tgindex
Library of the University Yangi Asr

Library of the University Yangi Asr

Статистика
Последний пост
06:13
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
158
Тип
открытый
Язык
английский
Категория
Образование
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
334
−1 за 5 дн.
Сутки
+1
+0,30%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
67
40 постов
Вовлечённость
20,1%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 158
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • ✅✅✅✅✅✅✅✅✅ Абитуриентлар диққатига! 🔹 Агар сиз UZBMB (DTM) яъни, ўқишга кириш тест синови натижаларига эга бўлсангиз, YANGI ASR UNIVERSITETIга ўқишга ариза топширишингиз мумкин. Керакли ҳужжатлар: 1. Шахсни тасдиқловчи ҳужжат (паспорт/ID карта). 2. UZBMB (DTM) тест синовида тўплаган балларингизни тасдиқловчи ҳужжат. 🌐 Ариза қолдириш учун: https://yangiasr.uz ☎️ 712077755 ☎️ 1321 Жойлашув

  • 🌹 АССАЛОМУ АЛАЙКУМ ☀️ Умримизни яна бир тонги муборак ва хайрли булсин. 🌹 Аллохим хар бир қилаётган ишимиздан,босган хар бир қадамимиздан рози бўлсин. 🌹 Жисмингизга соғлик, қалбингизга хотиржамлик, тилайман. ☘️ Халол топганингиз фақат хурсандчилигу яхшиликка буюрсин ☘️ Ибодатларингиз ажру савобга тўла бўлсин.

  • 16 июл.1552из Жавлонбек Назаров Ўқув бўлими ЯАУ

    без подписи

  • 16 июл.15512из Жавлонбек Назаров Ўқув бўлими ЯАУ

    без подписи

  • 8 июл.1747из Usmonov Murodjon

    #yutuq #ilmiy_ishlar #yutuq 🎉 Bugun sizlar bilan Usmonov Murodjonning ilmiy ishlari bilan tanishib chiqamiz. 📃 Ijod namunalari 2025; 📃 Yangi asr unversiteti konferensiyasi; 📃 Buxoro davlat unversiteti ilmiy axboroti; 📃 Alisher Navoiy unversiteti, Alfraganus unversiteti, Irrigatsiya unversiteti konfirensiyalari doirasida; 📃 Abdulla Oripovning 85 yoshlik yubiley konferensiyasi; 📃 Amerika,Belarusiya, Britaniya, Italiya, Turkiya va Finlandiya to’plamlarida; 📃 Международный конкурс на учных работ; 📃 Ingliz tilidagi maqolalar; 📃 Rassiyaning gazetalarida; 📃 Konkurs va tanlovlarda; 📃 O’zbekistonning turli jurnal va gazetalarida nashr etilgan; 📖 “Mening muvoffaqiyat yo’lim” ensiklopediyasi; 📖 “Bitiruv malakaviy ishi” himoya qilgan(92 ball). 📊Umumiy natija; 📑 70 dan ziyod maqola; 📑 50 ga yaqin konferensiya; 📑 Turli konkurs va tanlovlarda ishtirok etgan. 🎉 Ilmiy faoliyatlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz. 🏢 Successland o’quv markazi ma’muriyati

  • 8 июл.1246из Usmonov Murodjon

    #yutuqlar #ordenlar #yutuqlar 💎 Bugun Usmonov Murodjon ustozning ordenlari bilan tanishib chiqamiz … 🎖️”Taraqqiyot umidi” ordeni; 🎖️”Behbudiy izdoshlari” ordeni; 🎖️”Kelajak poydevori” ordeni; 🎖️”Yuksak xizmatlari uchun” ordeni; 🎖️”Fidoiy xizmatlari uchun” ordeni; 🎖️”Renessans bunyodkori” ordeni; 🎖️”Milliy iftixor” ordeni; 🎖️”Turkiy xalqlar do’stigi” ordeni; 🎖️”Ilm - fan ziyosi” mukofoti; 🎉 Ustozimizning kelgusi ilmiy faoliyatlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz. 🏢 Successland o’quv markazi ma’muryati

