tgindex
Yurist_Baxodirov

Yurist_Baxodirov

Статистика
@Yurist_Baxodirovузбекский

Huquqshunos Shaxriyor Baxodirovning telegram kanaliga xush kelibsiz! Yuristga murojaat: @baxodirov_shaxriyor Savollaringizni @huquqiy_yordam_guruhi manziliga ham yuborishingiz mumkin!

Последний пост
2 июл.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
160
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
258
26 постов
Вовлечённость
161,3%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 26
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • ⚖️ HUQUQIY YORDAM KERAKMI? Qonuniy muammolaringizni ortga surmang. Ularni o'z vaqtida va professional yondashuv bilan hal qilish muhim. 📌 Aziz obunachilar Sizlarga quyidagi yuridik xizmatlarimizni taklif qilamiz: ✅ Da'vo arizalari va sud hujjatlari tayyorlash; ✅ Sud buyruqlari bo'yicha hujjatlar rasmiylashtirish; ✅ Ish haqi va boshqa mehnat nizolari bo'yicha huquqiy yordam; ✅ Shikoyat, ariza va takliflar tayyorlash; ✅ Shartnomalarni huquqiy tahlil qilish va tuzish; ✅ Fuqarolik, mehnat va ma'muriy huquq masalalari bo'yicha konsultatsiya. ⚡ Har bir ish qonunchilik talablari asosida, mas'uliyat bilan olib boriladi. 📩 Murojaat uchun: @baxodirov_shaxriyor 👉 @Yurist_Baxodirov 👈

  • O‘z o‘zidan "ishli" bo‘lib qolganlar uchun «YAMMT” IDAK elektron bazasida ma’lumotlarini tahrirlash imkoniyatini yaratish zarur. Bugungi kunda ayrim idoralar tomonidan «Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga ishsiz fuqarolar ishtirokisiz (habardorligisiz) ularni ishga joylashtirib qo‘yish amaliyoti ko‘p uchramoqda. Shu bois, fuqaro Davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan foydalanmoqchi bo‘lganida yoki haqiqatda ishga kirmoqchi bo‘lganida rasmiy band degan vaj bilan rad etilmoqda. Fuqaro tomonidan mazkur ma’lumotlarni «YAMMT” IDAK elektron bazasida tahrirlash imkoniyati mavjud emas, buning uchun ma’lumot kiritgan korxona elektron kaliti kerak bo‘ladi (vaholanki fuqaro ularni tanimaydi, yoki korxona tugatilib ketgan bo‘ladi). Natijada, fuqaro tuman (shahar) yoki viloyat bandlik bo‘limlariga ariza berishi, ariza mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganilishi, o‘rganish yakuni bilan «YAMMT” IDAKGA xulosa taqdim qilishi va ular tomonidan ma’lumotlar tahrirlanishi kerak bo‘ladi, Bu esa o‘rtacha bir oy yoki undan xam ko‘p davom etadigan holat. Yuristga savol yuborish: 👨‍💻@baxodirov_shaxriyor 👉@Yurist_Baxodirov 👈

