YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal
Статистика🏛️ «Yuridik taʼlim»® Huquqni sodda va ishonchli manbalar asosida yorituvchi rasmiy kanal. • Qonunchilik yangiliklari • Huquqiy sharhlar • Sud amaliyoti • Amaliy tavsiyalar 📢 Reklama ⚖️ Yuridik xizmatlar 🤝🏻 Hamkorlik uchun 📩 @Dilmurod_Allaberganov
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 33
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 967
- 1/48двое суток
- 3 400
- 1/72трое суток
- 3 667
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
📣Hurmatli @Yuridik_talim kanali obunachilari! Avvalo, kanalimizga bildirayotgan ishonchingiz va qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun barchangizga samimiy minnatdorlik bildiramiz. So‘nggi vaqtlarda ko‘plab obunachilarimizdan huquqiy maslahat olish, turli huquqiy hujjatlarni tayyorlash, shuningdek reklama va hamkorlik masalalari bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda. Ana shu murojaat va takliflarni inobatga olgan holda, @Yuridik_talim kanalida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar qabul qilinishini ma'lum qilamiz. ⚖️ Yuridik xizmatlar: • Huquqiy maslahatlar; • Ariza, shikoyat, da'vo arizasi va boshqa huquqiy hujjatlarni tayyorlash; • Hujjatlarni huquqiy tahlil qilish; • Mehnat, fuqarolik, ma'muriy va boshqa barcha huquq sohalari bo‘yicha amaliy yordam. 🤝 Hamkorlik: Kanalni rivojlantirishga xizmat qiladigan o‘zaro manfaatli hamkorlik takliflarini mamnuniyat bilan ko‘rib chiqamiz. 📢Reklama: Agar siz tashkilot, korxona, biznes yoki Telegram kanali faoliyatini keng auditoriyaga tanitmoqchi bo‘lsangiz, kanalimiz orqali reklama joylashtirish imkoniyati mavjud. Biz reklama uchun sifat, ishonchlilik va obunachilar manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yamiz. Shu sababli faqat foydali va ishonchli loyiha hamda xizmatlar reklama qilinadi. 📱 @Yuridik_talim✅ kanali bundan buyon nafaqat dolzarb qonunchilik yangiliklari, balki amaliy huquqiy yordam, foydali tavsiyalar va ishonchli hamkorlik maydoni bo‘lib xizmat qiladi. 📩Yuridik xizmatlar, reklama va hamkorlik masalalari bo‘yicha murojaat uchun: @Dilmurod_Allaberganov✅ Ishonchingiz uchun rahmat! Birgalikda yanada foydali va kuchli huquqiy hamjamiyatni shakllantiramiz!
📌 #Bilasizmi 🎓 1-sentabrdan sinf rahbarligi va daftar tekshirish uchun to‘lanadigan ustamalar miqdori yangilanadi 2026-yil 1-sentabrdan boshlab sinf rahbarligi, daftar va yozma ishlarni tekshirish hamda informatika kabineti mudirligi uchun to‘lovlar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 360 000 so‘m asosida hisoblanadi. ✅ Sinf rahbarligi uchun ustama (o‘quvchilar soniga qarab): 👨🎓 15 nafargacha — 26,4 % (359 040 so‘m) 👨🎓 16–20 nafar — 31,6 % (429 760 so‘m) 👨🎓 21–25 nafar — 36,9 % (501 840 so‘m) 👨🎓 26–30 nafar — 42,1 % (572 560 so‘m) 👨🎓 31 nafar va undan ko‘p — 52,8 % (718 080 so‘m) 📝 Daftar va yozma ishlarni tekshirganlik uchun: • 15 nafargacha o‘quvchi bo‘lsa — 8,8 % (119 680 so‘m) • 15 nafar va undan ortiq bo‘lsa — 17,6 % (239 360 so‘m) 💻 Informatika kabineti mudirligi uchun: • 17,6 % (239 360 so‘m) ℹ️ Mazkur ustamalar 2026-yil 1-sentabrdan amal qiladigan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi. ✈️𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵: ➡️@YURIDIK_TALIM✅