  • 📚 Kitob – iste’mol uchun emas, umr uchun Mashhur italyan yozuvchisi Umberto Eko uy kutubxonasi haqida juda chuqur fikr bildirgan edi. Uning shaxsiy kutubxonasida 50 mingdan ortiq kitob bo‘lgan. ☝️U shunday deydi: Ba’zilar ko‘p kitob sotib olgan odamni tanqid qiladi: “Hammasini o‘qib chiqarmiding?” deb so‘rashadi. Ammo bu fikrning o‘zi noto‘g‘ri. Axir hech kim yangi idish-tovoq yoki asbob sotib olishdan oldin “avval borini tugatib ishlat” demaydi. 💊 Kitob ham xuddi dori kabi. Uyda faqat bitta emas, ko‘p kitob bo‘lishi kerak. Chunki har bir kayfiyat, har bir davr va har bir savol uchun boshqa kitob kerak bo‘ladi. Ba’zan inson o‘zini yaxshi his qilmaydi – shunda kitob javoniga boradi. U yerda tasodifiy emas, aynan o‘sha payt ruhiga mos kitobni tanlaydi. Shu sabab kitob – oddiy iste’mol tovari emas. Uni o‘qib tugatib tashlab yuboriladigan buyum sifatida ko‘rish ham to‘g‘ri emas.

  • #Tavsiya Markaziy Osiyo — asrlar davomida dunyo xaritasining yuragi bo‘lib kelgan. XIX asrda bu zamin eng yirik imperiyalar — Rossiya va Buyuk Britaniya uchun eng muhim “shaxmat doskasi”ga aylangan. Piter Xopkirkning “Katta o‘yin” asari aynan shu dramatik davrni hikoya qiladi. Kitobda josuslar, sarkardalar, sayyohlar va diplomatlardan iborat qahramonlar hayoti ochiladi. Ular Samarqand va Buxoroga yashirin kirib, o‘z hukumatlari uchun ma’lumot yig‘ishgan. Kimdir savdogar qiyofasida yurib, aslida razvedka qilgan. Kimdir esa o‘z jonini xavf ostiga qo‘yib, yangi hududlarni o‘rganishga bel bog‘lagan. Har bir bob — sarguzashtli tarixiy roman. Xopkirk o‘quvchini o‘sha davrning murakkab siyosiy o‘yinlariga olib kiradi: ruslarning janubga yurishlari, inglizlarning Hindistondagi qo‘rquvlari, afg‘on tog‘laridagi janglar… Bularning barchasi Markaziy Osiyoning kelajagini belgilagan. Eng qiziq tomoni — o‘sha davrdagi “katta o‘yin” bugun ham o‘z aksini topmoqda. Geosiyosiy kuchlar yana Markaziy Osiyo uchun kurashmoqda:

  • 📚 Depressiya kuchayib borayotgan davrda… kitoblar sizning eng yaqin qutqaruvchingiz bo‘lishi mumkin. 📱 Bugungi dunyo texnologiyalar, sun’iy muhit va ijtimoiy tarmoqlarning cheksiz oqimi bilan to‘lib ketdi. Har soniya yangi xabar, yangi video, yangi emotsiya… Natijada inson bir hissiyotdan chiqmay turib boshqasiga uriladi. Shunday shovqinli zamonda esa ruhiy xotirjamlik topish tobora qiyinlashmoqda. 📚 Ammo kitoblar bor… U sizni shovqindan uzoqlashtiradi, fikrlaringizni tartibga soladi va qalbingizga sokinlik olib kiradi. ‼️Ba’zan atigi 1–2 soat telefonsiz o‘tirib, kitob bilan qolgan inson boshqalardan allaqachon ajralib chiqishni boshlagan bo‘ladi. Chunki u o‘z ruhiyatini asrashni tanlagan.

