O'z tilim || Milliy sertifikat (Jamoliddin O'rinboyev bilan)
СтатистикаKanalda: 👉Milliy sertifikat namunasidagi testlar; 👉BBA(DTM) namunasidagi testlar; 👉Jamoliddin O'rinboyevning o'zi tuzgan testlari; 👉Turli xil BBA va Ms tipidagi viktorina savollari; 👉Shu kabilar berib boriladi. Murojaat uchun: @Jamoliddin707
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 8
- Всего постов
- 277
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 223
- 1/48двое суток
- 255
- 1/72трое суток
- 275
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Imtihon natijalari (mandat) ertaga, 15-avgust — shanba kuni soat 08:00 da e’lon qilinadi. Buni tekshirish maqsadida tegishli mas’ullar bilan bog’landim, ular ushbu ma’lumotni tasdiqlashdi. 👉 @xushnudbek
без подписи
без подписи
😂🤣🤣 Kanal: https://t.me/UztilimN1
без подписи
без подписи
без подписи
Nihoyat, maktab darsliklari o'xshatish-qiyoslash (o'xshatish-chog'ishtiruv) va maqsad BOG'LOVCHIlarini takror tan oldi. Kanal: https://t.me/UztilimN1
📚 BILAN söziniñ kelib çiqişi — etimologiyasi Bilan — birga ma’nosini añlatuvçi kömakçi. Misol: Qöriqçilar bilan keldim. Bu söz asli qadimgi turkiy tilda bir soniga birga ma’nosini ifodalovçi -la qöşimçasini qöşib hosil qilingan birla söziga yönaliş kelişiginiñ tarixiy şakli -n qöşimçasini qöşib hosil qilingan. Keyinroq talaffuzni qulaylaştiriş uçun r tovuši tuşirib aytilgan. bir + la = birla + n = birlan > bilan Boş kelişikdagi turli sözlar (kim? nima? qayer? söroqlaridan biriga javob böluvçi sözlar) bilan birikib, birgalik, hamkorlik, tarz-holat, payt, vosita, yönaliş, sabab, asos kabi ma’nolarni ifodalaydi. 🔹 1. Birgalik, hamkorlik: Döstlar bilan birga bölgan ölim töydir. (Boburnoma) 🔹 2. Vosita: Metro bilan ketdi. 🔹 3. Tarz-holat: Yonboşi bilan yiqildi. 🔹 4. Payt: Kuni bilan mutolaa qildi. 🔹 5. Yönaliş: Makkaga şu yöl bilan boriladi. 🔹 6. Sabab: Umar (r.a) adolati bilan maşhur. 🔹 7. Asos-sabab: Har bir iş Ollohniñ buyruği bilan böladi. 📌 Uslubiy imkoniyatlari 🔹 1. Va sözi örnida: Qalam bilan qoğoz — qalam va qoğoz. 🔹 2. Payt ergaş gapni şakllantiradi: Biz turişimiz bilan, ular dasturxonni yiğiştirişdi. 🔹 3. Sabab ergaş gapni şakllantiradi: Men kelişim bilan, hammasi özgardi. 🔹 4. Tösiqsiz (Tösqiñsiz) ergaş gapni şakllantiradi: Döstim köp bölgani bilan, düşmanim ham oz emas. 📌 3️⃣ Şu (niñ) bilan qolip ifodasi 🔸 Şu (niñ) bilan — 1 Şu yerda, şu yerga kelganda ma’nosida: Şu bilan işni to‘xtatamiz. Şu bilan majlis tamom. 🔸 Şu (niñ) bilan — 2 Şunday qilib, xullas ma’nosida: Şuniñ bilan, u nom-nişonsiz yöqoldi. 🔸 Şu (niñ) bilan — 3 Şuniñ barobarida, şu bilan bir qatorda ma’nosida: Şuniñ bilan, jamiyat xavfsizligini ham hisobga oliş lozim. 📌 4️⃣ Arxaik şakllari 🔹 1. Birla: Sadoqat birla şaraf qozon. 🔹 2. Bila: Inson iymon bila mumtozdir. 🔹 3. Ila: Qarşiñdagiga lutf ila muomala qil! Bu şakllar, ayniqsa, mumtoz özbek adabiy tili va nazmida köp uçraydi. 📌 5️⃣ Qisqargan şakli — -la: Seniñ-la tirikmam, Seniñ-la borman. Bu şakl badiiy va mumtoz matnlarda uçraydi. 📌 6️⃣ Öxşaş şakllari 1. Billa (şevada) — birga ma’nosidagi birla şaklining tovush özgarişi asosida yuzaga kelgan körinişi: Ikkimiz billa borib kelamiz. Sen bilan billa bajaramiz. 