🛡️ 1-avgustdan "Biznes himoya" QR-kodi tizimi amaliyotga joriy etildi! Endilikda davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarida o‘tkaziladigan tekshiruv, profilaktik tadbir yoki xizmat doirasidagi uchrashuvlardan avval mas'ul xodim "Biznes himoya" QR-kodini skanerlab, elektron shaklni to‘ldirishi shart. ✅ Ushbu talab bajarilgandan keyingina tashrif qonuniy hisoblanadi. ⚠️ Agar xodim: • QR-kodni skanerlamasa; • elektron shaklni to‘ldirmasa, tadbirkor uni qabul qilmaslik va muloqotni rad etish huquqiga ega. Bunday tashrif amaldagi tartiblarga zid hisoblanadi. 📱 "Biznes himoya" QR-kodini govcontrol.uz platformasi orqali yuklab olib, faoliyatingizda foydalanishingiz tavsiya etiladi. 💼 Huquqlaringizni biling va biznesingizni qonuniy himoya qiling! ✈️𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵: ➡️@YURIDIK_TALIM✅
📌 #Qonunchilikdagi_yangiliklar 🎓 Milliy sertifikat imtihoni talabgorlari uchun muhim yangilik! Endilikda chet tili va umumta'lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoniga uzrli sabab bilan qatnasha olmagan talabgorlarning to‘lovi bekor bo‘lib ketmaydi. ✅ Agar quyidagi uzrli holatlardan biri yuz bersa: • kasallik; • xizmat safari; • yaqin oila a'zosining vafoti (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lishi shart), talabgor: 🔹 navbatdagi imtihonda qo‘shimcha to‘lovsiz ishtirok etishi, yoki 🔹 to‘langan mablag‘ni qaytarib olishi mumkin. ⚠️ Mazkur tartib quyidagi holatlarga tatbiq etilmaydi: ❌ imtihonga uzrsiz kelmaganlar; ❌ imtihonga kechikkanlar; ❌ imtihon qoidalarini buzganligi sababli chetlashtirilganlar. 📚 Mazkur tartib talabgorlarning huquqlarini himoya qilish va uzrli holatlarda ularning manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan. ✈️𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵: ➡️@YURIDIK_TALIM✅
📌#Qonunchilikdagi_yangiliklar 🎓Milliy sertifikatlash tizimida muhim o‘zgarishlar! Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan milliy sertifikatlash tizimi yanada takomillashtirildi. ✅ 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab: • Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat imtihonlari joriy etiladi. • Huquqshunoslik fani bo‘yicha ham milliy sertifikat tizimi yo‘lga qo‘yiladi. • Xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dariy, pushtu, urdu, hindiy va uyg‘ur tillari bo‘yicha sertifikat imtihonlari ko‘p darajali (Multi-level) formatda o‘tkaziladi. 📊Baholash qanday amalga oshiriladi? Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining natijalari xalqaro Rasch modeli asosida baholanadi va quyidagi darajadagi elektron milliy sertifikat beriladi: 🏅 A+ — 70 balldan yuqori 🏅 A — 65–69,9 ball 🏅 B+ — 60–64,9 ball 🏅 B — 55–59,9 ball 🏅 C+ — 50–54,9 ball 🏅 C — 46–49,9 ball 💵Yuqori natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar rag‘batlantiriladi! Boshlang‘ich sinflarda faoliyat yuritayotgan va B+ hamda undan yuqori darajadagi milliy sertifikat olgan pedagoglarga sertifikat amal qiladigan davr mobaynida lavozim maoshiga har oy 15 foiz ustama to‘lanadi. 📖Mazkur o‘zgarishlar o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni xalqaro mezonlar asosida baholash hamda malakali pedagoglarni moddiy rag‘batlantirishga xizmat qiladi. ➡️@Yuridik_talim — qonunchilikdagi eng muhim yangiliklar biz bilan!
видео или голосовое, без подписи
📌 Ishdan bo‘shash aliment majburiyatini bekor qiladimi? Ko‘pchilik ishdan bo‘shagach aliment to‘lash ham vaqtincha to‘xtaydi, deb o‘ylaydi. Aslida esa qonunchilikda bunday qoida yo‘q. ⚖️ Ishdan bo‘shash aliment to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi. Agar aliment to‘lovchi mehnat shartnomasi bekor qilinib ishdan bo‘shasa: 🔹 ish beruvchi 3 kun ichida bu haqda davlat ijrochisi va aliment oluvchini xabardor qilishi shart; 🔹 aliment to‘lovchi esa yangi ish joyi, yashash manzili yoki boshqa daromad manbai haqida davlat ijrochisi hamda aliment oluvchiga ma'lum qilishi lozim. 📌Ishsiz qolgan davr uchun aliment qanday hisoblanadi? Agar shaxs ishlamasa yoki daromadini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasa, aliment qarzi O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi asosida hisoblab boriladi. Hozirda amalda qo‘llanilayotgan o‘rtacha oylik ish haqi — 7 437 251 so‘m. Shunga ko‘ra: 👶1 nafar bola uchun — 1 859 312,75 so‘m 👧👦 2 nafar bola uchun — 2 479 083,67 so‘m 👨👩👧👦 3 nafar va undan ortiq bola uchun — 3 718 625,50 so‘m ❗️"Ish topganimdan keyin to‘layman", degan vaj aliment qarzining hisoblanishini to‘xtatmaydi. Ishsiz o‘tgan har bir oy uchun qarzdorlik ortib boradi. ✅ Shaxs yana ishga kirgach, davlat ijrochisi ijro hujjatini yangi ish joyiga yuboradi va aliment belgilangan tartibda ish haqidan ushlab qolinadi. ⚠️ Xulosa: Ishsizlik aliment to‘lash majburiyatini bekor qilmaydi. Qarz ishlamagan davr uchun ham hisoblanadi va qonunda belgilangan tartibda undiriladi. Ushbu ma'lumotni boshqalarga ham ulashing! ✈️𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵: ➡️@YURIDIK_TALIM✅
🎓ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! ❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani? OTMga hujjat topshirishda siz ustuvorlikni ikki xil usulda belgilashingiz mumkin: 🎯1. Davlat granti ustuvorligi Agar siz uchun qaysi yo‘nalishga kirishingiz emas, balki grant asosida o‘qishingiz muhim bo‘lsa, ushbu variantni tanlang. Bu holda: ✅Avval tanlagan barcha yo‘nalishlaringiz bo‘yicha davlat granti uchun saralanasiz. ✅Grantga kira olmasangiz, shundan keyin to‘lov-kontrakt asosida ko‘rib chiqilasiz. 🎯2. Ta'lim yo‘nalishi ustuvorligi Agar siz uchun aynan birinchi tanlagan yo‘nalishingiz muhim bo‘lsa, hatto kontrakt bo‘lsa ham shu yo‘nalishda o‘qishni istasangiz, ushbu variantni tanlang. Bu holda: ✅Har bir yo‘nalish ketma-ket ko‘rib chiqiladi. ✅Avval grant, so‘ng kontrakt bo‘yicha baholanadi va keyingi yo‘nalishga o‘tiladi. 📌Oddiy misol: 🟢"Menga qaysi OTM yoki yo‘nalish bo‘lishining farqi yo‘q, faqat grantga kirishim kerak." — Grant ustuvorligini tanlang. 🔵 "Men aynan birinchi tanlagan yo‘nalishda o‘qishim shart. Kontrakt bo‘lsa ham roziman." — Yo‘nalish ustuvorligini tanlang. ⚠️ MUHIM! Ustuvorlikni belgilashda juda ehtiyot bo‘ling. Mandat e'lon qilingandan keyin tanlovni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ariza topshirishdan oldin barcha variantlarni puxta o‘ylab chiqing. 📚 Ushbu ma'lumotni boshqa abituriyentlarga ham ulashing! ✈️𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵: ➡️@YURIDIK_TALIM✅