  • 📚 Mutanabbiy ko‘chasidagi kitob sotuvchining dardi… Iroqning mashhur “Mutanabbiy” ko‘chasida kitob sotuvchi bir amaki shunday deydi: Mingdan ortiq roman o‘qiganman. Dunyoning adabiy xaritasini yoddan bilaman. Ammo insonlar men bilan futbol va pomidorning narxi haqida suhbatlashishadi”. Bu so‘zlarda chuqur bir haqiqat bor. Inson qancha bilim to‘plamasin, agar atrofidagi suhbatlar faqat kundalik mayda mavzulardan iborat bo‘lsa, u bilim bo‘lishilmagan xazina bo‘lib qoladi. 📖 Kitob o‘qigan inson nafaqat o‘qishni, balki fikr almashishni, ma’rifatli suhbat qurishni ham istaydi. Chunki ilmning haqiqiy qadri – uni boshqalar bilan baham ko‘lganda bilinadi. Jamiyat kitob haqida gaplashishni boshlagan kun – ma’rifat uyg‘onadigan kun bo‘ladi.

  • 📚 Ikki xil inson bilan ehtiyot bo‘lib muomala qiling… Hayotda shunday ikki toifa odam bor – ular bilan muomalada ayniqsa ehtiyot bo‘lish kerak: 1️⃣ Ko‘p kitob o‘qiydigan kishi. Chunki u insonlarni faqat tashqi ko‘rinishi bilan emas, fikri, so‘zi va niyatidan ham taniy oladi. U siz aytmagan gaplaringizni ham anglaydi, qalbingizdagi nozik jihatlarni sezadi. 2️⃣ Umuman kitob o‘qimaydigan kishi. Chunki u ko‘pincha insonni chuqur tushunishga urinmaydi. Sizning fikringiz, hissiyotingiz yoki dunyoqarashingiz unga ko‘rinmay ham qolishi mumkin. Shuning uchun ham kitob insonni nafaqat bilimli, balki insonlarni tushunadigan darajaga olib chiqadi.

  • Agar sen faqat chiroyli narsalarni ko‘rishga qodir bo‘lsang, bu sening qalbing go‘zalligidan dalolatdir. Chunki Dunyo - har kimsa o‘zining aksini ko‘radigan oynaga qiyosdir. © Jaloliddin Rumiy

  • 💸 Shunday kambag‘allar borki, ularning puldan boshqa hech vaqosi yo‘q. Ular boylik ortidan yugurib, qalb boyligini yo‘qotgan. Ular uchun hayot – hisob-kitob, lekin muhabbat, xotirjamlik – yo‘q. 📚Shunday boylar borki, ularning kitoblardan boshqa hech vaqosi yo‘q. Ular har bir sahifada dunyoni kashf etadi, har bir kitobda o‘zini topadi. Ularning ko‘ngli to‘la tafakkur, qalbi to‘la ma’rifat. Pul tanani boqadi, kitob esa ruhni. Boylik – ko‘zga ko‘rinadi, bilim – qalbga singadi. Shuning uchun, kimda kitob bo‘lsa – u hech qachon kambagʻal emas.

  • 🇮🇳Hindistonda innovatsion maktab Hindistonda bir maktab mavjudki, unda o‘quvchilar o‘qish uchun to‘lovni plastik buyumlar orqali amalga oshiradilar. Bu ijodiy yechim kambag‘al oila bolalari uchun imkoniyat yaratadi va shu bilan birga hududda tozalikni ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu loyiha shuni ko‘rsatadiki, bilim va atrof-muhit himoyasi bir-biriga bog‘liq va qo‘llab-quvvatlanadigan qadriyatlar bo‘lishi mumkin. ❓ Ushbu yechim borasida fikringiz qanday?

  • Jinoyatchilarga taʼlim berish 🇧🇷 2005-yildagi statistik maʼlumotlarga ko‘ra Braziliya qamoqxonalarida taxminan 513 ming kishi bor edi, ularning 30 foizigina maktab maʼlumotiga ega bo‘lgan. Mahbuslar maʼlumotlarini yaxshilash va reabilitatsiya qilish uchun 2012-yilda qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra qamoqxonada kitob o‘qish orqali jazo muddatini qisqartirish nazarda tutilgan edi. ♦️Braziliyadagi 4 ta federal qamoqxonadan birida mahbus maxsus dasturda ishtirok etadi: u kutubxona fondidan badiiy adabiyot, falsafa yoki ilmiy asarlar mavzusidagi kitobni tanlaydi va uni 21 kundan 30 kungacha o‘qishi kerak. Shundan keyin kitob haqida insho yozadi va bu insho maxsus komissiya tomonidan baholanadi. Firibgarlik yoki plagiat uchun mahbus ushbu huquqdan mahrum qilinadi. Har bir o‘qilgan kitob uchun qamoq muddati 4 kunga qisqartiriladi. Lekin, yiliga 12 tadan ko‘p bo‘lmagan kitob hisobga olinadi (bir yilda 48 kun).