2. ⚠️ Arabcha بِ (bi) bilan adaştirmang! Arab tilidagi بِ (bi) — harf al-jarrlaridan bölib, özidan keyingi ismni majrur holatga keltiradi: بِالْقَلَمِ: bil qolami — qalam bilan بِاللَّهِ: billāhi — Allohga qasam / Alloh haqqi Arabça بِ (bi) va turkiy bilan ayrim holatlarda bilan deb tarjima qilinişi mumkin, ammo ular etimologik jihatdan bir söz emas. [ ● Muhyiddin Şodmonov ● ] 📚 Qolipga siğmas tafakkur egalari uçun! Kanal: https://t.me/UztilimN1
O'z tilim || Milliy sertifikat (Jamoliddin O'rinboyev bilan) pinned a photo
Qoʻshtirnoq ishlatilmaydigan 4 holat Qoʻshtirnoqdan keraksiz oʻrinlarda foydalanmaslik zarur. Masalan, mana bu holatlarda u mutlaqo ortiqcha: 1️⃣ Baholar. Baho nomlari qoʻshtirnoqqa olinmaydi: besh, ikki, aʼlo, qoniqarli. 2️⃣ Bayram nomlari. Tarixiy sanalar va bayramlar doim qoʻshtirnoqsiz yoziladi: Navroʻz bayrami, Xotira va qadrlash kuni, Yangi yil. 3️⃣ Laqablar, tarixiy unvonlar, sifatlashlar. Mashhurlar tarixiy shaxslarning ismiga qoʻshib aytiladigan sifatlashlar yoki laqablar qoʻshtirnoqsiz yoziladi: Richard Sheryurak, Dveyn Qoya Jonson. 4️⃣ Turdosh otga aylangan brendlar. Aslida tovar belgisi boʻlgan, ammo tilimizga oddiy atamadek singib ketgan nomlar qoʻshtirnoqsiz, kichik harfda yoziladi: kseroks, jip. Siz koʻproq qaysi birida ikkilanib turardingiz? 🔥 – bayramlar nomida ✍️ – baholar nomida 😎 – barchasini bilardim Kanal: https://t.me/UztilimN1
#Kulgi_vaqti Qo'shnining bolasi shu darajada idealki, tug'ilishidan ikki oy avval onasiga mashina sovg'a qilgan...)) @UztilimN1
ICHKI QOFIYA Asosiy qofiyadan tashqari, she’rning ichki bayt va misralarida keladigan qofiya. Masalan: Chaman sarvi qolib hayron, mening sarvim qilib javlon, Aning shaydosi bir dehqon, munga shaydo bari olam. Asosiy qofiya juft misralarda bo‘ladi, yaʼni bu baytda "olam" so‘zi. Ajratib ko‘rsatilganlari esa ichki qofiyadir. https://t.me/UztilimN1
без подписи
Uyqu turlari: 1. Sunnat uyqu. Oftob ko‘tarilib, to peshin namozigacha bo‘ladigan oraliqdagi bu uyqu “qaylula” deyiladi. U aqlni ko‘paytiradi. 2. Bid’at uyqu. Peshin namozi vaqtidagi uyqu. 3. Telbalikka sabab bo‘ladigan uyqu. Asr namozidan keyingi uyqu devonalik, parishonxotirlik va telbalikka sabab bo‘ladi. 4. Uqubatga sabab bo‘ladigan uyqu. Kishi xufton namozini o‘qimasdan uxlasa, bu dunyoda ham, oxiratda ham azob-uqubatga qoladi. 5. Odatiy uyqu. Xufton namozidan keyingi odatiy uyqu. 6. Nadomatga sabab bo‘ladigan uyqu. Tongotar vaqtida uxlash. Shuningdek, ilmiy majlis bo‘layotgan vaqtda uxlash ham nadomatga sabab bo‘ladi. 7. G‘aflat uyqu. Tong otayotganida uxlab yotish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizlari Fotimaga roziyallohu anho: “Tongda uxlab yotmagin, chunki bu vaqtda uch narsa: yaxshilik, odob va baraka taqsimlanadi”, dedilar. Kim tong otayotganida uxlab yotsa, shu uch narsadan quruq qoladi. 8. Faqirlikka sabab bo‘ladigan uyqu. Bomdoddan keyin kun chiqquncha uxlab yotish kambag‘allikka, devonalikka va qarzdorlikka sabab bo‘ladi. 9. G‘aromat — ziyon uyqu. Kishining ibodatdan so‘ng duoda, sanoda, salavotda yoki qiroatda ko‘zi ketib qolsa, g‘aromat uyqu sanaladi. 