhD, dotsent Hilola Nazirovaning shaxsiy kanali

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
5
Всего постов
44
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
353
−2 за 3 дн.
Сутки
−1
−0,28%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
408
40 постов
Вовлечённость
115,6%
к подписчикам
Постов в день
0,7
всего 44
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
86
1/48двое суток
98
1/72трое суток
106

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 14 авг.988из newuzbekistanuniversity

    “Day of AI” loyihasining eng yuqori natija ko‘rsatgan 50 nafar ishtirokchisi Gonkongda malaka oshiradi “Day of AI” loyihasi “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Massachusets texnologiya institutining (MIT) RAISE loyihasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Loyiha doirasida 1 400 nafar informatika fani o‘qituvchisi sun’iy intellekt yo‘nalishida malaka oshirdi. Ular orasidan eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan 50 nafar ishtirokchi xalqaro malaka oshirish dasturiga yo‘llanma oldi. Tanlangan ishtirokchilar dunyoning TOP-50 oliy ta’lim muassasalari qatoridan o‘rin olgan Gonkong Fan va texnologiyalar universitetida (HKUST)o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu dastur mamlakatimizda sun’iy intellekt ta’limini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va uni ta’lim jarayoniga keng joriy etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

  • Vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalaydigan asar – “Otamdan qolgan dalalar” haqidagi eng yaxshi revyular Xabaringiz bor, yaqinda portalimiz orqali “Kitoblar aro 80 kun” marafonining final bosqichi o‘tkazilib, marafon yakunlandi. Yakuniy shartda ishtirokchilar Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romaniga revyu (yozma taqriz) yozgan edi. Hakamlar qarori bilan eng yaxshi baholangan revyulardan ayrimlarini e’lon qilamiz. Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3021 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | X | Instagram

  • Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida ulkan islohotlarni amalga oshirib, ilm-fan, ta’lim va yoshlar kamolotini davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylantirgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud topgan kun. Kelajak bunyodkorlariga ilm ulashishdek mas’uliyatli mehnatimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun samimiy tashakkurimizni izhor etamiz. Sizning oqilona rahbarligingiz ostida ilm-fan va zamonaviy ta’lim yo‘nalishlarida erishilayotgan yutuqlar bardavom bo‘lsin. Baxtimizga doimo sog‘ bo‘ling, muhtaram Prezident! #NewUzbekistan #XalqYetakchisi #BizningPrezident @Uzbekxonim

  • “HIROTGA, BOBOMNING HUZURIGA!” kitob taqdimotiga taklif etamiz! “Jadid” gazetasi muharriri, shoir Shahriyor Shavkatning Afg‘oniston bo‘ylab safari, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab va Abu Rayhon Beruniy kabi bobolarimizning so‘nggi manzillari haqidagi real taassurotlari jamlangan yangi safarnoma taqdimoti o‘tkaziladi. Tadbirda Oʻzbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, akademik Abdulla A’zam hamda taniqli adabiyotshunoslar ishtirok etishi kutilmoqda! 📆 Sana: 24-iyul (Juma) ⏰ Vaqt: 11:00 📍 Manzil: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Kitobparvar va sayohatsevar barchani kutib qolamiz! #Jadid_gazetasi #KitobTaqdimoti #Jadid_kutubxonasi #MilliyKutubxona #YangiKitob