  • ‼️ Jamoa shartnomasidagi qo‘shimcha ta’tilni ish beruvchi bekor qilishi mumkinmi? Kecha bir obunachimiz ishlayotgan korxonasida jamoa shartnomasida belgilangan ta’tillarni ola olmayotganidan norozi bo‘lib murojaat qilgandi. Shu sababli mazkur masalaga alohida to‘xtalib o‘taman. ☝️Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, jamoa shartnomasiga tashkilotning iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda xodimlar uchun qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar kiritilishi mumkin. Ana shunday kafolatlar qatoriga qo‘shimcha mehnat ta’tillari ham kiradi. 📗 Mehnat kodeksining 219-moddasida har yilgi qo‘shimcha ta’tillar nafaqat qonunchilik asosida, balki jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, ichki lokal hujjatlar va mehnat shartnomalarida belgilangan hollarda ham berilishi lozimligi mustahkamlangan. 📗 Shuningdek, Kodeksning 214-moddasi ish beruvchi zimmasiga aniq majburiyat yuklaydi. Unga ko‘ra, jamoa shartnomasi yoki mehnat sohasidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan qo‘shimcha huquq va kafolatlar xodimlarga to‘liq taqdim etilishi shart. 🚸 Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik tamoyillari ham bu masalada muhim ahamiyatga ega. Qonunchilikda taraflar o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishi shartligi, qabul qilingan kelishuvlarga rioya qilinishi lozimligi alohida prinsip sifatida belgilangan. ✅ Shu sababli, agar jamoa shartnomasida xodimlarga qo‘shimcha ta’til berish nazarda tutilgan bo‘lsa, ish beruvchi keyinchalik moliyaviy ahvolni bahona qilib ushbu huquqni bir tomonlama bekor qila olmaydi. Bunday harakat mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish sifatida baholanishi mumkin. ✳️Misol uchun, korxona jamoa shartnomasida har bir xodimga asosiy ta’tildan tashqari yana 5 kalendar kun qo‘shimcha ta’til berishni nazarda tutgan bo‘lsa, yil yakunida moliyaviy ko‘rsatkichlar yomonlashgani sababli ushbu ta’tilni bermaslik qonuniy asos hisoblanmaydi. Chunki mazkur majburiyat avvaldan rasmiy hujjat bilan qabul qilingan va uni bajarish ish beruvchi uchun majburiy hisoblanadi. Yuristga savol yuborish: 👨‍💻@baxodirov_shaxriyor 👉@Yurist_Baxodirov 👈

  • Yuristga savol yuborish: 👨‍💻@baxodirov_shaxriyor 👉@Yurist_Baxodirov 👈

  • без подписи

  • 📃🎉Xodim foydasiga 44.449.000 so'm ish haqi undurilishiga erishdik. 🕵‍♀ Ishni qonuniy ko'rib chiqqan Fuqarolik ishlari bo'yicha Qo'qon tumanlararo sudi sudyasi M.A.Usmonovaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Yuristga savol yuborish: 👨‍💻@baxodirov_shaxriyor 👉@Yurist_Baxodirov 👈

  • ❗️ Chet tili fani mavjud bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda xorijiy til bo‘yicha B1 sertifikati uchun 75 foiz ball beriladi Adliya vazirligi Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3515-2, 2026-yil 2 iyun). 🔰 Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra: 🔹 endilikda ingliz tilidan beriladigan TOEFL IBT sertifikatining muvofiqlik darajasi 1–6 ballik tizim bo‘yicha belgilanadi; 🔹 bakalavriatning fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga qabulda B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi; 🔹 pedagog xodimlarga ustama to‘lashda ingliz tilidan beriladigan TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlarining amal qilish muddati hisobga olinadi; 🔹 kasbiy ta’lim tashkilotlarining pedagoglari xorijiy tilda maxsus fanlarni o‘qitganligi uchun ularning lavozim maoshiga nisbatan milliy va xalqaro tan olingan B2 sertifikati uchun 50 foiz, C1 sertifikati uchun 100 foiz miqdorda har oylik ustamalar beriladi; 🔹 o‘qituvchilariga Digital SAT sertifikatining matematika bo‘limidan 750 va undan yuqori ball olgan taqdirda ustama belgilanadi; 🔹 umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlari o‘qituvchilariga B+ va undan yuqori darajadagi sertifikatlar uchun ustama beriladi. Yuristga savol yuborish: 👨‍💻@baxodirov_shaxriyor 👉@Yurist_Baxodirov 👈

  • ‼️💵 BOLALAR NAFAQASI VA MODDIY YORDAM TO‘LOVLARI QANDAY OILALARGA TO‘LANADI? 📄 Vazirlar Mahkamasining 29.01.2026 yil kungi 35-son qarori bilan "Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi Nizom tasdiqlangan ➖Nizomga ko‘ra, hozirgi kunda 3 xil toifadagi oilalar uchun bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam pullari berilishi mumkin: ❗️Bular: 1) ➖ Davlat ta’minotidagi oilalar; 2) ➖ Kambag‘al oilalar; 3) ➖ Kambag‘allik chegarasidagi oilalar. ❗️Shundan: ✅ "Kambag‘al oila" va "Davlat ta’minotidagi oila"larga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lovlari ular anashu toifalardan chiqib ketgunigacha to‘lanadi; ✅ "Kambag‘allik chegarasidagi oilalar" uchun esa, ular ushbu toifaga o‘tkazilgan oydan boshlab 6 oy davomida to‘lanadi. Yuristga savol yuborish: 👨‍💻@baxodirov_shaxriyor 👉@Yurist_Baxodirov 👈