  • 📚 Kitobga shaydolik Suriyaning sobiq muftiysi, fazilatli shayx Ahmad Kuftaru kitob o‘qishga butunlay bag‘ishlangan inson edi. Qayerga borsa, qo‘lida kitob bo‘lardi. Bo‘sh vaqt topgan zahoti darhol kitob o‘qishga kirishardi. Birov bilan uchrashuvi yoki va’dasi bo‘lmasa, ketma-ket o‘n ikki soatlab kitob o‘qir, charchoqni bilmas edi. Shayx doimo shunday der edi: “Peshqadam bo‘lish tomon harakat qilayotgan aqlning kaliti – kitob o‘qishdir. Xalqlar va millatlarning uyg‘onish siri – kitobdir!” 💡Kitob o‘qish – bu nafaqat bilim olish, balki ruhani boyitish va aqlni charxlashning eng samarali yo‘li.

  • Mavlono Jaloliddin Rumiydan 5 hikmat 1️⃣ Umid – xavfsiz yo‘lning boshidir. 2️⃣ Har qo‘lingni siqqan bilan do‘st, joningni siqqan bilan dushman bo‘lma. 3️⃣ Cho‘ntagi boy, ruhi qashshoq bo‘lgan kishilarning ahvollari juda jirkanch. Chunki ular har narsaning narxini biladi, lekin qadrini bilmaydi. 4️⃣Unutma, inson dunyolarga hokim bo‘lar, lekin har doim kichkinagina qalbga asirdir. 5️⃣ Odobidan mahrum bo‘lgan, Allohning lutfidan ham mahrum bo‘lur. Hayotimizda har kun shu hikmatlarni eslab, nafaqat boylikni, balki qalb boyligini ham qadrlaylik.

  • Agar insonlarni haddan ziyod qadrlasang, seni tark etishadi. Agar qadrlamasang ham tark etishadi. Xullas, insonlar baribir seni tark etishadi… ✍️ Berkutay Soysalning "Kelmasang ham kutaman" kitobidan

  • 📚 Mutolaa – buyuk tafakkurning quroli Tarixda kuchli tafakkuri bilan tanilgan insonlar ko‘pincha kitob bilan yashagan. Masalan, Joseph Stalin kuniga yuzlab sahifalarni mutolaa qilgani va hatto 400 bet o‘qishni minimal me’yor deb hisoblagani haqida ma’lumotlar keltiriladi. Bu shuni ko‘rsatadiki, katta qarorlar ortida katta bilim turadi. Kitob o‘qigan inson dunyoni boshqacha ko‘radi: u fikr qiladi, tahlil qiladi va chuqur xulosa chiqaradi. ☝️ Shuning uchun buyuklik ko‘pincha mutolaa bilan boshlanadi.

  • 🤔 Bir narsani tushunmayman: Kitob o‘qiydiganlarda pul yo‘q, puli ko‘plar esa kitob o‘qimaydi. 📚 Bilimga chanqoq odamlar kitob izlab yuradi, ammo cho‘ntagida faqat orzu bo‘ladi. Pulga ega bo‘lganlar esa ko‘pincha kitobni bezak deb biladi, o‘qish deb emas. Shunaqa holatni ko‘rib, odam hayron qoladi: Kitobni qadrlaydiganlar uni sotib ololmaydi, sotib oladiganlar esa uni o‘qimaydi. ❓ Siz nima deb o‘ylaysiz, bu paradoksni qanday tushuntirish mumkin?