10. Rohat uyqu. Kasal va go‘daklarning uyqusi. Ular qancha ko‘p uxlasa, shuncha foyda va rohat olishadi. 11. Ibodat uyqu. Olimlar, obidlar va ro‘zadorlarning uyqusi. Kishi xufton namozidan so‘ng tahoratli uxlasa, farishtalar himoyasida bo‘ladi. 12. Karomat uyqu. Tunda namoz o‘qib turib, charchab sajdada uxlab qolish. Mas’ud ibn Mahmud ibn Yusuf as-Samarqandiy, “Saloti Mas’udiy” Тafakkur qilish qobiliyatiga ega insonlar uchun! Kanal: https://t.me/UztilimN1
#Next Biz ham endi trenddan qolmaylik. Bir yangilik ustida ishlayapmiz. Yaqin kunlarda sizlarning e'tiboringizga havola etamiz. Sizlarga ham ma'qul bo'ladi degan umiddamiz. Barchaga rahmat. @UztilimN1
⚡️”-lik” qoʻshimchasi xususiyatlari: 1️⃣ Mavhum ot yasovchi qoʻshimcha sifatida “doʻstlik”, “tinchlik”, “mustaqillik”, “erkinlik”, “sokinlik” soʻzlari yasalishida xizmat qiladi. 2️⃣ Sifat yasovchi qoʻshimcha sifatida “yozlik”, “qishlik”, “koʻrpalik” kabi soʻzlar yasalishida xizmat qiladi. Bunda ,asosan, xoslik ma’nosini ifodalaydi. 3️⃣ Faoliyat-jarayon otlarini yasovchi qoʻshimcha sifatida “chorvachilik”, “kosiblik”, “sartaroshlik”, “zargarlik”, “etikdoʻzlik”, “soatsozlik”, “aktyorlik”, “tabiblik” kabi soʻzlar yasalishida xizmat qiladi. Bunda kasb otlari hosil boʻladi. 4️⃣ Joy nomlariga qoʻshilib, “buxorolik”, toshkentlik”, “oqqoʻrgʻonlik”, “fargʻonalik” kabi shaxs otlarini yasaydi. ✅ Shuningdek, takror qoʻllanuvchi “qarama-qarshi”, “xilma-xil”, “ketma-ket”, “qasdma-qasd”, “rang-barang” kabi sifatlarga qoʻshilib ot yasaydi. Bunday otlar esa imlo qoidalariga muvofiq chiziqchasiz ( “ketmaketlik”, “xilmaxillik”, “qaramaqarshilik”, “qasdmaqasdlik”, “rangbaranglik”) yoziladi. Manfaatli boʻlsin! 🙂 Kanalimiz: https://t.me/UztilimN1
Bilan ko'makchisining takror va juft so'zlar bilan qo'llanishi Bilan ko'makchisining maqsur shakli -la juft va takroriy ot, olmosh, otlashgan so'zlar, undov va taqlid so'zlar bilan kelganda juft va takror so'zlar orasidagi chiziqcha ham, ‐la dagi chiziqcha ham saqlanadi. ✅ Ey majnuntol, shitir-shitir-la, Yodga solding yorning kokillarini. ✅ Urush-janjal-la ish bitmaydi, murosa qilish kerak. Istisno: semantik usulda yasalgan takror so'zlar bundan mustasno: ❌ Hovuzchaga suvni chelak-chelak-la quydi. ❌ Suv serob bo'lganidan tog'ara-tog'ara-la kir yuvdi. Ammo juft so'zlarda bunday istisno deyarli kuzatilmaydi: ✅ To'y qilish uchun yosh-qari-la maslahatlashdik. ✅ Hayotning oq-qorasi-la taajjubga solding. Muallif — Muhyiddin Shodmonov Milliy sertifikat uchun maxsus https://t.me/UztilimN1 https://t.me/UztilimN1 https://t.me/UztilimN1 https://t.me/UztilimN1