  • ❗️Endilikda sud organlariga bevosita murojaat qilmagan holda zarur hujjatlardan elektron nusxa olishingiz mumkin. Ya’ni Oliy sudning Interaktiv xizmatlar portalida (my.sud.uz) “Sud hujjatlaridan nusxa olish” xizmati joriy etildi. Yuristga savol yuborish: 👨‍💻@baxodirov_shaxriyor 👉@Yurist_Baxodirov 👈

  • 📄Nikoh shartnomasi tuzishga ajoyib shaklda chaqiruv😉 Manba 👉 @Yurist_Baxodirov 👈

  • ‼️Mehnat qonunchiligiga asosan ish beruvchi oʻzining moliyaviy ahvolidan qatʼi nazar, qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlariga muvofiq xodimlar tomonidan bajarilgan ish uchun haq toʻlashni amalga oshirishga majbur. ✅ Ish beruvchi ish haqini, taʼtil toʻlovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi toʻlovlarni va (yoki) xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni toʻlash muddatini buzgan taqdirda, ularni toʻlov muddatidan keyingi kundan eʼtiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni oʻz ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oʻsha vaqtda amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga toʻlashi shart. 🏦 Xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan pulli kompensatsiyaning miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining oʻn foizi miqdorida belgilanadi. Yuristga savol yuborish: 👨‍💻@baxodirov_shaxriyor 👉@Yurist_Baxodirov 👈

  • ‼️Quyidagi holatlarda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish taqiqlanadi 1️⃣ Mehnat kodeksida yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilmagan asoslar boʻyicha; 2️⃣ Mehnat va mashgʻulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash talabini buzadigan; 3️⃣ Xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlarida, u mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan taʼtillarda boʻlgan davrlarda; 4️⃣ Xodim davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan davrda; 5️⃣ Xodim xizmat safarida boʻlgan davrda; 6️⃣ Homilador ayollar va uch yoshgacha bolasi boʻlgan xodimlar uchun kafolatlar berishni nazarda tutadigan talablarga rioya qilmasdan; 7️⃣ Xodim boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davrda avvalgi ish joyi boʻyicha tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish taqiqlanadi. ✅ Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish nazarda tutilgan yuqoridagi 3 — 6 cheklovlar tashkilot (uning alohida boʻlinmasi) oʻz muassislarining (ishtirokchilarining) yoki taʼsis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga binoan tugatilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyat tugatilganda qoʻllanilmaydi. Yuristga savol yuborish: 👨‍💻@baxodirov_shaxriyor 👉@Yurist_Baxodirov 👈

  • #ta'sirli Men faqat buyruqni bajarganman deya olmaysan.... 👉@Yurist_Baxodirov 👈

  • ⏳ Qonunchilikka ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan boshlab tibbiyot muassasalarining ish vaqti rejimi 5 kunlik ish haftasiga o‘tkaziladi. ✅ Bunda tibbiyot muassasalari ish faoliyatining uzluksizligini ta’minlash uchun bayram va dam olish kunlari navbatchilik asosida…

  • Advokatga 100 so‘m berishni qizg‘anib, oxirida 1000 so‘m yo‘qotganlarni ko‘rganmisiz? Ko‘pchilik yuridik muammoga duch kelganda bitta xatoga yo‘l qo‘yadi: advokatga pul to‘lamayman, internetdan namunasini topib o‘zim yozaman yoki qo‘shnim shunday qilgan ekan, men ham o‘zim hal qilaman. Eshitishga yaxshi, pulingiz tejalgandek tuyuladi. Lekin sud zaliga kirganingizda, haqiqiy surpriz boshlanadi. Keling, real hayotdan bitta misol ko‘ramiz. Siz 500 million so‘mga yangi uy yoki mashina sotib olyapsiz. Uning hujjatlari to‘g‘ri ekanligini, eski egasining MIBdan qarzi yoki merosxo‘rlari yo‘qligi va notarius aniqlay olmaydigan bir qancha holatlarni tekshirish uchun advokatga 500 ming so‘m (ya’ni pulingizning bor-yo‘g‘i 0,1%) to‘lashni ortiqcha xarajat deb o‘ylaysiz. Indamay shartnomaga qo‘l qo‘yasiz. Oradan 6 oy o‘tib, eshigingizni MIB taqillatib keladi yoki nizoli uyning boshqa egasi chiqib qoladi. Natijada nima bo‘ldi? Siz 500 ming so‘mni tejayman deb, 500 MILLION so‘mlik mulkingizdan ayrildingiz! Asabbuzarlik va sudma-sud sarson bo‘lish-chi? Buning tovonini kim to‘laydi? Vaqtida advokatga murojaat qilmaslikning oqibatlari: 1️⃣Imzoingiz — sizning dushmaningizga aylanadi. Shartnomani o‘qimasdan yoki tushunmasdan qo‘l qo‘yasiz, keyin esa men buni bilmagandim degan gapingiz sudda bir tiyinga qimmat bo‘ladi. 2️⃣Da’vo muddati o‘tib ketadi. Ertaga qilaman, indinga boraman deb yurib, qonunda belgilangan muddatni o‘tkazib yuborasiz. Keyin eng zo‘r advokat ham ishingizni qayta tiklab berolmaydi. 3️⃣Noto‘g‘ri yozilgan ariza — mag‘lubiyat belgisi. Sudda hissiyotlar emas, faktlar va qonun moddalari gapiradi. Noto‘g‘ri yozilgan bitta jumla ishingizni butkul orqaga tortadi. Kasal bo‘lsangiz, o‘zingizni o‘zingiz operatsiya qilmaysiz-ku, to‘g‘rimi? Nega unda taqdiringiz, oilangiz va bor-budingiz hal bo‘layotgan joyda tavakkal qilasiz? To‘g‘ri, har doim ham advokat yordami shart bo‘lmasligi mumkin lekin katta savdo qilishdan, biror shartnomaga qo‘l qo‘yishdan yoki kimgadir katta pul berishdan oldin, albatta, huquqiy maslahat oling. Bu sizni kelajakdagi millionlab xarajatlardan saqlab qoladi! Manba Yuristga savol yuborish: 👨‍💻@baxodirov_shaxriyor 👉@Yurist_Baxodirov 👈

  • #ma'lumot uchun ⚡️BUGUNGI KUN HOLATIGA O‘ZBEKISTON HUDUDIDA: ➖mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 271 000 so‘m; ➖bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m; ➖ pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 471 000 so‘m; ➖ yoshga doir eng kam pensiya – 918 000 so‘m; ➖ nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 1 012 000 so‘m; ➖ mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 1 012 000 so‘m; ➖ belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (918 000 so‘mdan) 1 012 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 1 012 000 so‘m; ➖ zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 820 000 so‘m; ➖ ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 820 000 so‘m. Yuristga savol yuborish: 👨‍💻@baxodirov_shaxriyor 👉@Yurist_Baxodirov 👈

  • ❗️Tibbiyot xodimlari uchun bir qator imtiyozlarni o'z ichiga olgan prezident qarori qabul qilindi! Qarorga ko'ra: ✅ 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga quyidagi qo‘shimcha imtiyozlar berilsin:…