📌Xotini ishlamaydigan erkak 401-modda bo'yicha qo'shimcha ta'til olishi mumkinmi? Ko'pchilik Mehnat kodeksining 401-moddasini o'qib, quyidagi xulosaga keladi: "Oilada 12 yoshga to'lmagan ikki va undan ortiq bola bo'lsa, ota-onadan biriga 4 ish kuni qo'shimcha haq to'lanadigan ta'til beriladi. Demak, ota ham bemalol olishi mumkin." 🔠Biroq bu xulosa har doim ham to'g'ri emas. Gap shundaki, 401-modda qo'shimcha ta'til mavjudligini belgilaydi. Ammo otaning ushbu ta'tildan foydalanish shartlari Mehnat kodeksining 410-moddasida nazarda tutilgan. Misol: 👨👩👧👦 Oilada 12 yoshga to'lmagan 3 nafar bola bor. 1-holat. Ota ham, ona ham ishlaydi. Bu holatda ota 401-modda asosida qo'shimcha ta'til olishi mumkin. Biroq buning uchun 410-modda talabiga muvofiq, bolaning onasi ushbu ta'tildan foydalanmayotganini tasdiqlovchi hujjat ish beruvchiga taqdim etilishi lozim. 2-holat. Ota ishlaydi, ona esa ishlamaydi va bolalarni tarbiyalash bilan shug'ullanadi. Bu vaziyatda esa 410-moddaning ikkinchi qismiga ko'ra, otaga mazkur qo'shimcha kafolatlar, jumladan 401-moddadagi qo'shimcha haq to'lanadigan ta'til berilmaydi. Nega? Chunki 401-moddada nazarda tutilgan qo'shimcha ta'tilning o'zi mehnat sohasidagi qo'shimcha kafolat hisoblanadi. Shu sababli 410-modda Kodeksdagi barcha shunday kafolatlarning otaga qaysi hollarda tatbiq etilishini belgilaydi. ⚖ Muhim xulosa: ✅401-modda — qo'shimcha haq to'lanadigan ta'til huquqini belgilaydi. ✅410-modda — otaning ushbu huquqdan qachon foydalanishi yoki foydalana olmasligini belgilaydi. Shunday ekan, agar bolaning onasi ishlamasa va bola parvarishi bilan shug'ullanayotgan bo'lsa, otaga 401-modda asosida qo'shimcha ta'til berilmaydi. 📚Huquqni to'g'ri qo'llash uchun Mehnat kodeksining 401 va 410-moddalari doimo o'zaro bog'liq holda talqin qilinishi zarur. ✈️𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵: ➡️@YURIDIK_TALIM✅
📌 DEKRET VA KASALLIK NAFAQALARI QANDAY HISOBLANADI? Davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida homiladorlik va tug‘ish hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik (kasallik) nafaqalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qarori bilan tasdiqlangan "Davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi Nizom asosida tayinlanadi va to‘lanadi. 🔹 Nafaqa olish shartlari Nizomning 7-bandiga ko‘ra, nafaqa mehnat shartnomasi, fuqarolik-huquqiy shartnoma yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarda faoliyat yuritayotgan sug‘urtalangan shaxslarga tayinlanadi. Bunda: 👩🍼 homiladorlik va tug‘ish nafaqasi uchun kamida 10 oy; 🤒vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi uchun kamida 6 oy sug‘urta staji talab etiladi. 💵Nafaqa qanday hisoblanadi? Nafaqa lavozim maoshidan emas, balki ijtimoiy sug‘urta badali hisoblangan o‘rtacha oylik daromad asosida hisoblanadi. Hisobga asosiy ish haqi, ustamalar, mukofotlar hamda sug‘urta badali hisoblangan boshqa to‘lovlar kiritiladi. Biroq Soliq kodeksining 378-moddasiga muvofiq soliqdan ozod etilgan moddiy yordamning belgilangan qismi hamda sug‘urta badali hisoblanmaydigan kompensatsiya to‘lovlari hisobga olinmaydi. ⚖️ Muhim qoida Nafaqa hisoblashda xodimning o‘rtacha oylik ish haqining mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM)ning 10 baravaridan ortiq bo‘lmagan qismi inobatga olinadi. Ya'ni ish haqi bundan yuqori bo‘lsa ham, nafaqa belgilangan maksimal chegara doirasida hisoblanadi. 👩🍼 Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq homiladorlik va tug‘ish ta'tili 126 kalendar kun etib belgilangan. Nafaqa sug‘urta stajiga qarab quyidagicha to‘lanadi: 🔹 10–24 oy — 75 % 🔹 25–60 oy — 85 % 🔹 61 oy va undan ortiq — 100 % 🤒Kasallik nafaqasi Kasallik, shikastlanish, karantin, sanatoriyda davolanish, kasallangan oila a'zosini parvarishlash, protezlash va reabilitatsiya davrida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi tayinlanadi. Hisoblash formulasi: Nafaqa = O‘rtacha oylik ish haqi ÷ 25,3 × sug‘urta staji koeffitsiyenti × qoplanadigan ish kunlari soni. Sug‘urta stajiga qarab: 🔹 6–96 oy — 60 % 🔹 97 oy va undan ortiq — 80 % (I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda qaramog‘ida 4 va undan ortiq farzandi bo‘lgan ayrim toifadagi fuqarolar uchun qonunchilikda yuqoriroq koeffitsiyentlar belgilangan.) 💼To‘lov kim tomonidan amalga oshiriladi? ✅Dastlabki 5 ish kuni uchun — ish beruvchi; ✅6-kundan boshlab — Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi. Shuningdek, kasallik nafaqasi bir kalendar yil davomida 182 kalendar kundan oshmagan davr uchun to‘lanadi. 👥 O‘rindoshlik asosida ishlovchilar uchun: O‘rindoshlikdagi ish joyida faqat dastlabki 5 ish kuni uchun nafaqa to‘lanadi. 6-kundan boshlab nafaqa Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan bir marta to‘lab beriladi. 🗓Qaysi kunlar hisobga olinmaydi? Nafaqa hisoblashda: ❌yakshanba kunlari; ❌Mehnat kodeksining 208-moddasida belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlari hisobga olinmaydi. 📚Huquqiy asos: 🔹 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qarori; 🔹 Mazkur qaror bilan tasdiqlangan "Davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi Nizom; 🔹 O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi; 🔹 O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. ✈️𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵: ➡️@YURIDIK_TALIM✅
🏆 JCH–2026 yakunlandi! Bir oy davom etgan futbol bayrami o‘z nihoyasiga yetdi. Millionlab muxlislar guvoh bo‘lgan unutilmas bahslar tarix sahifalarida qoldi. 🥇 🇪🇸 Ispaniya — Chempion 🥈 🇦🇷 Argentina — 2-o‘rin 🥉 🏴 Angliya — 3-o‘rin 🏅 🇫🇷 Fransiya — 4-o‘rin 👏 Barcha sovrindorlarni tabriklaymiz! ⏳ Endi esa navbat — JCH–2030. Yana 4 yil kutamiz... 🇺🇿 Nasib etsa, keyingi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ham tarixiy natijalar qayd etib, barchamizni xursand qiladi. Omad, O‘zbekiston! JCH–2030da seni kutamiz! ⚽🇺🇿 ✈️𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵: ➡️@YURIDIK_TALIM✅
📌MK 333-moddasi bo‘yicha muhim o‘zgarish: ish haqi kechiktirilsa kompensatsiya kamayishi mumkin ⚖️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mehnat munosabatlarini takomillashtirishga oid qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi. Qonun loyihasida Mehnat kodeksining 333-moddasi bo‘yicha muhim o‘zgarish taklif etilmoqda. Nima o‘zgaradi? 🔹 Amaldagi tartibda: Ish beruvchi ish haqi yoki boshqa to‘lovlarni kechiktirsa, xodimga har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bank asosiy stavkasining 10% miqdorida pulli kompensatsiya to‘laydi. Kompensatsiya summasi cheklanmaydi va kechikish davom etgan sari oshib boradi. 🔹 Qonun loyihasiga ko‘ra: • har bir kechiktirilgan kun uchun kompensatsiya 4% etib belgilanadi; • kompensatsiyaning umumiy miqdori asosiy qarz summasining 50 foizidan oshmaydi. Misol: 💵Ish beruvchi xodimga 10 mln so‘m to‘lovni 100 kun kechiktirdi. ✅Amaldagi tartib bo‘yicha: Kompensatsiya — 14 mln so‘m. ✅Qonun loyihasi bo‘yicha: Hisob-kitob 5,6 mln so‘mni tashkil etsa ham, 50% cheklov sababli ish beruvchi maksimal 5 mln so‘m kompensatsiya to‘laydi. 📌Hatto kechikish 1 yil davom etsa ham, loyiha qabul qilinsa kompensatsiya 5 mln so‘mdan oshmaydi. ⚠️ Muhim! Bu hali qonun loyihasi. U kuchga kirgunga qadar amaldagi Mehnat kodeksining 333-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilish tartibi saqlanib qoladi. ✈️𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵: ➡️@YURIDIK_TALIM✅
⚖️ Xususiylashtirilgan yer "olib qo‘yilmaydi" Ko‘pchilik jamoat ehtiyoji uchun davlat istalgan yerni kompensatsiya to‘lab olib qo‘yishi mumkin, deb o‘ylaydi. Aslida esa, bu qoida xususiylashtirilgan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi. Buni 2025-yilda Toshkent shahrida ko‘rib chiqilgan sud ishi ham yaqqol ko‘rsatadi. 📌Nima bo‘lgan? Olmazor tumanida joylashgan xususiy uy va unga tutash yer uchastkasi "O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi" qurilishi hududiga tushgani sababli hokimlik sudga murojaat qilib, mulkni kompensatsiya evaziga olib qo‘yishni so‘radi. Birinchi instansiya sudi mulkdorga 4 milliard so‘m, apellyatsiya sudi esa ekspertiza xulosasiga asosan 3 milliard 184 million so‘m kompensatsiya belgiladi va ishni "Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi Qonun (O‘RQ–781) asosida hal qildi. Ammo aynan shu yerda eng katta huquqiy xato mavjud. ❗Asosiy masala nimada? Mazkur Qonunning 1-moddasi aniq belgilaydi: «Ushbu Qonun mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.» Ya'ni O‘RQ–781 faqat davlat yer fondidagi, umrbod egalik, doimiy foydalanish yoki ijara huquqi asosida foydalanilayotgan yerlarga nisbatan qo‘llaniladi. Agar yer xususiylashtirilgan bo‘lsa, bu qonun umuman qo‘llanilmasligi kerak. 📖Unda qaysi qonun qo‘llaniladi? Bunday holatda "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi Qonun qo‘llaniladi. Uning 30-moddasi xususiylashtirilgan yerning huquqiy maqomini belgilaydi: ✔️ xususiylashtirilgan yer — xususiy mulk; ✔️ u fuqarolik muomalasi obyekti; ✔️ unga bo‘lgan mulk huquqi daxlsiz va davlat himoyasida. Bu degani, bunday yer endi davlatniki emas. 📃Davlat bunday yerni qanday olishi mumkin? Qonunning 36-moddasiga ko‘ra, davlat xususiylashtirilgan yer uchastkasini faqat: ▪️ mulkdorning yozma roziligi bilan; ▪️ hokim va mulkdor o‘rtasida oldi-sotdi shartnomasi tuzish orqali; ▪️ shartnoma Moliya vazirligi bilan kelishilgandan so‘ng; ▪️ mablag‘ oldindan to‘liq to‘langach qayta sotib olishi mumkin. E'tibor bering, qonunda "olib qo‘yish" emas, aynan "qayta sotib olish" tushunchasi ishlatilgan. Bu ikki institutning huquqiy mazmuni mutlaqo boshqacha. ⚖️ Fuqarolik kodeksi nima deydi? FKning 164-moddasi mulkdorga o‘z mol-mulkini erkin tasarruf etish huquqini beradi va mulk huquqining daxlsiz hamda muddatsiz ekanini belgilaydi. Sudlar tayangan FKning 206-moddasi esa asosan davlat yer fondidagi yerlardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarga taalluqli bo‘lib, xususiylashtirilgan yerlarga uni qo‘llash bahsli hisoblanadi. Shuningdek, Konstitutsiyaning 47-moddasi ham xususiy mulkning daxlsizligini kafolatlaydi. 📌Xulosa: Agar yer uchastkasi xususiylashtirilgan bo‘lsa, uni O‘RQ–781 asosida kompensatsiya evaziga olib qo‘yish mumkin emas. Bunday hollarda davlat faqat "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi Qonunning 36-moddasi asosida, mulkdorning roziligi va oldi-sotdi shartnomasi orqali yer uchastkasini qayta sotib olishi mumkin. ⚖️ Xususiylashtirilgan yer davlatniki emas. Shuning uchun uni bir tomonlama olib qo‘yish emas, faqat qonunda belgilangan tartibda qayta sotib olish mumkin. ✈️𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵: ➡️@YURIDIK_TALIM✅
⚖️ MK 333-moddasi: pulli kompensatsiyami yoki jazomi? Ish beruvchi ish haqi, ta'til puli yoki xodimga tegishli boshqa to'lovlarni o'z vaqtida bermasa, u faqat qarzni emas, balki qo'shimcha pulli kompensatsiya ham to'lashi shart. 📖O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 333-moddasi aynan shu javobgarlikni belgilaydi. Lekin bu yerda muhim savol tug'iladi: ❓Mazkur kompensatsiya xodimning zararini qoplaydimi yoki ish beruvchini jazolaydimi? Pul majburiyatlarida foiz nima uchun qo'llaniladi? Foizlar tasodifan paydo bo'lmagan. Ularning asosiy maqsadi: ➖ pulning vaqt o'tishi bilan qadrsizlanishini qoplash; ➖ pul egasi undan foydalana olmagan davr uchun kompensatsiya berish; ➖ qarzdorning boshqa birovning pulidan "bepul foydalanishi"ning oldini olish. Ya'ni, foizlarning asl vazifasi jazolash emas, kompensatsiya qilishdir. MK 333-moddasidagi muammo nimada? Amaldagi norma bo'yicha pulli kompensatsiya: ✔️ kechiktirilgan har bir kun uchun hisoblanadi; ✔️ Markaziy bank stavkasiga bog'langan; ✔️ ish beruvchining aybi bo'lish-bo'lmasligidan qat'i nazar undiriladi. Ammo amaliyotda ayrim holatlarda bu mexanizm: ❌ pulning haqiqiy qadrsizlanishidan ko'proq summani undirishga olib kelishi mumkin; ❌ texnik yoki bankdagi kechikishlarda ham ish beruvchiga katta moliyaviy yuk yuklaydi; ❌ sudga kompensatsiya mutanosibligini baholash imkoniyatini deyarli bermaydi. Natijada kompensatsiya ayrim vaziyatlarda o'zining asl mohiyatini yo'qotib, jazolovchi xarakter kasb etishi mumkin. Rossiya tajribasi qanday? 📖 Rossiya Federatsiyasi Mehnat kodeksining 236-moddasi ham ish haqi kechiktirilganda pulli kompensatsiyani nazarda tutadi. Biroq unda: ✔️ kompensatsiya minimal miqdor sifatida belgilanadi; ✔️ asosiy maqsad — xodimning puli vaqtida to'lanmagani sababli yuzaga kelgan iqtisodiy yo'qotishni qoplash; ✔️ ish beruvchini ortiqcha jazolash emas, manfaatlar muvozanatini saqlash ko'zda tutilgan. Xulosa: Foizli javobgarlikning asl mohiyati — pulning vaqt qiymatini qoplash, ya'ni kompensatsiya berishdir. Agar foizlar real iqtisodiy yo'qotishdan ancha yuqori bo'lsa yoki har qanday holatda bir xil tartibda qo'llansa, u kompensatsiya emas, balki jazoga aylanishi mumkin. Shu sababli, Mehnat kodeksining 333-moddasini takomillashtirish, pulli kompensatsiyani yanada mutanosib, moslashuvchan va pulning real qadrsizlanishini aks ettiradigan mexanizm asosida belgilash mehnat huquqidagi adolat va manfaatlar muvozanatini ta'minlashga xizmat qiladi. ✈️𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵: ➡️@YURIDIK_TALIM✅
🎓#Qabul2026 | #Abituriyent2026 📣DIQQAT, ABITURIYENTLAR! 🧾Test sinovi uchun ruxsatnomalar tayyor bo‘ldi. 2026–2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta'lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar endi testga kirish ruxsatnomasini yuklab olishlari mumkin. 📱Ruxsatnomani qanday olish mumkin? 🔹my.uzbmb.uz saytiga kiring. 🔹JShShIR (PINFL) va pasport (ID-karta) ma'lumotlarini kiriting. 🔹Ruxsatnomani yuklab oling. 📌Test kuni o‘zingiz bilan quyidagilarni olib boring: ✅Pasport yoki ID-karta; ✅Abituriyent ruxsatnomasi. ⏰Belgilangan vaqtdan kechikmang! ❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar qabul qilinmaydi. Shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi. 📌Ruxsatnomangizda ko‘rsatilgan test vaqti va manzilini oldindan tekshirib chiqing. 🍀Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz! ✈️𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵: ➡️@YURIDIK_TALIM✅