Zokirjon Murotov
СтатистикаDasturlash va dasturchining hayotiga oid shaxsiy blog📗📘 me @zokirjonmurotov youtube youtube.com/@zokirjonmurotov
- Последний пост
- 30 июл.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 67
- 1/48двое суток
- 76
- 1/72трое суток
- 82
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
tasklar ko'payganiga 2ta editorda 2ta AI agentga 1tadan task berib qo'yib o'zim ham alohida boshqa mayda narsalarni qilib chiqyapman(coding esdan chiqmasin deymanda) kamida 5x tez ketyapti ishlar. ha azizlar shu davrlarga ham keldik!
bugun prodga nimadirlar chiqargim kelyapti😈😈
hammaga tinchlik kerak😄
👀👀
📌dasturchidan task uchun deadline so'ra 2kunda bitadigan ish desa deadlineni 4kunga ol💡 faylasuf PM Asadbek
oxirgi paytlar ko'pchilikda har xil vebsaytlarni ochishda muammolar kuzatilyapti, misol uchun antdesign, fakestoreapi, ... , gap shundaki agar sizda ham shunday muammolar kuzatilayotgan bo'lsa, browserni almashtiring muammo chrome da !
bu savolga esa uning javobi
Используй все, что тебе известно обо мне, и сделай картинку, как сейчас выглядит моя жизнь.
chatGPT ga pastdagi so'zlarni tashlagandim Напиши мне прожарку используя все что ты обо мне знаешь
chatGPT ga pastdagi so'zlarni tashlagandim Напиши мне прожарку используя все что ты обо мне знаешь
chatGPTga doim ham ishonish kerakmas😅
Sog‘lom uyqu 😴 Dasturchilarning orasida keng tarqalgan muammolardan biri noto‘g‘ri uhlash ya’ni uyqu rejimining buzilishi hisoblanadi. Ko‘pchiligimizga yarim tundan keyin hammayoq tinch va osuda bo‘lganda ilhom kela boshlaydi. Soat strelkalariga qaramasdan ishga tushib ketamiz. Yoki yonayotgan deadlinelar 🔥 ba’zida bizni uyqumizdan kechib ishlashga majbur qiladi. Yoshlikda bu narsa uncha bilinmaydi, tuni bilan ishlab chiqib, tongda ozgina uhlab olib, ishlab ketaveramiz. Bu narsa 1 oyda 1-2 marotaba qaytalansa mayli, lekin sistematik noto‘g‘ri uhlovchi odamning organizmi qancha majburlasangiz ham bunga ko‘nika olmaydi va sekin asta buzilishni boshlaydi. Ayniqsa menga o‘xshagan 30 ga yaqinlashib borayotgan va undan katta yoshli insonlarda bu juda ham seziladi. Qanday qilib desak, tundagi uyqu bilan kunduzgi uyquning asosiy farqi, tun bo‘lganidan so‘ng tanamizda melatonin garmoni ishlab chiqariladi va uyquga tayyorgarlik ko‘riladi. Uhlaganimizdan so‘ng, shu orqali uyg‘onishga yaqin paytimiz esa, bizni ertangi kunga tayyorlash uchun serotonin, kortizol, dofamin garmonlari sintezi sodir bo‘ladi. Ammo kunduzgi uyqu paytida esa melatonin ishlab chiqarilmaydi yoki uning darajasi juda past bo‘ladi, bu garmonsiz qolganlarining sintezi ham pasayadi. Shuning uchun ham siz kunduzgi uyqu, sizga tundagidek energiya bermaydi va o‘zingizni baribir lanj his qilishda davom etasiz. Bu esa o‘z o‘rnida unumdorlikning tushishidan tashqari, charchoq, holsizlik, miyaning faolligi pasayishiga olib keladi. Ayniqsa ortiqcha dofamin stimulyatorlariga qarshi kurash so‘nib qoladi, sizga bu baxt garmoni yetishmagandan so‘ng, siz shirinliklar, shirin ichimliklar, tamaki mahsulotlari, qisqa qiziqarli kontentlar va boshqa past sifatsiz dofamin manbalariga o‘lja bo‘lasiz. Doimiy bunday holat esa, asab kasalliklariga, ortiqcha vazn to‘plash (jigar va yurak kasalliklari), uyqusizlik, men nomini bilgan va bilmagan boshqa kasalliklarga duchor qiladi. Siz ham 40 ga chiqmasdan qarsillab qolmay desangiz, biologik soatlaringizga quloq soling, uyquni yengishga harakat qilmang, tunda uhlab kunduzi ishlang, siz bugun yopib qo‘ygan deadlineingiz, unumdorligingiz tushgandan so‘ng yana 10 ta yonayotgan deadlinelarga olib keladi. Undan ko‘ra, kechasi vaqtida uhlab, tongda sal vaqtliroq turing, deylik bomdod vaqtida, chunki bu vaqtda 100% bo‘lmasa ham, 70-80% tanangiz charchoqlarini chiqarib yangi kunga tayyor bo‘ladi. Siz esa organizmingizni qiynamasdan maqsadingizga erishasiz, tugatilgan ish va sog‘lom uyqu bilan kuningiz unumdor o‘tadi. P.S. Men bularni o‘z tajribamdan o‘tkazganimdan, kuzatishlarimdan va izlanishlarimdan kelib chiqib yozyapman. Tibbiyot xodimlaridek to‘g‘ri ma’lumot yoza olmagan bo‘lishim mumkin, unday bo‘lishiga da’vo ham qilmayman. Hammaga sog‘lom uyqu, xayrli tun! 🥱🥱🥱 @khumoyun_codes
Dasturlash karyerasidagi achchiq xaqiqatlar (2-qism). 1. 3 yillik tajriba bilan ham junior ham senior bo’lishingiz mumkin. Yillik tajribangiz emas, balki yechgan muammolaringiz va o'rgangan bilimlaringiz sizning darajangizni belgilaydi. 2. Senior bo'lib boshqa joyda mid bo’lib ishlayotgan odamdan kamroq oylik olishingiz mumkin. Darajangiz har doim ham maoshingizni aniqlamaydi. 3. LinkedIn sertifikatlari nolga tenga. Bilim uchun o'rganing, sertifikat uchun emas. 4. Sizning komandangiz sizning oilangiz emas. Shu narsani tez-tez o'zingizga eslatib turing. 5. Hamma ham siz xoxlagandek zo'r muloqot qilmaydi. Kimdurlar bilan ishlash qiyin. Qo'lingizdan kelgancha harakat qiling va o'z yo'lingizda davom e'ting. 6. Qanchalik dasturlashni sevib "php yomon python zo'r" qilmaylik, dastur bu odamlar xayotini osonlashtirish uchun odamlar tomonidan o'ylab topilgan bir asbob. Shuni esda tutish dasturchiga to'g'ri prioritetlarni tanlashga yordam beradi. 7. Har kuningiz ham samarali o'tavermaydi. Bazi kunlari nima qilishingizdan qattiy nazar hech nima o'xshamaydi: kodingiz compile bo'lmaydi, code editoringiz buzulib qoladi, yoki burningiz tagida turgan bug ni ko'rmaysiz. Shunday vaziyatlarda asabni saqlashni qancha tezroq o'rgansangiz shuncha uzoq yashaysiz.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Rule: hech qachon buttonga fixed height bermanglar ayniqsa ichidagi text o‘zgaruvchan bo‘lsa
Googledan bug topdim😁😅
happy programmer's day🎉🎉🎉
https://telegra.ph/Hash-Table-08-24
kuchli boshqa developerlardan ajralib turadigan ustunligingiz bo'lishini hohlaysizmi marhamat 👉 strong dev