  • ⁉️ Xodimlar-u xodimlar, Siz bilan tuzilgan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko'ra bekor qilingan taqdirda navbatdagi ishga joylashish kunigacha 2 oy, alohida hollarda esa 3 oygacha ishlamasdan o'rtacha oylik olishinigiz mumkinligini bilarmidingiz? ➡️ Amaldagi mehnat kodeksining 100-moddasi talablariga binoan, Mehnat shartnomasi quyidagi asoslar boʻyicha bekor qilingan taqdirda, ish qidirish davrida oʻrtacha oylik ish haqining ishdan boʻshatish nafaqasi hisobga olingan holda, biroq koʻpi bilan ikki oyga saqlanib qolishi xodimlar uchun kafolatlanadi: ✅ xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi; ✅ xodim ish beruvchi bilan birga ishlash uchun boshqa joyga koʻchishni rad etganligi; ✅ xodim sogʻligʻining holatiga koʻra tibbiy xulosaga muvofiq sogʻligʻining holati boʻyicha oʻziga qarshi koʻrsatma mavjud boʻlmagan boshqa ishga oʻtishni rad etganligi yoki ish beruvchida tegishli ish mavjud emasligi; ✅ texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning oʻzgarishi sababli tashkilot xodimlarining soni yoki shtati oʻzgarganligi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarganligi; ✅ tashkilotning (uning alohida boʻlinmasining) oʻz taʼsischilari (ishtirokchilari) qaroriga koʻra tugatilganligi yoxud taʼsis hujjatlari bilan shunga vakolatli boʻlgan yuridik shaxs organining qaroriga koʻra tugatilganligi; ✅ bajarayotgan ishiga malakasi yetarli emasligi oqibatida noloyiq ekanligi; ✅ shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning ishga tiklanganligi; ✅ sudning tashkilotni tugatish toʻgʻrisidagi qarori qonuniy kuchga kirganligi. 🔰Ushbu kafolatlar tashkilot rahbari, uning oʻrinbosarlari, bosh buxgalter bilan, tashkilotda bosh buxgalter lavozimi mavjud boʻlmagan taqdirda esa bosh buxgalter vazifalarini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli bekor qilingan hollarga nisbatan ham tatbiq etiladi, bundan banklar sanatsiya qilingan taqdirda mehnat shartnomasining bekor qilinishi mustasno. 3️⃣ Yuqorida koʻrsatilgan xodimlarga uch oylik davr tugagach maqbul keladigan ish topib berilmagan taqdirda, ular ishsiz deb eʼtirof etiladi. 🔜 Ish beruvchi toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan taqdirda, u bilan mehnatga oid munosabatlarda boʻlgan xodimlar ish haqi va oʻziga tegishli boshqa toʻlovlar xususida boshqa barcha kreditorlarning talablariga nisbatan imtiyozli huquqdan foydalanadi. 🏛Tugatilayotgan tashkilotlarda mablagʻlar mavjud boʻlmagan taqdirda, koʻrsatilgan xodimlarga kompensatsiyalarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Yuristga savol yuborish: 👨‍💻@baxodirov_shaxriyor 👉@Yurist_Baxodirov 👈

  • 📄 Prezidentning 10.12.2025 yil kungi PF–246-son farmoniga asosan, ‼️ 2026 yil 1 aprel sanasidan boshlab, quyidagilar uchun to‘lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. Yuristga savol yuborish: 👨‍💻@baxodirov_shaxriyor 👉@Yurist_Baxodirov 👈

  • #kadrovik ‼️ Kasaba uyushmalariga yoxud xodimlarning boshqa birlashmalariga mansublik yoki mansub emaslik fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan kafolatlangan mehnat huquqlarini hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari va erkinliklarini biror-bir tarzda cheklashga sabab boʻlmaydi. ❎ Ishga qabul qilishni, xodim uchun ehtimol tutilgan imtiyozlar va preferensiyalarni, shu jumladan ustamalarni, mukofot pullarini, ishda yuqori martabaga koʻtarilishni, shuningdek mehnat shartnomasining bekor qilinishini muayyan kasaba uyushmasiga yoki xodimlarning boshqa birlashmasiga mansublik yoki mansub emaslik, unga aʼzo boʻlish yoxud undan chiqish bilan bogʻlash taqiqlanadi. 🏛 Kasaba uyushmalariga yoki xodimlarning boshqa birlashmalariga mansubligi yoki mansub emasligi belgisi boʻyicha oʻzini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitilganlik fakti ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin. Kamsitilgan shaxsning kamsitishni bartaraf etish, buzilgan huquqini tiklash va oʻziga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish toʻgʻrisidagi talablari sud tartibida hal etiladi. 🆓 Xodimlarning birlashish huquqini amalga oshirishga monelik qilishga, shuningdek ularni kasaba uyushmalariga yoki xodimlarning boshqa birlashmalariga aʼzo boʻlishga majburlashga yoʻl qoʻyilmaydi. ❓Yuristga savol yuborish: 👨‍💻@baxodirov_shaxriyor 👉@Yurist_Baxodirov 👈