- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 67
- Всего постов
- 1 328
- Тип
- открытый
- Язык
- hr
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 41
- 1/48двое суток
- 46
- 1/72трое суток
- 50
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
#Hazorasp tumani Hazorasp tumani Bo‘ston mahallasida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan “Xotin-qizlar huquqlari — qonun himoyasida” mavzusida amaliy-siyosiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston XDP Hazorasp tuman Kengashi raisi, tuman kengashi deputati Qo‘chqarov Shixnazar Yusupovich tashabbusi bilan tadbirkor Guliston Ro‘zmetovaga tegishli tikuvchilik sexida tashkil etildi. Uchrashuv davomida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning mehnat huquqlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish masalalari yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi. Oʼzbekiston XDP Xorazm viloyati Kengashi matbuot xizmati telegram I Facebook IYoutube
#Hazorasp tumani 29.06.2026 https://t.me/uzbekistan24_tvnews/286222 Xalq deputatlari Hazorap tuman kengashi deputati Shixnazar Qo‘chqarov O‘zbekiston 24 telekanali orqali “Farovonlik sari” ko‘rsatuvida intervyu berdi. Oʼzbekiston XDP Xorazm viloyati Kengashi matbuot xizmati telegram I Facebook IYoutube
#Xonqa tumani #Bir mahalla-bir tashabbus 🏗 Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashi deputatlari X.Abdiramanov hamda F.Vaisovlar Durgadik mahallasida yangidan barpo etilayotgan Madaniyat markazi binosining qurilish jarayonlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar. 🔎 O‘rganish davomida qurilish ishlarining amaldagi holati, bajarilayotgan ishlarning sifati, qurilish jarayonining belgilangan talablar asosida olib borilishi hamda obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish masalalariga e’tibor qaratildi. 📌 Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, qurilish jarayonini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish belgilandi. 🏛 Yangi Madaniyat markazi — mahalla aholisi uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar va madaniy hordiq uchun muhim maskanga aylanishi ko‘zda tutilmoqda. Oʼzbekiston XDP Xorazm viloyati Kengashi matbuot xizmati telegram I Facebook IYoutube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Xiva tuman “Safimizdagi yoshlar” loyihasi O‘zbekiston XDP Xiva tuman Kengashi tomonidan Xiva tuman 3-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Safimizdagi yoshlar” loyihasi doirasida yoshlar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish, huquqiy va siyosiy bilimlarini yuksaltirish hamda partiya faoliyatida yoshlarning ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirning eng ahamiyatli jihati — partiya safiga kirgan yoshlarga a’zolik guvohnomalari topshirilgani bo‘ldi. Yoshlarning partiya safiga qo‘shilishi ularning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va kelajakda munosib kadrlar safini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʼzbekiston XDP Xorazm viloyati Kengashi matbuot xizmati telegram I Facebook IYoutube
видео или голосовое, без подписи
#Xonqa #XalqDeputatlari #YoshKuch #YangiO‘zbekiston #Obodonlashtirish #KengashNazorati 🏘 YANGI O‘ZBEKISTON MASSIVIDA HUDUD OBODLIGI O‘RGANILDI. Xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashi raisi X. Abdiramanov hamda deputatlar F. Vaisov va T. Abdullayev bilan birgalikda tumanning Yosh kuch mahallasida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” ko‘p qavatli uylar atrofidagi hududning tozaligi va obodonlashtirish holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. 🔍 O‘rganish davomida hududdagi sanitariya holati, obodonlashtirish ishlari hamda ko‘p qavatli uylar atrofining tozaligi ko‘zdan kechirildi. 📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, hududni yanada obod va toza saqlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi. Obod hudud — farovon mahalla! 🇺🇿
#Qo‘shko‘pir tumani 12.08.2026 https://t.me/XorazmTELEKANAL/18782 Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashi deputati Nilufar Ibragimova Xorazm 24 telekanali orqali efirga uzatilgan “Respublika ishchi guruhi o‘rganishlari” yuzasidan aholi xonadonlarida bo‘ldi. Oʼzbekiston XDP Xorazm viloyati Kengashi matbuot xizmati telegram I Facebook IYoutube
видео или голосовое, без подписи
#Qo‘shko‘pir tumani «Deputat mahallada» loyihasi doirasida Qo‘shko‘pir tumani 24-Dovud saylov okrugi deputati Nilufar Ibragimova Dovud mahallasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar holidan xabar oldi. Uchrashuvlar davomida fuqarolarning bugungi kundagi muammolari, ijtimoiy ahvoli hamda bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan ochiq va samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Muloqot jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Oʼzbekiston XDP Xorazm viloyati Kengashi matbuot xizmati telegram I Facebook IYoutube
видео или голосовое, без подписи
#Bog‘ot tumani Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining “Bog‘ot tumanidagi aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini nazorat qilish maqsadida Oqtepa mahallasi hududida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida Oqtepa mahallasidan saylangan tuman Kengashi deputati B.Saidova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.Quryozov ishtirok etib, mahalladagi Sarhad va Taraqqiyot ko‘chalarida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, qarorda belgilangan 490 metrli Sarhad ko‘chasining 200 metr qismiga asfalt yotqizilgani, qolgan qismida esa yo‘l qurilishiga tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani aniqlandi. Taraqqiyot ko‘chasining 158 metr qismiga tosh yotqizilgan. Shuningdek, boshqa dasturlar doirasida Al-Xorazmiy ko‘chasining 351 metr qismini asfalt qilish bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Oʼzbekiston XDP Xorazm viloyati Kengashi matbuot xizmati
видео или голосовое, без подписи
#Tuproqqal’a tumani ✅O‘zbekiston XDP Tuproqqal’a tuman Kengashi tomonidan “Xalq bilan muloqot – muammolar yechimining samarali yo‘li” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. 📌Tadbirda tuman Kengashi raisi Sh.Sultonova ishtirok etib, aholi bilan bevosita va samimiy muloqot qilish, fuqarolar murojaatlarini tinglash hamda ularni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish partiya va deputatlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. ⚡️Muloqot davomida fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy va maishiy masalalarga oid murojaatlari, taklif va fikrlari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, ularning qonuniy yechimini topish hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Oʼzbekiston XDP Xorazm viloyati Kengashi matbuot xizmati telegram I Facebook IYoutube
📌 QONUN IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATI MARKAZIDA 📍 Royat va Mevazor mahallalari 16-Mehnatobod saylov okrugidan saylangan deputat Yo‘ldashova Oyimjon Qurbonnazarovna Royat va Mevazor mahallalarida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 12-apreldagi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘RQ-474-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi. 🔹 O‘rganish davomida mahallalarda qonun hujjatlarida belgilangan talablarning amalda bajarilishi, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi. 🔹 Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar faoliyatini o‘rganish va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi. 🎯 Asosiy maqsad — qonun talablarining qog‘ozda emas, balki hududlarda amalda ishlashini ta’minlash, fuqarolarning davlat organlari faoliyatidagi ishtirokini kuchaytirish va jamoatchilik manfaatlarini yanada samarali himoya qilishdir. Deputatlik o‘rganishlari yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berish hamda qonun ijrosini ta’minlashga qaratilgan choralar belgilash ko‘zda tutiladi. Jamoatchilik nazorati — ochiqlik, hisobdorlik va fuqarolar manfaatining muhim kafolatidir! 🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Telegram | Web-sayt | Facebook | You tube | Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи