O'zbekiston XDP Farg'ona viloyat kengashi (rasmiy kanali)
СтатистикаOʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Fargʻona viloyati Kengashining telegramdagi rasmiy sahifasi «Barchaga g‘amxo‘rlik — davlatning burchi!»
- Последний пост
- 15 янв. 2025 г.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Davlat dasturi loyihasiga takliflar berildi O‘zXDP Toshloq tuman kengashi va tuman hokimligi hamkorligida tumandagi «Qumariq» mahallasidagi 93-oilaviy poliklinika hamda 16-bolalar bog‘chasi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda 2025-yil «Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot yili» Davlat dasturi loyihasi mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi. Muhokamalarda so‘zga chiqqanlar loyihada mamlakatimiz taraqqiyotini mustahkamlash, xalqimizning turmush farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan maqsad va vazifalarga to‘xtalib o‘tdi... ___ 🌐 XDP.uz 👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Fargʻona_2025 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xuzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Nurmurot Sirojov tashabbusi bilan Azot AJ da 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi. P/s: Siz ham bizni safimizga qo'shiling maqsadimiz OʻzXDP a'zolarni 1.000.000 nafarga yetkazish 🌐 XDP_Yoshlar l Telegram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Fargʻona_2025 “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” O'zbekiston XDP Farg'ona viloyat kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Milliy gvardiya Farg'ona viloyati bo'yicha boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Farg'ona viloyat boshqarmasi hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Farg'ona viloyat kengashi bilan hamkorlikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan uchrashuv Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida o'tkazildi. Mazkur uchrashuvda ushbu kunning haqiqiy egalari Milliy gvardiya Farg'ona viloyati bo'yicha boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Farg'ona viloyat boshqarmasi rahbariyati tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. P/s: Siz ham bizni safimizga qo'shiling maqsadimiz OʻzXDP a'zolarni 1.000.000 nafarga yetkazish 🌐 XDP_Yoshlar l Telegram
#Munosabat Davlat dasturi loyihasi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining doimiy pozitsiyasiga hamohang Shu kunlarda 2025-yilgi davlat dasturi loyihasi xalq bilan keng muhokama qilinmoqda. Bu esa mamlakatda demokratiya prinsiplari amalda bo‘lganidan dalolatdir. Mazkur jarayonda, tabiiyki, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ham o‘z dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, davlat dasturiga munosabat bildirishni muhim, deb hisoblaydi. Dasturning loyihasida aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, bandlik darajasini oshirish, ta’lim va tibbiyot sohalarini rivojlantirish borasida belgilangan maqsadlar partiyamizning asosiy g‘oyalari bilan muvofiq keladi. Jumladan, davlat dasturida ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik darajasini pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar partiya dasturining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalishda davlat dasturida kam ta’minlangan oilalar uchun ijtimoiy uy-joylar qurish va ularni subsidiyalash masalalari ko‘tarilgani partiya elektorati tomonidan ijobiy baholanadi. Ta’lim sifati va tibbiy xizmatlarga e’tibor davlat dasturining muhim yo‘nalishlari hisoblanadi. O‘zbekiston XDPning pozitsiyasiga ko‘ra, aholining barcha qatlamlari uchun teng imkoniyatlar yaratilishi, xususan, qishloq hududlarida ta’lim va tibbiyot infratuzilmasini rivojlantirish ustuvor vazifa bo‘lishi kerak. 2025-yilgi davlat dasturi loyihasi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim asosidir. 2025-yilgi davlat dasturi xalq bilan muloqotda, ularning haqiqiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda amalga oshirilsa, mamlakat taraqqiyoti yangi bosqichga ko‘tariladi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi bu jarayonda o‘zining ijtimoiy adolat va xalq manfaatlarini himoya qilish borasidagi pozitsiyasini izchil amalga oshiradi... Shoxrux O‘KTAMOV, O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat kengashi raisi v.b. ___ 🌐 XDP.uz 👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter
#Munosabat #Deputat_munosabati Har bir bola davlat himoyasida – UzA Dilbar Mamajonova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi. 📺 YouTube | 📺 Facebook ___ 🌐 XDP.uz 👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter
Hudud deputati tomonidan xayrli ishlar amalga oshirilmoqda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahridagi “Polmon” MFY okrugiga saylangan deputat Xolmatjon Qodirov tashabbusi bilan “Polmon” mahalla idorasi qayta ta’mirlanib, issiqlik tizimi yangidan o‘rnatildi. Shuningdek, 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinflari uchun yangi zamonaviy hojatxona va unga issiq suv, kanalizatsiya tizimlari o‘rnatib berildi. Bundan tashqari, hududda joylashgan eski bo‘sh bino qayta ta’mirlanib, mahalla nuroniylari uchun yangi guzar qurib bitkazilmoqda. Nosirobod qishlog‘iga kiruvchi ko‘cha yo‘llari deputat homiyligi asosida hashar yo‘li bilan ta’mirlandi. Aholi o‘ziga munosib ko‘rgan nomzodga ovoz berganidan mamnun. Deputat tomonidan bu kabi saxovatli ishlar davom ettirilmoqda. 📺 YouTube | 📺 Facebook ___ 🌐 XDP.uz 👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter
#Munosabat Har bir bola – e’tiborda To‘g‘risini aytsam, inson oldiga katta reja va maqsadlar qo‘yishi hamda ularni amalga oshirishi uchun ham imkoniyat, sharoit va qo‘llov kerak bo‘ladi. Davlatimiz rahbari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda aytilgan fikrlar ayni ko‘nglimdagi gap bo‘ldi. Chunki endilikda nogironligi bor bolalar uchun teng imkoniyat va sharoit yaratilishi mening eng katta istaklarimdan biridir. Yig‘ilishda bog‘cha va maktab yoshidagi nogironligi bor bolalarning asosiy qismi maxsus maktab-internatlarda, ota-onasidan uzoqda ta’lim olishi tanqid qilindi. Shunisi aniqki, imkoniyati cheklangan bolalar ko‘proq oilasi va yaqinlari mehriga ehtiyoj sezadi. Boshqalar bilan o‘zini teng ko‘rishi uchun ularga sharoit va qarov zarur. Masalan, so‘ngi yillarda ta’lim sohasiga zamonaviy texnologiyalar, Internet, elektron dasturlar kirib keldi. Nogironligi bor bolalarga bu dasturlarni o‘zlashtirishi uchun ma’lum bir vaqt va maxsus ustozlar talab etiladi... Obloberdi OLIMOV, O‘zXDP Farg‘ona viloyat kengashi raisi o‘rinbosari, xalq deputatlari Quva tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zosi. ___ 🌐 XDP.uz 👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter
#Munosabat Ijtimoiy himoya tizimiga oid muhim tashabbuslar Xabaringiz bor, Prezidentimiz raisligida ijtimoiy himoya sohasiga oid masalalarda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoya sohasidagi o‘zgarishlar va yangilanishlar haqida muhim va amaliy masalalarni ko‘tardi. Unda ustuvor vazifalar, ijtimoiy himoya tizimining rivojlanishi va unga ko‘maklashish bo‘yicha muhim tashabbuslar e’lon qilindi. Ijtimoiy himoya sohasidagi ishlarning asosiy maqsadi aholining yordamga muhtoj toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning hayot darajasini oshirishdan iborat. Aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish borasida kam ta’minlangan oilalarga nisbatan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar yanada kengaytiriladi. Ayniqsa, nogironlar, qariyalar va ijtimoiy yordamga muhtoj boshqa toifalarga bo‘lgan diqqat-e’tibor mustahkamlandi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi faoliyati ijtimoiy adolat va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan hamda bu ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlar hamda ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Maqsadimiz – barcha fuqarolar uchun barqaror va farovon hayot shart-sharoitlarini yaratish, ijtimoiy tenglik va adolatni ta’minlashdir... Shoxrux O‘KTAMOV, O‘zXDP Farg‘ona viloyat kengashi raisi v.b. ___ 🌐 XDP.uz 👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи