E'timod
СтатистикаGulday yuragimni men toshga ekdim, Bu tosh tog' bo'ladi Xudo xohlasa!!! (U.Azim)
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 7
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 31
- 1/48двое суток
- 35
- 1/72трое суток
- 38
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Biri aytadi: "Gullar pulni bekorga sarflash." Boshqasi esa aytadi: "Senga gul berganimda qanday kulishingni bir ko'rsang edi. Shunga arziydi."
Sendan so'ramagan kishiga javob berishing, javob bermaydigan kishidan so'rashing, quloq solmaydigan kishiga gapirishing farosat va odobdan emas"
uyg'oqlar uchun kayfiyat😁😉
SUHBAT –Osmon tiz cho‘kadi salovat ayta, Kamalaklar ko‘kka sig‘maydi qayta, Aytingchi, izlaysiz siz meni qaydan? –Nima bo‘ladi? –Yulduz so‘nadi... Ko‘ksimdan haqqini yulqilaydi Haq, Kaftimdan sirg‘alar, bo‘yin sunmas vaqt, Tuyg‘ular havoga sachrar– muallaq! – Nima bo‘ladi? – Yig‘i keladi... So‘zimni to‘zg‘itar "kuz"ning qilichi, Oldinda yo‘l turar sochim qilicha, Yolg‘izman u manzil oxirigacha... –Nima bo‘ladi?! – Xudo biladi... https://t.me/shahrizoda_botirova
без подписи
UZR! "Menga yo‘liqqaningizda ranggim o‘chiq bo‘lsa meni ma’zur tuting! Agar menga xabar jo‘natsangiz va men javob qilmasam meni ma’zur tuting! Goho mashaqqatda bo‘laman, hech bir ish qilishga qodir bo‘lmayman. Gohida sizga qarab tabassum qila olmasam meni ma’zur tuting! Agar yoningizdan o‘tib ketsam va sizni ko‘rmasam meni ma’zur tuting! Gohida siz u haqda bilmaydigan boshqa bir olamda bo‘laman...". Ahmad Xolid Tavfiq https://t.me/Gulijon_ijod
Meni qaysi tilda yozding, Xudojon, Kim uchun atalgan maktub edim men. Yasharim qay ondir, manzilim qayon? O’zimga jumboqman, o’zingda yechim. Shunchalik ham qattiq asrayapsanmi, Baxtdan, muhabbatdan, darddan jonimni. Yo men siringmanmi, saqlayapsanmi, Nega yubormaysan tarjimonimni. Zarnigorxon
Koʻp insonlar biladigan narsa bilishga arzimaydi. Talib Nassim
Shunday, yaxshi gumondaman. Odamlar bir-birini aldamaydi, shunchaki haqiqatdan asraydi bir-birlarini... Suhrob Ziyo
Ular aytishdi: qayerda o‘zingni yaxshi his qilsang, o‘sha yerga bor. Men uxlagani ketdim...
Olg'a, Ispaniya!😁
So'nggi marta qachon o'zingizni shu tarzda namoyon eta oldingiz?☺️
*** Ҳаво бўлдим. Сув бўлдим. Тупроқ бўлдим... Нега қоришмайсан менга, Эй тош? Нега қоришмайсан?! Қаърингда қатра мехр борми- Ўсиб чиқсам? Тошга айланиб боряпман – Бир нарса десангчи! Усмон Азим 2006 йил Https://t.me/UsmonAzimijodi
Янги китоб ТУНГИ СУҲБАТЛАР Рустам Эминнинг “Тунги суҳбатлар” номли ушбу шеърий тўплами шоирнинг ўзлиги, борлиқ ва Яратган билан олиб борган руҳий мулоқотларининг маҳсулидир. Китобда лирик қаҳрамоннинг пинҳона изтироблари, қалб поклиги йўлидаги тинимсиз изланишлари ҳамда инсон руҳиятининг мураккаб қирралари ўзига хос рамзлар ва бадиий образлар орқали ифода этилган. Тўпламда шоирнинг ижтимоий қарашлари ва ватанга бўлган оташин муҳаббати ёрқин акс этган. Унда ўзбек деҳқонининг заҳматли меҳнати, қишлоқ ҳаётининг ҳаққоний манзаралари ва миллат дардига дахлдорлик ҳисси баланд пардаларда куйланади. Рустам Эмин ўз ижодида анъанавий шеърият услубларини янгича талқин қилиб, ҳар бир мисрада тилнинг ўткирлиги ва руҳнинг бутунлигини намоён этади, бу эса “Тунги суҳбатлар”ни замонавий ўзбек шеъриятининг самимий ва залворли намуналаридан бирига айлантиради. 📝 Муаллиф: Рустам Эмин 🗞 Ношир: Aҳмад Тўра ✏️ Mуҳаррир: Aҳрор Aбдуманнон 🗞 Нашриёт: "Ijod Nashr" 📍 Aдади: 100 📚 “Ijod Nashr” PR xizmati
Shunday qilib, bugun 10 yilligimiz. Maktab davri, xotiralari, beg'ubor paytlar baribir odamga o'zgacha entikish beradi-ya...