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • Aziz yoshlar, qadrli ota-onalar va ustozlar! Yoshlar kuni bilan barchangizni chin qalbimdan tabriklayman! Yoshlar kuni yaqinlashganda ko‘nglimda doim iliq bir tuyg‘u uyg‘onadi. Chunki faoliyatim davomida har kuni yoshlar bilan ishlayman, ularning orzulari, izlanishlari va yutuqlariga guvoh bo‘laman. Ba’zan bitta talabaning muvaffaqiyati ortida qancha mehnat, sabr va ishonch borligini ko‘rib, bugungi yoshlarimizning salohiyatiga yana bir bor qoyil qolaman. Ana shunday lahzalarda Yangi O‘zbekistonning eng katta kuchi ham, eng katta umidi ham yoshlar ekanini yanada chuqurroq his qilaman. So‘nggi kunlarda men uchun juda quvonchli voqealar yuz berdi. Avval qizimning ta’limdagi yutuqlari uchun oilamizga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’ribotboy Sharipov tomonidan Tashakkurnoma e’tirofini qabul qilib oldim. Ona sifatida bu men uchun unutilmas lahza bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay, “Yangi O‘zbekiston” universitetining o‘ndan ortiq talabalari va ularning oilalari ham xuddi shunday e’tirofga sazovor bo‘lganini eshitdim. Men qizimning yutug‘idan qanchalik quvongan bo‘lsam, prorektor sifatida talabalarimizning muvaffaqiyatidan ham shunchalik faxrlandim. Bu yil talabalarimizning yutuqlari ayniqsa quvonarlidir. 4-kurs talabasi Nargis Xolmamatova Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi hamda Niderlandiyaning nufuzli Delft texnologiya universiteti magistratura dasturiga qabul qilindi. Talabamiz Fyodor Amanov ketma-ket xalqaro almashinuv dasturlarida tahsil olib, UNESCOning “Quantum 100” ro‘yxatiga kirgan yagona Markaziy Osiyo vakiliga aylandi va Oksford universiteti magistratura dasturiga qabul qilindi. Kiberxavfsizlik yo‘nalishi talabasi Sevinch Mavlonova esa Zulfiya nomidagi davlat mukofoti hamda texnologiya sohasida ayollarga beriladigan “Yulduz Tech Award” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bunday yutuqlarni yana ko‘plab sanab o‘tish mumkin. Har bir muvaffaqiyat ortida mehnat, intilish, fidoyilik va Vatan taraqqiyotiga xizmat qilish istagi mujassam. Meni ayniqsa quvontiradigan jihat shundaki, bugungi yoshlar nafaqat yaxshi ta’lim olishga, balki jamiyat uchun foydali bo‘lishga, yangilik yaratishga va dunyo bilan raqobatlasha olishga intilmoqda. Ularning yutuqlariga qarab, ertangi kunimizga bo‘lgan ishonch yanada mustahkamlanadi. Aziz yoshlar! Hech qachon katta orzu qilishdan qo‘rqmang. Bilim olishdan, izlanishdan, savol berishdan va yangi marralarni zabt etishdan charchamang. Sizlarning har bir yutug‘ingiz ota-onangiz, ustozlaringiz va butun mamlakatimiz uchun quvonchdir. Yana bir bor barchangizni Yoshlar kuni bilan samimiy tabriklayman. Kelajagingiz yorug‘, maqsadlaringiz ulkan va qadamingiz doimo dadil bo‘lsin! @Uzbekxonim

  • 5 июн.679321

    Mana shunqa yangiliklarni o‘qisam, mazza qilaman. Vatandoshlaringning bunaqangi muvaffaqiyati faqat xursand qiladi, faxr uyg‘otadi (#)

  • 1 июн.684191

    Aziz bolajonlar, qadrli ota-onalar! 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan barchangizni tabriklayman! Ushbu sana 1949-yilda Xalqaro demokratik ayollar federatsiyasi tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, 1950-yildan buyon dunyoning ko‘plab mamlakatlarida nishonlanib kelinmoqda. Bu kun bizga bolalarni nafaqat himoya qilish, balki ularning orzularini qadrlash, fikrini tinglash va baxtli kelajagini yaratish mas’uliyatini ham eslatadi. O‘zbek xalqi azaldan bolajon xalq. Farzandni xonadonning quvonchi, oilaning tayanchi, millatning kelajagi deb bilamiz. Shu sababli ham har bir bolaning kulgusi, har bir muvaffaqiyati va har bir orzusi biz uchun alohida qadrlidir. Ba’zan o‘ylab qolaman: agar kattalar dunyoga bolalardek samimiyat va mehr bilan qaray olganlarida, balki dunyoda urushlar, nizolar va adovatlar kamroq bo‘larmidi? Axir bolalar bir-birini millati, dini yoki mavqeiga qarab emas, qalbiga qarab qabul qiladi. Ular do‘stlashishni, quvonch ulashishni va birga orzu qilishni yaxshi ko‘radi. Mening eng sevimli asarlarimdan biri – Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asari. Asardagi: “Barcha katta odamlar avval bola bo‘lganlar, biroq ularning juda ozchiligi buni eslaydi” degan fikrni har safar o‘qiganimda chuqur o‘yga tolaman. Darhaqiqat, ulg‘aygan sari bolalikdagi beg‘uborlikni, hayratlanish hissini va mehrni yo‘qotib qo‘ymaslik juda muhim. Aziz bolajonlar, ko‘proq kitob o‘qing, savollar bering, izlaning va katta orzular qiling. Bugun ertak o‘qiyotgan, kitob varaqlayotgan yoki osmondagi yulduzlarga boqib orzu qilayotgan bola ertaga yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan buyuk inson bo‘lib yetishishi mumkin. Qalbingizdagi bolalarcha samimiyat va ezgulik umr bo‘yi hamrohingiz bo‘lsin. Bayram muborak! @Uzbekxonim