YANGI TIPDAGI 38-SAVOL UCHUN MAXSUS. 📗 AYRIM SINONIM QO‘SHIMCHALAR: 1. Kelishiklarning o'zaro sinonimiyasi 1. Qaratqich kelishigi -ning/-dan: mehmonlaming yoshi ulug'i- mehmohlardan yoshi ulug'i. 2. Tushum kelishigi -ni/-ga: gapingizni tushunmadim - gapingizga tushunmadim. -ni/-dan: oshni oling-oshdan oling. -ni/-da: karvon dashtni kezdi-karvon dashtda kezdi. 3. Jo'nalish kelishigi -ga/ -ni: voqeaga tushundi - voqeani tushundi. -ga/ -da: ishingizga muvaffaqiyat - ishingizda muvaffaqiyat. -ga/-dan: mehr-muhabbatga to'ymaydi inson-mehr- muhabbatdan to'ymaydi inson 4. 0'rin-payt kelishigi -da/ -ni: bu masalani o'ylab ko‘rmabman - bu masalada o'ylab ko'rmabman -da/-ga: daricha yoniga o'tirdi - daricha yonida o'tirdi -da/ -dan: radioda e’lon qildi - radiodan e’lon qildi 5. Chiqish kelishigi -dan/-ni: kamchiliklardan gapirdi - kamchiliklarini gapirdi -dan/ -ning: studentlardan uchtasi - studentlarning uchtasi -dan/-ga: qo'ltig'idan kirib, oyogini yerga tegizmay, olib kelaverdi-qo‘ltig‘iga kirib, oyog‘ini yerga tegizmay, olib kelaverdi. -dan/-da: dalaga ketish oldidan - dalaga ketish oldida 2. Kelishiklarning boshqa qo‘shimchalar bilan sinonimiyasi -ning/-niki: jozibalar barchasi sening-jozibalar barchasi seniki -ning/-dagi: sening irodang - sendagi iroda -da/-imcha: men bilgimda ulug' shohning o'g'lisan- men bilishimcha, ulug' shohning o'g'lisan -dan/-niki: bu qo'ylar kimdan-bu qo'ylar kimniki -dan/ -lik: men Buxorodanman - men buxorolikman -dan/-si (kirish bo'lak vazifasida kelganda): birinchidan, rostgo'y bo‘lish kerak... – birinchisi, rostgo'y bo‘lish kerak 3. Kelishik va ko‘makchilar orasidagi sinonimiya -ni/ haqida: voqeani so'zlab berdi - voqea haqida so'zlab berdi -ni/ -dan/ haqida: muhabbatini so'zladi - muhabbatidan so'zladi - muhabbati haqida so'zladi -ga/tomon: maktabga ketdi-maktab tomon ketdi -ga/ uchun: ukamga oldim - ukam uchun oldim -ga/bilan: quvonchlarga to'ldi limmo-lim - quvonch bilan to'ldi limmo-lim -ga/ haqida: shahzodalardan biriga qasida yozdi - shahzodalardan biri haqida qasida yozdi. -ga/ uzra: boshiga nur sochdi quyosh - boshi uzra nur sochdi quyosh -da/ bilan: qalamda yozmoq - qalam bilan yozmoq -da/uchun: sen deganda bir yor topilur - sening uchun bir yor topilur -da/ orqali: telefonda gaplashmoq - telefon orqali gaplashmoq -da/ uzra: shaharda qanot yozdi xavf-xatar - shahar uzra qanot yozdi xavf-xatar -da/ichida: juda ham holdan ozdim, sandiqda o'layozdim- sandiq ichida o'layozdim -da/ostida: uning raisligida ko'p ishlar qilindi - uning raisligi ostida ko'p ishlar qilindi -da/ sababli/ natijasida: oftobda qoraygan bo'yni - oftob sababli qoray- gan bo'yni-oftob natijasida qoraygan bo'yni -da/boshida:tog'da paymonasi to'ldi askaming - tog' boshida paymonasi to'ldi askarning -da/ -dan iborat: hamma kuch birlikda - hamma kuch birlikdan iborat -dan/ -ga qaraganda: bundan katta-bunga qaraganda katta -dan/ sababli/ tufayli: g'oyati nozikligidan suv bilan yutsa bo'lur- nozikligi sababli suv bilan yutsa bo'lur- nozikligi tufayli suv bilan yutsa bo'lur -dan/haqida/to'g'risida/xususida: niyatidan, istiqbolidan so'zladi- niyati, istiqboli haqida so'zladi -dan/ bilan/ orqali:aravani pochtaning odamidan berib yuboraman - aravani pochtaning odami orqali berib yubora- man- ...bilan berib yuboraman -dan/ uchun:ishini bajara olmaganidan o'ng'aysizlanar edi - ishini bajara olmagani uchun o'ng'aysizlanar edi A+ kerakmi, yod oling Kanalimiz: 👇👇👇 https://t.me/UztilimN1
Milliy sertifikat testi. Samgin Qurbonov.pdf