Баъзан қорнимиз эмас, Қалбимиз оч қолади…
Men, ehtimol, yaralishimdan oldin qahringni keltirgan bo'lsam kerak. Sen, ehtimol, shuning uchun meni ayol qilib yaratgandirsan?! Z.
✨Yo'q narsaning azobi ham BO'LMAYDI ! @parvezov
SAROB Oldin olam oppoq edi. U boshqa ranglarni bilmasdi. Oldin olam bo’m-bo’sh edi, yorug’ sukunat hukmron edi. U boshqa narsalarni tanimasdi. Buni o’zi sezmasa-da, Yolg’iz edi u. Bir kuni ilk bor ko’ksida nimadir ichiga sig’may “meni chiqar, olamni kashf etmoq istayman” degandek pitirlayotganini sezib qoldi. Qo’llarini sekin ko’ksiga qo’ydi. Issiq va yumshoq nimadir bor u yerda. Qip-qizil! U ranglarni taniy boshladi. Naqadar go’zal! Ilk bor ko’zlari porlab ketdi! Ilk bor yanog’iga alvon yugurdi! Ilk bor jilmaydi! Ilk bor quloqlari eshita boshladi: “Men seni sevaman!” Ilk bor tili yechildi: “Men ham sizni…” davomi hayajonga qorishib ketdi. U ilk bor (ilk bor!) sevishni o’rgandi! Qordek toza, samodek yuksak hislar bilan. Mayin maysalar ustida ohista qadam bosdi, yurdi, keyin yugurdi. So’ng ucha boshladi, qanotlari paydo bo’lgandi uning. U o’zini shu qanotlarga ishonib topshirdi. Cheksiz hayajon va hislar og’ushida uchib borardi. “Salom quyosh!” Quyosh jilmayib uning boshini siladi. “Salom sabo!” Sabo o’ynoqlab sochlarini taradi. “Salom tog’lar!” Muhabbatning yettinchi osmoniga ko’prik misol viqor bilan turgan tog’lar unga bosh silkidi. U hamon uchar, balandlab borardi. Yerda qolgan maysalar unga qo’l silkidi: ”Ehtiyot bo’l, juda yuqorilab ketyapsan!” Biroq u eshitmadi. Uchaverdi. Osmon toqiga yetay deganida qanotlari birdan pufakchalarga aylanib havoga singib ketdi. Qulay boshladi Ikar misol! Nega bunday bo’ldi? Axir qanotlari baquvvat emasmidi, uning jajji jussasini ko’tara olishmadimi? Yoki…yoki ular avval boshdan yo’q edimi? Bari sarobmidi, bu ishq sarobmidi?! Nima bo’lganini anglolmay ko’zlari hayrat va qo’rquv ichida dong qotdi. Juda uzoq quladi, juda qattiq quladi. O’ziga kelgach, olamga boqdi: qop-qorong’u, bo’m-bo’sh. Beixtiyor qo’llari ko’ksiga yugurdi. Qattiq, muzdek nimadir bor u yerda. Zulmatda ko’ra olmadi. Hech nimani eslay olmasdi. Unutib qo’ygandi ranglarni, kuylarni, quyosh-u tog’larni, ilk parvozini, ilk hayajonini. Unutib qo’ygandi tabassum qilishni. Unutib qo’ygandi sevishni… va endi hech qachon eslay olmasa kerak… Zarnigorxon Alisher qizi
Quyoshning boshi egik, mehrimoh ham qosh tortgan, Sayyoralar samoning poygohidan losh tortgan. Ko'zyoshdan qanot yasab, yuragimga "uch" desam, Ne topdi dunyosida, bosh tortgani bosh tortgan. Yonay desam olovning cho'g'i pastdir, olloyor, Sevay desam mardingni bari mastdir, olloyor. Suyanmoqqa daraxt yo'q, bori xasdir, olloyor. Tutganim gulmasmidi, tosh otgani, tosh otgan. Ayo dunyo, ay dunyo, bu holingga voy, dunyo, Kiprigim bir silkitsam, to'rt tomoning chang-u to'z. Uzun-uzun sochimdan seningchun dor to'qiyman, Magar qo'lingdan kelsa, dorlardan balandroq o's. Avji munojot ichra ko'zlarimga qarama, Qil sig'mas kun va tunning orasi ko'rinadi. Hayot otli sahnani hijjalab bosib o'tsang, Yo'l so'nggida Rejissor qorasi ko'rinadi. Yozganidan qocholmam, qochmog'im ham yozilgan, Qadarimga haq berib, qadamimni sanayman. Bir onlik sayr uchun bir chaqa to'lab keldim, Qaytib borsam Xudodan qaytimini so'rayman. Zarnigorxon Alisher qizi