  • #auditoriyamiz_afsonalari Umrlar bo‘ladiki, Tirigida o‘likdir. O‘limlar bo‘ladiki, O‘lgan odam tirikdir. Maqsud Shayxzoda Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida ta’lim olgan, faoliyat yuritgan buyuk shaxslar, ilm-fan fidoyilarini sizlarga eslatib, ma’lumot berishda davom etamiz. “Auditoriyamiz afsonalari” ruknida tayyorlagan navbatdagi videomiz qahramoni yozuvchi Maqsud Shayxzoda. Badiiy adabiyotni sevgan kitobxonlar ozar va o’zbek xalqining farzandi, atoqli shoir va dramaturg Maqsud Shayxzoda ijodini yaxshi biladi, asarlarini sevib oʻqigan. Ijodkor hayotining bir qismini universitetimizda talabalarga saboq berish bilan oʻtkazgani esa biz uchun haqiqiy faxrga arzigulik tarixiy fakt. Maqsud Shayxzodaning universitetimizdagi ustozlik davrlari haqida shogirdlari yozib qoldirgan xotiralarni jonlantirdik. Nazarimda, bu talabalarimiz uchun ham, pedagoglarimiz uchun ham ibratli va ma’rifiy ahamiyatga ega. Koʻring va baho bering. Video sun’iy idrok yordamida tayyorlandi. Keyingi video kim haqida boʻlishini istaysiz, izohlarda yozing. @hilola_umarova

  • 25 мая507212

    Bugun yurtimizdagi minglab yoshlar uchun hayajonli va unutilmas kun - “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jaranglagan, bolalik bilan xayrlashib, orzular sari ilk qadam qo‘yiladigan kun. Bu sana men uchun ham alohida ahamiyatga ega. Chunki maktabni bitirganimga ham mana 26 yil to‘ldi. Oradan yillar o‘tsa-da, maktab hovlisi, ustozlar mehri, sinfdoshlar bilan o‘tgan beg‘ubor damlar qalbimizda eng yorqin xotira bo‘lib qoladi. Bugungi bitiruvchilar ham aynan mana shu kunni kelajakda katta sog‘inch va faxr bilan eslashlariga ishonaman. Ayniqsa, bu yil bitiruvchilarni shaxsan yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tabriklagani yoshlarimizga bo‘lgan yuksak e’tibor va ishonchning yana bir yorqin ifodasidir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Bugun qishloqdagi oddiy maktab bitiruvchisi ertaga dunyo tan oladigan olim bo‘ladi. Bugun oldiga katta maqsadlar qo‘ygan, intiluvchan, izlanuvchan yoshlarimiz ertaga millionlab insonlarga xizmat qiladigan texnologiyalarni yaratadi. Bugun kitob o‘qiyotgan bir qizaloq ertaga mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqadigan farzandlarni tarbiyalaydi. Shu bois, har biringiz kamida bittadan xorijiy til va zamonaviy kasbni egallashga harakat qiling. Bu kelajakka ochilgan eshik, siz uchun qo‘shimcha imkoniyat va rag‘batdir”. Darhaqiqat, bugungi kun - orzularni amalga oshirish yo‘lidagi ilk debocha. Oldingizda hali zabt etiladigan marralar, amalga oshadigan ezgu niyatlar va sizni kutayotgan katta hayot bor. Aziz bitiruvchilar, sizlarga ulkan omad, qat’iyat va yorqin kelajak tilayman. Hech qachon o‘qishdan, izlanishdan va orzu qilishdan to‘xtamang. Yutuqlaringiz bilan ota-onangiz, ustozlaringiz va Vatanimiz faxriga aylaning! *surat Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bugungi “So’nggi qo’ng’iroq” tadbiridan @Uzbekxonim

  • видео или голосовое, без подписи